I bob. Bo’riboy ahmedov hayoti va faoliyati betlar


III BOB. BO’RIBOY AHMEDOVNING KLAVIXO VA UNING “KUNDALIGI” ASARI


Download 45.4 Kb.
bet4/5
Sana21.06.2023
Hajmi45.4 Kb.
#1639205
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzir

III BOB. BO’RIBOY AHMEDOVNING KLAVIXO VA UNING “KUNDALIGI” ASARI
Bo’riboy Ahmedovning Klavixo va vning “Kundaligi” asari 1998 – yil nashrdan chiqqan bo’lib, ushbu asar Temur va Temuriylar davri tarixini o’rganishda kata ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ushbu asardan mazkur kurs ishida iqtiboz keltirishni joiz deb topdik.
«Kundalik»da Chig‘atoyning o‘limi Halil sultonning Amir Temur vafot qilgan kunlardagi ahvoli haqida aytilgan gaplar ham haqiqatdagn yiroqdir. Hususan, Klavyxoning aytishicha, Chig‘atoyni Samarqand xalqi o‘ldirgan emish, Xalil sulton bo‘lsa, Temur vafot qilgan kunlari Samarqandda bo‘lmagan emish. Aslida bunday emas. Chig‘atoy o‘z o‘rdasida, Ila daryosi bo‘yida 1242 yili vafot qilgan, Xalil Sulton esa Temur va fot etgan kuni Toshkentda bo‘lgan.
Klavixo Amir Temur 1404 yilning 4 sentyabr kuni To‘xtamishning elchisini o‘z yurtiga jo‘natish bilan band bo‘lganligini yozadi. Ma’lumki, To‘xtamish bu vaqtda yo‘q edi, Samarqandg‘a, Temur huzuriga esa uning o‘g‘illaridan Chehra o‘g‘lon kelgandi.
Asarda uchraydigan yana bir kamchilik — bu kishi va joy nomlarining yozilishidagi chalkashliklardir. Albatta, boshqa millat kishisi uchun mahalliy atamalar va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish juda qiyin. «Qundalik»da tilga olingan Amirat —Murod, Karil sultan — Xalil sulton, Kirmanoli — Manuil Paleolog, Karamish — To‘xtamish, Miasha mirassa —-Mironshoh mirzo, Anguri — Angora, Baldat—Bag‘dod, Bauber-yel—Bovard, Qanbalek—Xonbaliq, Karras—Araks, Orasan— Xuroson ekanligini anglash mumkin. Lekin ular orasida Buamo, Talisiya, Jagaro kabi atamalar ham borki, ularni aslo aniqlab bo‘lmaydi.15
Endi bir necha so‘z «Kundalik»ning chopetilishi va tarjimalari haqida. Asar birinchi marta 1582 yili, ya’ni yozib tamomlangandan 150 yil keyin Ispaniyaning Sevilya shahrida «Buyuk Temurning hayoti va faoliyati» iomi bilan chop etildi. Oradan 200 yil kechgach, 1782 yili u Madridda shu nomda ikkinchi marta nashr etildi. «Kundalik» ispan tilida uchinchi marta 1949 yili Madridda Lopes Estrada tarafidan nashr etildi. Asar rus tilida birinchi marta (tarjimon I. I. Sreznevskiy) 1881 yili Peterburgda chop etilgan. Yaqinda (1990) «Kundalik» ning yana bitta ruscha nashri (I. S. Mirakova nashri) amalga oshirildi. Taniqli adabiyotshunos olim professor Ochil Tog‘ayevning o‘zbekcha nashri I. I. Sreznevskin nashriga asoslangan va talab darajasida amalga oshirilgan.
O‘rdabozor. [Katta to‘y munosabati bilan podshoh] «Samarqand shahrining savdo ahli: sarroflar, chitfurushlar, javohir va boshqa turli-tuman mollar bilan savdo qiluvchilar, oshpazlar, qassoblar, novvoylar, tikuvchilar, kafshdo‘zlar va shahardagi boshqa barcha hunarmandlar podshoh o‘rdasi joylashgan yalanglikka chiqib va chodir tikib savdo qilsinlar, har bir kosib qarorgoh bo‘ylab kezib, o‘yin-kulgi bilan odamlarning bahr-dilini ochsin», — deb buyurdi. Shundan keyin barcha tijorat ahli shahardan chiqib, podshoh qarorgohi atrofiga joylashdilar. Har bir hunarmand tartib bilan alohida-alohida rasta hosil qilib, harbiy o‘yin-kulgi uyushtirib, qarorgoh bo‘ylab aylandilar».16
Ko‘ksaroy qasri va undagi podshohga tegishli qurol ishlab chiqaruvchi ustaxona haqida. «Shahar chetida bir qasr bo‘lib… tevarak-atrofi suv oqib turgan xandaq bilan o‘ralgan bo‘lib, qasr yo‘lab bo‘lmaydigan istehkom bo‘lib qolgan edi. Qayerda podshohning xazinasi saqlanar, bu sabab qoziyu quzzot va uning mulozimlaridan boshqa hech kim u yer ga kirolmas edi. Bu yerga podshohning farmoyishiga binoan, bir mingga yaqin hunarmand asirlar joylashtirilgandi. Ular saltanat uchun yil bo‘yi sovut, dubulg‘a, kamon, nayza yasaydilar».
Amur Temurning o‘zi bilan birga olib yuradigan ko‘chma masjidi haqida. «Elchilarni… saropardada qo‘yilgan yog‘och uy oldiga boshlab kirdilar. Bu baland imoratta zinapoya orqali chiqiladi. Uning tevarak-atrofi yog‘och dahliz va oynaband ayvon bilan o‘ralgan edi. Tamom zarhal va havorang bo‘yoqlar bilan naqshlangan bu bino shunday qurilgan ediki, kerak bo‘lganda bo‘lak-bo‘lak qilib taxlab qo‘yilsa [ham] bo‘lardi. Bu podsho ibodat qiladigan masjid bo‘lib, uni Amir Temur safarda o‘zi bilan birga olib yurardi».
Mahalliy xalqniig (uni Klavixo chig‘atoiylar deb ataydi) turmush tarzi haqida. «U — mehnatsevar, mohir chavandoz, kamon otuvchi mergan, umuman urushda sabot-matonatli xalq. U boriga qanoat qilib, nonsiz [birgina] sut va go‘sht bilan ham kun ke-adraveradigan, go‘shtli va go‘shtsiz ovqat bilan ham tirikchilik qilishga o‘rgangan xalq. Issiq va sovuqqa, ochlik va tash-nalikka chidamlilikda jahondagi boshqa eldan sabotliroq va chidamliroq xalq. Borida go‘shtni haddan ortiq iste’mol qiladi, yo‘g‘ida suvga qatiq qo‘shib qaynatib ichish bilan kifoyalanadi».
Feodal majburiyatlardan biri haqida. «Temurbek otlari va qo‘ylarini o‘z yasovullaridan biriga bir ming, boshqasiga o‘n ming boshini suruv qilib, saqlash uchun bo‘lib bergan. Podshoh Talab qilganda suruvlarni qaytarolmagan yoki tuyog‘ini mo‘ljaldagidan kamaytirib qaytargunday bo‘lsa, podshoh hech qanday tovon to‘lash shartlariga ko‘nmaydi, borini oladi-yu, lekin gunohkorni qatlga buyuradi».
Amir Temur saroyida ayollarning mavqei haqida. «1404 yilning 23 oktyabrida, payshanba kuni podshoh o‘rdada [yana bir] katta to‘y berib, elchilarni ham [unga]taklif qildi. To‘yga ko‘p mehmonlar kelishdi. Ko‘p-o‘yin kulgi, xursandchilik bo‘ldi. Podshohning xotinlari, avvalgi to‘ylardagi singari kiyinishib hozir bo‘ldilar, erkaklar bilan birga o‘yin-kulgi qildilar…»
Shahzodalar va Amir Temur saroyidagi xotinlar tasviri. Xonzoda begim tasviri: «…Elchilarni ichkariga boshlab kirdilar, Xonzoda [begim] o‘ltirgan joyga yaqinlashganimizda u elchilarni o‘z qarshisidagi soyabon ostidagi supaga chiqib o‘ltirishga taklif etdi, Xonzoda [begim] va uning huzuridagi ayollar katta chodir eshigi oldidagi soyabon ostida o‘ltirdilar… U Xonzoda begim bugun qarindoshlaridan birining nikoh to‘yini o‘tkazayotgan edi. Begim ko‘rinishda qirq yoshlar chamasidagi to‘ladan kelgan, oq yuzli ayol edi».
Saroymulkxonim tasviri: «Barcha xalq o‘rinlariga o‘ltirib, saranjomlik o‘rnatilgandan keyin to‘yda, podshoh huzurida bo‘lishi lozim bo‘lgan katta Kano chodirlar yonidagi saropardalarning biridan chiqib keldi. Xonim mana bunday kiyingan edi: egnida zar bilan tikilgan, etagi yergacha sudralib turgan uzun va keng yengsiz qizil shoyi ko‘ylak. Yoqa va ikki yeng o‘rni-dan bo‘lak ochiq joyi bo‘lmag‘an bu ko‘ylak belidan toraytirilgan, etagiga qadar kengayib boradi… Ko‘ylak etagini o‘n beshga yaqin ayol ko‘tarib borardi. Xonimning yuziga oftobdan saqlanish uchun shu qadar ko‘p oq yog‘li upa surilgan ediki, chehrasi bamisoli oq qog‘ozga o‘xshardi. Qishda va yozda safarga chiqqan barcha asilzoda ayollar yuzlariga shunaqa yog‘li upa surtadilar Xonimning yuziga yupqa oq mato tashlangan, boshida faqat jangda kiyiladigan dubulg‘aga o‘xshash baland, qizil tusdagi bosh kiyimi. Uning bir uchi xonimning yelkasig‘a tushib turibdi. O‘sha qizil dubulg‘aga juda ko‘p yirik, dona-dona marvaridlar, yoqut, firuza va boshqa xilma-xil. [qimmatbaho] toshlar qadalgan. Bosh kiyimning haligi yelkaga tushib turgan qismi zar bilan tikilgan, [unga] qimmatbaho toshlar va yirik marvaridlar bilan bezatilgan chiroyli oltin bargak qadalgan… Xonimning tim qora sochlari yelkasiga tushib turardi…»17
Xalil sulton tasviri: «Xalil sulton otasiga o‘xshash miqti gavdali, oq yuzli, 22 ga kirgan yigit edi».
«Kundalik»da shunga o‘xshash qiziqarli ma’lumotlar juda ko‘p.
Klavixoning «Kundaligi» da ayrim noaniqliklar, xato va kamchiliklar ham uchraydi. Ulardan ba’zilarini keltiramiz».
«Aytishlaricha, deb yozadi Klavixo, Temurbek o‘zining to‘rt-besh xizmatkori bilan qo‘shni xonadonlarning bir kuni qo‘yini, ikkinchi kuni sigirini tortib ola boshlaydi… Ba’zan bazmga berilib ketib o‘g‘irlangan qo‘ylar bilan ularni mehmon qilardi. Ba’zan jasurligi, olijanobligi tutib ketib, bor narsasini o‘z odamlariga sidqidildan bo‘lib berganligi tufayli, uning atrofiga ko‘p odamlar to‘plana boshlaydi. Oxiri uning otliqlari 300 ga yetadi. Shundan keyin u o‘z otliqlari bilan uzoqlarga borib o‘zi va odamlariga kerak bo‘lgan narsalarni talash va o‘g‘irlash bilan mashg‘ul bo‘ldi; yo‘llarga chiqib savdogarlarni ham talay boshladi». Lekin sohibqironing hayotiga bag‘ishlangan bironta tarixiy asarda uning o‘g‘ri va yo‘lto‘sar bo‘lganligi haqida ma’lumot uchratmadik. Bu haqda hozirgi ayrim kitoblarda uchrab turadigan bunday gaplar aftidan Klavixoning kimdandir eshitgan mana shu yarim afsona gaplariga asoslanganga o‘xshaydi.
XULOSA
O‘zbekiston istiqlolga erishgandan so‘ng jamiyat ijtimoiy siyosiy
hayotining barcha jabhalarida keng o‘zgarishlar davri boshlandi. Bu jarayon
intelektual sohada ham o‘z aksini topdi. Eng asosiy ijtimoiy gumanitar fan
hisoblangan tarix fani oldiga hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolarni
ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Oqibatda sovet tarixshunosligi nuqtai nazaridan
o‘rganilgan mavzular qaytadan ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganila boshlandi. Buning
isboti sifatida birinchi prezidentimiz, “Tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda
tiklangan xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat, yo’qotish va
qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina
chinakam tarix bo’ladi”18, deb aytgan fikrlari nihoyatda o’rinlidir. Bundan tashqari tarixning “oq dog‘lari” sifatida o‘rganilmagan mavzularni tadqiq qilish imkoniyatiqo‘lga kiritildi. “Dunyo xaritasida yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi, ularhozirgi til bilan aytganda sotsialistik o‘tmishga ega bo‘lgan o‘z siyosiy
mustaqilligini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil
rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash yo‘liga qadam qo‘ydi. Ular
dunyodagi boshqa mamalakatlar orasida o‘z mavqeini mustahkamlashga
intilmoqda”.
Kurs ishi mavzusi doirasida o’rganilgan mavzu ya’ni, B.A.Ahmedovning ilmiy merosi mavzusiga oid ko’plab ma’lumotlar bilan tanishib chiqdik. Ushbu ma’lumotlarga tayangan holda Farg’ona vodiysida ilk o’rta asrlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni mazkur kurs ishida bayon qilib o’tdik.
Xulosa qilib aytganda mamlakatimiz tarixini o’rganishda (asosan ilk o’rta asrlar va o’rta asrlar tarixini) arab va xitoy tarixchi olimlarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki aynan ular tomonidan yozib qoldirilgan adabiyotlar orqali biz ma’lum bir davr to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lamiz. Ushbu adabiyotlarni tahlil qilish orqali biz o’z tariximizga xolisona baho berish imkoniga ega bo’lamiz.
Bo’riboy Ahmedovning ilmiy me’rosi bilan tanishib chiqqan holda mazkur kurs ishimizni tayyorladik. Ushbu kurs ishi tayyorlashda mavzuga doir ilmiy adabiyotlar, ilmiy maqolalar, tezislar, va monografiyalarga murojaat qildik.
Mamlakatimizning o’rta hamda ilk o’rta asrlar tarixiga oid manbalarning aksariyat qismi arab tarixchi olimlari tomonidan yaratilgan bo’lib, ushbu asarlar hozirgi kunda o’zining xolisligi bilan ajralib turadi. Albatta tarixchi sifatida ushbu asarlarni tahlil qilish orqali ma’lum bir davr yoki ba’zi bir tarixiy shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlarni analiz qilib, xolislik prinsipi asosida bir to’xtamga kelishimiz mumkin.
Ushbu kurs ishi ma’lumotlaridan o’rta ta’lim maktablari va oily ta’lim muassasalarida tarix fani mashg’ulotlarida foydalanish mumkin.


Download 45.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling