2.3 4-sinfda harakatga doir masalalar tizimi
Velosipedchi 48 km masofani soatiga bir xil tezlik bilan yurib, 4 soatda bosib o‘tdi. Velosipedchi bir soatda necha kilometr yo‘l bosgan?
Samolyot 10 minutda 110 km masofani uchib o‘tadi. Samolyot har bir minutda necha kilometr masofani uchib o‘tadi? Yechim: 110:10=11 Javob:11km
3) Quyidagi ifodalar nimani bildirishini tushuntiring:
a) piyodaning tezligi 5 km/h;
b) poyezdning tezligi 60 km/h;
d) mototsiklchining tezligi 45 km/h;
e) kosmik kema 7 260 m/s tezlik bilan uchadi. 2-misol.
1) Vertolyot har bir soatda bir xil masofani uchib, 2 soatda 460 km m asofani o‘tdi. U qanday tezlik bilan uchgan?
Yechim: v=s/t v=460:2=230 Javob:230 km
Velosipedchi bir xil tezlik bilan yurib,39 km masofani 3 soatda bosib o‘tdi. Velosipedchi qanday tezlik bilan harakatlangan?
Yechim: v=s/t=39/3=13 Javob:13km.
3) Vertolyotning, velosipedchining tezligi va harakatlanish vaqti hamda ulardan har birining bosib o‘tgan yo‘li yozilgan jadvalni ko‘rib chiqing:
Agar vaqt va masofa ma’lum bo‘lsa, tezlikni qanday topish mumkin?
Harakat tezligini topish uchun masofani vaqtga bo‘lish kerak.
3-misol. Odilbekning uyidan maktabgacha bo‘lgan masofa 1 035 metr bo‘lib, u bu masofani minutiga bir xil masofa bilan yurib, 15 minutda bosib o‘tdi.
Odilbek 1 minutda necha metr yo‘l yurgan?
Yechim: 1035:15=69 Javob:69 metr
Misolni o’quvchilar mustaqil bajaradilar. Ular ishini kuzatish va baholash.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
O’quvchilar yozuvini nazorat qilish. 4 - masala shartini tushuntirish.
Hamma shakllar bir so’z bilan qanday nomlanadi.
4-misol. Uzunligi 7 cm, eni esa undan 2 cm qisqa bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizing. Xuddi shunday perimetrli kvadrat chizing.
Yechim: 7-2=5 P=2(7+5)=24 24:4=6
javob: tomoni 6sm bo’lgan kvadrat.
Do'stlaringiz bilan baham: |