I bob basketbolchilarni texnik va taktik harakatlarga
Download 240.5 Kb.
|
DJAMOLXONOV DAVRON19-2
Tezlikni o‘zgartirish bilan aldab o‘tish. himoyachidan qutilash uchun to‘p olib yurish tezligining kutilmagan o‘zgartirishdan foydalaniladi. To‘pni olib yurish tezligi avvalo to‘pni qay burchak ostida maydonga yuborilayotganligi va sakrash balandligiga bog‘liq. To‘p bilan oldinga harakat qilish tezligi avvalo to‘pni sakrash balandligiga va uning sapchish burchagiga bog‘liq. Tikkaga yaqin va past sakrashda buyurilsa yurish sekinlashadi va butunlay joyidan bajarilishi mumkin.
Yo‘nalishni o‘zgartirish bilan aldab o‘tish. Asosan bu harakatdan raqibini aldab o‘tish va hujum uchun halqa tomon o‘tish uchun foydalaniladi. Yo‘nalishni quyidagicha qilib o‘zgartiradi: to‘pning yoki kerakli yo‘nalishga qo‘lni to‘g‘irlaydi. Shuningdek, sapchish balandligini o‘zgartirib, burilishlar va to‘pni u yoqdan bu yoqqa o‘tkazib ham aldab o‘tish mumkin. Shuningdek, to‘pni bir qo‘ldan boshqasiga o‘tkazish bilan yashirincha, orqadan yoki to‘pni oyoq ostidan o‘tkazish bilan ham raqibni aldab o‘tish usulidan keng foydalaniladi. To‘pni savatga otish. To‘p otishni bajarishga tayyorlanish jamoa hujumidangi asosiy mazmunini tashkil etadi, xalqaga tushirish esa- uning bosh maqsadidir. Bellashuvda muvafaqiyatli qatnashish uchun har bir basketbolchi faqatgina uzatish, tutib olish va to‘pni olib yurishni qo‘llashni bilish emas, balki har xil holatlardan, raqib qarshiligiga qaramay istalgan masofadan to‘p otishni bajarishi, xalqaga aniq hujum qilishi kerak. O‘yinchining o‘zgarayotgan vaziyatini va hujum uchun har bir qulay vaqtdan foydalanishga harakat qilish, o‘yinchining shaxsiy iste’dodi va xususiyatlarini hisobga olgan holda, otishning usullarini har xil ko‘rinishdagi arsinalini egallashi keakligi aniqlaydi. Savatga otishning aniqligi birinchi navbatda oqilona texnika, harakatlar turg‘unligi va ularni boshqarish, muskul larning kuchlanishi va bo‘shashtirilishi to‘g‘ri almshish, qo‘l panjalarining kuchi va harakatchanligi ularning yakunlovchi kuchlanishi bilan, shuningdek to‘pning optimal uchish traketoriyasi va aylanishi bilan aniqlanadi. Xulosa Rivojlanishning har bir davridagi sprotchi texnikasi- bu o‘yinchilarga qoidalar doirasidan chiqmay, kurashning og‘ir vaziyatlarida muvofaqiyatli harakat qilishga imkon beradigan eng samarali, amalda sinalgan vositadir. Bir lahzada vujudga keladigan o‘yin holatdarida eng yaxshi natijalarga erishish uchun , basketbolchi har xil texnik usullar va usulni yoki usullarni tanlab olishi ularni tez va aniq bajarishi kerak. Download 240.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling