I bob Boshlang’ich sinflarda darslarni tashkil etishda pedagogic hamkorlik va innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Umumlashtiruvchi dasrlar va ularni ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish
Download 0.59 Mb.
|
umumlashtiruvchi takrorlash
2.2 Umumlashtiruvchi dasrlar va ularni ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish
Boshlang’ich ta’limda umumlashtiruvchi darslar o’ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, 2-sinfda o’qishdan o’tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o’quvchilar bilimini bir tizimga solish, o’rganilganlarni takrorlab umumlashtirish maqsadiga xizmat qiladi. Umumlashtiruvchi dars odatda o’qisg darsidagi u yoki bu muhim mavzu yuzasidan o’tkaziladi. Umumlashtiruvchi dars darslikning butun bir bo’limini yakunlashga ham xizmat qilishi mumkin. 2-sinfda o’tkazilgan umumlashiruvchi dars bolalar tasavvuri va tushunchalarni kengaytirishga yordam beradi.Bunday darslarda o’quvchilar egallagan bilimlarning sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o’quvchi hayotida qanday ahamiyatga ega ekanini tushunadilar. Bu darsda o’qituvchi bolalar bilimini boyitadigan shu mavzuga oid qo’shimcha materillar ham berishi mumkin. 2-sinfda umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari o’qilganlar mazmunini o’quvchilar yodida qayta tikash emas, balki umumlashtiruvchi harakterda bo’lish, bolalar bilimini sistemalashtirishga, ayrim tasavvur va tushunchalarni tartibga solishga yordam berishi lozim. Shunday ekan bunday darslar uchun kitobdan o’qiganlargina emas, balki bolalrning kuzatishlari natijasida bevosita tabiatdagi predmet va xodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy tajribalari ham material bo’ladi. Maktab hayoti, oila mavzusi yoki tabiatshunoslikka oid mavzuga bag’ishishlangan umumlashtiruvchi darsning vazifasi kitob materialini o’quvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalar jarayonida olgan bilimlari bilan bog’liq hisoblanadi. Umumlashtiruvchi o’qish darsi qurilishi jihatidan boshqa darslardan farqlanadi. Bunday darslar har bir sinfda 4-5 marta o’tkaziladi. Yangi dastur va metodik qo’llanmalarda tavsiya qilinganidek, har bir o’qish darsida o’qilgan asar haqidagi o’quvchilar tasavvuri va bilimini umumlashtirish, malakalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, shuning uchun umumlashtiruvchi darsning qurilishi umumlashtirishning maqsadi va xarakteriga qarab belgilanadi. O’qishdan o’tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o’quvchilar bilimini sistemaga solish, o’rganilganlarni takrorlab umumlashtirish maqsadiga xizmat qiladi. Umumlashtiruvchi dars, odatda, o’qish dasturidagi biror muhim mavzu yuzasidan o’tkaziladi. Umumlashtiruvchi dars dasturning butun bir bo’limini yakunlashga xizmat qilishi ham mumkin. Umumlashtiruvchi o’qish darslari qurilishi jihatidan o’qish darslarining boshqa turlaridan farqlanadi. Bunday dars bo’lim materiallari o’rganib bo’lingach tashkil etiladi. Yangi dastur va metodik qo’llanmalarda tavsiya qilinganidek, har bir o’qish darsida o’quvchilar tasavvuri va bilimini umumlashtirish, malakalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi. SHuning uchun umumlashtiruvchi darsning qurilishi o’mumlashtirishning maqsad va xarakteriga qarab belgilanadi. O’qishdan o’tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o’quvchilar bilimini bir tizimga solish, o’rganilganlarni takrorlab umumlashtirish maqsadiga xizmat qiladi. Umumlashtiruvchi dars odatda o’qish dasturidagi u yoki bu muhim mavzu yuzasidan o’tkaziladi. Umumlashtiruvchi dars dasturning butun bir bo’limini yakunlashga xizmat qilishi ham mumkin. Umumlashtiruvchi dars bolalar tasuvvuri va tushunchalarni kengaytirishga yordam beradi; bunday darslarda o’quvchilar egallagan bilimlarining sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o’quvchi hayotida qanday ahamiyatga ega ekanini tushunadilar. Bu darsda o’qituvchi bolalar bilimini boyitadigan shu mavzuga oid qo’shimcha materiallar ham berishi mumkin. Umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari o’qilganlar mazmunini o’quvchilar yodida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda bo’lishi, bolalar bilimini ma’lum bir tizimga solishga, ayrim tasavvur va tushunchalarni tartibga solishga yordam berish lozim. SHunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan o’qiganlarnigina emas, balki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idrok qilingan tabiatdagi predmetlar va hodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy tajribalari ham material bo’ladi. Maktab hayoti, oila mavzusiga yoki tabiatshunoslikka oid mavzuga bag’ishlangan umumlashtiruvchi darsning vazifasi kitob materialini o’quvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalar jarayonida olgan bilimlari bilan bog’lash hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil bo’lib, ko’rilgan va kechirilganlar yuzasidan, illyustrativ materiallarni (rasmlar, misollar) ko’rsatish va tahlil qilish, o’quvchilarning ayrim asarlardan parchalar o’qishi, ekskursiya va kuzatishlar asosida o’quvchilarning og’zaki hikoyasi kabilardan foydalaniladi. Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib tanlanadi. O’quvchilar muayyan mavzu ustida ishlab, o’qiganlari, ko’rganlari, eshitganlari, kuzatganlari xaqida o’z fikr-mulohazalarini dadil va erkin aytish imkoniyatiga ega bo’lsinlar. Masalan, ma’lum bir mavzuni yakunlab o’tkazilgan umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o’qigan hikoya va maqollardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shuningdek, u yoki bu qikoya yoki maqolda qatnashuvchi shaxslar, ularning xulq-atvorlari haqida o’z fikrlarini aytadilar, ayrim zaruriy hollarda o’qilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. Agar mavzuni o’rganish jarayonida o’quvchilar bilan ekskursiya o’tkazilgan bo’lsa, ular ekskursiyada ko’rganlaridan nimalar qiziqarli bo’lganini, qaysilari kuchli taassurot qoldirganini aytib berishlariga o’qituvchi yordam beradi. Bular o’quvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatadi, o’stiruvchi ta’limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. 4 - sinfda Vatan haqida bilim beradigan “O’zbekiston - Vatanim manim” mavzusida berilgan “Serquyosh o’lka” she’ri (Z.Diyor), “Toshkentnoma” (M.SHayxzoda), “Dehqon bobo va o’n uch bolakay qissasi” (A.Oripov), “Xarita” (N.Norqobilov), “Madrlik va aql yorug’ligi” (M.A’zam) she’r va hikoyalari o’qilgandan keyin o’tkaziladigan umumlashtiruvchi darsning vazifasi o’quvchilarning o’qiganlarini, Vatan bo’ylab qilgan sayohatlari jarayonida ko’rganlari, hozirda ko’rayotganlari bilan bog’lab, umumiy xulosa chiqaradilar. Bunda o’quvchilarning shaxsiy tajribasi, oila va maktab, shahar hayoti haqidagi bilimlari katta ahamiyatga ega. Bunday darslarda umumiy xulosani o’qituvchining yordamisiz o’quvchilarning o’zlari mustaqil ravishda chiqarishlari juda muhim bo’lib, bu ularning kelgusi ishonchlarini shakllantirish uchun mustahkam asos hisoblanadi. “O’qish kitobi” darsliklarida berilgan savol va topshiriqlar bolalar qiziqishlariga yaqin, ularning yosh xususiyatlariga mos, shuning uchun ular yuzasidan bolalar to’g’ri yakun va umumiy xulosa chiqara oladilar. Mustaqil xulosa chiqarish tarbiyalovchi ta’limda muhim ahamiyatga ega. Umumlashtiruvchi darsni muvaffaqiyatli o’tkazish unga o’qituvchining qanday tayyorgarlik ko’rganiga bog’liq. Bunday darsda juda ko’p material yuzasidan umumiy xulosa chiqarishni rejalashtirish mumkin emas; bu darsga ko’p material yuklash o’quvchilar diqqatini tarqatib yuboradi, idrok etish qobiliyatlarini pasaytiradi va faol fikrlash imkonini chegaralaydi. O’qituvchi umumlashtiruvchi darsda o’quvchilardan nimalarni so’rashni, mavzu yuzasidan yana nimalarni umumlashtirishni belgilab oladi; darsning maqsadi haqida o’ylab, bolalar tafakkuri va faoliyatini faollashtirishga ta’sir etadigan ish turlaridan foydalanishni rejalashtiradi. Umumlashtiruvchi darsni o’qish dasturidagi har bir mavzu o’rganilgandan so’ng o’tkazish shart emas. Uni faqat o’qish darsining muhim va katta bo’limi materiallari o’rganilgandan keyin o’tkazish maqsadga muvofiq. Mavzularni o’rganish davrida foydalanilgan ko’rgazmali qo’llanmalardan, savol va topshiriqlardan, ekskursiya, kuzatish, uchrashuv va suhbat materiallaridan umumlashtiruvchi darslarda shundayligicha − bir xilda foydalanish tavsiya etilmaydi. Umumlashtiruvchi dars oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o’qituvchi kundalik mashg’ulotlarda foydalanilgan juda ko’p materiallardan har bir mavzu uchun juda muhim va xarakterlilarni tanlashi, o’quvchilar mustaqil xulosa chiqara olishlariga va o’z fikr-mulohazalarini mustaqil ravishda bayon etishga imkoniyatni ekskursiya va kuzatishda yozgan xotiralarni (agar bo’lsa) o’qib chiqishlari, ilgari tayyorlangan rasmlarini yig’ishlari, kitobdagi materiallarni ko’zdan kechirib, qiziqarli o’rinlarini belgilashlari, u yoki bu asardan ayrim parchani yodlashlari yoki matnga yaqin bayon etishga tayyorlanishlari lozim. Umumlashtiruvchi dars bolalar tasavvuri va tushunchalarini kengaytirishga yordam beradi; bunday darslarda o’quvchilar egallagan bilimlarining sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o’quvchi hayotidagi ahamiyatini tushunadilar. Bu darsda o’qituvchi bolalar bilimini boyitadigan qo’shimcha materiallar berishi ham mumkin. Umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari o’qilganlarning mazmunini o’quvchilar yodida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda bo’lishi, bolalar bilimini sistemalashtirishga, ayrim tasavvur va tushunchalarni tartibga solishga yordam berishi lozim. Shunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan o’qilganlargina emas, balki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idrok etilgan tabiatdagi fan va hodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy tajribalari ham material bo’ladi. Maktab hayoti, oila va tabiatshunoslikka oid mavzuga bag’ishlangan umumlashtiruvchi darslarning vazifasi kitob materialini o’quvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalardan olgan bilimlari bilan bog’lashdir. Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil bo’lib, o’qilganlar, ko’rilgan-kechirilganlar yuzasidan suhbat, illyustrativ materiallar (rasmlar, misollar)ni ko’rsatish va tahlil qilish, o’quvchilarning ayrim asarlardan parchalar o’qishi, ekskursiya va kuzatishlar haqida bolalarning og’zaki hikoya qilishi kabilardan fodalaniladi. Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib ta’minlanadi. Umumlashtiruvchi darslarga, asosan, quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi. O’quvchilar dasturdagi muayyan mavzu ustida ishlab, o’qiganlari, ko’rgan, eshitgani, kuzatganlari haqida o’z fikr-mulohazalarini dalil va erkin aytish imkoniyatlariga ega bo’lsinlar. Masalan, ma’lum bir mavzuni yakunlab o’tkazilgan umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o’qigan hikoya va maqolalardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shuningdek, biror hikoya yoki maqoladagi qatnashuvchi shaxslar, ularning xulq-atvorlari haqida o’z fikrlarini aytadilar, zarur bo’lsa, o’qilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. Agar mavzuni o’rganish jarayonida o’quvchilar bilan ekskursiya o’tkazilgan bo’lsa, ular ekskursiyadan ko’rganlaridan nimalar qiziqarli bo’lganini, qaysilari kuchli taassurot qoldirganini aytib berishlariga o’qituvchi yordam beradi. Bular o’quvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni faol fikrlashga o’rgatadi, o’stiruvchi ta’limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. O’qish kitoblarida berilgan savol va topshiriqlar bolalar qiziqishiga yaqin, ularning yosh xususiyatiga mos, shuning uchun ular yuzasidan bolalar to’g’ri yakun va umumiy xulosa chiqara oladilar. Mustaqil xulosa chiqarish tarbiyalovchi ta’limda muhim ahamiyatga ega. Umumlashtiruvchi darsning muvaffaqiyati unga o’qituvchining qanday tayyorgarlik ko’rishiga bog’liq. Bunday darsda juda ko’p material yuzasidan umumiy xulosa chiqarishni rejalashtirib bo’lmaydi; bu darsda ko’p material yuklash o’quvchilar diqqatini chalg’itadi; idrok etish qobiliyatlarini pasaytiradi va faol fikrlashlariga xalal beradi. O’qituvchi umumlashtiruvchi darsda o’quvchilardan nimalarni so’rashini, biror narsaga oid yana nimalarni umumlashtirishini belgilab oladi; darsning maqsadi haqida o’ylab, bolalar tafakkuri va faoliyatini faollashtirishga ta’sir etadigan ish shakllaridan foydalanishni rejalashtiradi. Umumlashtiruvchi darsni dasturdagi har bir mavzu o’rganilgandan so’ng o’tkazish shart emas. Uni faqat muhim va katta bo’lim materiallari o’rganilgandan keyin o’tkazish kifoya. Umumlashtiruvchi darslarda ko’rgazma qo’llanmalar, savol va topshiriqlar, ekskursiya, kuzatish, uchrashuv va suhbat materiallaridan mavzularni o’rganish davridagidek foydalanish tavsiya etilmaydi. Umumlashtiruvchi dars oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o’qituvchi kundalik mashg’ulotlarda foydalanilgan juda ko’p materiallardan har bir mavzu uchun muhim va xarakterlilarini tanlashi, o’quvchilar mustaqil xulosa chiqara olishlariga va o’z fikr-mulohazalarini bayon etishlariga imkon yaratib berishlari zarur. Buning uchun o’quvchilar o’zlarining ekskursiya va kuzatish vaqtida yozgan xotiralarini (agar bo’lsa) o’qib chiqishlari, ilgari tayyorlangan rasmlarini, kitobdagi materiallarni ko’zdan kechirib, qiziqarli o’rinlarini belgilashlari, biror asardan ayrim parchani yod olishlari yoki matnga yaqin bayon etishga tayyorlanishlari lozim. Mustaqil O'zbekistonimiz dunyoda hech bir sohada o'z tengdoshlaridan orqada qolmasdan ulkan yutuqlarni zabt etadigan yuksak salohiyatli, iqtidorli va qobiliyatli yosh avlodni tarbiyalab jamiyatimizga yetkazib eng muhim masalasidir. Kompitensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim standartining qabul qilingan davlatimiz tomonidan ta'lim tizimini takomillashtirishga bo'lgan e'tibor, qolaversa bu ulug' xalqimiz, kelajagimiz va ertangi kunimizga bo'lgan e'tiborning yaqqol namunasidir. O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyati mamlakatlari qatoridan munosib o'rin egallashi, ijtimoiyiqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etishi, xalqaro munosabatlarni tashkil etishda demokratik vainsonparvarlik tamoillarining ustivor bo'lishiga erishishi qat'iy ma'naviy-ahloqiy sifatlarga ega bo'lgan, kasbiy faoliyatida yutuqlarga erisha oladigan yangi kelajakning tayyorlanishiga bog'liq. Respublikamiz xalq ta'limi oldida turgan asosiy vazifa har tomonlama kamol topgan sog'lom, qobiliyatli, o'z Vatani va xalqiga sodiq insonlarni tarbiyalash va ularni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu ulug' maqsadni ro'yobga chiqarish xalq ta'limi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha o'qituvchilarning o'z ishiga ijodiy yondashish, har bir ishda yuksaksamaradorlikka erishish zamonaviy pedagogik usullarni qo'llab darslarni samarali tashkil etishni talab qiladi. Qolaversa, boshlang'ich ta'lim yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishning poydevori hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchisining kasbiy salohiyati va ma'lumot darajasi, uning bolalar psixologiyasi va ma'lumot darajasi hamda hozirgi zamon boshlang'ich ta'lim metodikasini yaxshi bilishi ta'lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. standarti va amaldagi maktab dasturlarida o'quvchi egallashi lozim bo'lgan materiallar ancha murakkab bo'lib, bolalarning bu bilimlarni bosqichma-bosqich egallab olishlarini,kengaytirib va rivojlantirib borishlarini taqozo etadi. Bugungi va ta'lim tizimi biz boshlabg'ich sinf o'qituvchilari oldiga o'ta mas'uliyatli vazifalar yuklamoqda. Muallim har bir o'tilayotgan darsga ijodiy yondashishi, mashg'ulotlarni ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida qurishi, darsning har bir minutidan unumli foydalanishi zarur. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida yoshlar tarbiyasi to'g'risida: farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta'lim-tarbiya, madaniyat, san'at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo'yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko'taramiz. Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o'g'il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug' ajdodimiz nima deb yozganlar: "Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi yoki zaif bo'lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi ularning o'z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog'liq". Qarang, qanday bebaho, oltinga teng so'zlar! Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odamsavdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo'lsak, bu so'zlarning chuqur ma'nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo'ladi. Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o'z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo'qotmaydigan masala bo'lib qolmoqda. Bugungi tez o'zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko'rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G'arazli kuchlar sodda, g'o'r bolalarni o'z ota-onasiga, o'z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo'lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko'y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo'liga berib qo'ymasdan, ularni o'zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko'proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko'mak berishimiz kerak. Bu borada uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e'tibor qaratishimiz zarur. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz. Respublikamiz xalq ta'limi oldida turgan asosiy vazifa har tomonlama kamol topgan sog'lom, qobiliyatli, o'z Vatani va xalqiga sodiq insonlarni tarbiyalash va ularni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu ulug' maqsadni ro'yobga chiqarish xalq ta'limi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha o'qituvchilarning o'z ishiga ijodiy yondashish, har bir ishda yuksak samaradorlikka erishish zamonaviy pedagogik usullarni qo'llab darslarni samarali tashkil etishni talab qiladi. O'quvchiga bilim berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli mashg'ulotlarni dars jarayoniga singdirishni talab qiladi. Ruhshunoslarning aniqlashicha, boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'qituvchining oddiy tushuntirishi orqali egallab olgan ma'lumotlarga qaraganda turli xil ruhiy kechinmalar orqali o'zlari mulohaza yuritib, mustaqil bajargan ishlari vositasida o'zlashtirilgan bilimlarini uzoq esda saqlab qoladilar. Chunki o'quvchi mustaqil mashqlarni bajarishda faoliyat ko'rsatib, ilgari olgan bilimlariga tayangan holda ko'plab o'quv materiallarini hayolidan o'tkazadi. O'xshash hodisalarni taqqoslaydi. O'zicha mulohaza yuritib mustaqil hukm chiqaradi. O'qituvchilarning tayyor holda bergan ma'lumotida esa o'quvchi fikrlash faoliyati to'la ishga kirishmasdan to'g'ri javobni o'zlashtirib oladi. O'xshash hodisalarga duch kelishi bilan o'qituvchi bergan bilimni amaliyotga taqbiq qilishda qiynalib qoladi. Davlat ta'lim standarti va amaldagi maktab dasturlarida o'quvchi egallashi lozim bo'lgan materiallar ancha murakkab bo'lib, bolalarning bu bilimlarni bosqichma-bosqich egallab olishlarini, kengaytirib va rivojlantirib borishlarini taqozo etadi. Bugungi Davlat ta'lim standarti va ta'lim tizimi biz boshlabg'ich sinf o'qituvchilari oldiga o'ta mas'uliyatli vazifalar yuklamoqda. Muallim har bir o'tilayotgan darsga ijodiy yondashishi, mashg'ulotlarni ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida qurishi, darsning har bir daqiqadan unumli foydalanishi zarur. Mashg'ulotlarni shunday tashkil etish kerakki, o'quvchi har bir dars davomida egallashi lozim bo'lgan bilimlar hajmini, o'zida hosil qiladigan ko'nikma va malakalarni oldindan belgilab olishi lozim. Bu o'z navbatida o'quvchining mashg'ulotlarga aniq maqsad bilan qatnashishini taqozo qiladi. Chunki o'quvchi darsning oxirida belgilangan maqsadga erishganligini bilish imkoniyatiga ega bo'lishi zarur. O'yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo'lish, jasur, qat`iyatli bo'lish, qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarning tarkib topishida yordam beradi.Bola kattalarning kundalik hayotiy faoliyatidagi yumushlarni o'yin orqali bajarishga intiladi. Garchi bolalar o'yinlari mazmunan kattalar faoliyatining bir ko'rishini bo'lsa-da, uning o'ziga xos jihatlari bor. Birinchidan, bola o'yinni o'z xohishi bilan erkin va ijodiy bajaradi. Bu o'yinlar emotsional bo'lib, bolani o'ziga rom qilib oladi. Bola o'yinga qiziqib ketadi, zavqlanadi, o'rtoqlik hissi kuchayadi. Bolalar o'yinlari mazmuniga ko'ra o'yinchoqli, harakatli va didaktik turlarga bo'linadi. Bu o'yinlarning barchasi bolalarni faoliyat yuritishga chorlaydi. Didaktik o'yinlar esa bolaga ta'lim berishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Pedagogik texnologiyalar asosida darslarning tashkil etilishgi boshlang'ich sinf o'quvchilarni o'zibajarayotgan mashg'ulotga nisbatan ongli munosabatda bo'lishga o'rgatadi. O'quvchi har bir mashg'ulot jarayonida ixtiyoriy diqqatini ishga soladi, darsda ilg'orlikka, g'alaba qozonishga intiladi. Maktab bola hayotida juda muhim o'rin turadi. Shu davrda u atrof-muhit, jamiyat va kishilar mehnati, maktab-maorif haqidagi bilimlarni egallaydi. Kecha o'yin bilan band bo'lib, erkin faoliyat ko'rsatib yurgan bolaning birdan maktabning ichki qonunqoidalariga moslashishi, belgilangan tartib asosida mashg'ulotlarga o'z vaqtida qatnashishi oson kechmaydi. Shu tufayli kichik maktab yoshidagi bolalar o'yin bilan bog'liq darslarda juda faol qatnashadi. Biz o'qituvchilar buni hisobga olib, darslarga o'yin elementlarini kiritishimiz va undan ta'lim-tarbiyaviy maqsadlarda samarali foydalanishimiz lozim. Bugun maktabga ilk bor qadam qo'ygan o'quvchining kechagi mashg'uloti o'yin edi. Bolada boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan materiallarni o'zlashtirib olishga yordam beradigan epchillik, hozirjavoblik, voqealarni bir-biriga taqqoslash, sinchkovlik kabi ijobiy xislatlarning shakllanish davri bo'ladi. Boshlang'ichsinf o'quvchilariga mo'ljallangan bilimlarning o'zlashtirib olinishiga erishish uchun ana shularga tayanish va uni parvarish qila borish lozim. Bu o'rinda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o'rni va ahamiyati juda kattadir. "Tasavvur qiling, bola ma'lum amaliy va ruhiy tayyorgarlikdan keyin maktab o'quvchisi bo'ladi. Uning vazifasio'zgaradi. Bir kecha - kunduzda o'rtacha 4 soat ta'lim oladi. Kechagi o'yinqaroq bola bugun 40-45 daqiqa davomida diqqatini bir joyga joylab o'qituvchi bilan muloqatda bo'ladi. O'quv axborotini qabul qiladi va idrok etadi. Ana shu vaqtda o'qituvchi loqayd, mas'uliyatsizlik qilsa, uning bu holati ota-onalarning holati bilan hamohang bo'lib qolsa, ota-ona ham yordam berishdan ojiz, nazorat qilishga "vaqti yo'q" bo'lsa, o'sha o'quvchilar bo'sh o'zlashtiruvchi, tartibsiz yomon o'quvchilarga aylanadilar. O'z kasbining mohir ustasi bo'lgan fidokor o'qituvchi ana shu paytda o'quvchilarni qo'lga oladi, ularning mehrini, ishonchini qozonadi va o'quv mashg'ulotlariga qiziqish uyg'otadi. Shunday fidokorlik ko'rsata olgan ustozlar qo'lida ta'lim-tarbiya olgan o'quvchilar kelajakda jamiyatimiz taraqqiyotiga o'z xissasasini qo'sha oladigan insonlar bo'lib etisha oladi. Xulosa 2-sinfda takrorlash-umumlashtirish darslarini o’tkazish metodikasi mazmunida ta’lim jarayonini tubdan isloh qilish , uning asosiy shakli bo’lgan dars tizimini tashkil etishda pedagogik hamkorlikni turi va uning o’ziga xos xususiyatlarini nazariy jihatdan tahlil etib va amaliy tajribalarga tayangan holda quydagi xulosalarga keladi. 1. 2-sinflarda takrorlovchi-umumlashtiruvchi darslarni tashkil etishning bir necha shakllari,dars turlaridan foydalanish mumkin bo’lib,ularning har biri o’z xususiyatlariga ega.Ulardan o’qituvchi maqsadli foydalanishi zarur bo’ladi. 2. Darslarni tashkil etishda pedagogik hamkorlikning turi bo’shlang’ich siniflarda alohida ahamiyatga ega bo’lib,uning o’z maqsadi va vazifalari bor.Boshqa dars turlari singari umumlashturuvchi darslarga ham bir qator talablar qo’yiladi. 3. Boshlang’ich sinf darslarini ta’shkil etishda pedagogik hamkorlikning mazmuni,o’quvchilarning tayorlanishlari uchun vaqt berilishi,oldingi materiallar yuzasidan savollar berib qo’yilishi,foydalanish lozim bo’lgan adabiyotllarning ro’yxati berilgan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. 4. O’qituvchi shuni alohida hisobga olishi kerakki,darslarni tashkil etishda pedagogik hamhorlikning turida o’quv materiallarining chegarallari aniq belgilab olinadi,asosan g’oya tushuncha , qoida unga mos mashq topshiriqlar ajratib olinadi. 5. Dars samaradorligini amalga oshirishda o’quv materiallarini qaytarish jarayonida nafaqat ta’limiy balki, tarbiyaviy jihatdan ham alohida e’tibor qaratilishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati I. A. Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. Toshkent. “Ma’naviyat” 2009. “Barkamol avlod yili ” davlat dasturi. Toshkent. “O’zbekiston” 2010. Maxmudov M. "Maktabda muammoli ta'limni tashkil qilish" Toshkent-"O`qituvchi" 1998 y. www.Ziyonet.uz http://fayllar.org Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling