I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida “Tarbiya” fanini o’qitishda hadislardan foydalanishning innovatsion klaster metodlarini takomillashtirish


Download 76.88 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi76.88 Kb.
#1411763
  1   2   3   4
Bog'liq
sssssssssss


I.BOB. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida “Tarbiya” fanini o’qitishda hadislardan foydalanishning innovatsion klaster metodlarini takomillashtirish.
1.1 Boshlang’ich sinf o’quvchilarida “Tarbiya” fanini o’qitishda hadislardan foydalanishning innovatsion klaster metodlarini takomillashtirish pedogogik muammo sifatida.
Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo’lgan va bashariyat manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan. Tarbiya avlodlar o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Kattalar turmush jarayonida orttirgan tajribalarini o‘zidan keyingi avlodga o‘rgatib borganlar. Kichik avlod esa o‘z faoliyati davomida duch kelgan yangi-yangi muammolarning yechimini topish barobarida bilim va ko‘nikmalarni egallab, oldingi avloddan meros qolgan bilimlarni yanada boyitib, o‘zidan keyingi avlodga qoldiradi. Insoniyat tarixiy taraqqiyot mobaynida turli ijtimoiy bosqichlarni bosib o‘tdi. Zamonlarning o‘zgarishi natijasida ish va ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiy etdi. Bu hol tarbiya jarayonining takomillashib borishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o’rgatish, ularni komillikka etaklash yo’llari, usullari va qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat insonning ma’rifiy va ma’naviy komillikka erishishi tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangan sari etuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab etishtirish ehtiyoji ortib, o’zgarib, yangilanib borgan.Insoniyat jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ta’lim-tarbiya muassasa-larini yaratish, yosh avlodlarni o’qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida pedagogika fani shakllandi.
0‘zbek pedagogikasining vazifasi Respublikamizda yashovchi turli millat-elatlarning orzu-istaklariga monand ta’lim-tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to‘g‘ri hal etib berishdir. Bunda islom dunyosida qalam tebratgan allomalardan tortib, zamondosh olim-u fuzalolarning ta’limotlaridan ta’lim-tarbiyaga oid qirralarini izlab topish taqozo etiladi. Yosh 7 avlod dunyoqarashini shakllantirishda istiqloldan avval qoralangan tasavvuf ilmidan ham foydalanish joiz. Negaki, bir mafkura yakka hokimligiga endilikda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Erkin fikrlash tizimi yosh avlod ruhini tarbiyalashdagi bosh omillardan biridir.
«Pedagogika» atamasi «Peyne»-«bola»va «aygogeyn»-«yetaklamoq» degan ma’noni bildiruvchi lotincha «daydagogos» so‘zlaridan iborat bo‘lib, quyidagicha izohlanadi: eramizdan oldingi I asrlarda Gretsiyada, quldorlarning bolalarini ovqatlantiradigan, sayr qildiradigan, tarbiyachi-qullarni «pedagog» deb atashgan. U bolalarning kamolga yetishiga mas’ul bo‘lgan. Quldorning bolasini maktabga olib borgan va olib kelgan. Maktabda ishlovchi o‘qituvchilarni «didaskallar» («didayko-men» o‘qitaman) deyishgan. Feodalizm jamiyatiga kelib esa har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta’lim-tarbiya bilan maxsus shug‘ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni chex pedagogi Y.A.Kamenskiy ta’kidlaganidek, «pedagog» deb nomlaganlar.
Tarbiya tarixini o‘rganar ekanmiz, u juda qadimiy jarayon ekanligini insoniyat butun hayoti davomida tarbiya bilan shug‘ullanganligiga ishonch hosil qilamiz. Tarbiya jarayonida ajdodlarimiz tarbiyaviy ta ’sirning samarali yo‘l, metodlari va manbalarini qidirib hayotga tadbiq qila boshlaganlar, buning natijasida tarbiya haqidagi g‘oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo‘la boshlagan. Bular o‘z navbatida pedagogika fanining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Jahon mutafakkirlari o‘zlarining pedagogik g ‘oyalari bilan fanning rivojlanishiga hissa qo‘shdilar. Bu jarayonda o‘zbek mutafakkirlarining xizmatlari beqiyosdir. Tarbiya haqidagi g ‘oyalar eramizdan avvalgi VI asrda shakllanganligi haqida m a’lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik g‘oyalarning shakllanishida zardushtiylik ta’limoti, uning muqaddas kitobi «Avesto»da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Tarbiya haqidagi g ‘oyalarni shakllanishida islom ta ’limotining ahamiyatini alohida ta ’kidlash joiz. Qur’oni Karim va hadisi-shariflarda musulmon ahlining dunyoqarashi, falsafasi, ma’naviyati, axloqi, e’tiqodini har tomonlama shakllantirish yo’llari bayon qilingan.
Hadislarda, shuningdek, tasavvuf ta’limotida ilgari surilgan komil inson tarbiyasi va ta’lim-tarbiyaning mazmuniga oid g’oyalar ma’rifiy-pedagogik ahamiyatga ega bo’libgina qolmasdan, balki pedagogikaning fan sifatida shakllanishida, ta’lim va tarbiya mazmunining boyib borishida hamda komil insonni tarbiyalashda muhim manba ekanligi namoyon bo’ladi.
Sharq qomusiy olimlari va ma’rifatparvar pedagoglari Muso al-Xorazmiy “Alkitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr val-muqobala”, Al-Kindiy “Insoniy bilimlar tasnifi”, Abu Nasr al-Forobiy “Ixso al-ulum” (“Ilmlar tasnifi”) va “Fozil odamlar shahri”, Abu Ali ibn Sino “Donishnoma”, “Tadbiri manzil” va “Aqsom al-ulum aqliyya”, Abu Rayhon Beruniy “Minerologiya”, “Hindiston”, “Saydona”, Abu Abdulloh al – Xorazmiy “Mafotih al-ulum” (“Ilimlar kaliti”), Ismoil al – Buxoriy “Al-Jome’ as-sahih” va “Aladab al-mufrad”, Abu Iso at-Termiziy “Al-Jome’ as-sahih”, Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig”, Kaykovus “Qobusnoma”, Zamaxshariy “O’git va nasihatlarning oltin shodalari”, Najmiddin Kubro “Odob qoidalari”, So’fi Olloyor “Sabot ul-ojizin” Burxoniddin Zarnudjiy “O’quvchiga ta’lim yo’lida yo’llanma”, Ahmad Yugnakiy “Hibat ul -haqoyiq”, Amir Temur “Temur tuzuklari”, Ulug’bek “Zij” va “Tarixi arba’ ulus”, Alisher Navoiy “Hamsa” va “Maxbub ul-qulub”, Abdurazzoq Samarqandiy “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn”, Abdurahmon Jomiy “Bahoriston”, Sa’diy “Guliston”, Davoniy “Axloqi Jaloliy”, “Husayn Vaiz Koshifiy, “Axloqi Muhsiniy”, Bobur “Boburnoma”, Abdulg’oziy “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima”, Munis Xorazmiy “Munis ul-ushshoq”, va “Savodi ta’lim”, Muhammad Sodiq Qoshg’ariy “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”), Muhammadrizo Ogahiy “Ta’vizul-oshiqin”, Furqat “Ilm hosiyati”, “Ko’rgazma” va “Gimnaziya”, So’fi “Ustod”, “Mudarris” va “Dars”, Ahmad Donish “Navodirul vaqoe” (“Nodir voqealar”), Saidrasul Saidazizov “Ustodi avval”, Ali Askar Kalinin “Muallimi Soniy”, Munavvar Qori “Adibi avval”, Abdulqodir Shakuri “Rahnamoi savad”, Abdulla Avloniy “Adabiyot yohud milliy she’rlar” (“Adabiyotdan xrestomatiya”), “Adibi avval”, “Ikkinchi muallim” va “Turkiy guliston yohud axloq”, Mahmudxo’ja Behbudiy “Bolalar uchun kitob”, “Islomning qisqacha ta’rifi”, “Amaliyoti islom”, Sadriddin Ayniy “Taxzib us-sibyon” (“Bola tarbiyasi”), Abduxoliq Usmon Qori “Tahsil ul-tavjid”, “Engil adabiyoti”, Muhammadjon Qori Naimjon “Odobli bola”, Rahimov Muhammadjon Mirza “Ta’limiy hisob” (“Arifmetika ta’limi”), Saidahmad Siddiqiy “Mir’ati adab” (“Odob ko’zgusi”), Abdurauf Fitrat “Rahbari najot” va “Sayyohi hindi bayonoti”, H.H.Niyoziy “Qiroat” (“Engil adabiyot”, “O’qish kitobi” kabi ma’rifiy pedagogik asarlarida, G’arbda esa Platon “Davlat”, Aristotel “Siyosat”, Yan Amos Komenskiy “Buyuk didaktika”, Iogann Genrix Pestolotstsi “Gertruda o’z bolalalarini qanday qilib o’qitadi”, Iogann Gerbart “Tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan umumiy pedagogika”, “Psixologiyani pedagogikaga tatbiq qilish to’g’risidagi xatlar”, “Pedagogikaga doir lektsiyalar ocherki”, Adolf Distverg “Nemis o’qituvchilarini o’qitish uchun qo’llanma”, Konstantin Dmitrievich Ushinskiy “Bolalar dunyosi”, “Muallimlar uchun qo’llanma”, “Kishi – tarbiya predmeti sifatida” (“Pedagogik antropologiyadan tajriba”), Lev Nikolaevich Tolstoy “Alifbe” va “O’qish kitobi”, Anton Semenovich Makarenko “Pedagogik poema”, “Ota-onalar kitobi”, “Bolalar tarbiyasi to’g’risida lektsiyalar”, “Ta’lim-tarbiya tajribasidan ba’zi xulosalar”, Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy “Pavlish maktabi”, “Bolalarga jonim fido” kabi asarlarida va o’zlarining ijodiy pedagogik faoliyatlarida pedagogikaning bosh masalasi – tarbiya muammosi va ta’lim mazmuniga turlicha munosabat bildirib,  pedagogika ta’lim-tarbiya haqidagi fan ekanligini asoslab berdilar. Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta shunday ta’rif bergan edi: “Ta’lim, – degan so’z xalqlar va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir. Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo’lishni, o’rganishidir” Ma’rifat darg’asi A.Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq” asarida esa pedagogika fanini aniq va tushunarli qilib ta’riflaydi: “Tarbiya «pedago’giya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur… “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir…”
Mustaqillik yillarida ma’naviyat va tarixiy xotira masalalari davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etib kelmoqda. Chunki “millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan boshlanadi”. Ushbu haqiqatni anglash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarurligi ta’kidlangan edi. Saboq beradigan, ogohlikka undaydigan va donolik bag‘ishlaydigan tarix bizlarni o‘sha dahshatli yillardan qanchalik uzoqlashtirgan sayin, urush haqidagi muqaddas tarixiy xotira shunchalik bubk ma’naviy kuchga aylana boradi. Zero, o‘tmish xotirasiga ega bo‘lmagan, o‘z xalqining tarixiy tajribasidan mahrum kishi butunlay tarixiy istiqbolni his qilishdan ayrilib qoladi. Teran va dono bir hikmat bor, o‘z qahramonlarining xotirasini muqaddas bilib e’zozlovchi xalqgina buyuk bo‘lishga, buyukman deb da’vo qilishga munosibdir.
Xalqimizni o‘z tarixi bilan qurollantirish ma’naviyat va milliy mafkurani shakllantirish sohasidagi kechiktirib bo‘lmas vazifa ekanligi Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan mamlakatning tarixchi olimlari va jurnalistlari bilan o‘tkazilgan suhbat (1998 yil 26 iyun) hamda “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli asarda (1998) o‘z ifodasini topgan. Zero, “tarix xalq ma’naviyatining asosidir”.
Ushbu masalaga yanada chuqurroq yondashish va amaliyotga joriy etish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2019 yilining 23 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish choralari to‘g‘risida”gi Qaror loyihasi ishlab chiqildi. 2020 yil 6 iyulda “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma- bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 422-sonli qaror qabul qilindi.
Shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda o‘quvchi-yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik, ma’rifatlilik, diniy va milliy bag‘rikenglik, ma’naviy, fuqaroviy, madaniyatlararo, ijtimoiy kabi fazilatlarni shakllantirish dolzarb masalalarga aylanib bormoqda.
Shu bois yoshlar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitish ta’lim jarayoniga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda. Jumladan, yoshlar tarbiyasida dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarga to‘g‘ri baho bera olish, ijtimoiy muammolarni hal etishda to‘g‘ri qaror qabul qilish, hayotda o‘z o‘rnini topish bilan bog‘liq bo‘lgan aniq maqsadlarni shakllantira olishga o‘rgatish, buning natijasi o‘laroq, oila-jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning uzilib qolishining oldini olish, loqaydlik, huquqbuzarlik, “ommaviy madaniyat”ning turli ko‘rinishlaridan saqlash imkoni yaratiladi.
Boshlang‘ich sinflarda tarbiya fanini o‘qitishning ilmiy-nazariy jihatlarini asoslash, o‘qitish amaliyotiga qanday tatbiq qilish va ushbu fanni o‘quvchilar ongiga chuqur singdirish va shu kabi bir qator masalalar yuzasidan tadqiqotchilar izlanish olib bormoqdalar. Shuningdek, konseptual asoslar, nazariyalar va modellarni qanday qo‘llashni bilishni o‘z ichiga oladi. Shu o‘rinda o‘z- o‘zidan savol tug‘iladi. Nima uchun nazariy asos muhim? U o‘qituvchilarni mavjud bilimlarga tegishli nazariya bo‘yicha yo‘l-yo‘riq orqali bog‘lashni, shuningdek, gipotezalar asosini va tadqiqot usullarini tanlashni ta’minlaydi. Bu tarbiya fanini o‘quvchilarga o‘rgatishda kuzatilgan qiyinchilik-larning turli tomonlarini oddiy tasvirlashdan va tushuntirishdan umumlashtirishga yordam beradi va ularning chegaralarini ham aniqlaydi.
Tarbiya darsini klaster orqali tashkil etish yuqori samaradorlikka ega. Shu o’rinda klaster nma degan savol tug’iladi?! Soʼnggi vaqtlarda «klaster» soʼziga nafaqat iqtisodiyot, balki pedagogika sohasida ham tez-tez roʼbaro kelayotganimiz sir emas. Davlat rahbari tomonidan qayta-qayta tilga olinayotgan ushbu soʼz qanday tushuncha, maʼnoni anglatadi, uning mohiyati nimadan iborat ekanligi haqida Maʼruf Toshpoʼlatov oʼz maqolasida quyidagicha soʼz yuritgan: «Klaster - ingliz tilidagi «cluster» soʼzidan olingan boʼlib, tarjimada guruh, toʼp, toʼplam, bogʼ, shoda kabi maʼnolarni anglatadi. Mazkur so’z kompyuter muhandisligida, musiqa, taʼlim, astronomiya, iqtisodiyot kabi sohalarda qoʼllaniladi va vazifasi jihatidan bir-biriga bogʼliq va bir «marjon»dek tizilgan obʼektlarga nisbatan qoʼllaniladi.
Jumladan, ... Iqtisodiyot va sanoatda esa ishlab chiqarishning bir hududda jamlangan va bir-biri bilan bogʼlangan boʼlinmalari tushuniladi. Klaster atamasi amerikalik iqtisodchi, Garvard maktabi professori, raqobat imkoniyatlarini oʼrganish boʼyicha mutaxassis boʼlgan Maykl Yujin Porter tomonidan ilk bor qoʼllangan edi. U klasterga geografik jihatdan qoʼshni boʼlgan, bir-biri bilan bogʼlangan, muayayn bir sohada faoliyat olib boradigan hamda bir-birining ishini
toʼldiradigan korxona va tashkilotlar birlashmasi sifatida taʼrif bergan. Uning fikricha, klasterlar quyidagi umumiy jihatlarga ega boʼlishi darkor:
- ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjudligi;
- ish resurslari;
- raqobatbardoshlik holati;
- sohaga mansublik;
- maxsus oʼquv muassasalarining mavjudligi;
- maxsus xizmatlarga egalik imkoniyatining mavjudligi;
- xomashyo yetkazib beruvchilarning yetarliligi...»
Pedagogikada «klaster (cluster)» - «tarmoqlar metodi texnologiyasi» deb
ham ataladi va bu metod mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni oʼrgatishga qaratilgan, biron-bir mavzuni chuqur oʼrganishdan oldin oʼquvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladigan usul maʼnosida qoʼllaniladi. Xoʼsh, hozirgi kunda «trend» soʼzga aylangan «klaster»ning maʼnosi faqatgina shulardan iboratmi? Аlbatta, yoʼq. Ushbu leksemani taʼlim sohasi bilan bogʼlab, uning maʼnosi Gʼ.I. Muhamedovning «Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri: ehtiyoj, zarurat, natija» nomli maqolasida yanada kengroq yoritib berilgan. Jumladan «... Toshkent viloyati taʼlim tizimida mavjud kamchiliklarni oʼrganish va ularning tahlili shuni koʼrsatdiki, pedagogik taʼlim yoʼnalishlarini muvofiqlashtirish, istiqbolni rejalashtirish, taʼlim bosqichlari oʼrtasidagi aloqa va integratsiyaning sustligi, taʼlim subʼektlari faoliyatidagi tarqoqlik hududda pedagog kadrlarga boʼlgan ehtiyojning qondirilmasligi va taʼlim sifatining pasayishiga sabab boʼlgan. Shundan kelib chiqqan holda institut Toshkent viloyatida pedagogik taʼlim innovatsion klasterini yaratish bilan bogʼliq yangi tizimni oʼzining ustuvor strategik yoʼnalishi sifatida belgilab oldi ... .Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri uzluksiz taʼlim tizimidagi barcha taʼlim turlari, ilmiy tadqiqot institutlari va markazlari, amaliyot bazalari, ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalarning bir butunligi boʼlib, ularning birgalikdagi vazifalar taqsimlangan faoliyati pedagogik taʼlim tizimini sifat jihatidan yangi darajaga koʼtarish imkonini beradi. Binobarin, klasterning asosiy maqsadi oʼz tarkibiga kiruvchi taʼlimiy-ilmiy-innovatsion salohiyatni nafaqat yuqori fuqarolik va kasbiy layoqatlilik darajasi bilan, balki raqobatbardoshligi, yangiliklarni qabul qila olish qobiliyati, yangi taʼlim dastur va texnologiyalarini loyihalash hamda amalga oshira olish qobiliyatiga ega zamonaviy taʼlim mutaxassislarini tayyorlash uchun birlashtirishdir. Pedagogik taʼlim rivojlanishining klaster tizimi taʼlim berish, oʼquv adabiyotlarini yaratish, pedagog kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, taʼlim va tarbiya uzviyligi bilan bogʼliq umumiy yoʼnalishlarda
faoliyat olib boradi. Аyni paytda bu umumiy yoʼnalishlar taʼlimni boshqarish va tashkillashtirish, taʼlim turlari va yoʼnalishlari oʼrtasida uzviylik va integratsiyani taʼminlash, oʼqitish metodlari va vositalaridan foydalanish kabi yoʼnalishlarda xususiylashadi ... .»
Boshlangʼich taʼlimda “Tarbiya” fanini klaster usulida oʼqitish tizimi quyidagicha boʼlishini koʼrsatadi: Mazkur usul amaliy jihatning ustuvorligi bilan muhim ahamiyatga ega. Boshlangʼich taʼlimda “Tarbiya” fanini klaster usulida oʼqitishda metodika muhim oʼrin tutadi. Bu oʼrinda eʼtiborimizni misol tariqasida kam oʼrganilgan soha – aziz – avliyolarimizning tarbiya metodikasiga tortamiz.
Boshlangʼich taʼlimda “Tarbiya” fanini oʼqitishning klaster usuli ota-onalar yoki ularning oʼrnini bosuvchi shaxslar, nodavlat tarbiya muassasalari, oʼqitish monitoring Junayd Bagʼdodiy (IX asr) inson tarbiyasida quyidagi metodlarga asoslanishi tavsiya qiladi:
1) odob;
2) suhbat;
3) ilm;
4) amal.
Bu oʼrinda “odob” – oʼqituvchi va oʼquvchining oʼzaro muomala hamda
munosabatida ahloq qoidalariga rioya etishini, “suhbat” – tushuntirish va koʼniktirishni, “ilm” – haqiqatga tayanishni, “amal” esa oʼrgatiladigan va oʼrgangan narsalarga boʼysunishni anglatadi. Shu jihatdan, boshlangʼich taʼlimda (1-4 sinflarda) “Tarbiya” fanini oʼqitish yuksak odob, oʼzaro suhbat, haqqoniy ilm va qatʼiy amalga tayanadi.
Usmon Makkiy (X asr) tarbiyani insonga muruvvat koʼrsatish muhim metod deb biladi. U deydiki, “Muruvvat – doʼstlarning qusur va kamchiliklaridan koʼz yumushdir”. Demak, muruvvat – dushmanga emas, doʼstlarga koʼrsatiladi. Shu maʼnoda, “Tarbiya” fanini boshlangʼich taʼlimda oʼqitishda oʼquvchi, oʼqituvchi, ota-ona va qolgan barcha taʼlim ishtirokchilari oʼzaro doʼst hisoblanadi. Muruvvat ana shu jihati bilan muhim metod hisoblanadi va muruvvatda faqat maʼnaviy manfaat ustuvor hisoblanadi.


Download 76.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling