I bob. Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tahlillar


Download 1.86 Mb.
bet4/25
Sana16.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1498389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Urakov Zafar Ruziboy o‘g‘li AT-32a (2)

Tadqiqotda qoʼllanilgan metodikaning tavsifi. Axborot tizmlarini tashkil etishning va loyihalashning zamonaviy usul va uslubiyatlari.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati turli kafedra va bo’limlardan bo’ladigan texnik xizmat buyurtmalarini qabul qilishning metodik uslublarini ishlab chiqish bilan izohlanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati esa ishlab chiqilgan metodik uslublar yordamida istalgan vaqtda onlayn buyurtma xizmatlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi axborot tizimining ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish bilan izohlanadi.
Ish tuzilmasining tavsifi. Bitiruv malakaviy ish kirish, to’rtta bob, xulosa, foydalanilgan va oʼrganilgan adabiyotlar roʼyhati hamda ilovalardan tashkil topgan. Ishning umumiy hajmi 68 bet, 21 ta rasm va 6 ta formula iborat. Foydalanilgan va oʼrganilgan adabiyotlar roʼyhatida 16 ta adabiyot keltirilgan.

I BOB. BITIRUV MALAKAVIY ISHI YUZASIDAN TAHLILLAR O’TKAZISH


    1. Topshiriqning berilishi


Toshkent davlat transport universiteti Arxiv bo’limida amalga oshiriladigan ish jarayonlarini o’rganish va mavjud muammolarga maksimal darajada optimal yechim topish uchun hujjatlarni qabul qilish, ularni saqlash va qidiruv tizimini to’liq elektron ko’rinishda tashkil etish. Ushbu tizimni tashkil etish jarayonida qo’yiladigan vazifalar:



  • Qabul qilingan hujjatlarni saqlash va hujjatlar saqlanadigan joyi va vaqtini doimiy ravishda ma’lumotlar bazalariga kiritilishini ta’minlash;

  • Ma’lumotlar bazalariga kirish cheklovlarini o’rnatish;

  • Foydalanuvchilar uchun qulay dasturiy ta’minot yaratish.

Yuqoridagi vazifalarni bajarilishi davomida quyidagilar qat’iy inobatga olinishi nazarda tutiladi. Vazifa ikki bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lib birinchi bosqichda ish jarayonlari ustida tahlillar o’tkazish, axborot tizimining loyihasini ishlab chiqish, tizimning ishlash prinsplarini belgilash, ma’lumotlar bazasini loyihalash jarayonlari amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda loyiha asosida ma’lumotlar bazasi bilan real vaqt rejimida ma’lumotlarni almashishga asoslanga dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayoni amalga oshiriladi.



    1. Download 1.86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling