I bob. Badiiy asarda peyzaj


Badiiy asarda peyzajning o’rni


Download 55.09 Kb.
bet4/7
Sana16.04.2023
Hajmi55.09 Kb.
#1359245
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5303296566218462509

1.2. Badiiy asarda peyzajning o’rni.
Inson - san’at va adabiyotning bosh predmeti , tasvir obyekti. Ammo bu ham o’ziga hos tarixga ega – san’at paydo bo’lishi bilanoq inson uning asosiy predmeti qilib olinmagan. V.G.Beliniskiyning uqtirishicha, san’atning barcha turlarida, xususan qadimgi hind poeziyasida tabiat ilohiylashtirilgan , birinchi galda o’simliklar, ilonlar, qushlar, sigirlar, fillar va boshqa hayvonlar ko’rsatilgan. Odam esa tabiatga tobe, yordamchi kuch sifatida berilgan. San’at taraqqiyotining navbatdagi bosqichi – qadimgi Misr mifologiyasida bahaybat hayvonlar va Xudolar obrazlari orasida inson qiyofasi ham ko’rina boshlagan. Faqat qadimgi yunon san’atidan boshlab inson san’at asarining bosh predmeti bo’lib hizmat qilgan. V.G.Beliniskiyning fikricha, antik adabiyotda yaratilgan xudolar – ideal odam obrazi, insonni ilohiylashtitrishdan boshqa narsa emas. Gomerning “Iliada”, “Odisseya” asarlari Esxil, Sofokl va Evripid tragediyalari, Aristofan komediyalari badiiy tafakkur tarixida insonni san’atning bosh qahramoni qilib olishi jihatidan ilk buyuk kashfiyotlar bo’ldi . Shundan boshlab, inson san’atning asosiy tasvir obyekti bo’lib qoldi. Ulug’ san’atkorlarni eslaganimizda dafatan ular yaratgfan adabiy qahramonlar yodimizga tushadi. Chunonchi , Gomer deganda – Axilles, Gektor, Odisseya; V.Shekispir deganda – Gamlet, Qirol Lir, Otello, Romeyo, Juletta, Makbed; Alisher Navoiy deganda – Farxod, Shirin, Dilorom, Iskandar, Majnun, Layli, Bahrom; L.Tolstoy deganda – Andrey Bolkonskiy, Per Bezuxov, Natasha Rostova, Levin, Anna Karerina, Nehlyudov; M.Sholoxov deganda – Grigoriy Melexov, Simyon DavidovOybek deganda - Yulchi, Alisher Navoiy, O'ktam, Komila, Bektemir kabi yorqin obrazlar ko’z o'ngimizga keladi. Gomer davridan bizning zamonamizgacha badiiy adabiyot juda uzoq va benihoya murakkab tarixiy jarayonlarni bosib o’tdi, ammo har doim inson uning diqqat markazida turdi. Bi- roq bundan badiiy asarda insondan boshqa hech narsa tas-virlanmas ekan-da, degan bir tomonlama xulosa chiqarmaslik kerak. Chunki adabiyotda insondan tashqari tabiat, hayvonot dunyosi, buyumlar va boshqalar ham tasvirlanadi. Ammo ular ham, albatta, inson bilan bog'liq holda beriladi.
Adabiy asarda insondan tashqari tasvirlanadigan obʼektlardan eng muhimi tabiat bo'lib, u ilmiy adabiyotda peyzaj deb yuritiladi. Haqiqatan ham badiiy asarlarda tabiat obrazi (peyzaj) tez-tez uchrab turadi. Avvalo u asar kompozisiyasida, albatta, aniq g'oyaviy maqsadni ifodalaydi: a) qahramon harakat qiladigan tabiiy muhitni ko'rsatadi; b) qahramon xarakterining u yoki bu qirralarini ochishga xizmat qiladi; v) asarda tasvirlanayotgan voqea-hodisaga tarixiy-konkret tabiiy tus beradi va hokazo. Masalan, Abdulla Qahhorning "Sinchalak" povestiga nazar tashlaydigan bo'lsak, asarda sanʼatkorona chizilgan peyzajning qahramonlar xarakterlarining qirralarini, ularning ruhiy dunyolarini ochishga to'la xizmat qildirilganligini payqash qiyin emas. Chunonchi, "u (Saida) juda kech yotganiga qaramay, tong yorishar-yorishmas uyg'ondi, lekin ko'zlari to'la uyqu, butun vujudi uyquning bir- ikki minutli eng shirin joyi qoldi deb turar, sahar shabadasida yaproqlarning shitirlashi, qushlarning chug'ur- chug'uri uni allalar edi...". Bu peyzaj tasvirida avtor go'zal tong manzarasini ko'z oldimizda gavdalantiribgina qolmasdan, shu bilan birga, qahramonning ruhiy kayfiyatini, ichki kechinmalarini ham ochib bergan. Yoki Qalandarov yangi olingan yuk mashinasining rulida ketar ekan... "yo'l bo'yidagi tiniq yashil daraxtlar, barra o'tlardan ko'zi quvonib, kishining vujudini, ruhini yayratadigan may havosidan mast bo'lib, xirgoyi qilib boradi". Bu peyzaj ham Qalandarovning ruhi bilan g’oyatda uyg'un - qahramonning qalb quvonchlarini, ko'tarinki ruhiy kayfiyatini, sevinchini bo’rttiribroq ifodalashga xizmat qildirilgan.
Badiiy asarda tabiat manzaralari faqat yordamchi vositagina bo'lib qolmaydi. Chunonchi, peyzaj lirikasida bosh tasvir obʼekti tabiat xodisalari bo’ladi. Ammo bu xil asarlarda ham peyzaj inson hayoti bilan, uning his- tuyg’ulari bilan uyg’un holda beriladi. Hamid Olimjon, Oybek, Mirtemir, Uyg'un va boshqa shoirlarimizning peyzaj lirikasi ana shundan guvohlik beradi.
Shoir Oybek "Naʼmatak" sheʼrida yuzakiroq qaraganda shunchaki bir yovvoyi tog’ guli - naʼmatakni taʼrif- tavsif qilayotganga o’xshaydi- she’rda faqat na’matak haqida gapirayotgandek tuyuladi. Aslida esa shoir bu sheʼrida ramziy obraz- naʼmatak vositasida lirik qahramon (shoirning o'zi) ning jonajon o'lkamiz bahoriga, hayotga, go’zallikka, nafosatga bo'lgan jo'shqin muxabbatini tarannum etadi. Shoir falsafasiga ko'ra, nafosat, go’zallik, hayot ishtiyoqi, zavqi shu qadar kuchliki, u har qanday qabohatni, qora kuchlarni dog'da qoldira oladi. Tog’ qoyasini yorib chikqan, shamolga, beayov bo'ronlarga, jazirama issiqqa bardosh bergan va ular ustidan g'alaba qilib, quyoshga bir savat oq gul hadya etgan naʼmatak mana shundan guvohlik beradi:
Nafis chayqaladi bir tup naʼmatak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o’shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup naʼmatak...
Mayin raqsiga hech qoniqmas ko’ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
Sunmayli yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun.
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!
Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup naʼmatak.
Shamol injularni separ chashmadak
Boshida bir savat oq yulduz-chechak,
Nozik salomlari naqadar maʼsum!
Tog'lar havosining firuzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi.
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tup naʼmatak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!
Sheʼrdagi har bir so'z va ibora shu qadar jozibaliki, go’yo ular misralarga tizilgan javohirlarga o'xshaydi: "shamolning belanchagi", "viqor-la o’shshaygan qoya", "quyoshga ko'tarib bir savat oq gul"… Naqadar original obrazli iboralar! Shoir tasvirida, naʼmatak, hatto, "vahshiy toshlarga ham... fusun" beradi, uning poyida "yig'laydi kumush qor yum-yum"Natijada kitobxon ko’z o’ngida tog’ tabiati manzarasi- go’zal bahor jonlanadi. Bu manzara shu qadar jozibaliki, u har qanday kishi qalbini larzaga soladi, tabiat mo’ʼjizasiga, "tog'lar havosining firuzasi"- naʼmatakka - go'zallik ramziga ishtiyoqini, havasini, muhabbatini uyg'otadi. Xullas bu sheʼrda inson obrazi yo'qdek ko'ringan bo'lsa-da, unda insonning tabiatga munosabati, lirik qahramonning hayotga ishtiyoqi, nafosatdan zavqlanishi, hayot falsafasi jo'sh urib turibdi. Sheʼrdagi naʼmatak esa o'z o'lkasini jon-dilidan sevuvchi insonning boy maʼnaviy dunyosini ochishga xizmat qildirilgan. Bunday asarlar kitobxonni o'lkaga muhabbat, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalaydi-uni porloq istiqbolga yetaklaydi...
Badiiy asarda hayvonot dunyosi tasviriga ham alohida eʼtibor beriladi. Hayvonot obrazi ham, xuddi peyzajdek, inson xarakaterining u yoki bu qirralarini ochishga xizmat qildiriladi. Bu o'rinda, "Alpomish" dostonidagi Boychibar, Ch.Aytmatovning "Alvido, Gulsari" povestidagi Gulsari, A.Qahhorning "Sinchalak" qissasidagi ikki ot tasvirini eslash kifoya.
"Sinchalak" da Qalandarov bilan Saidaning otda paxta dalalarini aylanib chiqish epizodi bor. Shu epizod orqali, birinchidan, Qalandarovning kolxoz hayotini yaxshi bilishligi, dehqonlar qalbiga yo'l topa olishi, tajribakorligi ko'rsatilgan bo'lsa, ikkinchidan, Saidaning undan ko'p narsalarni o’rganganligi dalillangan. Ammo shu epizodda muallif bir ramziy g'oyani xam olg'a surgan. Bu g’oya ot vositasida ochilgan. Natijada kitobxon kuz ungida jonlanadi.
Qalandarov aslida Saidani kolxozdan bezdirish maqsadida ana shu "sayohat"ni uyushtiradi. Shuning uchun ham uning o'zi yuvosh samanni olib, otda yurib o'rganmagan Saidaga boshini qo'yib yuborsa surib ketadigan, tortsa o'ynoqlaydigan o'ta asov toyni beradi. Ot Saidani haddan tashqari toliqtiradi, qiynaydi:
Dala yo’liga chiqilganda Saida bir tajribasizlik qildi, toy hadeb surishga intila berganidan "bir choptiray, zoraki charchab, bir oz bosilsa" degan xayolda boshini qo’yib berdi. Shunga mahtal bo'lgan toy birdan ko'tarib ketdi: Saida harchand boshini tortmoqchi bo’lsa ham xuddi tushida urinayotganday, tortolmas edi. U egarning qoshin ikki qo’llab mahkam ushlaganicha entikib, dod degani nafasini rostlolmay borar edi; nazarida ming kilometr ko'ringan bir necha yuz metr masofani bosganidan keyin nima bo’lib xushini o’ngladi-yu, jilovni siltab tortdi. Toy birdan yo'lga ko'ndalang bo'lib uynoqladi, pishqirib oldingi oyoqlarini ko'tardi, chopganidan keyin charchab bosilish o'rniga, battar bo'ldi. Saidaning beliga og'riq kirdi, taqimi shilinganday bo’lib achishdi...
Avvalo, bu o'rinda toyning asovliklari zamirida bir poetik g’oya bor, shu orqali Qalandarov Saidaga “Siz bolalik qilib, bunaqa xom xayollarga borib yurmang. Men o'zim aravadan boshqa ishga yaramaydigan pachok otday ko'rinsam ham uncha-muncha chavandoz minolmaydigan uloqqchi otman. Uncha-muncha odamni yerga chalpak qilaman, chalpak. Buni bilib, tushunib qo'ying...”deyayotgandek tuyuladi kishiga. Biroq ko'p o'tmay Saida sal tajriba orttirib, asov toyni jilovlab, butunlay o'z izmiga solib oladi. Bu bilan muallif go’yo Qalandarovga "buzoqning yugurgani somonxanagacha", bunday o'jarliklaring bilan uzoqqa borolmaysan, baribir Saida seni jilovlab oladi, chunki u faqat aql-idrok va kuchli mantiq asosida ish qiladi, undagi tajribasizlik, g'o'rlik o'tkinchidir" deyayotgandek.
Badiiy asarda buyumlar, jismlar, narsalar, predmetlar tasviri ham, muhit, bino, uy jihozlari kabilar ham o'ziga xos o’rin egallaydi. Bunday obrazlar, odatda, asarda milliy sotsial-tarixiy koloritni ifodalashga, qahramonlarni konkretlashtirishga, ularga tabiiy tus berishga, xarakter qirralarini ochishga xizmat qiladi. Bu o'rinda, loaqal, "Sinchalak" povestida berilgan buyumlar, jismlar, predmetlar tasvirining asar qahramonlari xarakterlarini ochishga nechog'li xizmat qilishiga bir nazar tash- laylik.
Mana, Qalandarov hovlisining tasviri:
Qalandarovning hovlisi kattagina ekan. Bir tomonda uncha did bilan solinmagan bo'lsa ham, kattagina imorat, sirkor ayvon; uning ro'parasida hovuz, chog'roq shiypon, sim tortib ko'tarilgan tok, bog’cha-poliz... Lekin bularning hammasi hovli egasining havasi zo'r-u, hafsala va didi yo'qligini ko'rsatib turar edi: tokning bir necha novdasi simga o'z holicha tirmashibdi-yu, qolgani yerda yotibdi; meva daraxtlarining ostini, polizni sho'ra va g’umay bosib ketibdi; hovuzning o'rtasida allaqanaqa qog'oz yashik yarmigacha suvga botib qiyshayib yotibdi va shapkaning gardishi, faner parchasi suzib yuribdi; shiypon qachondir bir buyalgan ekan, hozir buyoqdan asar qolibdi, xolos; ayvonning zinasi oldida siniq xum ag'anab, kattakon qadoq tosh zang bosib yotibdi.
Bu tasvirni avtor bir necha maqsadga xizmat qildirgan: birinchidan, kattagina moddiy imkoniyatga ega bo'lgan rais Qalandarovning ro'zg'or-oilasi va uning o'zi istiqomat qiladigan sharoitni ko'z oldimizga keltiradi va shu orqali qahramonning hayotiyligini ko'rsatadi, uni dalillaydi va konkretlashtiradi. Ikkinchidan, Qalandarovning ichki dunyosiga ishora qiladi. Qalandarovning ruhiy dunyosi ham xuddi shu hovlidek qarovsiz, o'z holiga tashlab qo'yilgan. Uning siymosida, tabiatida keng feʼllilik ham, odamiylik ham, donolik ham bor. Biroq ularni qarovsizlik natijasida o'sib chiqqan sassiq po'panaklar o'rab olgan - sof marvaridlar chang-to'zon ostida ko'milib qolgan.
Biz ko'rib o'tgan manzara xarakterga to'la mos. Ammo badiiy asarda antiteza usulida chiziladigan tashqi muhit manzaralari ham uchrab turadi. Chunonchi, "Sinchalak"da "Bo'ston" kolxozi firka qo'mitasi kotibining xonasini ko'z oldimizga keltirib ko'raylik.
Saida "Bo’ston" kolxozi partiya tashkilotining sekretari" deb qizil oynaga oq hal bilan yozilgan qora kleyonka qoplangan eshikni ochib kirarkan, "kabinetni ko'rib... og’zi ochilib qoldi. Qimmatbaho mebellar ko'zni qamashtiradi. Stollarga yoyilgan qizil movut, kursi va kreslolarga qoplangan qizil baxmal cho'g'day yashnaydi. Devorlarda rahbarlarning zarhal ramkalarga solib osilgan portretlari, oblastning xaritasi, kolxoz territoriyasining plani, turli-tuman diagrammalar, fotoxujjatlar..."
Chetdan kelgan kishi kabinet jixozlarini ko'rib, "Bo'ston" da partiya tashkiloti va uning sekretari katta mavqega ega ekan. Rais bunga alohida hurmat va eʼtibor bilan qararkanda" degan xulosaga kelishi tabiiy. Qalandarovga esa xuddi shuning o'zi kerak: nazarida bu go'yo uning obro'siga obro’ qo'shadi. Soxta obro’, soxta shuxrat, ortiqcha dabdaba ketidan quvish Qalandarov xarakterida chukur iz qoldirgan illatlardan biridirki, bu o'rinda sanʼatkor mana shunga ishora qilgan.
Demak, adabiy asarning tasvir obʼekti umuman hayot- tabiat va jamiyat hodisalari. Biroq tasvir markazida inson, uning hayoti, xatti-harakatlari, his-tuyg'ulari, kurashi, sevgisi, nafrati, rashki, quvonchi va dard-alamlari turadi. Shunga ko'ra, sanʼat asarining bosh predmeti insondir degan xulosaga kelamiz.10
Bolgar akademigi Todor Pavlovning uqtirishicha, tabiat va jamiyatda sof fizik, sof kimyoviy yoki sof estetik qiymatga ega bo'lgan narsa bo’lmaydi. Ularda shunday xislatlar borki, u fizikning ham, kimyogarning ham, sanʼatkorning ham diqqatini o'ziga tortadi. Shuning uchun o'sha predmetni birov fizik, ikkinchi bir shaxs kimyoviy va uchinchisi estetik nuqtai nazardan o'rganadi, tahlil qiladi, xulosa chiqaradi. Quyosh va yurakni astronom, fiziolog va sanʼatkor o'zicha o'rganadi: quyosh-astronom nazarida sharsimon bo'lib, energiya manbai, ellips bo’ylab harakat qiluvchi fazoviy jism; sanʼatkor nuqtai nazarida esa quyosh hayot va nur manbai, erk va baxt ramzi. Yurak- fiziolog nuqtai nazarida jonli organizmning bir hujayrasi, organizmni qon bilan taʼminlovchi o'ziga xos "nasos" bo'lsa, sanʼatkor nazdida esa yurak-insoniylik ramzi, kalbdir. Bu o'rinda bizni qiziqtiradigan narsa -inson va uni tushunish masalasidir.
Avvalo shuni aytish kerakki, inson sanʼat va adabiyotninggina predmeti emas. Insonni fiziologiya, anatomiya, stomatologiya, xirurgiya, , travmatologiya kabi fanlar; tarix, etnografiya, antropologiya, pedagogika, psixologiya, mantiq kabi ijtimoiy fanlar ham o'rganadi.


Download 55.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling