I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
saida
1-masala. Bolalarga ustozi quyidagi quvonchli yangilikni aytdi: “ Sizlardan biringiz terma
jamoaga taklif qilindingiz”. Uztozining bu so`zini eshitib Sobir: “O`ylaymanki, bu Botir yoki Vali bo`lsa kerak”,- dedi, Botir esa: “Menimcha, Vali bo`lsa kerak, chunki uning bo`yi baland”,-dedi, Vali esa: “ Meni taklif etishmasa kerak”,- deb e’tiroz bildirdi.Agar bolalarning bittasining mulohazasi to`g`ri bo`lsa, terma jamoaga kim taklif etilgan? Yechish. Masala shartini tahlil etish asosida birinchi bosqichda muammoning qo`yilishi va uni tahlil etish amalga oshiriladi. Buning uchun masala matnidan mulohazalar ajratilib, ular tuzilgan gipoteza bilan taqqoslanib, rost yoki yolg`on ekanligi o`rnatiladi. Masalada qo`yilgan savolga javobning (yechimning) to`g`riligi me’zoni sifatida uning sharti bo`yicha rost bo`ladigan mulohazalar soni bo`ladi. Berilgan masala uchun bu shart quyidagichadir: “Faqat bitta bola haq bo`lib chiqdi (rost gapirdi)” bo`ladi. Agar o`quvchi barcha rad etilgan gipotezalarni hisobga olmasdan, jadvaldan tasdiqlangan gipotezada rost bo`ladigan mulohazalar sonini topa olsa, u holda bu xulosa yechimni tahlil qilish va umumlashtirishning natijasi bo`ladi. Masala ustida bunday usulda ish olib borish o`quvchilarning mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, ularni gipotezalarni tuzish va tahlil etish asosida tadqiqot faoliyatiga jalb etish uchun asos yaratiladi. Masala shartiga asosan barcha mumkin bo`lgan gipotezalarni ko`rib chiqish o`quvchilarni to`la induksiya asosida xulosalar chiqarish bilan tanishtirishga sharoit yaratadi. Ikkinchi bosqichda tadqiqotning barcha gipotezalari ifodalanadi, ya’ni kim terma jamoaga taklif etilganligi haqidagi gipotezalar olg`a suriladi. Bolalar soni uchta va ularning har biri terma jamoaga taklif etilishi mumkinligidan, uchta gipoteza ifodalanadiUchinchi bosqichda har bir gipoteza ko`rib chiqilib, tahlil etiladi va tekshiriladi. Buni har bir bolaning mulohazasi rost yoki yolg`on ekanligini o`rnatish orqali amalga oshirish mumkin. Gipoteza ifodalangandan so`ng bolalarning mulohazalarini bir qiymatli baholash mumkin bo`ladi. Agar, masalan, terma jamoaga Botir taklif etilgan bo`lsa, Sobirning mulohazasi rost, Botirning mulohazasi esa yolg`on bo`ladi. Vali aytgan mulohaza ham rost bo`ladi. Bundan ko`rinadiki, Botirning terma jamoaga taklif etilishi haqidagi gipotezada rost mulohazalar soni ikkita, shart bo`yicha esa terma jamoaga bitta bola taklif etilgan. Demak, bu gipoteza noto`g`ri. Xuddi shu kabi boshqa gipotezalar ham tekshiriladi. To`rtinchi bosqichda terma jamoaga kim taklif etilganligi haqida xulosa chiqarish mumkin bo`ladi. Bunda rost mulohazalar soni 1 ga teng bo`lishi zarur. O`zlarining xulosasini asoslash (gipotezani rad etish yoki tasdiqlash) orqali o`quvchilar dalillar asosida o`z mulohazalarini qurishni o`rganadilar. Beshinchi bosqichda masala yechimini tahlil etish jarayonida o`quvchilar bilan birgalikda uning yechimidan qo`shimcha natijalar keltirib chiqarish mumkin. Masalan, bolalardan kim haq bo`lib chiqqanligini o`rnatish mumkin. Bunday qo`shimcha savolga o`quvchining to`g`ri javobi ular tomonidan, mantiqiy masalalarni yechishga tadqiqot metodini ongli va tushungan holda qo`llash darajasini belgilaydi. Agar o`quvchi barcha rad etilgan gipotezalarni tashab yuborib, jadvalda tasdiqlangan gipotezaga javobi to`g`ri bo`lgan bolalarni topa olsa, u holda bu hulosa masala yechimini tahlil etish va umumlashtirish natijasi bo`ladi. Tadqiqot (ya’ni gipotezalar tuzish va tekshirish asosida yechiladigan) mantiqiy masalalarni yechimini jadval ko`rinishida ifodalash qulay bo`lib, jadvalni to`ldirish quyidagi reja asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: 1) Masala matnini diqqat bilan o`qish; 2) Masala matnida berilgan barcha mulohazalarni ostiga chizish; 3) Jadvalning vertical ustuniga har bir mulohazani qisqacha yozish; 4) Jadvalning gorizontal satriga barcha gipotezalarni yozish; 5) Jadvalning har bir ustunidagi rost mulohazalar sonini hisoblash; 6) Xulosa keltirib chiqarish. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling