I bob adabiyot darslarida ekskursiya darslarini tashkil etish II. Bob


EKSKURSIYANI OLIB BORISH TEXNIKASINING MAZMUNI


Download 58.08 Kb.
bet4/6
Sana10.02.2023
Hajmi58.08 Kb.
#1184011
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ADABIYOT DARSLARIDA EKSKURSIYA DARSLARINI TASHKIL ETISH

EKSKURSIYANI OLIB BORISH TEXNIKASINING MAZMUNI
Demak, ekskursiya xizmati insonning atrof-muhitni o‘rganishidagi ko‘rgazmali jarayon bo‘lib, unda tabiiy sharoitlarda, korxona binolarida, laboratoriyalarda, ilmiy-tadqiqot institutlarida va boshqa joylarda joylashgan ob’ektlar oldindan tanlangan bo‘ladi.
Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni malakali mutaxassis - gid rahbarligida amalga oshiriladi. Ob’ektlarni tushunish, qabul qilish jarayoni aniq mavzuni yoritishdagi vazifalari bilan belgilanadi. Gid ekskursantlarning ob’ekt ko‘rinishini, tarixiy joyning qadr-qimmatini, ob’ekt bilan bog‘liq tarixiy voqeani tushunib olishlariga yordam beradi. Ekskursant ayni damda nimani ko‘rayotgani, tushunayotgani, his etayotgani gid uchun muhimdir. Gid o‘z hikoyasi bilan ekskursantlarni to‘g‘ri xulosa qilishga, baho berishga ko‘maklashadi, shu bilan ekskursiya xizmatining zaruriy samaradorligiga erishiladi.
Ekskursiya xizmatining maqsadi, vazifasi va o‘tkazish shakllari2





Maqsadi

Vazifasi

O‘tkazish shakli

1

Dam olish

Dorivor o‘simliklar, mevalar, qo‘ziqorinlarni izlash

Sayr

2

O‘quv

O‘quv fanini o‘quvchilar tomonidan o‘rganishi (botanika, geografiya, tarix)

Sinfdan tashqari dars

3

Ilmiy

O‘lkashunoslik muzeyi uchun namunalar izlash

Ekspeditsiya

4

Umumta’limiy

Umumiy, madaniy dunyoqarashni kengaytirish

Turistik poxodlarda suhbat, transportli sayohatda yo‘l-yo‘lakay ekskursiya axborotini berish

5

Madaniy-ta’limiy

Tarix, me’morchilik, adabiyot va boshqa sohalardan bilimlarni oshirish

Ko‘rgazmali, ko‘p rejali ekskursiya

6

Madaniy-tarbiyaviy

Tarbiya bilan uyg‘unlikda bilimlarni olish

Mavzuli ekskursiya xizmati

Xulosa qilib, ekskursiya xizmatining mazmunini quyidagicha talqin qilishimiz mumkin: ekskursiya xizmati– bu insonlar guruhiga maxsus shakllarda beriladigan bilimlar majmui bo‘lib, bilimlarni uzatishda maxsus harakatlar tizimi tanlanadi.


Insonlarning kundalik faoliyatida ikki xil muloqot shaklini uchratish mumkin: bevosita muloqot va bilvosita muloqot. Bevosita muloqot shakliga - suhbat, ma’ruza, dars, diskussiya, miting, telefon, ekskursiya xizmati va shu kabilar kiradi. Bunday muloqot jarayonida insonlarda hissiyotlar, kayfiyatlar, fikrlarning umumiyligi shakllanadi, bir-birini tushunishga erishiladi, axborot o‘rganiladi, o‘zaro aloqa mustahkamlanadi.
Bilvosita muloqot shakli- gazeta, jurnal, kitob o‘qish, radio, televizor eshitish orqali yuzaga keladi. Bunday muloqot jarayonida bevosita muloqot jarayoni kabi olingan axborotga sub’ekt reaksiyasini ko‘rsatadigan teskari aloqa mavjud bo‘lmaydi.
Ekskursiya jarayoni bevosita muloqot shakli sifatida gid va ekskursantning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, ularning o‘zaro fikr almashuvi va harakatlarini nazarda tutadi. Insonlarga katta hajmdagi axborotlarni olish imkoniyatini beradi, fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. Ekskursiya xizmatidagi muloqot jarayonida guruhdagi individning harakatidagi birdamlikka, hissiy bir-birini tushunishiga, kayfiyat, fikrlar, qarashlar umumiyligining shakllanishiga erishiladi.
Ekskursiya jarayoni qatnashuvchilari muloqotini ruhiy-axborot muloqot turi, sub’ektlar va ob’ektlar o‘rtasidagi ikki xil munosabatlar shaklining uyg‘unlashuviga kiritishimiz maqsadga muvofiqdir.
Gidga psixologiya va pedagogika sohalaridan bilimlarning mavjudligi ekskursiya xizmatini to‘g‘ri tashkil qilishga yordam beradi. Gid va ekskursantlar o‘rtasida to‘g‘ri tashkil etilgan o‘zaro muloqoti ekskursiya kabi pedagogik jarayonning negizidir. Kommunikativ komponent gid kasbiy mahoratining asosiy qismidir. Ekskursiya xizmatining samaradorligi nafaqat gidning mavzu bo‘yicha bilimi, uni auditoriyaga yetkazish uslubiga balki, ekskursantlar, boshqa mutaxassislar, haydovchi bilan o‘zaro muloqotiga ham bog‘liqdir.
Auditoriya bilan muloqotda hushyorlik, dialog o‘rnata olish kabi xususiyatlar ham muhimdir. Ekskursiya muassasasi rahbarlari ekskursiya xizmatida gidning roliga katta e’tibor berib, uning yutuqlari bilan birga kamchiliklarini ham tahlil qilishadi. Ekskursiya jarayonida ekskursantlarning faolligini oshirish maqsadida gid turli variantlarni qo‘llashi kerak bo‘ladi. Agarda u hikoyani kengroq yoritsa, ma’ruzachiga aylanib qoladi, bu esa ko‘rgan va eshitganlarni his qilishda gidning rolini susaytiradi. Gid ma’lumotlarga urg‘u berayotganida, ekskursant diqqatini aniq yo‘naltirib, uni fikrlashga, taqqoslashga, baholashga, xulosa qilishga undasagina jarayon samarali bo‘ladi.
Amaliyotda ekskursiya xizmatini turli nuqtai nazarda(aspekt) ko‘rib chiqish mumkin:

  • ta’lim va tarbiyaning mustaqil shakli sifatida;

  • ommaviy auditoriya bilan ishlashning shakli sifatida;

  • madaniy hordiqni, tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish shakli sifatida;

  • epizodik tadbir, mavzuli siklning bir qismi, bilishning bir pog‘onasi sifatida;

  • ilmiy bilimlarni tarqatish shakli, g‘oyaviy tarbiya sifatida;

  • tarbiyaviy yo‘nalishning bir turi sifatida (vatanparvarlik, mehnatsevarlik, estetik) shuningdek, har tomonlama mukammal shaxsni shakllantirish jarayonining bir qismi sifatida;

  • madaniy-tarbiyaviy ishlarning mutloq shakli va tashkillashtirilgan turizmning ajralmas qismi sifatida.

Ekskursiya xizmati bir tomondan bilim bersa, ikkinchi tomondan ekskursantlarga san’at asarlari, tabiat hodisalari, turli soha vakillari hayoti bilan tanishish, ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rish mahoratini rivojlantiradi.
Gid faoliyatida pedagogika muhim o‘rinni egallaydi. Pedagogika – bu o‘sib kelayotgan avlodni o‘qitish, ta’lim va tarbiyalaning qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir.
Har bir ekskursiya jarayoni insonga tabiat, jamiyat, tarixiy voqealar, tabiiy hodisalar haqida yangi bilimlarni beradi, ya’ni u ta’lim jarayonining bir qismidir.
Gidning ekskursantlar bilan muloqoti, uning tavsiyalari, ko‘rsatmalari tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. O‘rganilayotgan ma’lumotlar ularning ongini ma’naviy va estetik boyitadi. Shunday qilib, ekskursiya xizmati pedagogik jarayonning bir qismi bo‘lib, insonga ta’lim, tarbiya beradi, dunyoqarashini shakllantiradi.
Pedagogik ekskursiya jarayoni didaktik tamoyillarga asoslangan bo‘lib, ekskursantlar ta’limining mazmuni, tashkiliy masalalari va uslubini belgilaydi. Bularga ilmiylik, g‘oyaviylik, hayot bilan bog‘liqlik, tizimlilik, oddiylik, foydalilik va ishonuvchanlik tamoyillari kiradi.
Ekskursiya xizmati madaniy-ta’limiy ishlarning shakli sifatida alohida ahamiyatga ega. Maktablarda ekskursiya dars va ma’ruza kabi umumta’limiy faoliyat turiga bo‘ysunadi. O‘quv jarayonida ekskursiya ta’lim shakli sifatida ushbu jarayonning boshqa shakllaridan ahamiyatiga ko‘ra farq qilmaydi, ammo nafaqat o‘quv maqsadlaridagi ekskursiya, balki boshqa ekskursiyalar ham o‘z vazifalari va ishtirokchilarga ta’siriga ko‘ra pedagogik jarayon hisoblanadi. Barcha pedagogik jarayonlarda bo‘lgani kabi ekskursiya xizmatida ham ikki tomon ishtirok etadi: o‘rgatuvchi-gid va o‘rganuvchi-ekskursant. Gid ma’lum bir mavzu bo‘yicha bilimlarni beradi, ekskursantlar esa uni qabul qilishadi. Ushbu ikki tomonning o‘zaro harakati pedagogik jarayonning asosi hisoblanadi. Ekskursantlar bilan o‘zaro munosabatda gid pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llaydi. Gid kasbiy malakasining tarkibiy qismini pedagogik mahorat, pedagogik san’at tashkil etadi. Gidning pedagogik mahoratiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • mutaxassislik bo‘yicha yetarlicha bilim;

  • tahlil qilish, obrazli fikrlash qobiliyati;

  • ekskursant ruhiyatini tushunish;

  • guruhni boshqara olish;

  • pedagogik texnika sohasidan bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish;

  • intuitsiya;

  • ekskursant shaxsiyatini hurmat qilish;

  • tarbiya maqsadida pedagogik vositalarni qo‘llay olish va sh.k.

Gid ekskursiya jarayonida ekskursantlarni hamjihatlikda fikrlash, tahlil qilish, hamdardlik bildirish, qiziqishlari bo‘yicha birlashib, jamoaga aylanishini ta’minlashi kerak. Gid ekskursiya xizmatining nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy jihatlariga ham e’tibor qaratishi lozim. U ekskursiya ma’lumotlarini shunday tanlashi va foydalanishi kerakki, ekskursantlarda vatanga bo‘lgan muhabbat, boshqa millatlar, ularning urf-odatiga nisbatan hurmat kabi xislatlar paydo bo‘lsin.
Har bir ekskursiya xizmati o‘z vazifasiga ega. Tabiatshunoslik mavzusidagi ekskursiyalar tabiatga, hayvonot va o‘simliklar olamiga ehtiyotkorona munosabatni, san’atshunoslik mavzusidagi ekskursiya ekskursantlarni estetik dunyoqarashini, ishlab chiqarish mavzusidagi ekskursiyalar mehnatsevarlikni tarbiyalaydi.
Ekskursiya xizmatidagi pedagogik jarayonning muhim qismi ekskursiya ma’lumotlarini tushuntirishdir. Ushbu jarayonda ekskursantlar ongida ko‘rgan va eshitganlarini taqqoslash, bir ob’ektni ikkinchisi bilan solishtirish, asosiy va qo‘shimchalarini ajratish, umumlashtirish, xulosalash kabilar ro‘y beradi.
Pedagogik jarayon sifatida ekskursiya xizmatining yana bir vazifasi ekskursantlarda ob’ektlarni mustaqil kuzatishi uchun amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Ekskursiya o‘zining ko‘rgazmaliligi, ob’ektni ko‘rsatishning turli usullari, hikoyaning turli shakllari bilan qatnashuvchilarni faollashtiradi.
Gid pedagogik jarayonning davomi sifatida ekskursiya jarayoni yakunida ekskursantlar bilimini mustahkamlash maqsadida mustaqil shug‘ullanishlari uchun adabiyotlar ro‘yxati, kinofilmlar ro‘yxati, boshqa ekskursiyalar nomi kabilarni tavsiya etadi. Gidning pedagogik faoliyatida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin:

  • Ekskursiya jarayoniga gid va guruhni tayyorlash;

  • Ekskursiya xizmatini o‘tkazish;

  • Ekskursiya xizmati ma’lumotlarini mustahkamlovchi ekskursiyadan keyingi ishlar.

Gid pedagogika-psixologiya asoslaridan ham xabardor bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Pedagogik-psixologiya ta’lim va tarbiyaning psixologik muammolarini o‘rganadi. Gid pedagogikaning asosiy talablarini o‘rganib, auditoriyaga bilimlarni yetkazishning samarali shakllarini, ta’lim va tarbiya vositalarini qo‘llaydi. Ta’lim va tarbiyaning pedagogik tamoyillari ekskursiya xizmatining negizini tashkil etadi. Gid faoliyatining bosh vazifasi ekskursantlarga o‘rgatish va tarbiyalash, shaxsiyatini, bilim va ishonchini shakllantirishga yordam berishdir.
Avval aytib o`tilganidek, ekskursiya bu diqqatga sazovor, tarixiy joylarni ko`rsatish va ularning ushbu o`lka iqtisodiyoti, madaniyati, tabiyatiga tutgan o`rni haqida hikoya qilish bilan harakterlanadi. Ekskursiyaning bu ikki elementi bir-biri bilan uzviy bog`liqdir.U yoki bu obektlarning mavjudligi hikoya mazmunini belgilaydi, hikoyaning o`zi esa, ko`rsatish uchun aniq obektning mavjudligini talab qiladi. Lekin shuni yodda tutish kerakki, ekskursiya uchun eng muhimi ko`rsatish, namoyish etishdir.U aniq bir reja texnologik harita asosida olib boriladi. Namoyish etish-obektlar tahlili, zaruriy tushuntirishlar, xulosalar bilan to`ldiriladi.
V.A.Sichinava fikricha, ekskursiyaga muhim rol o`ynaydigan ko`rgazmali vositalar 3 turga bo`linadi:

    • ekskursiya marshrutidagi haqiqiy(asosiy) ekskursiya obektlari;

    • qo`shimcha illyustrativ materiallar(gid portfelidagi ko`rgazmali materiallar);

    • so`zli-obrazli material gid mahoratiga bog`liq bo`lib, voqealarni yorqin tushuntirib berish evaziga erishiladi.

Obektlarni namoyish etish metodi oson emas va u quyidagilarga bog`liq: harakat vositasi, ishtirokchilar tarkibi, ommaviy qiymati, mashhurligi, namoyonligi, saqlanganlik holati.


Ko`rsatish, namoyish etish texnologiyasida ikkita qismni ajratish mumkin. Birinchisi, sayohatchilar etiborini obektga jalb etish va uni atrofidagi binolardan ajratib ko`rsatish maqsadida uning tashqi ko`rinishini so`z bilan ifodalash. Unda: a) qo`l harakatlari bilan obekt joyi ko`rsatiladi(chapda, o`ngda, ikki qavatli bino yonida...), b) obektning tashqi maxsus xususiyatlari sanab o`tiladi(balandligi, rangi, detallari soni, oynalari shakli, devordagi yozuvlari...).
Ikkinchisi, namoyish, ko`rsatishning mazmunli qismi, ko`rsatishning metodik usullaridan foydalanishni taqozo etadi. Ekskursiya nazariya va amaliyotida bu metodlar Yemelyanov rahbarligidagi bir qator mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan.
-- Oldindan tomosha qilib chiqish metodi haqida Yemelyanov quyidagicha yozadi(1976y): “Bu metod sayohatchilar yodgorlik yonida turganlarida va allaqachon yodgorlikni ko`rib bo`lganlaridan so`ng ishlatiladi. Masalan,” Sizning qarshingizda bobokalonimiz Amir Temur haykali ”.Gid bu bilan sayohatchilar etiborini obekt tomon qaratishni, uning umumiy ko`rinishiga, detallariga etibor berishni taklif etadi. Yodgorlikni birinchi marotaba ko`rayotganlarga oldindan tomosha qilish metodi kitoblarga, otkritkalarga ko`rganlari bilan ro`parasidagini taqqoslash imkonini beradi. Oldindan tomosha qilish metodi ekskursiya obekti kattagina maydonni egallagan bo`lsa ham(masalan,Xo`ja Ismoil al-Buxoriy masjidi, Ichan-qala), 1,5-2 daqiqa davom etishi kerak. Ushbu jarayon boshlanishidan avval, sayohatchilarga obektning u yoki bu detaliga etiborini yo`naltirish maqsadida maslahatlar berish mumkin”

Download 58.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling