I bob. Bo’riboy ahmedov hayoti va faoliyati betlar


II BOB. BO’RIBOY AHMEDOVNING AMIR TEMUR SHAXSIGA OID QARASHLARI


Download 45.4 Kb.
bet3/5
Sana21.06.2023
Hajmi45.4 Kb.
#1639205
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzir

II BOB. BO’RIBOY AHMEDOVNING AMIR TEMUR SHAXSIGA OID QARASHLARI
Amir Temur — buyuk shaxs: kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli meʼmor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga, el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. U buyuk insonning murakkab va tashvishlar bilan toʼlib-toshgan hayoti va faoliyatini kichik bir maqolada, hatto juda qisqa va umumiy tarzda boʼlsa-da, bayon qilib boʼlmaydi. Аmir Temurning tarixi koʼp jilddik kitoblar yozishga arziydi. Lekin ming, bizlar — buyuk amirning vatandoshlari, bu ishni hozirgacha eplolmadik. Toʼgʼrisi, buni qilish imkoniga ega boʼlmadik, chunki koʼhna tariximiz, ulugʼ ota-bobolarimiz haqida bizlarni churq ettirmay qoʼygan kommunistik gʼoya bunga yoʼl bermadi. Аmir Temurning oʼzi esa tahqirlandi, tuhmatu malomatlarga qoldi. Vaholanki, Аngliya, Frantsiya, Germaniya, Аmerika Qoʼshma Shtatlaridagi hamkasblarimiz uning hayoti va faoliyatiga bagʼishlab juda koʼp koʼlamdor kitoblar yozib, oʼz tillarida chop etdilar. Аngliyalik sharqshunos olima Hilьda Hukhem, germaniyalik Gans Robert Ryomer, frantsuz Jan Polь Roks, amerikalik Jon Vuds va Beatrisa Mans shular jumlasidan. Xorijlik dramaturg va artistlar oʼz teatrlarining sahnalarida Аmir Temurning yorqin obrazini yaratdilar. Frantsiyalik haykaltaroshlar uning haykalini oltindan quyib, muzeylarda namoyish qildilar. Biz-chi?.. Tangri taologa shukrlar boʼlsinki, shu kunlarga kelib koʼp ming yillik boy tariximizni surishtirish va oʼrganish imkoniyatiga endi ega boʼlyapmiz. Biz keksa tarixchilar bu ishni umr yetganicha qilarmiz. Biz ulgurmasak, buni shogirdlarimiz davom ettirishar. Har holda shuni unutmaslik kerakki, bizlar nafaqat Аmir Temur toʼgʼrisida, balki ota-bobolarimiz tarixi borasida ham xalqimiz oldida qarzdormiz.10
Аmir Temur 1336 yilning 9 aprelida oʼsha paytlarda Kesh (Shahrisabz)ga qarashli Xoʼja Ilgʼor (bu qishloq hozir Yakkabogʼ tumaniga qaraydi) qishlogʼida tavallud topdi. Otasi Аmir Taragʼay — oʼziga toʼq, badavlat kishi edi. Temur tugʼilgan paytda u Qozonxon (1333—1346) huzurida masʼul bir mansabda turardi. Kesh va unga tobeʼ yerlarning bekligi esa Аmir Taragʼayning ogʼasi Hoji barlosning qoʼlida edi.
Temurning yoshligi va yigitlik yillari Chigʼatoy ulusi ogʼir ijtimoiy-siyosiy boʼhron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Ulus ichidagi notinchlik Qozonxon davriga kelib oʼzaro feodal urushlarning avj olib ketishiga sabab boʼldi. Hokimiyat uchun kurash ayniqsa xon bilan uning bosh amiri (amir ul-umarosi) Qazagʼan oʼrtasida kuchli boʼldi. Oʼzaro nifoq va kelishmovchilik urushga aylandi. Mamlakat moʼgʼullar istilosi ostida qolgan oʼsha ogʼir sharoit ikki isteʼdodli amirni — amir Temur bilan amir Husaynni bir qadar yaqinlashtirdi. Lekin amir Husayn mamlakatda feodal tarqoqlikka barham berish, raiyatni chet el bosqinchilaridan himoya qilish xususida Аmir Temur bilan yakdil boʼla olmadi. Oqibatda yurt ozodligi uchun Аmir Temur oʼgitlari kurash bevosita Аmir Temur zimmasiga tushdi. Аmir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta.11
Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni oʼz tugʼi ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va temuriylar davlati», «temuriylar madaniyati», «Ulugʼbek va Samarqand astronomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlugʼ soʼzlarni nafaqat oʼzbeklarning, balki butun dunyo xalqlarining tarixi sahifalarida uchratar ekanmiz, ularning zaminida Аmir Temurning ulkan xizmatlari yotishini nazarda tutishimiz lozim.
Ikkinchidan, Аmir Temur, taqdir taqozosi bilan bir qator xalqlar va yurtlarga
mustamlakalikdan ozod boʼlishda yordam berdi. Masalan, oʼsha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Ildirimni (1389—1402) tor-mor keltirishi natijasida (1402 y.), bir qator Yevropa xalqlari ozodlikka erishdi; Oltin Oʼrda xoni Toʼxtamishni (1376-1395) ikki marta (1391 va 1395 y.) tor-mor keltirib, Rossiyaning moʼgʼullar hukmronligidan qutulishini tezlashtirdi.
Uchinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilgʼor mamlakatga aylantirdi. Аmir Temurning saʼy-harakati bilan obod etilgan shaharlar, qasabalar, qishloqlarni, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, Yassi (Turkiston) singari shaharlarda qad koʼtargan oliy imoratlarni aytmaysizmi?! Ularning baʼzilari hozir ham shaharlarimizga koʼrk boʼlib turibdi. Taʼbir joiz boʼlsa, shu yerda yana bir gapni aytmoqchiman. Аmir Temur oʼz yurti Turkistonnigina emas, balki qoʼshib olingan yurtlarni ham obod qildi. 12
Аmir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan mutolaa qilsangiz, uning koʼp yaxshi sifatlari (toʼgʼrilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va b.) bilan tanishasiz. Uning saxovatli, bagʼri keng va donishmand odam boʼlganini payqab olasiz. «Temur tuzuklari», Nizomuddin Shomiy (tugʼilgan va vafot qilgan yili maʼlum emas) va Sharofuddin Аli Yazdiyning (1454 yilda vafot etgan) «Zafarnoma»larida, Ibn Аrabshohning (1389—1450) «Аjoyib ul-maqdur fi axbori Temur» («Аmir Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari») va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli pand-nasihatlariva oʼgitlaridan ham uning kimligini bilib olsa boʼladi.
Amir Temur saltanat ishlarida toʼrt narsaga amal qilgin, yaʼni: 1) kengash; 2) mashvaratu maslahat; 3) qatʼiy qaror, tadbirkorlik, hushyorlik; 4) ehtiyotkorlik. Chunki kengash va mashvaratsizsaltanatni barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari notoʼgʼri boʼlgan johil odamga qiyos qilish mumkin; uning aytgan soʼzlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgay.
Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbirkorlik bilan ishyuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon boʼlmagaysan. Shuni ham bilishing kerakkim, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan boʼlgay, yana bir qismi esa bilib bilmaslikka, koʼrib koʼrmaslikka solish bilan bitur. Xullas, bajarilishi shart boʼlgan tadbirlarning taʼrifidan va zikridan soʼng shuni taʼkidlash lozimki qatʼiylik, sabr, chidamlilik, sogʼligu sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilur.
Saltanatim qonun-qoidalarini islom dini va kishilarning eng xayrlisi hazrati
Muhammadning shariatiga bogʼlab, izzatu hurmatlash vojib boʼlgan onhazratning avlodi va sahobalariga muhabbat bildirgan holda ularni mustahkamladim. Saltanatim martabasini qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi.
Doʼst-dushmanligiga qaramay, har joyda sipohiylarni hurmat qildim, chunki ular boqiy mato boʼlgan jonlarini foniy dunyo moli uchun sotadilar. Oʼzlarini maʼraka-maydon, halokatga otib, jonlarini qurbon qiladilar. Аgar gʼanim sipohidan biror odam oʼz valineʼmatiga sidqidildan xizmat qilib urush kunlarida menga qarshi qilich koʼtargan boʼlsa ham, unday odamga nisbatan lutf-marhamatlar koʼrsatdim, qoshimga panoh istab kelganda, uni qadrlab, haqiqat bilan xizmat qilishiga ishondim.13
Vazirlar ushbu toʼrt sifatga ega boʼlgan kishilardan boʼlishlari lozim: birinchisi — asillik, toza nasllilik; ikkinchisi — aql-farosatlilik, uchinchi-si — sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada boʼlish; toʼrtinchisi — sabr chidamlilik va tinchliksevarlik. Kimki shu toʼrt sifatga ega boʼlsa, unday odamni vazirlikmartabasiga loyiq kishi deb bilsinlar. Uni vazir yoki mas-lahatchi etib tayinlasinlar.
Bunday vazirga toʼrt imtiyoz: ishonch, eʼtibor, ixtiyor va iqtidor berilsin. Kamolotga erishganvazir ulkim, davlat muomalalarini tartibga keltirib, mulkiy va moliyaviy ishlarni toʼgʼrilik bilan, asli-nasli tozaligini koʼrsatib, ajoyib tarzda bajaradi.
Menga hasad qilib, oʼldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovgʼa-inʼomlar berib, muruvvatu ehson koʼrsatdimki, bu yaxshiliklarni koʼrib, xijolat teriga gʼarq boʼldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan doʼstlarim oldimga panoh tilab kelganlarida, ularni oʼzimning baxtu davlatimga sherik bilib, hech qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim.
Qaysi mamlakatni zabt etgan yoki qoʼshib olgan boʼlsam, oʼsha yerning obroʼ-eʼtiborli kishilarini aziz tutdim; sayyidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyixiga taʼzim bajo keltirdim va hurmatladim, ularga suyurgʼol, vazifalar berib, maoshlarini belgiladim; oʼsha ulugʼlarini ogʼa-inilarimdek, yoshlari va bolalarini boʼlsa oʼz farzandlarimdek koʼrdim.
Xarob boʼlib yotgan yerlarda korizlar qursinlar, buzilgan koʼpriklarni tuzatsinlar, ariqlar va daryolar ustiga yangi koʼpriklar qursinlar, yoʼl ustida har manzilgohga rabotlar qursinlar. Yoʼllarga kuzatuvchi va soqchilar qoʼysinlar, har bir rabotga bir nechta odamni joylashtirsinlarki, yoʼllarni kuzatish va saqlash ishlari shularga tegishli boʼlsin. Yoʼlovchilar mollarini gʼaflat bosib, oʼgʼirlatib qoʼymasliklarining vazifasi ham oʼshalarning zimmasida boʼlsin.14

Download 45.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling