Bugungi kunda mamlakatimizda keng ko‘lamlarda amalga oshirilayotgan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi va uning alohida ustuvor yo‘nalishlari ham inson hayoti va uning manfaatlarini himoyalash bilan bog‘liq yo‘nalish va tarmoqlarni o‘zida mujassam etgan ijtimoiy soha rivojini ta’minlash, uni yangi bosqichga ko‘tarish, bu sohadagi muammolarni yechish, bu sohalar rivojining iqtisodiy-moliyaviy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan. Muhtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoyev bu boradagi ishlarga baho berib: “O’zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining g‘oyat muhim yo‘nalishi bo‘lgan ijtimoiy sohani isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda. Ma’lumki, aholimizni, ayniqsa, byudjet sohasi xodimlarini, kam ta’minlangan oilalarni uy-joy muammosi ko‘pdan buyon qiynab kelardi. Bu og‘ir ijtimoiy muammoga biz deyarli e’tibor bermay kelganimiz ham bor gap”14, - deb ta’kidladilar. Bu chora-tadbirlar, shubhasiz, muayyan moliyaviy resurslarni talab etadi.
Ma’lumki, aholini ijtimoiy himoya qilishning moliyaviy manbalari turli- tumanligi bilan xususiyatlanadi. Bu manbalarning tarkibida davlat byudjeti alohida o‘rin egallaydi. Shunki aholining ijtimoiy muhofazasi bilan bog‘liq xizmatlarning ko‘pchiligi davlat tomonidan kafolatlangan va davlat tomonidan mablag/ bilan ta’minlanadi. Umuman olganda, mamlakat miqyosida davlat byudjeti xarajatlari davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlarning tom ma’nodagi ifodasini o‘zida aks ettiradi. Buni quyidagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkin.
14 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2018 y. B.7.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |