I bob. Bo’riboy ahmedov hayoti va faoliyati betlar


Download 45.4 Kb.
bet2/5
Sana21.06.2023
Hajmi45.4 Kb.
#1639205
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzir

Mavzuning dolzarbligi. Ilk o’rta asrlar tarixini yoritib berish, va tarixiy voqeeliklar bilan boyitib berish hozirgi kunda har bir tarixchi olimlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, shuni ayta olamanki ilk o’rta asrlarning nafaqat vatanimiz tarixiga oid qismi, balki jahon tarixi ham yangidan yangi tadqiqot va izlanishlarga muhtoj. Chunki biz tarixni o’rganar ekanmiz o’rganish davomida bir davrdan boshqa davrga o’tish uchun mazkur davrga oid bilim va ko’nikmalar bizga poydevor vazifasini o’taydi. Xronologik jahatdan olib qaraydigan bo’lsak ham o’rganish jarayonida o’rtada uzilish yoki kamchilik holati yuz bersa albatta kerakli natijaga erishilmaydi.
O’rganilayotgan mavzu doirasida ko’plab tarixchi olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ushbu olimlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda ilmiy yangiliklar va xulosalardan kelib chiqib, mavzuga doir o’z xulosamizni kurs ishida keltirib o’tdik.
Ishning maqsad va vazifalari. Har bir inson biron bir ishga kirishsa,
inson o‘sha olib boryotgan ishiga nisbatan o‘z oldiga maqsad va vazifalar
qo‘yib oladi. Jumladan, Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’ati turk” asarida ona diyorimiz to’g’risidagi ko’plab biz bilmagan ma’lumotlar uchraydi.
Kurs ishining predmeti va obyekti. Mazkur kurs ishi nazariy asosini ilk o’rta asrlar va o’rta asrlarga oid tarixiy manbalar, hamda keyingi davrlarda nashrdan chiqqan adabiyotlar, maqolalar, ilmiy ishlar, mustaqillik davrida e’lon qilingan xolis yoritilgan tarixiy materiallar maqola va monografiyalar shu kabilarga qaratilgan.
Mazkur kurs ishining predmetini Bo’riboy Ahmedov tomonidan yozilgan asarlar, monografiyalar va ilmiy maqolalari tashkil etadi. Xususan A.B.Ahmedovning “Amir Temur” asari kurs ishini yaratish jarayonida nazariy asos qilib olindi.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati hamda ilova qismidan iborat.

I BOB. BO’RIBOY AHMEDOV HAYOTI VA FAOLIYATI.
Tarixchi va sharqshunos Bo’riboy Ahmedov 1924 yil 12 avgust kuni Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumani Qorasuv qishlog’ida dunyoga kelgan. 1953 yilda O’rta Osiyo unverstetining sharq fakultetini bitirgan. 1960 – 1990 yillarda O’zbekiston FA Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib, bo’lim boshlig’i, 1991 yildan bosh ilmiy xodim, 1995 yildan xalqaro Amir Temur jamg’armasi raisi bo’lib faoliyatlar olib borgan. Tarixchining ilmiy faoliyati o’zbek xalqining etnik tarixi va shakillanishi, manbashunoslik, O’rta Osiyo xalqlarining X-XIX asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi, Temur va temuriylar davri tarixi hamda madaniyati kabi muhim yo’nalishlarga qaratilgan. Bir qancha qo’llanma, lug’atlar ( 1977 yil “Tarixdan qisqacha izohli lug’at”) muallifi. 1996 yiulda Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan katta tashkiliy, ilmiy ishlar olib boradi. Amir Temurga bag’ishlangan xalqaro anjumanlar (1996 yil Parij, Samarqand)da qatnashib maruzalar qildi. 1995 yil “Amir Temur” tarixiy romanini yozdi. Bir qancha kitoblarga ma’sul muharrirlik qildi. Asarlari ingiliz, fransuz, rus va boshqa xorijiy tillarda bosilgan. 1997 yildan “O’zbekiston milliy entiklopediyasi” Bosh tahriri hayati a’zosi, 1989 yilda Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati bo’lgan. 1994 yilda “Do’stlik”, 1999 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan. 3
Bo’riboy Ahmedov 2002 – yilning 15 – may sanasida Toshkent shahrida vafot etdi. Bo’riboy Ahmedov O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi sifatida ko’plar ishlarni amalga oshirdi. Faoliyati davomida yuzdan ortiq ilmiy maqolalarni chop etishga ulgurgan qahramonimiz o’zbek xalqining kelib chiqishi tarixi bilan bog’liq bo’lgan mavzu doirasida ham ilmiy yangiliklarni fanga kiritdi. Amir Temur shaxsi bilan bog’liq bo’lgan ko’plab muammoli savollar yuzasidan tadqiqotlar olib bordi va fanga dalillar orqali ushbu savollarga javob bera oldi.4
Quyida Bo’riboy Ahmedovning Klavixo va uning “kundaligi” asari haqida biroz to’xtalib o’tamiz:
O‘zbekiston tarixini, xususan uning qadimgi zamon va o‘rta asrlardagi tarixini o‘rganiishda ozmi-ko‘pmi yutug‘imiz bor. Lekin qilinadigai ishlar, tariximizniig yozilmagan sahifalari hali bir talay. O‘zbek xalqining kelib chiqishi va etnik tarkibi, Urta Osiyo xalqlarining chet el istilochilari asoratiga tushib qolishining sabablari, Movarounnahr xalqlarining Temur va temuriylar davridagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy turmushi singari o‘nlab ilmiy masalalar hanuzgacha o‘z yechimini topgani yo‘q. Dahshatlisi shundaki, farzandlarimiz o‘z el-yurtining tarixini yaxshi bilishmaydi, chunki uni biz ko‘p zamonlardan beri maktabda talab qilingan darajada o‘qitayotganimiz yo‘q. Hanuzgacha «O‘zbekiston tarixi» dan maktablar, o‘rta va oliy o‘quv yurtlariga mo‘ljallangan yaxshi darslik va qo‘l-lanmalar yo‘q. Yaqin yillargacha biz buni shaxsga sig‘inish va turg‘unlik yillariga to‘nkab keldik. Bu ma’lum darajada to‘g‘ri, albatta. O‘sha davrlar yetkazgan zarar juda katta bo‘ldi. Lekin ma’lum darajada o‘zimiz ham aybli ekanligimizni bo‘ynimizga olishimiz kerak. Qayta qurish sharofati bilan katta-katta ishlarga qo‘l ursang eplay oladigan, tariximizning yozilmay qolgan va yetarli o‘rganilmagan sahifalarini bitsak bo‘ladigan zamonlar kelganiga ham to‘rt-besh yil bo‘ldi. Biz esa, to‘g‘risini aytsam, juda yomon ishlayotibmiz, hamon kimdandir, nimadandir hadiksirash balosidan qutulib ketganimiz yo‘q, hamon yuqoridan ko‘rsatma kutib turganga o‘xshaymiz.
Shunday bo‘lsa kerak, biz tarixchilar, xususan qadimgi zamon va o‘rta asrlar tarixidan mutaxassis bo‘lgan olimlar, keyingi paytlarda odamlarning ko‘p e’tirozlariga duchor bo‘lyapmiz. Ular bizdan «nima sababdan hanuzgacha o‘zbek xalqining kelib chiqishi haqida biron jiddiy asar yozilmadi?», «yurtimizning ko‘p bor o‘zga mamlakatlar va xalqlar asoratiga tushib qolishining asosiy sababi nimada?», «nega Amir Temur va avlodining tarixi yozilmagan?» — deb so‘raydilar. Va yana ota-bobolardan qolgan qo‘lyozma asarlar va moddiy-madaniy yodgorliklarni o‘rganish, ta’mirlash va avaylab-asrashning umumiy ahvoli, maktablarda, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekiston xalqlari tarixining o‘qitilishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar xususida qiziqishadilar. Ha, bu — qonuniy talab va qiziqish, albatta. Biz tarixchilarning bu borada xalqimizdai qarzimiz katta. Menimcha, uni uzadigan vaqt yetdi, shekilli.
Mashhur sayyoh va elchi Rui Goneales de Klavixoning «Kundalik» lari, aziz o‘quvchi, biz tarixchilar va adiblar sizga yetkazib berishimiz lozim bo‘lgan qarz kitoblardan biri. Bu kitob Temur va temuriylar davri tarixidan baho yurgizuvchi muhim asarlardan biri hisoblanadi. Kitob 1404 yili Samarqandda Temur saroyida turgan Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III (1390—1406) nnng elchisi Rui Gonsales de Klavixoning yo‘l xotiralaridan iborat, ya’ni uning 1403—1404 yillari Turkiya, Eron va Movarounnahrda, xususan Amir Temur saroyida ko‘rgan-bilganlarini o‘z ichiga olgan muhim bir asardir.
«Kundalik» muallifi Rui Gonsales de Klavixo badavlat va nufuzli oqsuyak oiladan chiqqan. Otasi ham, o‘zi ham qirol saroyida yirik mansabda turishgan. U qirol. Genrix III ning vafotidan (1406) keyin ona shahri Madridga ketib qoladi va, umrining oxirigacha o‘sha yerda istiqomat qiladi. Rui Gonsales de Klavixo 1412 yilda vafot etadi va avliyo Fransisko cherkovidagi ota-bobolarining xilxonasiga dafn etiladi.5
Klavixoning Amir Temur yurtiga qilgan elchilik sayohati 1403 yilning 22 mayida boshlanib, o‘n besh oy deganda u Samarqandga yetib keldi. Bu sayohatda Klavixoga ilohiyot ilmining nomzodi (magistri) Alfonso Paes de Santa Mariya, qirolning maxsus soqchisi Gomes de Salazar hamroh bo‘ldilar. Klavixoning safari Amir Temurning 1402 yilda Ispaniyaga xoja Muhammad qozi boshchiligida yo‘llagan elchiligiga javoban qilingan edi. Tarixiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, XIV asrning 80—90-yillarida Temur davlatining shon-shuhrati Ovro‘po mamlakatlaritacha borib yetdi. Angliya, Fransiya, Ispaniya, Genuya va Vizantiya singari davlatlarining hukmdorlari Amir Temur bilan siyosiy va iqtisodiy (savdo) munosabatlar o‘rnatishga intilib, ulug‘ jahongir huzuriga muntazam ravishda o‘z elchilarini yuborib turdilar. Masalan, yuqorida tilga olingan Kastiliya qiroli Genrix III ning elchisi don Pelagiya de Satomatir va don Ferdinand de Palasunoye 1402 yili Temur Qorabog‘da turganda uning huzuriga kelishgan va o‘sha yilning 20 iyulida Amir Temur bilan Boyazid I Yildirim (1389—1402) qo‘shinlari o‘rtasida bo‘lgan eng katta qirg‘in-barot urushni tomosha qilishgan edilar. Jangdan keyin uyushtirilgan katta qabul marosimida bulardan boshqa yana birtalay mamlakatlarniig elchilari: ham qatnashdilar. Xullas, o‘sha yillari Temur bilan Ovro‘po davlatlari o‘rtasidagi savdo va siyosiy munosabatlar qanday bo‘lganliginn juda ko‘p rasmiy hujjatlardan ham bilib olish mumkin. Bular Temur va uning uchinchi o‘g‘li G‘arbiy Eron, Iroq na Ozarbayjoi hokimi mirzo Mironshoh (1393—1408) bilan Fransiya, Aigliya va boshqa mamlakatlar podshohlari o‘rtasidagi maktublardir. Maktublardan ayrimlari bugun mashhur Britaniya muzeyi (Angliya) va Parij Milliy kutubxonasida saqlanmoqda.
Klavixoning Amir Temur huzuriga qilgan elchilik sayohati juda uzoq, xavf-xatar va mashaqqatlar bilan to‘la safar bo‘ldi. Klavixo va uning hamrohlari Ispaniyaning janubi-sharqiy tarafida joylashgan Kadis shahridan yelkanli kemada O‘rta yer dengizi bo‘ylab suzdilar, so‘ngra Stambul, Trabzon, Arzirum, Tabriz, Tehrop, Mashhad, Marv na Balx orqali qu-ruqlikda yo‘l bosdilar. Ular Termiz qarshisida Amudaryodan o‘tib, Kesh orqali 1404 yilping 31 avgustida Samarqand qish-loqlaridan Misrga keldilar va sohibqironning shu atrofdagi chorbog‘iga kelib tushdilar. Shuni ham aytish kerakki, o‘shanda Klavixo bilan birga Bobil (Misr) va Turkiya sultonining elchilari ham Samarqandga keldilar.
«Kundalik»da o‘sha vaqtlarda Amir Temur qo‘l ostidagi mamlakatlar pa shaharlarning umumiy ahvoli, xalqining kun kechirishi, Temur va uning yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar qasrlar, masjidlar, madrasalar, xonaqoh-lar savdo rastalari, do‘konlar, ustaxonalar; Temuriylar dav-latining Xitoy, Hindiston, Oltin O‘rda (Klavixo uni Tatariston deb ataydi), Mo‘g‘uliston va boshqa mamlakatlar bilan bo‘lgan siyosiy va savdo aloqalari, Temur saroyida amalda bo‘lgan tartib-qoidalar va, nihoyat, sohibqironning xotinlari va ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni haqida e’tiborga molnk ma’lumotlar keltirilgan. Bu ma’lumotlar, shubhasiz, Turkiston zaminning o‘sha vaqtlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixini, ota-bobolarimizping turmush tarzini o‘rganishda muhim tarixiy manbalardan biri rolini o‘tashi turgan gap. So‘zimning isboti uchui bir necha misol keltiraman.
Samarqand va unda Amir Temur tarafidan qurdirilgan bi-nolardan ba’zilari haqida Klavixo jumladan mana bularni yozadi:
Samarqandniig boyligi haqida. «Bu yurt don-dun, may, meva-cheva, parranda go‘shti, [boshqa] har xil go‘sht, qo‘yingki hamma narsaga boydnr… bir juft semiz qo‘yning narxi 1 dukat».6
Katta xiyobon va savdo rastalari haqida. «Samarqand shahrida har yili Xitoy, Hindiston, Tatariston va boshqa mamlakatlardan, shuningdek, benihoyat boy Samarqand saltanatining o‘zidan keltirilgan mollar sotiladi. Shaharga keltirilgan mollarni bir safda tartib bilan joylashtirib sotadigan keng joy [shu paytgacha] yo‘q edi. Podshoh ikki tarafida qator do‘konlar joylashtirilgan savdo rastasidan iborat ko‘cha o‘tkazishni buyurdi. Mazkur ko‘cha shaharning bir chekkasidan boshlanib, qoq o‘rtasidan o‘tib, ikkinchi cheqkasidan chiqishi lozim edi. Podshoh bu ishni ikki mirzosiga topshirib, ular kechayu kunduz [tinmay] mehnat qildilar. Yo‘lga tushgan uylar kimniki bo‘-lishidan qat’i nazar, beto‘xtov buzildi… Ko‘chaning ikki tara figa do‘konlar qurildi, har bir do‘kon oldida marmar bilan qoplangan yuksak kursilar o‘rnatildi. Har bir do‘kon ikkita xonadan iborat edi. Ko‘chaning tepasi gumbaz shaklida yopilgan bo‘lib, yorug‘lik tushib turadigan tuynukchalar qo‘yilgan».»
«Shu yili (1404 yili — B. A.) iyun oyida Xonbaliq shahridan qariyb 800 tuyadan tashkil topgan savdo karvoni Samarqandga keldi».
O‘rdabozor. [Katta to‘y munosabati bilan podshoh] «Samarqand shahrining savdo ahli: sarroflar, chitfurushlar, javohir va boshqa turli-tuman mollar bilan savdo qiluvchilar, oshpazlar, qassoblar, novvoylar, tikuvchilar, kafshdo‘zlar va shahardagi boshqa barcha hunarmandlar podshoh o‘rdasi joylashgan yalanglikka chiqib va chodir tikib savdo qilsinlar, har bir kosib qarorgoh bo‘ylab kezib, o‘yin-kulgi bilan odamlarning bahr-dilini ochsin», — deb buyurdi. Shundan keyin barcha tijorat ahli shahardan chiqib, podshoh qarorgohi atrofiga joylashdilar. Har bir hunarmand tartib bilan alohida-alohida rasta hosil qilib, harbiy o‘yin-kulgi uyushtirib, qarorgoh bo‘ylab aylandilar».
Ko‘ksaroy qasri va undagi podshohga tegishli qurol ishlab chiqaruvchi ustaxona haqida. «Shahar chetida bir qasr bo‘lib… tevarak-atrofi suv oqib turgan xandaq bilan o‘ralgan bo‘lib, qasr yo‘lab bo‘lmaydigan istehkom bo‘lib qolgan edi. Qayerda podshohning xazinasi saqlanar, bu sabab qoziyu quzzot va uning mulozimlaridan boshqa hech kim u yer ga kirolmas edi. Bu yerga podshohning farmoyishiga binoan, bir mingga yaqin hunarmand asirlar joylashtirilgandi. Ular saltanat uchun yil bo‘yi sovut, dubulg‘a, kamon, nayza yasaydilar».
Amnr Temurning o‘zi bilan birga olib yuradigan ko‘chma masjidi haqida. «Elchilarni… saropardada qo‘yilgan yog‘och uy oldiga boshlab kirdilar. Bu baland imoratta zinapoya orqali chiqiladi. Uning tevarak-atrofi yog‘och dahliz va oynaband ayvon bilan o‘ralgan edi. Tamom zarhal va havorang bo‘yoqlar bilan naqshlangan bu bino shunday qurilgan ediki, kerak bo‘lganda bo‘lak-bo‘lak qilib taxlab qo‘yilsa [ham] bo‘lardi. Bu —podsho ibodat qiladigan masjid bo‘lib, uni [Amir Temur] safarda o‘zi bilan birga olib yurardi».7
Mahalliy xalqniig (uni Klavixo chig‘atoiylar deb ataydi) turmush tarzi haqida. «U — mehnatsevar, mohir chavandoz, kamon otuvchi mergan, umuman urushda sabot-matonatli xalq. U boriga qanoat qilib, nonsiz [birgina] sut va go‘sht bilan ham kun ke-adraveradigan, go‘shtli va go‘shtsiz ovqat bilan ham tirikchilik qilishga o‘rgangan xalq. Issiq va sovuqqa, ochlik va tash-nalikka chidamlilikda jahondagi boshqa eldan sabotliroq va chidamliroq xalq. Borida go‘shtni haddan ortiq iste’mol qiladi, yo‘g‘ida suvga qatiq qo‘shib qaynatib ichish bilan kifoyalanadi».
Feodal majburiyatlardan biri haqida. «Temurbek otlari va qo‘ylarini o‘z yasovullaridan biriga bir ming, boshqasiga o‘n ming boshini suruv qilib, saqlash uchun bo‘lib bergan. Podshoh Talab qilganda suruvlarni qaytarolmagan yoki tuyog‘ini mo‘ljaldagidan kamaytirib qaytargunday bo‘lsa, podshoh hech qanday tovon to‘lash shartlariga ko‘nmaydi, borini oladi-yu, lekin gunohkorni qatlga buyuradi».
Amir Temur saroyida ayollarning mavqei haqida. «1404 yilning 23 oktyabrida, payshanba kuni podshoh o‘rdada [yana bir] katta to‘y berib, elchilarni ham [unga]taklif qildi. To‘yga ko‘p mehmonlar kelishdi. Ko‘p-o‘yin kulgi, xursandchilik bo‘ldi. Podshohning xotinlari, avvalgi to‘ylardagi singari kiyinishib hozir bo‘ldilar, erkaklar bilan birga o‘yin-kulgi qildilar…»
Shahzodalar va Amir Temur saroyidagi xotinlar tasviri. Xonzoda begim tasviri: «…Elchilarni ichkariga boshlab kirdilar, Xonzoda [begim] o‘ltirgan joyga yaqinlashganimizda u elchilarni o‘z qarshisidagi soyabon ostidagi supaga chiqib o‘ltirishga taklif etdi, Xonzoda [begim] va uning huzuridagi ayollar katta chodir eshigi oldidagi soyabon ostida o‘ltirdilar… U Xonzoda begim bugun qarindoshlaridan birining nikoh to‘yini o‘tkazayotgan edi. Begim ko‘rinishda qirq yoshlar chamasidagi to‘ladan kelgan, oq yuzli ayol edi».8
Saroymulkxonim tasviri: «Barcha xalq o‘rinlariga o‘ltirib, saranjomlik o‘rnatilgandan keyin to‘yda, podshoh huzurida bo‘lishi lozim bo‘lgan katta Kano chodirlar yonidagi saropardalarning biridan chiqib keldi. Xonim mana bunday kiyingan edi: egnida zar bilan tikilgan, etagi yergacha sudralib turgan uzun va keng yengsiz qizil shoyi ko‘ylak. Yoqa va ikki yeng o‘rni-dan bo‘lak ochiq joyi bo‘lmag‘an bu ko‘ylak belidan toraytirilgan, etagiga qadar kengayib boradi… Ko‘ylak etagini o‘n beshga yaqin ayol ko‘tarib borardi. Xonimning yuziga oftobdan saqlanish uchun shu qadar ko‘p oq yog‘li upa surilgan ediki, chehrasi bamisoli oq qog‘ozga o‘xshardi. Qishda va yozda safarga chiqqan barcha asilzoda ayollar yuzlariga shunaqa yog‘li upa surtadilar Xonimning yuziga yupqa oq mato tashlangan, boshida faqat jangda kiyiladigan dubulg‘aga o‘xshash baland, qizil tusdagi bosh kiyimi. Uning bir uchi xonimning yelkasig‘a tushib turibdi. O‘sha qizil dubulg‘aga juda ko‘p yirik, dona-dona marvaridlar, yoqut, firuza va boshqa xilma-xil. qimmatbaho toshlar qadalgan. Bosh kiyimning haligi yelkaga tushib turgan qismi zar bilan tikilgan, [unga] qimmatbaho toshlar va yirik marvaridlar bilan bezatilgan chiroyli oltin bargak qadalgan… Xonimning tim qora sochlari yelkasiga tushib turardi…»9


Download 45.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling