I-bob. Darsining tayyorlov qismi harakatli o'yinlardan foydalanish


Download 38.96 Kb.
bet2/7
Sana02.01.2022
Hajmi38.96 Kb.
#190831
1   2   3   4   5   6   7
Ishning maqsadi va vazifalari. Hozirgi zamon pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biri xalq xazinalarini insonparvar pedagogik tarbiya tizimida qo’llash va ulardan mohirona foydalanish, bu bebaho, xalqchil, ma’naviy boyliklarni o’qituvchilarning har kungi ta’lim-tarbiyaviy ishlariga aylantirishdan iborat.

Shunga ko’ra o’sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida xalq pedagogikasi tajribalari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblanadi.

Shundan kelib chiqib, tadqiqotning maqsadini maktabda jismoniy tarbiya darslarida xalq milliy harakatli o’yinlaridan foydalanish orqali 7-8 yoshli o’quvchilarning jismoniy sifatlarini oshirish yo’llarini aniqlash, rivojlantirish, milliy o’yinlarning rolini oshirishning samaradorligini aniqlashdan iborat.

Tadqiqotda mana shunday maqsadlarni ko’zda tutgan holda, biz o’z oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik.





  1. jismoniy madaniyatning xalq an’analari bilan bog’liqligini ko’rsatib berish, o’zbek xalq o’yinlarining va respublika ijtimoiy hayotining turli tomonlari bilan bog’liqligini oydinlashtirish;

  2. xalq milliy haraktli o’yinlaridan foydalanish orqali umumta’lim maktablarining 7-8 yoshli o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlab, rivojlanish jarayonini kuzatish orqali ma’lum xulosalar chiqarish;

  1. jismoniy tarbiya darslarida o’zbek xalq o’yinlaridan foydalanish orqali bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashning samarador usullari, shakllari, yo’llarini aniqlash;

Tadqiqotning ob’ektini o’zbek xalq milliy o’yinlari, maktab o’quvchilarining jismoniy rivojlanish jarayoni umumta’lim maktablaridagi 7-8 yoshli bolalarning milliy harakatli o’yinlarga asoslangan jismoniy tarbiya darslari tashkil etadi.



1. Darsda o’ynaladigan harakatli o’yinlarni o’tkazish metodikasi.

Harakatli o’yinlar maktabda jismoniy tarbiya metodi va vositasi sifatida jismoniy tarbiya darsida hamda sinfdan tashqari mashg’ulotlarda keng qo’llaniladi.Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiya bo’yicha maktab dasturiga mos ravishda 1-9-sinflarda gimnastika, engil atletika, sport o’yinlari, kurash va suzish bilan birga qo’shib olib boriladi.Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlar dastur talablariga mos ravishda ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalarini hal etishi uchun foydalaniladi. Jismoniy tarbiya darslarida o’tkaziladigan o’yinlarni boshqa mashg’ulot shakllaridan farqi shundaki, bunda diqqatni eng muhimi o’yinning ta’limiy va sog’lomlashtirish tomoniga, shuningdek, jismoniy tarbiya sifatiga ham qaratish kerak. Dars uchun o’yin tanlashda, darsning vazifasini, o’quv materialini, o’yinga kiruvchi harakat turlarini, o’yinning fiziologik yuklamasini, ishlash uchun shartsharoitni hisobga olish zarur.Har bir o’yinda o’yin qatnashchilaridan bilim va malakalarini namoyon qilishni talab qiladi, uni o’yin jarayonida takomillashtiradi. Elementar o’yinlarga maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi. Biroq murakkab haraqatlardan tashkil topgan o’yinlar ham bor. Masalan, quyidagi o’yinlarni (“To’p sardorga”, “To’p o’rtadagiga”) o’quvchilarga taklif qilish mumkin emas, agarda ular to’p oshirishni, uni ilib olishni bilmasa va o’yin jarayon bilan to’qnashishda, yaxshi reaststiyaga harakat koordinatstiyasini va boshqa zarur bo’lgan sifat va malakalarini egalab ololmaydi.Shug’ullanuvchilar o’yinga kiritilgan murakkab harakatlarni maxsus mashqlar yordamida o’zlashtiradilar. Istisno tariqasida avvaldan o’rgatishni talab qilmaydigan elementar va tabiiy harakatlar bo’lishi mumkin. Masalan, “Bo’ri zovurda” o’yinida yugurib kelib uzunlikka sakrash tabiiy chiqadi. Jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari o’rtasida o’yinning o’rni yoki joyi aniqlansa, ular o’rtasidagi ketma-ketlik metodik jihatdan to’g’ri bo’ladi. Bu esa qo’yilgan vazifani yaxshilab hal etilgan darsning zichligini oshirishga va mashqni to’g’ri taqsimlashga yordam beradi. Agar darsning asosiy qismi o’yinga bag’ishlangan bo’lsa, bunda ko’proq harakatli o’yinlar bilan kamroq harakatlanadigan o’yinlar almashlab olib boriladi, shu bilan birga harakatning xarakteri bo’yicha turli-tuman o’yinlar tanlab olinadi. Harakatli o’yinlarning darsni hamma qismlariga kiritish mumkin. O’yin mazmuni shug’ullanuvchilarning tarkibiga va vazifasiga bog’liqdir. Darsni tayyorlov qismiga kam harakatli va murakkab bo’lmagan o’yinlarni kiritilishi tavsiya qilinadi, bu o’quvchilarning diqqatini jamlashga (“Guruh, tik tur!”, “Og’ma tayoq”) yordam beradi, bular o’rtacha harakatdagi o’yinlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi harakterdagi mashqlardir («taqiqlangan harakat»). Darsni asosiy qismda tez yugurish, chap berish yoki aldab o’tish, chidamlilik, to’siqni oshib o’tish, har xil sakrashlar, qarshilikko’rsatish, kurash, qo’zg’aluvchan va qo’zg’almaydigan nishonga uloqtirish bilan bajariladigan harakatli o’yinlardan foydalaniladi.Darsning yakuniy qismida o’rtacha kam harakatchanlikka oid o’yinlar o’tkaziladi, u murakkab bo’lmagan o’yin qoidalari bilan diqqatni jamlash uchun o’tkaziladigan o’yinlar, darsni asosiy qismdagi tezlik bilan beriladigan yuklamadan kiyin faol dam olishga yordam beradi (“Kim keldi”, “Guruh, tik tur!”). Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlarni o’tkazish metodi-kasining o’ziga xosligi darsning zichligiga to’g’ri keladiganlarini saqlab qolish zarurligi va qisqa muddatlilik bilan bog’liqdir.

Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida o’quvchilar o’rganib olgan ko’proq harakatli o’yinlardan foydalanish mumkin. 1—2-sinf o’quvchilari uchun quyidagi o’yinlarni kiritish mumkin: “O’ylab top, bu kimning ovozi?”, “Kim yaqinlashdi?”, “Hamma o’z bayroqchasiga”, “Bo’sh o’rin”, “Sakrabodom chumchuqlar”, “Polizdagi quyonlar”, “Taqiqlangan harakat” va boshqalar.3-4-sinf o’quvchilari uchun: “Guruh, tiktur!”, “Xo’rozlar jangi”, “Qorovul va izlovchilar”, “Chiqib ketish bilan qarmoqchi” o’yini.5-9-sinf o’quvchilari uchun: “Juft-juft bo’lib tortishish”, “Doiraga tort”, “Taqiqlangan harakat” va hokazo. Maktab kechalari va bayramlarda o’tkaziladigan o’yinlar Maktabda o’tkaziladigan sport kechalari va bayramlari o’quvchilarda tetik hamda quvnoq kayfiyat yaratish uchun eng ta’sirli tadbir bo’lib hisoblanadi. Maktab sport kechalari va bayramlarida foydalaniladigan harakatli o’yinlar bolalarni tezda tashkil qiladi, ular engil ruh va quvnoq kayfiyatni vujudga keltiradi.Bayramda, odatda, juda ko’p bolalar bo’ladi, shuning uchun ommaviy o’yinlardan foydalanish tavsiya qilinadi, musiqa jo’rligida bajarilsa yana ham maqsadga muvofiq bo’ladi. Musiqa sadolari ostida o’tkaziladigan o’yinlar qiziqarli, ularni tashkil qilish va o’tkazish engil bo’ladi. Ommaviy o’yinlardan tashqari o’yin-attrakstionlarni ham, shu bilan birga yaxshisi, asosiy tadbirlarni boshlashdan oldino’tkazish mumkin (konsert, spektakl). O’yin-attrakstionlar bayramda maktab o’quvchilarini tashkil qilishga yordam beradi. leqin ommaviy o’yinlar va raqslarni asosiy tadbirlardan keyin o’tkazish tavsiya qilinadi. Ular bilan bir vaqtda sinf hakamlarida va koridorlarda o’yinattrakstionlarni ham tashkil qilish mumkin, chunki ommaviy o’yinlar va raqsga qiziqmaydigan bolalar, o’zlarini kuchli, epchillik, merganliklarini u yoki bu attrakstionda sinab ko’rishlari mumkin.O’yin-attrakstionlari katta sinf o’quvchilari uchun eng yaxshi «uch kurashchi» yoki “Besh kurashchi” musobaqasini tashkil qilish mumkin. bunday maqsad uchun mazmunan har xil bo’lgan kuch yoqi merganlikni, epchillikni, muvozanat saqlash yoqi fazoda mo’ljal olishni bilishni namoyon qilishini talab qiladigan, 3 yoki 5 attrakstion tanlab olinadi: “Uch kurashchi” yoki “Besh kurashchi” bo’lishni xohlaganlar barcha attrakstion musobaqalarida qatnashishlari majbur g’oliblarni eng yaxshi 3 kurashchi yoki 5 kurashchi deb e’lon qiladilar va mukofotlaydilar.O’rta yoki yuqori sinf o’quvchilari uchun bayramda yakkama-yakka olishuv o’yini (xohlagan ikki kishi epchillik, merganlikda, kuch sinashadilar) musobaqalarini tashkil qilish mumkin. Bunday musobaqalarni ommaviy o’yin va raqslar o’rtasidagi tanaffuslarda tashkil qilishni tavsiya qilinadi.Bayramda harakatli o’yinlar o’tkaziladigan musobaqalarga bag’ishlangan bo’lishi mumkin hozirgi vaqtda juda ham ommaviylashib ketgan o’yinlar “Quvnoq startlar”, “Bizlar bilan bajar”, “Bizga o’xshab bajar”, “Hammadan yaxshi bajar” va boshqalar.Musobaqalarda to’g’ridan-to’g’ri uncha ko’p bo’lmagan o’yin qatnashchilarining sonini hisobga olgan holda hech qanday tayyorgarlikni va trenirovka qilishni talab qilmaydigan ommaviy o’yin yoki o’yin attrakstionlardan foydalanib harakatli o’yinlar bo’yicha ommaviy musobaqalar tashkil qilish mumkin. Maktab kechalari va bayramlari eng yaxshisi dastlabki tayyorkgarlikni qo’rishni talab qiladigan o’yinlarni o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi, ularda qatnashish uchun barcha bolalarning jalb qilinishi shart. O’yin qatnashchilarining biri attrakstion uchun o’yinchoqlar tayyorlaydilar (qum solingan xaltacha, misli rasmlar) boshqalari esa attrakstion o’yinining g’oliblarini mukofotlaydilar, 3- chilari esa o’yinni o’tkazishga tayyorgarlik ko’radilar.

Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi.

O‘g‘il bolalarda (12 yosh) jinsiy yetilishning boshlanishi bilan bo‘yning oshishi yiliga 6-10 sm, gavda og‘irligi 4,0 kg, ko‘krak qafasining aylanasi esa 3-5 sm ga yetadi. Tana uzunligining o‘sishi, ayniqsa, 12 yoshdan 16 yoshgacha jadal rivojlanadi, gavda vazni o‘rtacha 25-35 kg ni tashkil qiladi. Shunday qilib, o‘smirlar va yoshlarning notekis jismoniy rivojlanishi ro‘y beradi. Gavda vazni, bo‘yning va ko‘krak qafasi aylanasining o‘sishi tengsiz proporsiyalarda namoyon bo‘ladi. Barcha yoshdagi guruhlarda vaznning o‘sishi, ko‘krak qafasining o‘sishidan ko‘ra ancha yuqori. O‘g‘il bolalarda mushaklarning ko‘ndalang hajmlari va og‘irligining o‘sishidan gavda uzunligining oshish ustunligi ko‘proq. Mushaklar massasi tana massasiga nisbati bo‘yicha 15 yoshda taxminan 33% ga yetadi, 17-18 yoshda esa 44% ni tashkil qiladi. Maktab yoshida tezkorlik sakrab-sakrab sentitiv o‘sishning ikki davri orqali o‘tadi: birinchisi -8-10 yoshda, ikkinchisi 13- 15 yoshda, 15-17 yoshda yugurishning tezkorlik darajasi hatto birmuncha pasayishi, masofadan o‘tish tezligi faqat qadamlar uzunligi va oyoqlar kuchining ko‘payishi hisobidan o‘sishi mumkin. Bunday tabiiy qonuniyat aynan o‘xshash yoshda uslublar va vositalarni tanlashni talab qiladi. Qizlarda mushak kuchining sakrab-sakrab o‘sishi 10 dan 13 yoshgacha davrda kuzatiladi. 14 yoshda kuchning tabiiy o‘sishi ularda sekinlashadi, 14-16 yoshlar o‘rtasida esa hatto pasayishi mumkin. 17 yoshda qizlarda kuchning ko‘rsatkichlari yana ko‘payadi, ammo nihoyatda kam.

O‘g‘il bolalarda 8 dan to 15 yoshgacha kuchning ravon o‘sishi ro‘y beradi. 15 dan 17 yoshgacha esa barcha mushak guruhlarining absolut kuch ko‘rsatkichlari keskin sakrashi ta’kidlanadi, 18 yoshda mushak kuchning jadal o‘sishi ancha pasayadi, ba’zida esa batamom to‘xtaydi.. Chaqqonlikni (yoki koordinatsion qobiliyat) tarbiya 7 dan to 12-13 yoshgacha eng ko‘p darajada e’tibor beriladi. Shunga qaramasdan, koordinatsiyaga ega, lapashang o‘smirlar chaqqon yuqori koordinatsiyaga ega bo‘lgan tengqurlari bilan unchalik teng emas. Maktab yoshidagi bolalarning organizmi ikki muhim xususiyatga ega, ularni bilish maktab o‘qituvchisiga jismoniy sifatlarni tarbiyalash masalalarini muvafaqqiyatli yechishga imkon beradi:



Ilmiylik vazifalari boshlang‘ich ta’lim yoshida harakat ko‘nikma va malakalarini egallash bilimining tashkil topishi, shuningdek, chiniqish, shaxsiy gigiyena, harakat tartibi to‘g‘risida, inson salomatligi uchun jismoniy mashqlar ahamiyati haqida bilimlarni egallash bilan bog‘liq. Bu yoshda vujudga kelgan shartli aloqalar tizimi ancha mustahkamligi bilan farq qiladi va kelajak hayotida harakat sifatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy sifatlarning rivojlanishi – boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiyaning oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Eng ko‘p darajada bu tezkorlik va chaqqonlik sifatlariga tegishlidir, chunki kichik sinflarda o‘rgatish aynan shu sifatlar jadal rivojlanishi uchun eng kulay bo‘lgan davr bilan mos keladi.

Chidamlilikni rivojlantirishda asosiy vazifa bolalar organizmining aerobli imkoniyatlarini oshirishga ko‘maklashish va shu asosida umumiy chidamlilikni ta’minlashdan iboratdir. Kuchni rivojlantirish vazifasi eng avvalo gavdani shakllantirish va rivojlantirishida qoloq mushak guruhlarini mustahkamlash bilan bog‘liq. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida egiluvchanlikni yoshning tabiiyligi bilan muvofiqlikda to‘qimalar elastikligining kamayishi va mushaklar massasining oshishi ko‘rsatkichlari pasaymasligi uchun optimal chegaralarda saqlab turish kerak. Jismoniy tarbiya va sportga qiziqish uyg‘otish vazifasini boshlang‘ich ta’limda yechish kerak. Chunki bolalikda o‘rganilgan odat, juda mustahkamdir. Bolalarda jismoniy mashqlarga turg‘un qiziqish faqat ularga quvonch olib kelgan mashg‘ulotlardagina bo‘lishi mumkin. 7.3. Uslublarning xususiyatlari Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlashda mashq usulini jalb qilishning ba’zi bir xususiyatlari: – o‘rgatish vaqtida afzal ko‘rishni amaliy mashqqa berish kerak, uni unsurlarga bo‘lib yuborish bajarishga qiziqishni pasaytiradi; – ayni bir xil mashqni ko‘p marta takrorlash bolalarni charchatadi, ammo busiz harakat ko‘nikmasini shakllantirib bo‘lmaydi. Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilarni muvafaqqiyatli o‘rgatish uchun mashqni o‘zgartirish, bajarilish sharoitini yaxshilash, dastlabki holatini, harakatning yo‘nalishini va hokazolarni o‘zgartirish zarur; – metodik usul sifatida bevosita yordam (yoki o‘tkazish) dan foydalanish kerak. Bu usul 6 yoshdagi bolalarni o‘rgatish uchun zarur; 49 – mashg‘ulotlarda uzoq davom etgan tanaffuslar ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir qiladi, yangi mashqni ketma-ket 3-4 darslarda o‘rganish kerak, so‘ngra esa ayrim unsurlarini aniqlash bilan keyingi mashg‘ulotlarda vaqti-vaqti bilan takrorlash; – boshlang‘ich ta’lim maktab o‘quvchilarini o‘rgatish vaqtida ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlash uslublaridan foydalanish xususiyatlari; – ko‘rsatishni nafaqat pedagogning o‘zi bajarishi, balki ta’limning borishida namoyish qiluvchi sifatida mashqni yaxshi bajargan bolani tanlash maqsadga muvofiqdir. Bu boshqa bolalarni mashqning yengilligiga ishontiradi, ularning faoliyatini faollashtiradi, harakatni uzlashtirish jarayonini jadallashtiradi; – tabiiy ko‘rsatishdan tashqari ko‘rgazmali qurollardan ham foydalanilsa bo‘ladi. Bunda bolalar bajara oladigan mashqlar yoki maketlar, diafilmlar va boshqalar, buyoqli rangli tasvirlangan bo‘lishi kerak. Ko‘rgazmali qurolning aniqligi, barchaga jozibadorligi bilan mashqning tuzilish asosini, uning asosiy unsurlarini ajratib ta’kidlash kerak; – kattaroq ko‘rgazmalikka ko‘maklashuvchi metodik usul – predmetli mo‘ljallardan foydalanish. Bolalar bilan ishlash vaqtida quyidagi predmetlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir: bayroqchalar, rangli fishkalar, tayoqchalar, chambaraklar, osib qo‘yilgan koptokchalar, xalqalar, shuningdek, polga, devorga, asfaltga, yulakchalarda bo‘yoq yoki bo‘r bilan yozilgan ko‘rsatkichlar. Masalan, tog‘li joylarda chang‘ida yurishni o‘rgatish vaqtida an’anaviy bayroqlar o‘rnida g‘aroyib jonivorcha ko‘rinishida belgisi qo‘llaniladi. Jismoniy tarbiya amaliyotida qattiq gapirish nutqi bilan mashqning bajarilishini birga olib borish usulidan muvafaqkiyatli foydalaniladi. Ayniqsa, u guruhli mashg‘ulotlarda tez-tez foydalaniladi. 50 – Faoliyatni baholash – muhim metodik usuldir. U bolalar faolligiga ko‘maklashadi. Bolalar mashqlarni bajarayotib dadil bo‘lishi kerak, bunda urinishi va muvaffaqiyati baholangan bo‘ladi. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini jismoniy tarbiyalash jarayonida chaqqonlikni rivojlantirish uchun foydalaniladigan metodik usullar qatoriga quyidagilarni tavsiya etish mumkin. A) mashqlar bajarilishi vaqtida noan’anaviy boshlang‘ich va oxirgi holatlarni qo‘llash; b) mashqlarni «oynali» tarzda bajarish; v) muvozanat mashqlarini bajarish. Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilarda egiluvchanlikni tarbiyalash odatdagidek, baquvvat muskullar yo‘qligi, to‘qimalar muloyimligining yuqori darajasi va boshqa omillar munosabati bilan qiyinchilik tug‘dirmaydi. Madomiki, chidamlilikni tarbiyalash charchash fonida mashqlarni bajarish bilan bog‘liq ekan, u holda ular yangi materialni o‘rgangandan keyin darsning oxirida yoki tezlik va chaqqonlik mashqlarini bajargandan keyin shug‘ullanishlari kerak. Chidamlilikni tarbiyalash maqsadida mashqni ko‘p marta va bir xil tarzda takrorlash kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini qiziqtirmaydi, bunda shug‘ullanishga ehtiyojni rag‘batlantiruvchi usullar qo‘llash zarur, buning uchun o‘yin va musobaqa uslublarini qo‘llash o‘rinlidir. 7.4. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya 7.4.1. Vazifalari O‘smirlarni har xil hayotiy vaziyatlarda malakani qo‘llashga, ya’ni ularni amaliy bajarishga o‘rgatish zarur. O‘smirlar harakatlarni bajarish vaqtida zo‘r berib ongli boshqarishni bilishlari kerak. 51 Jismoniy tarbiya sohasidagi bilimlar jismoniy mashqlar bajarilishi vaqtida xavfsizlikni ta’minlash va mashg‘ulotlar vaqtida gigiyenik qoidalarga rioya qilish, organizm uchun jismoniy mashqlarning ahamiyatini tushunish, jarohatlanganda birinchi yordam ko‘rsatish va o‘z-o‘zini nazorat qilishning asosi bilan tanishtirish va boshqalardan iborat. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishida jismoniy tarbiyaning vazifasi o‘smirlarning sensitiv davrlari mavjudligiga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak, ular ta’limning 4-8 sinflar davriga to‘g‘ri keladi. Bir xil hollarda erishilganni to‘xtatib turish talab qilinsa, boshqalarida esa jadal o‘sishga ko‘maklashishdir. Qarab chiqilayotgan yoshda tarbiyalovchi vazifasi jismoniy mashqlar mashg‘ulotlariga tegishlicha motevatsiyasini ta’minlashning axloqiy asoslari va ehtiyojlari shakllanishi, qiziqishni mustahkamlash, o‘smirlarda maktab jamoasi, sinf oldidagi burchini his etishni tarbiyalaydi. 7.5. Uslublarning xususiyatlari O‘smirlar jismoniy tarbiyasida qo‘llaniladigan ogzaki va ko‘rgazmali uslublarni, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida ishlatiladigan uslublar bilan taqqoslash kelajakda o‘z rivojini topadi. Bolalar qancha katta bo‘lsa (qarab chiqilayotgan o‘rtacha maktab yoshi chegarasida), texnikani ko‘prok mufassal o‘zlashtirishga imkon beradi va ta’lim jarayonini jadallashtiradi. Harakatni mukammallashtirish maqsadida va o‘zgaruvchan vaziyatda ularni qo‘llashni o‘rganish uchun o‘yin uslubi keng qo‘llaniladi. O‘smirlar uchun musobaqaga intilish xarakterlidir. Shu bilan birga, ular ko‘pincha, o‘zining imkoniyatini ortiqcha baholashga moyildir. Ta’lim jarayonida bu intilish o‘rganilgan texnikaning bajarilishi musobaqaga yo‘naltirilgan bo‘lishi va albatta, natijani aniqlashi mumkin. 52 5-9-sinflardagi darslarda tezlik o‘quv materialini egallashning borishida ham, qo‘shimcha mashqlar yo‘li bilan ham rivojlanadi. Dastur materialini taqsimlash vaqtida birinchi chorak uchun odatdagidek, yengil atletika va sport o‘yinlari bo‘limiga ajratiladi. Bu yerda o‘rganilanadigan materialning o‘zi tezlikni rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi chorakda kurashning unsurlari va gimnastika bo‘limidagi materiallar o‘rganiladiki, ular tezlik imkoniyatlarining o‘sishiga teskari ko‘maklashadi. Bu yerda tezkorlik kuch xarakterining sakrab o‘tish turidagi mashqlar seriyasi, estafetalar, arg‘amchi bilan mashqlar va milliy o‘yinlarni darsga kiritish maqsadga muvofiqdir. Maktab o‘quvchilarida tezkorlik qobiliyatini rivojlantirishning katta zaxirasi jismoniy mashq va o‘yinlar mustaqil mashg‘ulotlar xizmat qilishi mumkin. O‘yinlar zaxirasining ko‘payishi ularning uyushtirish unsurlarini o‘rgatish –jismoniy tarbiya o‘qituvchisining ishidir. O‘smirlar kuchining rivojlanishi uchun maksimal takrorlash mashqini 6-8 marta tavsiya qilish mumkin. Kuch mashqini egiluvchanlik mashqi bilan navbatma-navbat almashtirib turish maqsadga muvofiqdir. Egiluvchanlikni tarbiyalash yangilikning unsurlari mavjud bo‘lishining majburiy shartidir. Yangi harakatlar o‘zlashtiriladigan bo‘lsa, ular uzluksiz bo‘lishi kerak. Bu esa o‘rgatish qobiliyatning yuqori darajada ta’minlanganligini bildiradi. Chaqqonlik rivojlantirishning muqarrar shartidir. Umumiy chidamlilikni oshirish maqsadida mashqning o‘zgaruvchan va bir xil tekisligi uslublaridan foydalanish kerak. Yuqori sinflardagi yigit va qizlarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifasi ularning rivojlanishidagi biologik qonuniyatlar munosabatidan farq qiladi. Ilgari ta’kidlab o‘tilganidek, qizlarda chidamlilik va kuchning ijobiy o‘sishi 14 53 yoshda to‘xtaydi, ayni vaqtda yigitlarda bu sifatlar bir necha yillar davomida rivojlanadi. Bo‘g‘imlarda harakatchanlik qizlarda yigitlarnikidan ko‘ra yuqori. Bundan tashqari yigitlar katta kuchga ega bo‘lgan mashqlardan ko‘p foydalansa, egiluvchanlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin


Download 38.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling