I bob. “Avesto”da ijtimoiy-pedagogik g`oyalar


«Avesto»dagi - ta’limiy axloqiy qarashlar


Download 210.03 Kb.
bet4/8
Sana20.01.2023
Hajmi210.03 Kb.
#1104286
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
AVESTOda IJTIMOIY-PEDAGOGIK G`OYALAR

1.3. «Avesto»dagi - ta’limiy axloqiy qarashlar.
Inson va butun borliq Yazdon tomonidan yaratilgan bo’lsa ham kishilarning savob yohud gunoh yo’lini tanlashdagi ixtiyori, ongli faoliyati inkor etilmaydi. Aksincha, haqlik va poklik dastavval xolis niyatga, ezgulik va adolatga intilgan kishiga ato etiladi. Shuning uchun o’gitlarda har bir ishni puxta o’ylab, sidqidildan bajarish, boshqalarga ham naf tegadigan, foydali jihatlarini unutmaslik zarurligi uqdiriladi. Bulardagi bag’rikenglik, umidvorlik, halollik kabi motivlar bugungi kun uchun dolzarb va ibratlidir. Chunonchi, «O’tgan ishni esingdan chiqar, amalga oshmagan ishga o’ksinma, g’am ema», «O’zingga ma’qul bo’lmagan ishni boshqalarga ham ravo ko’rma», «Shon–shuhratni deb o’z burchingni unutma» va boshqalar.
Shuningdek, inson burchining muhim qirralaridan biri o’z ustozlari, boshliqlar, homiylar, umuman kattalarga munosabatda aks etishiga o’gitlarda alohida urg’u berilgan. «Kecha va kunduz Tangrini ulug’lash»ga ahd qilgan kishi o’z ishini to’g’ri bajarishi, ustozi, rahbari va otasini doimo eslab yurishi, xususan, ustozdan tanbeh eshitmaslik, uni qiynamaslikka intilib, o’rgangan bilimlarni faqat munosib kishilarga berish, boshqalardan tortib olmaslik farz sifatida ta’kidlanadi.
Sharqda boshliqlar va do’stlarga sodiq bo’lish bilan birga inson o’z qadrini ham bilishi eng qadimgi qadriyatlardan biri ekanligi Zardushtiy pandnomalaridagi o’gitlarda ham aks etgan. «Mamlakat homiysi» va jonlilar qayg’usi bilan band bo’lgan hukmdorlarni» qarg’amaslik targ’ib etilsa ham jamiyat a’zolarining insoniy mohiyati ularning mulkiy tabaqalanishlaridan qat’iy nazar, ezgulik maqomlariga amal qilishlariga qarab belgilangan. Shuning uchun ham Anushirvon o’gitlarida «Hukmdor va do’stlaringga sodiq bo’l, o’zingni hech kimga qul qilib qo’yma» nasihati bilan bir qatorda turli tabaqa vakillariga yaxshi va yomonligi va insonga munosabatiga qarab muomala qilish zarurligi qayd etilgan. «Boylar ziyofatiga ishtirok etma», «Mastlar bilan bir ziyofatda o’tirma», «Ziyofatda mushtlashishdan chetda bo’l», «Odamlarni urma, lavozim uchun kurashma», «Qamoqxona nozirligiga zolimni tayinlama», «Qasosga intilma» o’gitlarida yomonlardan uzoqlashish, «Boshliqni ulug’la, uni hurmat qil va so’zlariga quloq tut», «Ulug’ martabali kishilarni e’zozla, ularning maslahatlarini ol, ularga itoat qil», «Keksalar ustidan kulma, chunki sen ham qartayasan», kabi nasihatlarida esa yaxshilarga yaqinlashib, ularni e’zozlash kerakligi ta’kidlanadi.
Ma’lumki, zardushtiylik ta’limotida inson ruhi masalalari salmoqli mavqega ega. Mazdaparastlik aqidasi bo’yicha, odam o’lgandan keyin uning ruhini qo’lga kiritish uchun do’zax va jannat, devlar va shohlar o’rtasida jang boshlanadi. Bunda gunohkorlar ruhi do’zaxga tortilsa, yaxshilar ruhini Mehr, Surush, Rashn kabi homiylar jannatga eltadi. Natijada har kimning ruhi bu dunyodagi yaxshi va yomon amallarining timsoli sifatida olqish yohud qarg’ish olgan holda narigi dunyoda yashab yuradi. Bu aqidaga qattiq ishongan kishilar ruh pokligi yo’lida o’z jonlarini do’zaxga topshirmaslik uchun harakat qilganlar. Bu esa, shubhasiz ruh muqaddasligi va uning axloqiy tarbiyadagi o’rni haqida qator o’gitlarning vujudga kelishiga imkon bergan. «Orsizlik va nokamtarlik yo’lida jonni do’zaxga topshirmaslikka» da’vat etuvchi bunday o’gitlar anchagina: «Qahr-g’azab va qasos uchun o’z ruhingni qiynama», «Jannatga yetmoqchi bo’lsang, ruhing g’amini ye, adolatli bo’l», «Doimo o’z ruhingni o’yla», «Hech kimni aldama, toki ruhing aziyat chekmasin» va boshqalar.
Ruh xotirjamligini ta’minlash yo’llaridan biri gunohlardan saqlanish ekanligi islomiy e’tiqodda ham aks etgan. Hadis-u shariflarda bayon etilgan bunday gunohlar mazmunan zardushtiylik qarashlari bilan ko’p jihatdan hamohangdir. Bunday og’ir gunohlardan ayrimlariga diqqat qilaylik:
- «Tangri yakkaligini tan olmaslik;
- Sehr ishlar bilan shug’ullanmoq;
- Birovni nohaq o’ldirmoq;
- Sudho’rlik» - yetimlar haqini yemoq;
- Iffatli ayolni fohisha deb haqoratlamoq».
Ushbu gunohlarning har biri axloqsizlikning muayyan qirralari ifodasi bo’lib, insonni g’ayri yo’lga undovchi, qalb va ruhga ozor yetkazuvchi illatlardirki, ularga qarshi kurash barcha zamonlarda dolzarb bo’lib kelgan.
Ruh pokligi, diyonatlilik o’gitlardagi yetakchi g’oyalardan biridir. Zero, donolik, haqgo’ylik, nodonlik, g’irromlik kabi o’zaro qarama-qarshi sifatlar asosida kishilarni odob va xushxulq sohibi bo’lish, ezgu nom qoldirishga undovchi ko’plab nasihatlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra haqiqiy inson o’zini ezgulik yo’liga bag’ishlar ekan, donishmandlik va aql-u farosatdan qanchalik bahramand bo’lsa, nodonlik va jaholatdan shunchalik nafratlana olishi ham zarur. Chunki donolik va nodonlik inson qalbidagi yonma-yon ikki hislat bo’lib, birinchisi ezgu amalga, ikkinchisi esa yovuz amalga moyildir.
Qator o’gitlar insonni bu ikki jihatga ogohlik bilan yondashib, to’g’ri yo’lni tanlashga undaydi. «Donishmand kishilar maslahatlarini ol», «Do’stlarim ko’paysin desang donishmand bo’l», «O’z bilimingdan o’zgalarni bahramand et», «Otashdek pok va durahshon bo’ling», «Sobit deb nom chiqarmoqchi bo’lsang, sodiq bo’l», «Baxtli bo’lay desang, diyonatli bo’l», «Dunyo boyliklari ketidan quvma» va boshqalar.
Nodonlik yovuzlikning bir qismi bo’lib, kishini jaholat va gunohga yo’llaydi, axloqsizlikka yo’l ochadi. Ulug’ zotlar, ustozlar hamisha bu haqda ogohlantirib kelishgan. Yomon ishlardan tiyilishning muhim omillaridan biri sifatida johil, g’iybatchi, razil shaxslardan yiroq bo’lishga va turmush hodisalariga teran nigoh bilan xushyor munosabat bildirishga undashgan. Bu haqda o’gitlarda ko’plab namunalar uchraydi: «Sirlaringni nodonga aytma», «Yovuz bilan bir yo’lda yurma», «Nodon bilan kengashma», «Uyati yo’qdan mol olma», «Hasadgo’yni yordamchi qilma», «Hasadgo’yga molingni ko’rsatma», «Kek saqlaydigan odamdan uzoq yur», kabi. Bu ogohlantiruvchi nasihatlarda yovuzlikning kirdikorlari shaxslashtirilgan holda ular xarakterini ifodalovchi nomlar bilan ifoda etilgan («Nodon», «yovuz», «uyati yo’q», «hasadgo’y», «zoti past», «kek saqlaydigan»).
Zardushtiylik ta’limoti dasturlarida ko’p uchraydigan taqdir va amal, qalb va ruh tushunchalari insonning ma’naviy poklanishi va axloqiy kamolotidagi rivojlanish jarayonlarini aks ettiradi. Yazdon ato etadigan taqdirda har bir kishining ezgu yohud yovuz amali aks etib, u qalbni toza yoki nopok qilishi, ruhiga esa xotirjamlik yohud bezovtalik bag’ishlashi tabiiydir. Ahura Mazda har bir bandani yomon yo’ldan asranishga va axloqqan barkamol, yetuk shaxs sifatida shakllantirishga erishadi. Quyidagi fazilatlarni egallashga da’vat etadi: aqllilik, bardoshlilik, ishonuvchanlik, e’tiqodlilik, farosatlilik va boshqalar.
Bu o’rinda aqlni shartli tarzda tug’ma va amaliy aqlga ajratib, birinchisida ilohiylik, Tangri ne’mati ustuvor bo’lib, u qalbni qo’rquvdan, gunoh va samarasiz faoliyatdan asrab, pirovard o’limni o’ylashga qaratilgan bo’lsa, amaliy (dunyoviy) aql har kimning bevosita o’ziga bog’liq holda aniq hayotda «to’g’ri yo’l tanlash, unda mahkam turish, nima bo’ldi va nima bo’lishni ko’ra bilish, bo’lmaydigan narsaga ishonmaslik va qilinmaydigan ishga urinmaslik» nazarda tutiladi. Bu ikkala jihat o’zaro aloqador bo’lib, inson xarakteri - dunyoqarashi va amaliy faoliyati uyg’unligiga bog’liqdir. Zero, xarakterning vazifasi, o’zni yomon axloqdan, yomon niyatdan saqlash va ezgu axloq me’yorlarini egallashdir.
Bardoshlilik hayot davomida ishonch, e’tiqod, fahm–farosat kabi fazilatlar orqali takomillashib boradi. Shunga ko’ra «Avesto»da bu fazilatlardan har birining qisqacha ta’rifi beriladiki, ular bugungi kunda ham ahamiyatini yo’qotgan emas. Ularning mazmuni, asosan quyidagicha:

Download 210.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling