I bob. “Avesto”da ijtimoiy-pedagogik g`oyalar


Download 210.03 Kb.
bet1/8
Sana20.01.2023
Hajmi210.03 Kb.
#1104286
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
AVESTOda IJTIMOIY-PEDAGOGIK G`OYALAR


MAVZU: “AVESTO”da IJTIMOIY-PEDAGOGIK G`OYALAR

MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………………
I.BOB. “AVESTO”da IJTIMOIY-PEDAGOGIK G`OYALAR……………….
1.1. «Avesto»dagi ta’limiy-axloqiy qarashlarni o’rganish zaruriyati……………..
1.2. «Avesto»dagi pandnomalarning ijtimoiy pedagogik mohiyati.......................
1.3. «Avesto»dagi - ta’limiy axloqiy qarashlar......................................................
II.BOB. «AVESTO»DA IJTIMOIY PEDAGOGIK QARASHLAR..........
2.1. Zardusht barkamol inson timsoli.................................................................
2.2. «Avesto»da ijtimoiy pedagogik g’oyalarning ifodalanishi...........................
2.3.«Avesto»da mehnatsevarlik va vatanparlik g’oyalarining ifodalanishi........
III. XULOSA.....................................................................................................
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..................................................





KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: «Avesto» bilan yaqindan tanishar ekanmiz, yana bir karra shunga iqror bo’la­mizki, bu mangu kitobda ifoda etilgan buyuk g’oyalar, falsafiy hikmatlar o’zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi.


«Avesto»ning tub ma’no–mohiyatini belgilab beradigan «ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal» degan tamoyilda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini alohida ta’kidlab o’tmoqchiman».
Darhaqiqat, «Avesto» - hikmat va saboqlar xazinasidir. Bu asar jahon sivilizatsiyasi va umumbashariy ma’naviyat taraqqiyotiga beqiyos katta ta’sir ko’rsatdi, inson­ning har jihatdan barkamol va ozod bo’lishini madh etdi. Meloddan avval­gi II ming yillik o’rtalaridan I ming yillik boshlarigacha o’lkamizda yuzaga kelgan «Avesto» ko’p qirrali asar bo’lib, u ilk davlatchilik munosa­batlari, ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’rifiy-axloqiy qarashlarning ibtidosi va takomili haqida qimmatli ma’lumot­lar beradi.
Demokratik huquqiy jamiyatni qaror toptirish jarayoni davom etayotgan bugungi sharoitda yangicha ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish madaniy me­ros, jumladan «Avesto» saboqlaridan keng foydalanishni taqozo etmoqda. Zero, jamiyat a’zolari, xususan, yoshlarning har tomonlama barkamol inson bo’lib yetishishlarida ajdodlar an’anasi va o’tmish qadriyatlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida qayd ta’kidlanganidek, «milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z vatani uchun iftihor tuyg’usining shakllanayotgani, boy milliy, madaniy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat yoshlar tarbiyasidagi muhim omil sanaladi».
Zero, «Avesto»da ifodalangan masalalar asosini ma’naviy-axloqiy qarashlar tashkil etadi. Axloqiy me’yorlar hayotning bosh mezoni sifatida bel­gilangan bu asarda shaxsning jismoniy, ma’naviy, ruhiy kamoloti, xulq atvori haqida ibratomuz fikrlar o’z ifodasini topgan. Xususan, shaxs tarbiyasida oila, jamiyat, mehnat, hunar va ta’lim hamda ustozning o’rni kabi qator masalalar yoritilgan.
Shu­ning uchun ham ko’p asrlar davomida Sharqda yoshlarga ilmu ma’rifat o’rga­tish va odob-axloq fazilatlarini singdirishda zardushtiylik ta’limotiga amal qilib kelingan. Bu esa, «Avesto»dagi pedagogik, hususan, axloqiy tarbiyaga oid qarashlarni chuqur o’rganish zaruriyatini tug’dirmoqda. Bugungi kunga qadar «Avesto»dagi ta’limiy-axloqiy qarashlarga oid ayrim maqolalar e’lon qilingan bo’lsa-da, ammo bu sohada maxsus dissertatsion tadqiqot amalga oshirilmagan.
Zardushtiylarning odob, yaxshi xulqqa doir hayotiy tajribalaridan hozirgi avlod, umuman, yangilanayotgan jamiyat a’zolarining ma’naviy-axloqiy kamolotiga erishish yo’lida ijodiy foydalanish imkonini yaratadi.
«Avesto»ga qiziqish o’zining uzoq tarixiga ega. U dastlab kitob shaklida tartib berilishi, so’ngra parokanda qismlarining qayta tiklanib, tugal holga keltirilishi (VI asr o’r­talarida) hamda XVIII asrdan hozirgacha tarjima va tadqiq etilishi kabi jarayonlarni boshdan kechirdi. Zardushtiylik ta’limoti, uning payg’ambari Zardusht hamda «Avesto» haqidagi qator qimmatli ma’lumotlar Firdavsiy, Tabariy, Beruniy va boshqa Sharq allomalarining ilmiy-tarixiy hamda badiiy asarlarida uchraydi.


Download 210.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling