I bob. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari


Xo‘jalik (biznes) huquqining asosiy tamoyillari


Download 170.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.10.2023
Hajmi170.81 Kb.
#1726377
1   2   3
Bog'liq
1-1-Mavzu.

Xo‘jalik (biznes) huquqining asosiy tamoyillari 
Huquq sohasining barcha tarmoqlari singari xo‘jalik 
huquqining ham asosiy va eng muhim tamoyillari mustaqil 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida mujassamlashgan asosiy 
qoidalardir. Xo‘jalik huquqiga oid tamoyillar respublikamizda 
bozor 
munosa-
batlarini 
tashkil 
etishda 
barcha 
xo‘jalik 
sub’yektlarining iqtisodiy faoliyatini ma’lum bir maqsad sari 
yo‘naltirib, huquqiy tartibga solib turadi. 
Xo‘jalik huquqining asosiy tamoyillaridan biri xo‘jalik (tadbir-korlik) 
sub’yektlarining iqtisodiy faoliyat erkinligidir. U Kons-titutsiyamizning 
53-
moddasida o‘z ifodasini topgan. Bu tamoyilning bozor iqtisodiy 
munosabatlarini tashkil etishdagi ahamiyati 
—11— 


shundan iboratki, muqaddam iqtisodiy munosabatlar faqat yuqori 
turuvchi davlat organlarining direktiv ko‘rsatmalari asosida 
belgilangan edi. Bunday tartib ishchi, xizmatchi va ziyolilarning 
ishbilarmonligi, ijobiy tashabbuskorligi, qisqasi ijtimoiy faolliligiga 
to‘sqinlik qilib kelgan edi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish esa, 
jamiyat ehtiyojini hisobga olgan holda mulkiy munosabatlarning 
o‘zgarib borishiga, moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirib, mehnat 
unumdorligini oshirishga, erkin mehnatning qaror topishiga olib 
keldi. Natijada, xo‘jalik sub’yektlari yuqoridan beriladigan buyruq 
yoki ko‘rsatmaga asoslanmasdan, balki ular iqtisodiy qonu-
niyatlarga, ya’ni bozor qonuniyatlariga tayangan holda moddiy 
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda erkin bo‘lib, faqat bozor 
talablariga rioya etgan holda iqtisodiy raqobatda mustaqil 
qatnasha oladigan bo‘ldi. 
Xo‘jalik (biznes) sub’yektlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya 
qilish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyati har bir moddiy tovar ishlab 
chiqaruvchi yoki xizmat 
ko‘rsatuvchi xo‘jalik sub’yekti-ning 
iqtisodiy manfaati qonunlarda belgilangan tartibda tegishli 
organlar orqali himoya qilinadi. Eng avvalo, iqtisodiy manfaat-
larning himoyasi soliq munosabatlarida yorqin ko‘zga tashlanadi. 
Jumladan, yangi tashkil etilgan korxonalar va tadbirkorlarga 
moddiy jihatdan o‘z iqtisodini tiklab olishda imtiyozlar berilgan. 
Bank orqali ularga qarz berishda va soliq to‘lashda ham ma’lum 
bir imtiyozlar yaratilgan. Xo‘jalik sub’yektlarining mulkiy huquqlari 
buzilganda, qonunga muvofi
q himoya qilinadi. Jumladan, xo‘jalik 
sub’yektining mulkiga zarar yetkazilganda, shu zarar to‘la hajmda 
zarar yetkazgan shaxsdan undirib olinadi. Agar, mulk egasining 
xohishidan tashqari, mulk qonunga zid holda boshqa shaxsga 
o‘tkazilganida, bu mulkka da’vo qo‘zg‘atilib, egasiga (xo‘jalikka) 
qaytariladi. (Fuqarolik kodeksining 228
—233-moddalari.) Agar, 
to‘sqinlik qilinganida, unday to‘sqinliklar bartaraf etiladi. Mulk 
egasining 
huquqlari 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Fuqarolik 
kodeksining 231-moddasida belgilanganidek himoya qilinadi. 
Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 232-moddasida 
belgilanganidek, xo‘jalik sub’yekti mulkdor bo‘lmasa ham, lekin mol-
mulkka meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, xo‘jalik 
yuritish, operativ boshqarish huquqi asosida yoki qonun, yoxud 
shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosga ko‘ra egalik qilayotgan 
—12— 


bo‘lsa ham uning shu mol-mulkka bo‘lgan huquqlari Fuqarolik 
kodeksining 228
—231-moddalari qoidalariga muvofiq himoya 
qilinadi. 
Xo‘jalik sub’yektining iqtisodiy manfaatlari ham, huquqi ham 
qonun bilan himoya qilinadi. Jumladan, xo‘jalik sub’yektlari boshqa 
shaxslar bilan shartnoma munosabatlariga kirishganida ularning 
manfaatlarini himoya qilishda monopoliyadan himoyalash tamoyili 
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu tamoyilning mazmuni tovar ishlab 
chiqaruvchilarning va xizmat ko‘rsatuvchilarning bozorlarda erkin 
harakat qilishini ta’minlash maqsadida monopolistik faoliyatni 
cheklashga, nosog‘lom raqobatning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymas-
likka qaratilgan chora-
tadbirlar olib borilishida namoyon bo‘ladi. Bu 
sohada O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul 
qilingan «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatini cheklash va 
raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni muhim ahamiyatga ega. Ana shu 
qonun orqali ayrim shaxslar tomonidan bozorni monopoliyalashtirib
o‘z shaxsiy manfaatiga xizmat qiladigan joyga aylantirishiga qarshi 
kurash olib borilayapti. Erkin bozorning tobora keng rivoj topishiga 
shart-
sharoit yaratilib, bozor hamma uchun ochiq bo‘lishi, narx-navo 
talab bilan taklif natijasida belgilanishi ta’minlanmoqda. 
Xo‘jalik munosabatlariga iqtisodiy uslublarni qo‘llash asosida 
davlatning ta’sir etish tamoyili. Bu tamoyil mamlakatimizning iqtiso-diy 
rivojlanishiga ko‘rsatma, buyruq orqali ta’sir etish usulining iqtisodiy 
usuliga, ya’ni mehnat jamoasining, yakka shaxsning tovar ishlab 
chiqarish, ish va xizmat ko‘rsatish, uning assortimentini kengaytirish va 
sifatini oshirishda manfaatlarini hisobga olishga qaratilgani bilan 
izohlanadi. Bunga misol sifatida soliq undirishni olish mumkin. 
Muqaddam soliqlar hamma tashkilotlardan olingan daromaddan bir xilda 
ushlab qolinmasdan, balki i
lg‘or korxonaning mablag‘idan samarasi past 
korxona uchun ham olib qolinar edi. Hozir esa soliqlar tizimining aniq 
qo‘yilishi har bir korxona va tashkilotlarning o‘z rivojidan manfaatdorligi 
ta’minlanishi, kashfiyot, ixtiro va takomillashtirish takliflari qilib 
foydalanishlariga 
imkoniyat 
yaratilgan. 
Davlatning 
korxona 
va 
tashkilotlarga ta’sir etishi beriladigan buyruqqa va ko‘rsatmaga emas, 
balki iqtisodiy usulga asoslanadi. 
Iqtisod siyosatdan alohida bo‘lgan holda rivojlanadi. Bu 
siyosat mutlaqo iqtisodg
a aloqasi yo‘q ekan, degan xulosa emas, 
albatta. Iqtisod bilan siyosat bir-
biri bilan bog‘lanmagan holda, biri 
ikkinchisiga ta’sir etgan holda bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan, 
avval iqtisod rivojlanib boradi, so‘ngra siyosat shakllanadi. 
—13— 


Respublika mustaqil taraqqiyotini belgilovchi narxlarni erkin-
lashtirish va bozor infrastrukturasini shakllantirish tamoyili. Bu, 
eng avvalo, bozorni tovarlar bilan to‘ldirishga va xizmatlar ko‘rsa-
tishga qaratilgan iqtisodiy omillardan biridir. Shu sababli davlat 
narxlarni birdaniga o‘z holicha qo‘yib yubormasdan, asta-sekinlik 
bilan erkin narxga o‘tib borishni ta’minladi. Narx-navo talab bilan 
taklif o‘rtasida belgilana boshlandi. Chinakam talab va taklif 
asosida vujudga keladigan erkin bozor narxlarining amal qilishi 
bozor iqtisodiyotining g‘oyat muhim bo‘g‘ini bo‘lib, bu bo‘g‘in 
mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarni o‘zaro jiðs 
ta’sirini ta’minlaydi. Ammo, davlatning bozor bahosiga ta’sir etishi, 
ma’lum bir iqtisodiy usullar orqali olib boriladi, albatta. 
Davlatning eng avvalo, bozor va bahoga ta’siri uni kuzatish va 
nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Davlat xo‘jalik munosabatlariga 
nisbatan bahoni nazorat qilish standart xizmati, soliq xizmati, sanitariya 
va ekologiya xizmati kabi usullar orqali faoliyat ko‘rsatadi. 
Bozor infrastrukturasi bu bevosita transport xizmatini yo‘lga 
qo‘yish, yuk tashish, tushirish, saqlash va tovar-mahsulotlarini 
sotish bilan bog‘liq xizmat turlarining sifatini oshirish, bozorni 
o‘rganish, bozordagi narx-navo haqida ma’lumot olib turish kabi 
xizmatlarni o‘rniga qo‘yish va shunga o‘xshash bozor rivojiga 
ko‘mak beruvchi boshqa xizmat turlarini samarali tashkil etish 
bilan bog‘liq munosabatlardir. 
Tovar 
ishlab chiqaruvchi (ishlarni bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuv-
chi) 
sub’yektlarning o‘zaro raqobati tamoyili. Bu tamoyilning asosiy 
mazmuni va mohiyati shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti sharoitida 
kim kam mehnat va xarajat sarf qilib, ko‘p va yuqori sifatli mahsulot 
ishlab chiqara olsa (ish va xizmat ko‘rsatsa), u ijtimoiy hamda iqtiso-
diy taraqqiyotda imtiyozga ega bo‘la oladi. Ma’lumki, bu tamoyil 
iqtisodiyotning rivojida eng birinchi va hal qiluvchi vosita hisob-
lanadi. Chunki, u raqobatbardoshlikni chiniqtiradi, yomon ishlov-chi 
korxonani samaradorlikka olib chiqadi yoki uzoq muddat davomida 
tovarlariga talab yo‘qligi sababli zarar ko‘rib kelayotgan, to‘lovga 
qobiliyatsiz korxonalarni qayta tashkil etish yoki kasodga uchragani 
sababli O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 
«Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq mutlaqo tugatib 
yuborishga olib keladi. 
—14— 


Qonuniylik tamoyili barcha fanlarga doir bo‘lgan umumiy 
tamoyil bo‘lsa ham, xo‘jalik huquqida u bozor munosabatlariga 
o‘tish sharoitida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bu tamoyil 
mazmunida xo‘jalik sub’yektlarining qonun man etmagan har 
qanday faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkinligi qoidasi yotadi. 
Demak, korxona hamda tashkilotlar davlat va jamiyatga foydali 
bo‘lgan, qonun bilan taqiqlanmagan faoliyat bilan shug‘ullanish 
ustuvorligini ta’minlashi shart. Bu esa bozor munosabatlariga o‘tib 
borish bilan bog‘liq holda iqtisodni tashkil etish, samaradorlikka 
erishish, 
davlatimiz 
va 
xalqimizning 
buyuk 
kelajagini 
ta’minlashning asosiy vositalaridan biri bo‘ladi. 
Xo‘jalik (biznes) huquqining asosiy 
tamoyillari 
† 
Iqtisodiy faoliyat erkinligi

Xo‘jalik (biznes) sub’yektlarining iqtisodiy 
manfaatlarini himoya qilish

Xo‘jalik munosabatlariga iqtisodiy uslublarni 
qo‘llash asosida davlatning ta’sir etishi
Narxlarni erkinlashtirish va bozor infra- 

strukturasini shakllantirish
Tovar ishlab chiqaruvchi (ish bajaruvchi, 

xizmat ko‘rsatuvchi) sub’yektlarning o‘zaro 
raqobati 
† 
Qonuniylik 
«Xo‘jalik (biznes) huquqi»ning boshqa 
huquqiy fanlardan farqi 
«Xo‘jalik (biznes) huquqi» mustaqil fan tarmog‘i sifatida boshqa 
huquqiy fanlardan o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Ana shu 
farqlarni eng avvalo, 
Fuqarolik huquqi faniga nisbatan ko‘rib 
chiqaylik. Chunki, uzoq yillardan buyon olimlar o‘rtasida bu ikki 
fanning farqi yuzasidan bahs ketadi. Olimlarning bir guruhi 
—15— 


«Xo‘jalik huquqi» mustaqil fan tarmog‘i emas, u Fuqarolik huqu-qining 
tarkibini tashkil etadi deb hisoblasa, ikkinchi guruhi esa Xo‘jalik 
huquqiga alohida fan deb qarash kerak, deydi. Xo‘jalik hu-quqini huquq 
sohasining bir tarmog‘i deb hisoblashga uning Fu-qarolik huquqi va 
boshqa tur
dosh bo‘lgan huquqlardan farqi asos bo‘-ladi. Uning o‘ziga 
xos xususiyatlari quyidagilardan iborat. Ma’lumki, Xo‘jalik huquqi 
Fuqarolik huquqiga juda yaqin soha bo‘lsa-da, u eng avvalo, 
tushunchasi, predmeti, 
sub’yektlari orqali juda aniq farqlanadi. 
Bu ikki fanning tushunchasidagi farqni olib ko‘raylik. Fuqarolik 
huquqiga hozirgi davr talabini hisobga olgan holda professor 
I.B.Zokirov shunday ta’rif beradi: «Fuqarolik huquqi O‘zbekiston 
Respublikasida amal qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri bo‘lib, 
mamlakatimizda 
iqtisodiy 
munosabatlarni 
takomillashtirish, 
bosqichma-
bosqich bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish 
davrida fuqarolar va boshqa 
sub’yektlarning moddiy va ma’naviy 
ehtiyojlarini tobora to‘liqroq qondirish maqsadida mulkiy muno-
sabatlarn
i hamda mulkiy xarakterda bo‘lmagan shaxsiy munosa-
batlarni tartibga solish va mustahkamlashga qaratilgan huquqiy 
normalar yig‘indisidan iboratdir».

Ana shu ta’rifdan ham aniq ko‘rinib turibdiki, Fuqarolik huquqi 
sub’yektlar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni va mulk bilan 
bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solishga 
qaratilgan huquq sohasidir. 
Xo‘jalik huquqi ham respublikamizdagi huquq sohalaridan biri 
bo‘lib, mamlakatimizning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga 
bosqichma-
bosqich o‘tib borishida, davlat va jamiyat, xo‘jalik 
manfaatlarini hisobga olgan holda, xo‘jalik sub’yektlari o‘rtasidagi 
yuqoridan quyi (vertikal) va yon atrofdagi 
sub’yektlarga 
(gorizontal) bo‘ladigan xo‘jalik munosabatlarni tartibga soluvchi, 
bozor sharoitida davlatning iqtisodga rahbarlik qilish chora-
tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig‘indisidan iboratdir. 
Yuqorida berilgan ta’riflarga ko‘ra, Fuqarolik huquqi qoidalari 
aksariyat mulkiy munosabatlarni tartibga solib tursa, Xo‘jalik 
huquqi qoidalari ham mulkiy munosabatlarga taalluqli. 
Lekin, Fuqarolik huquqida munosabatlar shu munosabat 
ishtirokchilarining o‘zaro teng va ixtiyoriyligi asosida kelib chiqsa, 

Qarang: Zokirov I.B. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik huquqi. 1-qism.
T.: «Adolat». 1996. 
—16— 


Xo‘jalik huquqida sub’yektlar teng huquqli bo‘lishi bilan birga idora 
etish, davlatning iqtisodga rahbarlik qilishiga asoslangan munosa-
batlarni ham tartibga solishga qaratiladi. 
Demak, bu ikki fan bir-biridan predmeti orqali ham tubdan 
farqlanadi. Fuqarolik huquqining 
sub’yektlari bo‘lib fuqarolar 
hisoblansa, Xo‘jalik huquqining sub’yekti faqat tadbirkor sifatida 
davlat ro‘yxatidan o‘tgan fuqarolar bo‘lishi mumkin. 
Fuqarolik huquqining ham, xo‘jalik huquqining ham sub’yekti 
bo‘lib yuridik shaxslar hisoblanadi. Ammo, yuridik shaxsning tashkil 
bo‘lish, xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish va unga rahbarlik qilish 
jarayonlarida farqlanadi. Davlat fuqarolik munosabatlarida ikkinchi 
taraf bilan teng huquqli bo‘lib qatnashsa, xo‘jalik huquqida esa 
iqtisodga rahbarlikni amalga oshiruvchi 
sub’yekt bo‘lib ishtirok etadi. 
Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinuvchi shartnoma 
munosabat-
lari asosan iste’molchilarning moddiy ehtiyojini 
ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, uni ishlab chiqarish bilan aloqasi 
bo‘lmasa, Xo‘jalik huquqi shu tovarlarni ishlab chiqarish jarayonini 
ham tartibga solishda qo‘llaniladi. 
Ana shu jihatlari bilan Xo‘jalik huquqi Mehnat huquqiga ham 
juda yaqin bo‘lib ko‘rinadi. Ammo, ular bir-biridan farqlanadi. 
Xo‘jalik huquqi sub’yektlar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlarini 
tartibga solsa, Mehnat huquqi esa ish beruvchi bilan xodimlarning 
mehnat shartnomasi asosida munosabatlarini, ichki tartib-
qoidalarini, ish tartibini va shunga o‘xshash mehnat shartnomasi 
bilan bog‘liq boshqa munosabatlarni tartibga soladi. 
«Xo‘jalik huquqi»ning Ma’muriy huquq fanidan farqi shundaki, 
Ma’muriy huquqning predmeti ma’muriyatning buyruq hamda ijro 
faoliyati bilan, ya’ni hokimiyat va itoat etish sohasidagi faoliyat bilan 
bog‘liq munosabatdir. Bunday munosabat itoat etuvchi quyi 
organlarga va mans
abdor shaxslarga o‘z ko‘rsatmalari orqali ta’sir 
etish, boshqarish, idora etish kabi hokimiyatni amalga oshirish bilan 
izohlanadi. Xo‘jalik munosabatlarida esa buyruqbozlik faoliyatlari 
deyarli yo‘q. Borlari ham bozor munosabatlari shakllanib borgani sari 
tobora uzoqlashib, barham topib, iqtisodiy munosabatlarga o‘z o‘rnini 
bo‘shatib bermoqda. Shu sababli davlat iqtisodiyotga o‘zining tegishli 
organlari orqali (soliq, imtiyoz, iqtisodiy sanksiya va h.k.) iqtisodiy 
ta’sir etish usullari bilan rahbarlikni amalga oshiradi. 
—17— 


«Xo‘jalik huquqi» Moliya huquqi fanidan tubdan farqlanadi. 
Moliya huquqining predmetini moliya budjeti kirim-chiqimi (davlat 
daromadini sarflash va tashkil etish davlat rejasi) bilan 
bog‘liq 
munosabatlar tashkil etsa, korxona va tadbirkorlarning daromad 
manbayini tartibga solish va ulardan qayta ishlab chiqarish 
muomalasida foydalanish kabilar Xo‘jalik huquqining predmetini 
tashkil etadi. T
abiiyki, xo‘jalik faoliyati ham daromadlarni tashkil 
etish va ularni sarf qilishning alohida qoidalaridan xoli kelib 
chiqmaydi. Shu sababli, xo‘jalik sub’yektlari pul mablag‘larining 
bir qismi harakatda bo‘lishini ta’minlash Xo‘jalik huquqi qoidalari 
bilan tartibga solinadi. 
Xo‘jalik sub’yektining daromadlaridan olinadigan soliqlarning 
budjetga kelib tushadigan davlat daromadi Moliya huquqining 
predmetini tashkil etadi. 
Shuningdek, Xo‘jalik huquqi Konstitutsiyaviy huquq, Ekologiya 
va qishloq 
xo‘jaligi huquqi bilan bog‘liq munosabatlarda ham 
o‘ziga xos xususiyatlari orqali farqlanadi. 

Download 170.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling