I bob adabyotlar tahlili
Nitrat kislotaning xalq xo‘jaligidagi ishlatilishi
Download 121.98 Kb.
|
Nitrat kislotaning olinishi
Nitrat kislotaning xalq xo‘jaligidagi ishlatilishi
Nitrat kislota, asosiy xom ashyolar, ishlab chikarishning asosiy boskichlari, ishlatilish soxalari. Toza NHO3 rangsiz suyuklik; solishtirma ogirligi 1,526 g/sm3 (15°S da); uning katish temperaturasi 41,3°S; u 86°S da kaynaydi; suv bilan xar kanday nisbatda aralashadi. Tarkibida 68% NHO3 bulgan nitrat kislota eritmasi (dk1,4g/sm3) uz tarkibini uzgartmay 120,5°Sda kaynaydi. Kontsentrlangan nitrat kislota (ayniksa yoruglik ta’siridan) kisman parchalanadi. 4NHO3 2H2O+4NO2+O2 Xosil buladigan azot (IV) -oksid kislotaga sarik tus beradi. Uzida NO2 ni eritgan HNO3 tutovchi nitrat kislota nomi bilan yuritiladi. XIX asrda XX asrning boshlariga kadar nitrat kislota chili selitrasiga H2SO4 ta’sir ettirish yuli bilan olinir edi: NaNO3 + H2SO4 NaHSO4 HNO3 Xozirgi vaktda bu metoddan nixoyatda kam foydalaniladi. 1905 yildan boshlab Norvegiyada sanoatda HNO3 olishning elektr yoy usuli joriy etildi. Bu usulning moxiyati shundan iboratki, avval xavo orkali elektr yoyi utkaziladi, bunda azot bilan kislorod uzaro reaktsiyaga kirishib NO ni xosil kiladi. NO xavoda tez soviganda xavo kislorodi va suv bilan birikib nitrat kislotaga aylanadi : N2 + O2 2NO; 2NO + O2 2NO2 3NO2 + H2O 2HNO3 + NO Ortib kolgan NO yana xavo kislorodi bilan birikib NO2 ga aylanadi, yana suv bilan birikib HNO3 xosil kiladi. Agar azot oksidlaridan iborat gazlar aralashmasi kal’tsiy gidroksidga yutdirilsa, kal’tsiy nitrat (Norvegiya selitrasi) xosil buladi. Yoy usulida elektr energiya kup sarf buladi. Masalan, 1 kg kislota tayyorlash uchun 70 kvt energiya ketadi. Shuning uchun bu usul kam kullaniladi. Xozirgi vaktda sanoatda HNO3 asosan ammiakni katalizator ishtirokida oksidlash yuli bilan olinadi. Ammiak bilan xavo aralashmasi 600-800°S da platinada yasalgan tur (katalizator) orkali utkazilganda NO xosil buladi va bu gaz xavo kislorodi bilan darxol birikib NO2 ga aylanadi. Azot (IV) - oksid esa suv va xavo kislorodi bilan uzaro ta’sirlanib HNO3 ni xosil kiladi: 4HN3 + 5O2 6H2O + 4NO +216 kkal 2NO + O2 2 NO 3 NO2 + H2O 2HNO3 + NO HNO3 ishlab chikarishda NO ni mumkin kadar kuprok darajaga HNO3 ga aylantirish nixoyatda muxim masala xisoblanadi. 2NO +O2 2NO2 reaktsiyasining sust borishi va HNO3 kontsentratsiyasi ortgan sayin NO2 ruvchanligining kamayishi bu problemani xal kilishni ancha kiyinlashtiradi. HNO3 zavodlarida NO2 dan kuprok foydalanish maksadida ketma-ket joylashtirilgan katta xajmli bir necha yutuvchi ustanovkalardan foydalaniladi. Bu ustanovkalarda xosil buladigan HNO3 ning kontsentratsiyasi 50% ga yakin buladi. Bosimni oshirish yuli bilan 2NO + O2 2NO2 reaktsiyaning tezligi va NO2 ning suvga yutilishi oshiriladi; bosim 10 atmosferaga etganda xosil buladigan nitrat kislotaning kontsentratsiyasi 65% gacha kutariladi. 50 atmosfera bosimi va 70S da suyuk N2O4 kislorod suvda eritilsa, 98% li HNO3 xosil buladi: 2N2O4 + O2 + 2H2 O 4HNO3 Bu usul «nitrat kislotaning bevosita sintezi» nomi bilan yuritiladi. Xosil kilingan HNO3 alyuminiydan yasalgan tsisternalarda saklanadi. Nitrat kislotaning sanoatda ishlatilishi uning oksidlash va nitrolash xossalarigaasoslanadi. Bundan tashkari HNO3 nitratlar, mineral ugitlar, ayniksa ammiakli selitra olishda juda kup ishlatiladi. HNO3 tuzlari sanoat va xalk xujaligining turli soxalari uchun nixoyatda katta axamiyatga ega. Masalan kaliy nitrat ugit sifatida ixlatilishidash tashkari kora porox tayyorlash uchun ketadi. Kora porox tarkibida 68% KNO3 , 15%S va 17% S buladi. Kora porox yonganda: 2KNO3 + 3C + S K2S + 3CO2 + N2 reaktsiyasi sodir bulib, kup mikdorda gazlar ajralib chikadi. Ammoniy nitrat NH4NO3 parchalanganda katta xajmli gazlar (O2 va N2 ) ajralib chikadi, shu sababli bu tuz xam ammonal nomli portlovchi aralashma tarkibiga kiradi. Ammonal tarkibida 72% ammoniy nitrat, 25% alyuminiy kukuni va 3% kumir buladi. Xozirgi vaktda «Ammoniyli selitra» deb ataluvchi ammoniy nitrat muxim azotli ugit xisoblanadi. Uning tarkibida 34% N bor. Azotli ugit sifatida kal’tsiy nitrat- kal’tsiyli selitra Ca2(NO3)2 xam ishlatiladi. Uning tarkibida 17% N bor. Bu ugitga 5% NH4OH kushish yuli bilan uning sifati ancha yaxshilanadi. Nitrat kislota – kuchli oksidlovchi. Konsentrlangan nitrat kislota metallarning ko‘p qismini ularga muvofiq keladigan oksidlar va nitratlarga aylantiradi. Ayrim metallar, masalan Al, Fe, Cr nitrat kislota bilan ta’sirlashganda metall sirtida kislotaning ta’siriga chidamli oksid qatlamlari hosil qiladi. Ko‘pgina organik birikmalar nitrat kislota ta’sirida parchalanadi, ulardan ayrimlari konsentrlangan nitrat kislotada yonishi ham mumkin. Konsentrlangan nitrat kislota siklik organik birikmalar bilan ta’sirlashganda ulardagi vodorod atomlari o‘rnini nitroguruh oladi va nitroorganik birikmalar hosil qiladi. Gidroksil guruhli organik birikmalar bilan HNO3 efirlar hosil qiladi. Nitrat kislota sanoatda ham, xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida ham keng ko‘lamda ishlatiladi. Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha u sulfat kislotadan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqariladigan nitrat kislotaning ko‘p qismi o‘g‘itlar, portlovchi moddalar, raketa yoqilg‘ilari ishlab chiqarishga sarflanadi. Bundan tashqari u sulfat kislota (nitroza usuli), sintetik bo‘yoqlar, turli xil plastmassalar, nitrosellyuloza, sintetik tolalar va x.k. ishlab chiqarishda ishlatiladi. Sanoatda uch xil navdagi suyultirilgan (kuchsiz – 45-55% HNO3) va ikki navdagi konsentrlangan (97-98% HNO3) nitrat kislota ishlab chiqariladi. Ammiakdan suyultirilgan nitrat kislota olish jarayoni quyidagi reaksiyalarga asoslangan: 1) Ammiakning azot(II)-oksidgacha kontaktli oksidlanishi: 4NH3 + 5O2 → 4NO + 6H2O 2) Azot(II)-oksidning azot(IV)-oksidgacha oksidlanishi: 2NO + O2 ⇄ 2NO2 3) Azot(IV)-oksidning suvga absorbsiyasi: 3NO2 + H2O → 2HNO3 + NO Ammiakning kontaktli oksidlanishi. Ammiakning kontaktli oksidlanishi – ekzotermik jarayon bo‘lib, jarayonni o‘tkazish sharoitiga bog‘liq holda ammiak va kislorod orasida quyidagi parallel reaksiyalar sodir bo‘ladi: 4NH3 + 5O2 → 4NO + 6H2O + 907,3 kj 4NH3 + 4O2 → 2H2O + 6H2O + 1104,9 kj 4NH3 + 3O2 → 4N2 + 6H2O + 1269,1 kj Oksidlanish jarayoni faqat yuqori haroratda sodir bo‘ladi, lekin ortiqcha (800-900OC dan) yuqori harorat ammiak va hosil bo‘ladigan NO ning qisman parchalanishiga olib keladi: 2NH3 ⇄ N2 + 3H2 2NO ⇄ N2 + O2 Yuqori haroratda (900OC gacha) ammiakning azot(II)-oksidga aylanishi alohida reaksiyalar tezliklari nisbati orqali aniqlanadi. Agar katalizator bo‟lmasa yuqori haroratda (9000C dan yuqori ) ammiak yonib, erkin azot va suvga aylanadi (vreaksiya bo‟yicha). Platina katalizatori yuzaisda esa reaksiya boshqacha (a) reaksiya jarayoni bo‟yicha boradi. Sanoatda amalda qo‟llaniladigan eng aktiv va tanlab ta‟sir etuvchi selektiv katalizator, bu platina va uning paladdiy, rodiylar bilan qotishmasidir. Ular asosiy reaksiyani (a) tezlashtirib, qo‟shimcha reaksiyalarga (b,v,g) ta‟sir etmaydi. Shunday katalizator optimal sharoitda ammiakni kislorod bilan NO gacha oksidlanish darajasini amalda 98 %ga yetkaziladi. Ammiakning palatinali katalizatorlarda oksidlanish reaksiyasi hozirgacha ma‟lum bo‟lgan reaksiyalar orasida eng tez reaksiyasidir (0,0001 dan 0,0002 sekund). Agar gaz shundan ko‟proq katalizator bilan kontaktda bo‟lsa ammiak yonadi yoki qo‟shimcha reaksiyalar ketadi, NO ni miqdori keskin kamayadi. Platinali katalizator diametri 0,06-0,09mm gacha bo‟lgan ingichka simlardan to‟qilgan to‟r shaklida (1sm da 1024 ta teshigi bo‟ladi) tayyorlanib, ularning bir nechtasi ustma-ust qo‟yib setkalarning balandligi 60-150mm qalinlikda paketlar shaklida tayyorlanadi. Bu holat katalizator yuzasini kengaytirish imkoniyatini beradi [26]. Eng qattiq katalizator qotishmasi 93 % Pt, 4% Pd va 3% Rh dan tayyorlanadi. Ish jarayonida katalizator simlari sekin asta yemirilib, mayda zarrachalar shaklida gaz oqimi bilan olib ketiladi. 8000C harorat va 0,1MPa bosimda ishlovchi qurilmalarda 1t nitrat kislota ishlab chiqarilganda platinali katalizatorlardan 0,04- 0,06 ham yo‟qotiladi. Harorat va bosimning ortishi bilan katalizatorni yo‟qotish ham ortadi. Masalan, 8 MPa bosim va 9000C haroratda ishlovchi qurilmalarda 1t HNO3 da 0,13-0,16 g platina yo‟qotiladi. Platina va palladiy qiymatining balandligi avvalo ularning kamligi va bunday qimmatbaho nodir metallarning yemirilishi natijasida doim yo‟qotilib turilishi nisbatan arzonroq metallarni qo‟llashni taqozo etadi. Hozirgi paytda platina metallari bilan bir qatorda, temir 33 yoki vismut oksidlariga, xrom, marganes, vismut kabi metallarni qo‟shib tayyorlangan katalizatordan keng foydalanilmoqda. Ularning aktivligi va selektivligi ancha kam albatta. Katalizator massasining taxminan 30 %i yo‟qotilgach, u qayta suyuqlanitirilib boshqatdan katalizator qotishmasiga aylantiriladi. Platina- rodiy – palladiyli qotishmadan tayyor bo‟lgan katalizator turi 0,1 MPa bosimda ishlovchi qurilmada taxminan bir yilda bir marta almashtiriladi. Oksidlash jarayonining umumiy tezligi, uskuna konstruksiyasi va texnologik sharoitga qarab, platina katalizatorining yuzasiga gaz oqimining ammiakning qanday diffuziyalanganligi bilan aniqlanadi. Bundan tashqari platinaga adsorbsiyalangan ammiak va kislorodning o‟zaro ta‟siriga ham ozroq bog‟liq bo‟ladi. Platina yuzasiga adsorbsiyalangan kislorod molekulasi atomlarga ajraladi, atomar kislorod, protonga o‟ch bo‟lgani uchun ammiak tarkibidagi vodorod va azot bilan birikib NO va suv hosil qilidi. Ammiakning NO ga aylananish darajasi bosim va haroratga ham bog‟liq bo‟ladi. Bu reaksiya qaytmas bo‟lganligi uchun ham bosim qancha ortsa, gazlar konsentrasiyasi ham shuncha ortadi, demak, ma‟lum bir vaqt oralig‟ida NH3 ning NO ga aylanish miqdori ham ortishi tabiiy. 0,1MPa platina katalizatorida harorat oshirilib 8000C ga yetganda reaksiya tezligi oshishi natijasida NO ning unumi ortadi. Yuqori bosimda (0,8 mPa) ishlovchi sitemada esa optimal harorat 9000C bo‟lishi rasmdan ko‟rinib turibdi. Harorat bundan oshirilsa NO ni unumi kamayadi. Platinali katalizatorlar, zaharli, ammiak-havo aralashmasi tarkibidagi begona aralashmalar ta‟siriga juda sezgir bo‟ladi. Ayniqsa kontakt uskunaiga keluvchi gazlar aralashmasi tarkibida vodorod fosfidi-pH3 bo‟lsa, uning 0,00001 %i ham platinali katalizatorni qaytmas qilib zaharlay oladi. Oltingugurt birikmalari ham kuchli zaharlaydi, ammo qaytar holda zaharlanadi. Yana oz miqdordagi surkov moy bug‟lari, turli chang zarralari (ayniqsa, temir va uni oksidlari) ham katalizator aktivligini keskin kamaytiradi. Shuning uchun ammiak va havo kontakt uskunaiga kirishdan oldin begona aralashmalaridan yaxshilab tozalanadi. Har qancha tozalanmasin, baribir, oz miqdorda bo‟lsa hamki, begona qo‟shimchalar kontakt 34 uskunaiga tushadi. Natijada sekin-asta katalizatorning aktivligi kamaya boradi. Uni yangisiga almashtirgunga qadar aktivligini qayta tiklash uchun, xlorid kislotasining kuchsiz eritmasi bilan muntazam yuvilib turadi. Stixiometrik tenglama bo‟yicha ammiakni oksidlash uchun havo-ammiak aralashmasi tarkibida 1 mol‟ NH3 ga, 1,25 mol‟ O2to‟g‟ri kelishi kerak. Amalda esa NO ni unumini oshirish va ammiakni oksidlanish reaksiyasini tezlashtirish uchun kislorod miqdorini 1,3-1,5 marta ko‟p olindi, ya‟ni 10-12 % NH3, 18-19 % O2 va 70-72 % N2 (hajmiy nisbatda) olinadi. Oksidlangandan keyin nitroza gazlari, tarkibida 9-10 % NO va 5-6 % O2 saqlaydi. Download 121.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling