I bob. Asalarilar haqida umumiy maʼlumot


Asalarilarning tarqalishi


Download 480.68 Kb.
bet3/7
Sana13.04.2023
Hajmi480.68 Kb.
#1356335
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi guli

1.2. Asalarilarning tarqalishi

Asalarilar xilma-xil turlarga boy bo’lib, bu ularning har xil yashash sharoitiga tez moslashish xususiyatiga ega ekanligini ko’rsatadi. Asalari tur xillariga Apis mellifera L. ya’ni haqiqiy asal yigʻuvchi arilar (o’rta rus yoki evropa qora asalarisi) kiradi, Rassiyaning o’rmon zonasida yashaydi. Bu tur xillari Evropada (Franstiya, Angliya va boshqa joylarda) ham uchraydi.


Apis mellifera remipes Gerst — Kavkaz sariq asalarisi (Armanieton va Shimoliy Kavkaz asalari-lari) ni birinchi marta Gershtekker tavsiflagan.
Apis mellifera caucasica Gorb— Kavkaz asalarisi. Bu asalarilar Kavkaz qo’ngir top asalarisi deb atalib, ularni Gorbachyov alohida tur xiliga ajratgan.
Apis mellifera ligustica Spin— Italiya sariq asalarisi. Uning vatani Apennin yarim orolidir.
Afrika qit’asida yashaydigan ayrim asalari xillarini olimlar alohida turga ajratdilar. Ulardan afrika qora asalarisi va sariq Adansonov asalarisi keng tarqalgan.
Madagaskar orolida afrikaga ko’ra asalarisidan ayrim belgilari bilan farq qiladigan timqora asalari yashaydi.
Sobiq ittifoq hududida tarqalgan asalarilar tuzilishi va xulq-atvori bilan boshqa asalarilardan farq qiladi. Bir qator sovet olimlari asalarilarning geografik o’zgaruvchanligini aniqlaganlar. Masalan, janubdan shimolga qarab tarqalishi bilan ishchi asalarilar xartumining uzunligi osha boradi (Xoxlov, Mixailov, Alpatov, Skorikov va boshqalar ma’lumoti). Moskva asalarilari xartumining uzunligi 6,038 mm, Ukraina asalariniki 6,321 mm. Abxaziyada va Kavkaz tog’ tizmalarida keng tarqalgan tog’ qo’ng’ir asalarilarining xartumi eng uzun bo’ladi. Abxaziya asalarilariniki 6,7 mm, Jeleznopodskdagi tersk naslchilik pitomnigidagi ona asalarilardan olingan arilarniki 6,86 mm (Alpatov). Megrel asalarilar xartumining uzunligi 7,22 mm ga teng ekanligini Skorikov aniqlagan. Umumiy tana o’lchamiga ko’ra, janub asalarilari (Italiya asalarisi ham) shimol asalarilaridan ancha kichik bo’ladi. Kavkaz asalarilari oyog’ining birinchi bo’g’imi shimoldagilarnikiga nisbatan birmuncha kengroq bo’ladi. Mum bezining kattaligi butun halqaga teng bo’lib, shimoldagilarida janub asalarilarinikiga qaraganda kattaroq bo’ladi.
Janub asalarilari xitinida, ya’ni sirtqi qattiq qismida sariq pigment ko’pligi bilan shimoldagilaridan farq, qiladi. Kavkaz qo’ng’ir tog’ asalarilari tanasining kattaligi, mum bezi yaxshi rivojlanganligi va xitinida sariq pigment kamroq bo’lishi bilan shimol asalarilariga yaqin turadi. Uyadan endigina uchib chiqayotgan o’rtarus asalarilarining og’irligi (to’la tajriba stanstsiyasi ma’lumoti) 90-95-mg, AQShda urchitiladigan Italiya asalarilariniki 80 mg, o'rtarus naslsiz urg’ochi asalariniki 190—200 mg, megrel urg’ochi asalariniki 150 mg ga teng.
Ona asalarilar jinsiy organlarining tuzilishiga ko’ra ham bir-biridan farq qiladi. (Kojevnikov ma’lumotiga ko’ra), o’rta rus ona asalarilarining ikkala tuxumdonida 284 ta, italiya ona asalarilarida (AQShda) 324 ta, Alpatov va Komarovlar ma’lumotiga ko’ra, to’la ona asalarilarining tuxumdonida 324,3 ta va megrelkalarda 341,3 ta tuxum naychasi bor ekan.
Asalarining tur xillari biologik belgilari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Janub (Kavkaz, Italiya) tur xili shimol tur xillariga: nisbatan birmuncha yuvosh bo’ladi. Tog’ asalarilari ham ana shunday. Lekin janub asalarilaridan Kiprda yashaydigan sariq asalari tur xili juda serjaxl boʻlib, uni boqish qiyin.
O’rtarus va italiya asalarilari ko’pi bilan 6 ta yangi oila yaratishi mumkin. Kavkaz sariq asalarilari esa 12 ta oila yaratadi. Tog’ qo’ngir asalarilari ona ari uyasi va yaratgan oilalari soniga ko’ra, o’rtarus asalarilariga o’xshab ketadi. Kavkaz asalarilari oilasida ikkita ona ari yonma-yon yashashi mumkin. Kavkaz asalarilari inidagi asalni «ho’l pechat» lab, yangini tamg’alab suvab qo’yish xususiyati bilan o’rtarus asalarilaridan farq qiladi. Bu usulda qopqoq o’rtasida havo bo’shlig’i kirmaganligidan asal bilan mum qopqoqi yopishib turadi va u ho’l bo’lib qoladi. O’rtarus va Ukraina asalarilarining suvagan tamg’asi oq bo’ladi. Kavkaz asalarilari ishchi va erkak arilar uchun qurgan inlarning diametri o’rtarus va boshqird arinikidan kichik bo’ladi.
Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, tog’ qo’ng’ir asalarilari tashqi muhit temperaturasi ancha past boʻlganda ham nektar (shira) va gulchang yig’ishga chiqa olishi bilan o’rtarus asalarilaridan farq qiladi. Asalari tur xillari zoologik sistematikada ba’zan kenja tur va irq deb ham yuritiladi.


Download 480.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling