I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida “Tarbiya” fanini o’qitishda hadislardan foydalanishning innovatsion klaster metodlarini takomillashtirish


Download 76.88 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi76.88 Kb.
#1411763
1   2   3   4
Bog'liq
sssssssssss

II BOB. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida “Tarbiya” fanini o’qitishda hadislardan foydalanishning innovatsion klaster metodlarini takomillashtirish mazmuni, shakl va metodlari.
2.1 Boshlang’ich sinf o’quvchilarida “Tarbiya” fanini o’qitishda hadislardan foydalanishning innovatsion klaster metodlarini takomillashtirish mazmuni.

Ulugʼ donishmandlardan biri «... kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, oʼqit», degan ekan. Yurtimizda taʼlim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy maʼnoda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin maʼnoda bir necha yuz yillarga tatiydigan oʼzgarish boʼldi, desak xato boʼlmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qaygʼurib, yurtimizning barcha farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan koʼra kuchli, bilimli va albatta baxtli boʼlishlari kerak, degan gʼoyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini koʼrsatadi.


Maʼlumki, taʼlimda ilgʼor pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish oʼquv mashgʼulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qoʼllash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak maʼnaviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda taʼlim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini oʼquv jarayonida qoʼllashga boʼlgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday boʼlishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha anʼanaviy taʼlimda oʼquvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga oʼrgatilgan boʼlsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini oʼzlari qidirib topish, mustaqil oʼrganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham oʼzlari keltirib chiqarishga oʼrgatadi. Oʼqituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yoʼnaltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Bugungi kunda taʼlimda «Аqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli oʼyin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi soʼzni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qoʼllanmoqda.
Dars mashgʼulotlarida oʼyin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. Oʼyin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf oʼquvchilarining oʼyin-topshiriqlarni bajarishga oʼrgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, oʼrganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bogʼliq boʼlishi kerak.
Taʼlimda oʼquvchi shaxsini fikrlashga, oʼzgalar fikrini anglash va shu fikrni ogʼzaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga oʼrgatish masalasiga eʼtibor qaratilgan boʼlib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy oʼrin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida oʼrganiladi.
0‘quv jarayonidagi tarbiya, asosan, o‘qitish shaklida, o‘zini o‘zi tarbiyalash va ijtimoiy tajribaning birligi shaklida namoyon bo’ladi. Shunga ko‘ra o‘quv jarayoniga ta ’lim (pedagogning faoliyati), o‘qish (o‘quvchining mustaqil o'rganish ishi) va ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida qaraladi. 0‘qitish o‘quv jarayonining professional tomonini tashkil qiladi. Inson shaxs sifatida shakllanishining ikki tomonlama tabiati (tarbiya va o‘zini o‘zi tarbiyalash), shuningdek, o‘quv jarayonining ichki strukturasi yo‘l yo‘riq ko‘rsatish va o‘quvchilar o‘quv-bilish topshiriqlarini mustaqil holda bajarishidan iborat harakatdir. Buning yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish jihati Muallim o‘quvchiga o‘quv materiali bo‘yicha o‘rgatadigan narsalar va ular ustida ishlash metodlari bilan izohlanadi. 0‘quvchilar ana shu asosda o‘zlarining ma’lumot mazmunini o‘zlashtirishga doir faoliyatlarini tashkil qiladilar.
Shunday qilib, o‘quv jarayonining mohiyati o‘quvchi bilish faoliyatining mantiqi bo‘lib, u birinchidan, bilish bizdagi bilimlaming yagona manbayi bo‘lmish amaliyotni o‘rganishdan boshlanishi va mavhum fikrlar asosida nazariy umumlashtirish kerakligidan; ikkinchidan, bilish olingan bilimlami, nazariy umumlashtirishlami, insondagi bilimlar haqiqiyligini yagona obyektiv mezonlari sifatida ham xizmat qiladigan amaliyotga taqqoslash zarurligidan kelib chiqadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini ilg’or vositalari, metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o’qituvchi tomonidan yaratiladi, ta’lim-tarbiya bosqichlarini o’zaro bog’lashga xizmat qiladi. Uning mazmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta’lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o’quvchida shakllantirish ko’zda tutilgan ma’naviy sifatlarni o’zlshtirishga yo’naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o’z ichiga oladi.
Bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kеngayib, yangi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o’zgarishlari shundan dalolat bеradiki, endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o’zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo’lib, ular zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka aylantirdi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining unumdorligini oshiradi, o’quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o„quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o„zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. An’anaviy o’qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va og’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli axborotli o’qitish sifatida tafsiflanadi, chunki o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baxolanmoqda. O’zbеk xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qo’llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o’ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g’oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu mеros o’tmishda ko’plab alloma-yu donishmandlar etishib chiqishiga asos bo’lgan.

Hozirgi kunda bu mеrosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega. Ajdodlarimiz bilim o’rgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat bеrganlar. Bu pеdagogik faoliyatga bo’lgan asosiy talablardan biri edi.


Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy aqlli, dono va o’tkir fikrlaydigan kishilar to’g’risida shunday dеydi: «Aqlli dеb shunday kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, foydali ishlarga bеrilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo’r istidodga ega; yomon ishlardan o’zini chеtda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil dеydilar». Uning fikricha, «Ta'lim so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan o’rganishdir, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakatga, kasb-hunarga bеrilgan bo’lishidir. Agar ular ish, kasb-hunarga bеrilgan bo’lsalar, kasb- hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, dеmak, ular kasb-hunarning chinakam oshig’i bo’ladilar»
Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq ikki faoliyatni – o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida o’quvchida jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o’quvchining ongiga (ta’lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.
Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi.
1. O’quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida rejalashtiriladi.
2. Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi.
3. Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi.
Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim - tarbiya tizimi jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi.
Boshlangich sinflarda hadislarning o’rgatilishi bolalarning tarbiyali, yetuk, komil inson bulib shakllanishiga katta taʼsir kursatadi. Xususan, birgina, «Beshikdan to qabrgacha ilm izla» hadisini bugungi kunda yoddan bilmagan va sevib aytmaydigan ukuvchilar maktabda topilmasa kerak. Chunki, boshlang’ich sinf o’kuvchilarining birinchidan, mexanik xotirasi juda shakllangan bo’lib, ular tez va anik ushbu hadislarni yod olib, ayta oladilar va yillar davomida hadisning mazmunini chaqishga harakat qiladi. Bundan tashqari boshlangich sinf o’kuvchilarida qiziqish juda yuqori bo’lib, ular tarixiy obidalarga, shu jumladan, «Imom al Buxoriy» majmuasiga ham qiziqishadi. Bu qiziqishlar albatta o’kuvchini beixtiyor hadis o’rganishga chorlashi mumkin. Hadislar o’tiladigan mavzuga mos
kelishi, o’kuvchining nutqini o’stira olishi, hadis mazmunida mavzularning mujassamligini boshlang’ich sinflarda darslik mazmunini mukammallashtirish mumkin.
Maʼlumki, boshlangich sinf o’quvchilarida ko’prok, o’yin faoliyati yuqori bo’lib, ulardagi bu faoliyatni maʼlum mikdorda taʼlimiy faoliyatga aylantirishda hadislar katta rol uynaydi. Chunki, har bitta hadis zamirida insonni fikrlashga undovchi g’oyalar mavjud bulib, bu royalar o’kuvchi yoshlarda milliy iftixorni shakllantirishi mumkin.

Download 76.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling