Sabirova hilolaning tabiatdan foydalanishning geografik asoslari fanidan


Download 280.5 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi280.5 Kb.
#1505293
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5251511548530140908


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI
OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


GEOGRAFIYA VA GEOAXBOROT
TIZIMLARI FAKULTETI
4-BOSQICH (SIRTQI ) GEOGRAFIYA
YO’NALISHI TALABASI


SABIROVA HILOLANING
TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK
ASOSLARI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: __________________


Toshkent-2023


Mineral xom-ashyo resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish
Reja:
KIRISH.

  1. Mineral xom-ashyo resurslarini.

  2. Mineral xom-ashyo resurslarini hisobga olish va ularning ko’rsatkichlari

  3. Mineral xom-ashyo resurslarini iqtisodiy baholash va koʻmir sanoati.

  4. Mineral xom-ashyo zahiralaridan foydalanishdagi ekologik muammolari.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH

Mineral xomashyo resurslari - alohida region (hududlar)da geologik izlanish va razvedka natijasida aniqlangan foydali qazilmalar majmui. Mineral resurslar qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardir. Ularning oʻzlashtirishga tayyorlangan qismi mineral xomashyo bazasi hisoblanadi. Konchilik va geologiyada mineral resurslar deb yer qaʼrida foydali qazilmalar sifatida aniqlangan va sanoat ahamiyatiga ega boʻla oladigan boyliklarga aytiladi. Mineral resurslar ishlatilishiga qarab turlarga ajratiladi: yoqilgʻi va energetika (neft, tabiiy gaz, ko‘mir, slanetslar, torf, uran rudalari); qora metallar rudasi (temir, marganets, xrom va boshqalar); rangli va legirlovchi metallar rudasi (alyuminiy, mis, qoʻrgʻoshin, rux, nikel, kobalt, volfram, molibden, qalay, surma, simob va boshqalar); noyob va nodir metallar rudasi; konchilik kimyo sanoati xomashyosi (fosforitlar, apatitlar, kaliy va boshqa tuzlar, oltingugurt va uning birikmalari, brom va yod tarkibli eritmalar, barit, flyuorit va boshqalar); zeb-u ziynat buyumlari yasashga ishlatiladigan qimmatbaho toshlar; noruda sanoat xomashyosi (slyuda, grafit, asbest, talk, kvars va boshqalar); noruda qurilish materiallari (sement va shisha sanoati xomashyosi, marmar, granit, shifer slanetslar, tuf, bazalt, gillar); mineral suvlar (yer osti tuzli, chuchuk, minerallashgan, shu jumladan, balneologik va termal va boshqa suvlar). Baʼzi mineral resurslar turlari bir nechta sanoat sohasida qoʻllanilishi mumkin. Jamiyatning ehtiyoji, texnika va texnologiyalarni rivojlanish darajasiga qarab mineral resurslar tarkibi va miqdori oʻzgaruvchan boʻladi. Mineral resurslar miqdori aniqlangan va bashorat qilingan foydali qazilmalar zaxiralari bilan baholanadi.Oʻzbekiston mineral resurslarga boy. Oltin va boshqa rangli va nodir metallar rudasi, neft va tabiiy gaz, ko‘mir, marmar, granit, mineral suvlar va h.k. zaxiralarini sanoat miqyosida oʻzlashtirishi mamlakat ehtiyojini koʻp yillar mobaynida taʼminlaydi. Mineral resurslarning qayta tiklanmaslik xususiyati ulardan ratsional foydalanishni, qazib olib qayta ishlash jarayonlarida nobudgarchilikni kamaytirishni taqozo etadi.



Download 280.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling