Sabirova hilolaning tabiatdan foydalanishning geografik asoslari fanidan


Mineral xom-ashyo resurslarini hisobga olish va ularning ko’rsatkichlari


Download 280.5 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi280.5 Kb.
#1505293
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5251511548530140908

2.Mineral xom-ashyo resurslarini hisobga olish va ularning ko’rsatkichlari.
Mineral xom - ashyo resurslari xududlar, rayonlar bo’yicha yotish cho’qurligi bo’yicha noteks joylashgan va xom-ashyo tarkibi bo’yicha xilma-xil. Shu sababdan ulardan foydalanish samarasi ham bir xil emas. Bunda yuqori sifatli resurslar cheklangan, ayniqsa hududlar bo’yicha, chunki ular tiklanmaydigan resurslarga kiradi. Shunga bog’liq holda resurslar tugashi va xomashyo yetishmasligi to’g’risida tasavvur paydo bo’ladi. Haqiqatda esa bunday tasavvur shartli va faqat xomashyoni qazib olishning iqtisodiy sharoitlarini ifodalaydi. Amaliyotda mineral xomashyo resurslardan undagi xomashyoning turli tarkiblarda mavjudligi sharoitida foydalaniladi. Masalan, temir rudasida sof xomashyo 80%, oltin konlarida esa foizning kichik bir qismini sof oltin bo’lgan sharoitda ular qazib olinadi.
Bir xil xomashyoning tarkibi va sifatiga qo’yiladigan talablar ham hududlar bo’yicha ijtimoiy zarur xarajatlarga bog’liq holda har xil bo’ladi. Bularning hammasi xom Ashe resurslari qazib olishning hajmi imkoniyatlari va xom ashyo yetishmasligi to’g’risidagi tasavvurning ijobiy ekanligini ko’rsatadi. Shuningdek, mineral xom ashyo resurslarning hisob kitoblari ham nisbiydir. U xalq xo’jaligida Ushbu resurslardan foydalanish nuqtai nazaridan o’tkaziladi, ya’ni hisob kitoblar iqtisodiy jihatdan o’zgartirish ma’qul va oson bo’lgan konlar bo’yicha ularni o’rganish darajasi va o’zlashtirishga tayyorlanishi bo’yicha olib boriladi. Amaliyotda xom Ashe resurslari A, V, S va yana balansdan tashqari kategoriyalarga bo’linadi. Ko’pincha mineral xom ashyolari resurslaridan olinadigan elementlar bo’yicha hisobga olinadi. Lekin yo’ldosh elementlar va ochilgan jinslarning resurslarini ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
3.Mineral xom-ashyo resurslarini iqtisodiy baholash va koʻmir sanoati
Mineral xom ashyo resurslarining holatini baxolashda quyidagi asosiy ko’rsatkichlardan foydalanish lozim. Ehtimol tutilgan resurs resurslarida hisobga olinadigan resurslarning salmog’i, hisobga olingan resurslardan foydalanish muddatlari, hisobga olingan resurslarning o’rganish darajasi va o’zlashtirishga tayorlanishi bo’yicha tizimi, ya’ni A,V,S kategoriyalari bo’yicha; hisobga olingan resurslarning ularning o’zlashtirish samaradorligi bo’yicha tizimi. Hisobga olingan resurslar birligiga to’g’ri keladigan yo’ldosh elementlar va olingan jinslar hisobiga olish davrida mavjud resurslarning yangi resurslar hisobiga o’sishi.
Ayrim resurslar bo’yicha ma’lumotlarga asoslanib tabiiy majmualar baholanadi va bunda resurslarning ayrim turlari, ularning majmualigiga va o’zlashtirish samaradorligining iqtisodiy ahamiyati hisobga olinadi. Mineral xom ashyo resurslari tog’-kon permajmua shakllanishining moddiy asosi bo’lib xizmat qiladi va uning tarkibiga metallurgiya, kimyo, va qurilish sanoati tarmoqlararo majmualari kiradi. Mineral xom ashyo resurslaridan foydalanish jarayonida xom ashyo yerning chuqur qatlamlaridan yer yuziga chiqadilar, undan foydali elementlar olinadi, so’ngra qayta ishlash uchun xo’jalik korxonalarida to’palanadi yoki mahsulot iste’moli uchun tarqatiladi. Bu jarayonlarni hisobga olish quyidagi nisbat asosida amalga oshriladi.
Mo = Mb + X – K – T
bunda: Mo – obyektdagi materialning oxirgi resursi;
Mb – obyektdagi materialning boshlang’ich resursi;
X – obyektdagi materialning ko’payishi va ularning kamayishini to’ldirish uchun zarur bo’lgan materialni ishlab chiqarish hajmi;
K – qaytariladigan materiallarning hajmi.
Bu nisbatlarni har qanday tizim yoki obyektga, xo’jalik birliklariga, yer yuzasiga va boshqalarga barobar qo’llash mumkin. Ushbu nisbatlar asosida materiallarni qayta ishlash va ularni iste’mol qilish bosqichlari bo’yicha balanslarini tarmoqlararo va hududiy majmualar bo’yicha tuzish va ular asosida ushbu jarayonlarni tartibga solish mumkin. Materiallardan foydalanishda baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlar darajasi qo’llaniladi: xom ashyodan umuman va qayta ishlash bosqichlari bo’yicha foydalanish, qayta ishlash bosqichlaridan isrof qilish qazib olishda xom ashyodan material olish, hududiy tizimlar uchun maydon birligiga elementlarning tarqalishi. O’zbekiston uchun mineral xom ashyo resurslarini to’liq hisobga olish va ulardan unimli foydalanish ushbu yo’nalishdagi jarayonlarni tartibga solishga imkon beradi.
Koʻmir sanoati — yoqilgʻi sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri. K.s koʻmirni qazib olish (ayrim holdarda boyitish, briketlash) va isteʼmolchilarga yetkazib berish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Kumir qazib olishning eng afzal va samarali usuli uni ochiq usulda, karyerlardan qazib olish hisoblanadi. Komir konlari chuqurda joylashgan boʻlsa, u yopiq (shaxta) usulida qazib olinadi. Hozirgi paytda koʻmirni tejamli gidravlik usulda qazib olish keng qoʻllanilmoqsa. Koʻp holdarda koʻmir yer tagida toʻgʻridantoʻgʻri gazga aylantirish yoʻli bilan isteʼmolchilarga bevosita quvurlar orqali uzatiladi.

Koʻmir konlari — foydali qazilmalar sifatida tarkibida, asosan, koʻmir boʻlgan konlar. Koʻmir konlari tabiatda choʻkindi jinslardan hosil boʻlganligi tufayli yakka yoki bir necha qatlam shaklida uchraydi. Qatlam yoki qatlamlarning qalinligi, koʻmirning sifati, atrofidagi geologik sharoitlariga qarab Koʻmir konlarining umumiy geologik zahiralari balansdagi va balansdan tashqari zahiralarga ajratiladi. Geol.-razvedka ishlari natijasida konning sharoitlari, chegaralari va, albatta, foydali qazilmaning sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida olinadigan qushimcha maʼlumotlar zahiralarni bir toi-fadan ikkinchisiga oʻtkazishga asos boʻladi. Xalq xoʻjaligi talablarini, zamonaviy texnologiya va texnika imkoniyatlarini kompleks iqtisodiy baxrlab, Koʻmir konlarining balansdagi zahiralari sanoat zahiralari toifasiga oʻtkaziladi va qazib olinadi. Qazib olish jarayonida geologik sharoitlar, qullaniladigan texnologik usullar va texnika vositalari imkoniyatidan kelib chiqib, koʻmirning bir qismi qazib olinmasdan yer ostida qoldiriladi va bu koʻrsatkich foydali qazilmani konda yoʻqotish va qazib chiqarish koeffitsiyentlari bilan baholanadi.

Koʻmirni konlardan qazib olishda ochiq, yer osti va kombivatsiyalashgan usullar qoʻllaniladi. Ochiq usulda qazishning asosiy sharti — foydali qazilma qatlamlari yer yuzasiga yaqin joylashgan boʻlishi kerak, bu sharoitda karyer (koʻpincha Koʻmir konlarida — kesma)da yuqori quvvatli rotorli qazib olish kombaynlaridan foydalaniladi. Qatlamlar chuqurligi oshavergach, ochiq usulda qazib olingan koʻmirning hajmiga nisbatan puch togʻ jinslarining miqdori oshib boradi. Muayyan sharo-itlarda koʻmirni yer osti (shaxta) usulida qazib olish samaradorli boʻladi.




Download 280.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling