I bob. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari
Xo‘jalik (biznes) huquqi manbalari tushunchasi, turlari
Download 170.81 Kb. Pdf ko'rish
|
1-1-Mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Xo‘jalik (biznes) huquqi manbalari tushunchasi, turlari
O‘zbekiston Respublikasidagi huquq tizimining manbayi bu vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadigan qonunlar va chiqariladigan huquqiy hujjatlardir. Ana shu qonunlar va huquqiy hujjatlar eng avvalo, O‘zbekiston xalqining erkini, xohishini ifoda etadigan huquqiy qoidalar yig‘indisidir. Har bir fan uchun qonunlarning va huquqiy hujjatlarning qaysi biri yoki uning qanday qoidasi manba ekanligini ajratib olish kerak bo‘ladi. Ayniqsa, bu masala xo‘jalik huquqi uchun muhimdir. Chunki, Xo‘jalik huquqiy normalarini yagona tizimga soluvchi alohida huquqiy hujjat hozircha yo‘q. Lekin, shunday bo‘lsa-da, mustaqil respublika-mizning vakolatli organlari tomonidan qabul qilingan qator huquqiy hujjatlar borki, ularning deyarli katta qismi bevosita xo‘jalik huquqining manbayi bo‘la oladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha huquqlar qatori xo‘jalik huquqining asosiy manbayidir. Eng avvalo, Konstitutsiya-ning 12-bobi jamiyatning iqtisodiy negizlari xususida belgilangan qoidalari xo‘jalik huquqining manbayi bo‘lib hisoblanadi. Jumladan, Konstitutsiyaning ana shu bobi 53- moddasida «Bozor munosa- batlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma- xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’mol- chilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, —18— biznes va mehnat qilish erkinligini barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi»,— deb belgilangan. Shu bilan birgalikda Konstitutsiyada xususiy mulkning boshqa mulk shakllari bilan bir qatorda davlat himoyasida bo‘lishi, mulkdor- ning mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi (Konstitutsiyaning 54-moddasi), yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik, hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zaxira-larning umumm illiy boylik bo‘lishi (Konstitutsiyaning 55-moddasi) kabi moddalari Xo‘jalik huquqiga bevosita manba bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, Xo‘jalik huquqining manbayi bo‘lib boshqa qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda tegi shli vakolatga ega bo‘lgan idoralar tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlar ham hisoblanadi. Xo‘jalik huquqi manbayi deb, xo‘jalik sub’yektlari o‘rtasida kelib chiqadigan xo‘jalik faoliyatiga oid munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi qonunchilik norm alarining yig‘indisiga aytiladi. Xo‘jalik huquqi manbalarining turlari bo‘lib Konstitutsiyaga muvofiq qabul qilingan qonunlar va belgilangan tartibda chiqarilgan boshqa huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Ular O‘zbekistonning shu kecha-kunduzdagi iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi huquqiy asos bo‘lib, bozorni tashkil etish, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini rivojlantirish va uni kafolatlashga qaratilgandir. Bozor munosabatlari qonunlar bilan kafolatlanmas ekan, o‘z-o‘zidan ma’lumki, tovar ishlab chiqarish ham , xizmat ko‘rsatish ham ko‘ngildagiday rivojlanmaydi, buning natijasida undan moddiy manfaatdor bo‘lish ham susayadi, mulkdorlar sinfi shakllanmaydi. Bu, o‘z navbatida, davlatning iqtisodiy taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladi. Aholining moddiy va maishiy farovonligi ta’minlanishini qiyinlashtiradi. Shu sababli respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini borgan sari rivojlantirib borishga va uning taraqqiyotini qonun bilan kafolatlashga alohida e’tibor berilyapti. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Fu-qarolik kodeksining qabul qilinishi va amalga kiritilishi bu borada muhim voqea bo‘ldi. 1 Ma’lumki, Fuqarolik kodeksining mulk huquqi, majburiyat huquqi, mulkning bir shaxs egaligidan ikkinchi shaxs egaligiga o‘tishiga qaratilgan shartnomalar xususidagi qoidalari bevosita bozorni tashkil etishga, uni tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirishga, 1 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. — T.: «Adolat». 1996. —19— xo‘jalik sub’yektining bozor munosabatlarida erkin ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan. Fuqarolik kodeksida belgilangan mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, mulk ijarasi, lizing, pudrat, qurilish pudrati, tashish, kredit, hisob- kitob va shunga o‘xshash xo‘jalik sub’yektlari ishtirokida tuziladigan shartnomalarga oid qoidalar bevosita xo‘jalik huquqiga manba bo‘ladigan qoidalardir. Xo‘jalik huquqining manbayi bo‘lib, O‘zbekiston Respublika- sining Havo kodeksi 1 , Xo‘jalik protsessual kodeksi 2 hisoblanadi. Havo kodeksida aeroportlar, havo transporti orqali yuk va passajir tashish, korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolarga bir martalik buyurtma asosida shartnomaga muvofiq xizmat ko‘rsatishga doir qoidalar belgilangan. Xo‘jalik protsessual kodeksi esa bevosita xo‘jalik sub’yektlari o‘rtasida va tadbirkorlar ishtirokidagi mulkiy nizolarni xo‘jalik sudlari tomonidan hal qilishda qo‘llaniladi. Qonunlar Xo‘jalik huquqining manbayi hisoblanadi. Bu qonunlarning aksariyati bozor munosabatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ulardan bir guruhi mulk bilan bog‘liq munosabatlarga doirdir. Jumladan, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini qonuniy kafolatlashga qaratilgan mulkchilikka oid «Mulkni davlat tasarrufi-dan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida», «Ijara to‘g‘risida», «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi 3 va boshqa shunga o‘xshash bir qator qonunlar qabul qilingan. Qabul qilingan qonunlarning bir guruhi bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik sub’yektlarining huquqiy holatiga bag‘ishlangan. Bunga misol sifatida O‘zbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida», «Bank va banklar faoliyati to‘g‘risida», «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘ri-sida», «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida», «Birja va birjalar faoliyati to‘g‘ri-sida»gi Qonunlar va boshqa qonunlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bundan tashqari, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini kafo- latlashga qaratilgan «Tovar bozorlarida faoliyatni cheklash to‘g‘ri- sida», «Tovar belgilari, tovar kelib chiqish joyi nomi to‘g‘risi-da», «Standartlashtirish to‘g‘risida», «Meterologiya to‘g‘risida», «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash to‘g‘risida», «Xo‘jalik yuri- 1 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 6- sonli 247-moddasi. 2 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-sonli 234-moddasi. 3 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, 5-sonli 140-moddasi. —20— tuvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘ri-sida»gi Qonunlari bu sohada muhim ahamiyatga ega. Xo‘jalik huquqi manbalari turlaridan birini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qarorlar tashkil etadi. Bunga misol sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgus tidagi «Ayrim korxonalar va mol- mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ba’zi masalalari haqida»gi qarorini keltirib o‘tish mumkin. Bu qaror bilan xususiylashtirilishi mumkin bo‘lmaydigan mulk ob’yektlari sanab ko‘rsatiladi. Ayniqsa, Xo‘jalik huquqining yangi sharoitlarda bozor iqtiso- diyoti munosabatlari bilan birga rivojlanishida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmonlar ham muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 94-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib, ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hudu- dida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmo- yishlar chiqaradi, deb belgilangan 1 . Bunga 1999-yil 28-iyundagi «Moliya xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida», 1999-yil 23-iyuldagi «Korxonalar bankrotligi va sanatsiya mexanizmini takomillashtirish to‘g‘ri-sida», 2000-yil 2-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Mono-poliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmonlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Xo‘jalik huquqining manbalaridan yana biri O‘zbekiston Respub- likasi Vazirlar Mahkamasi chiqaradigan normativ hujjatlardir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida bel- gilanganidek, Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Ushbu qarorlarda xo‘jalik huquqi sub’yektlarining huquqiy holati, ularning mulk huquqi va bozorni tashkil etish, tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatlarni tashkil etish, rivojlantirishning chora-tadbirlari belgilanadi. O‘zbekiston 1 O ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. —T.: «O‘zbekiston». 2009-yil. 25-bet . —21— Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga misol tariqasida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 2000-yil 2- avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Monopo- liyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida», 2000-yil 14-avgustdagi «Ijti- moiy muhim oziq-ovqat tovarlarini import qilish va sotishni tartibga solish chora- tadbirlari to‘g‘risida», 2000-yil 20-avgustdagi «Litsen-ziyalashni bekor qilish hamda iste’mol tovarlarni olib kelish va ularni ichki bozorda sotishni takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlar. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va davlat qo‘mitalari, agentliklar o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan huquqiy hujjatlari ham Xo‘jalik huquqi manbasi sifatida ko‘riladi. Ayniqsa, mahalliy hokimiyat va idora etish organlarining o‘z hududi doirasida kuchda bo‘ladigan huquqiy hujjatlari ham bu bor ada muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasida mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasa, tashkilotlar o‘rtasidagi, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasidagi iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo‘jalik nizolarini hal etish Oliy xo‘jalik sudi va xo‘jalik sudlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi, deb ko‘rsatilgan. Xo‘jalik sudlarida ko‘rilgan ishlarning to‘g‘ri va aniq hal etilishi yuzasidan sud amaliyotini umumlashtirib Oliy xo‘jalik sudi plenumida qarorlar qabul qilinadi. Bunday qarorlar Xo‘jalik huquqi uchun manba bo‘lmasa-da, qonunlarni xo‘jalik sudlari tomonidan to‘g‘ri tatbiq etib, xo‘jalik nizolarini tez va to‘g‘ri hal etishda muhi m qo‘llanma vazifasini o‘taydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, xo‘jalik sohasida normativ hujjatlarni qabul qilish vakolati berilgan organlarning ko‘pligiga ishonch hosil qilish mumkin. Bu organlar xo‘jalik sohasida hozirgi kunda qabul qilinayotgan normativ hujjatlar muayyan tizimiga ega emas. Shu bilan birga, qabul qilinayotgan normativ hujjatlarda takrorlanish, biri ikkinchisiga nisbatan zid bo‘lgan qoidalarini ham uchratish mumkin. Bu esa bir xil xo‘jalik munosabatini huquqiy tartibga solishda chalkash liklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Mazkur muammo- ning hal etilishi xo‘jalik qonunchiligini yagona tizimga keltirib, uni kodifikatsiyalashtirish (kodeks yaratish) orqali o‘z yechimini topishi mumkin. Bu kodeksning qanday nomlanishi masalasi asosiy m uammo emas. U «Xo‘jalik kodeksi», «Tijorat kodeksi», «Tadbir- korlik kodeksi» yoki boshqacha nomlanishi mumkin. —22— Xo‘jalik qonunchiligining kodifikatsiyalashtirilishi xo‘jalik munosabatlarining huquqiy tartibga solinishida alohida aha- miyatga ega bo‘ladi. Xususan, xo‘jalik munosabatlari sub’yektlariga qonunlardan foydalanishlarida qulaylik yaratadi. Shu bilan birga, xo‘jalik sudlari xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘rtasidagi xo‘jalik nizolarini hal qilishlarida ham, qonunlarning bir yo‘sinda qo‘llanilishiga ham erishiladi. Xo‘jalik (biznes) huquqi manbalarining turlari † O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi † Kodekslar † Qonunlar † O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qarorlar † O‘zbekston Respublikasi Prezidentining farmoni † O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat † qo‘mitalari va agentliklari doirasida qabul qilingan huquqiy hujjatlar Nazorat savollari 1. «Xo‘jalik (biznes) huquqi» fani nimani o‘rgatadi? 2. Xo‘jalik (biznes) huquqi tamoyillarini sanab bering. 3. Xo‘jalik (biznes) sohasini tartibga soluvchi qanday qonun-larni bilasiz? —23— Download 170.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling