I bob. Boshlang’ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish matn ustida ishlashning asosiy bosqichlari
O’quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o’z so’zlari bilan javob
Download 140 Kb.
|
Oqish darslarida matn ustida ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
O’quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o’z so’zlari bilan javob berishi. Mashqning bu turi o’quvchilarda o’qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko’nikmasini o’stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g’oyasi o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashga
imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga yo’naltirilgan va muayyan izchillikda bo’lishi ,o’quvchilarning mustaqil fikrlashga undashi lozim. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida savolva topshiriqlar qaysi maqsadga yo’naltirilganiga ko’ra quyidagicha tasnif qilinadi: Asar mazmunini o’zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savol- topshiriqlar. Asar tilini o’rganish va o’zlashtirishga doir savol-topshiriqlar. Sabab-natija tarzidagi savollardan ham foydalaniladi. Agar o’qituvchi asar g’oyasini tushunishda o’quvchilarga yordam berishni ko’zda tutsa, savol sabab- natija tarzida bo’ladi. Anvar Obidjonning ”Odobli bo’lish osonmi?” ertagi (4- sinf) g’oyasi o’quvchilarni salomlashish odobi bilan tanishtirish, ularda muomala madaniyatini tarbiyalashdir. Ertakdagi asosiy fikrni aniqlash uchun o’qituvchi ”Anvar Obidjon aytmoqchi bo’lgan salom berish mavridlarini o’z so’zingiz bilan aytib bering.” ,”Nima uchun echki sichqonga nasihat qildi?”, ”Toshbaqaning sichqoncha haqidagi fikrini gapirib Bering” kabi savol-topshiriqlardan foydalaniladi. Demak, o‘qituvchi dars jarayonini yaxshi tashkil qilishi uchun nafaqat bilimli, balki pedagogik mahorat va pedagogik texnikani yaxshi egalagan bo‘lishi lozim. U o‘quvchiga qachon va qanday ta’sir o‘tkazishni bilishi, shu bilan birga ozroq kuch sarflab, ko‘proq natijaga erishish yo‘llarini izlashi lozim. O`qish darsi o`zining mazmuni va mundarijasi jihatidan boshqa darslardan farq qilishi va ta’limda yetakchi ahamiyat kasb etishi kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: Mirziyoyev Sh.M “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” “ O’zbekiston” 2017-yil Mirziyoyev Sh.M “ Erkin va farovon demokretik O’zbekiston davlatini birgalikda quramiz” Toshkent. O’zbekiston.2016-yil. Ta’lim taraqqiyoti. Boshlang’ich ta’lim, «Sharq» 1999-yil, 7-maxsus son. Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o’qitish darslari. Toshkent, 1983. Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. -Toshkent, "O’qituvchi", 1980. Sh.Rahmatullayev, A.Xojiyev. O'zbek tilining imlo lug'ati, 1995-yil Y.Abdullayev. Hamrohim Toshkent. 1996-yil. Abdullaeva K va boshqalar. Savod o'rgatish darslari.T.,«O'qituvchi».1996 -yil. Abdullaeva Q. Raxmonbekova S. 2-sinfda. O'qish darslari. (O'qituvchi kitobi.) Toshkent. O'qituvchi, 2004-yil. Abdullaeva Q. va boshqalar. O'qish kitobi. 2-sinf Toshkent. O'zbekiston, 2003- yil. G'afforova T., Shodmonov E., Eshturdieva G. «Alifbe»-(«Savod»); «Ona tili», T., «O'qituvchi», 1999- yil. G'afforova T. G'ulomova X. 1-sinfda o'qish dasrlari (O'qituvchi kitobi.) Toshkent. Sharq. 2003 -yil. 1.www.tdpu.uz 2. www.pedagog.uz 3. www.edu.uz 4. www.ziyo.edu.uz http://fayllar.org Download 140 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling