I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari
V bob. O‘quv-tarbiya faoliyati
Download 201.35 Kb.
|
I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI bob. Rejalashtirish
V bob. O‘quv-tarbiya faoliyati
O’quv-tarbiya faoliyati ―O’zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari o’quv va tarbiyaviy faoliyatni o’quv yillari bo’yicha tashkil etadiladi O’quv yili har yilning 2 sentyabridan boshlanadi va 31 maygacha davom etadi. To’liq va noto’liq tayyorlov guruhlari o’quv-tarbiyaviy jarayonni haftasiga 15 soatdan kam bo’lmagan hajmda tashkil etiladi. 6-7 yoshli bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlash bo’yicha guruhlar davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari bazasida, maktablarda, mahalliy xududlar (mahallalar)da, maktabgacha ta‘lim sohasida nodavlat ta‘lim xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxslar bazasida, shu jumladan, oilaviy maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida tashkil etilishi mumkin. Mazkur guruhlardagi bolalarning ro’yxati maktabgacha ta‘lim tashkiloti joylashgan hududga biriktirilgan maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining xodimlari hovlima-hovli, xonadonma-xonadon yurib, ko’rib chiqishlari orqali shakllantiriladi. 6-7 yoshli bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlash bo’yicha guruhlar davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari bazasida, maktablarda, mahalliy xududlar(mahallalar)da, maktabgacha ta‘lim sohasida nodavlat ta‘lim xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxslar bazasida, shu jumladan, oilaviy maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida tashkil etiladi. Boshlang’ich ta‘limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o’tgan bolalarga davlat namunasidagi boshlang’ich ta‘limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o’tganligi haqida sertifikat beriladi. VI bob. Rejalashtirish Rejalashtirish – zarur shart-sharoitlarni, foydalaniladigan vositalar, shakllar va metodlarni ko’rstaish bilan o’quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish ketma-ketligini, tartibini oldindan belgilashdir. Rejalashtirish qanchalik savodli, o’ylab amalga oshirilgan bo’lishi butun o’quv-tarbiyaviy ishlarning samaradorligiga bog’liq bo’ladi. Rejalashtirish pedagogik vaziyat rivojlanishidagi noaniqlik ulushining sezilarli darajada kamayishiga, balki pedagogning bugungi va ertangi kunlardagi harakatlarining izchilligini ta‘minlashga ham imkon beradi. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish pedagog, bolalar jamoasi va ota-onalarning hamkorligiga, ular tomonidan hamkorlikdagi o’z vazifalari va maqsadlarining anglab yetilishiga, maktabgacha ta‘lim tashkilotidagi hayotni qiziqarli, foydali, ijodiy jarayonga aylantirish istagiga asoslanadi. Rejalashtirish modelini tanlashda har bir pedagogning kasbiy tayyorgarligini, uning tajribasini, o’z faoliyati natijalarni ko’ra olish mahoratini, ularning tahlil qilinishini, shu jumladan, MTT dagi ish shart-sharoitlarini hisobgaolish lozim bo’ladi. Ta‘lim-tarbiya faoliyati guruhning kun tartibiga tayanib, unda kundalik harakatlar, bolalar o’yinlari, bo’sh vaqt va pedagog rejalashtirgan ta‘lim-tarbiya ishlarining turlari navbati bilan ko’rsatiladi. Ta‘lim-tarbiya faoliyati ta‘limiy va ijtimoiy ehtiyojlarni (sog’liq, ovqatlansh va xavfsizlik) qondirish maqsadlarida bolaning yoshga doir va individual rivojlanishiga asoslanadigan o’quv rejasiga muvofiq olib ―Ilm yo’li variativ dasturiga 6-ilova, «Boshlang’ich ta‘limga bolalarning majburiy bir yillik tayyorlash bo’yicha guruhlardagi namunaviy kun tartibi». ―Ilmga yo’li variativ dasturiga 7-ilova, «Majburiy bir yillik tayyorlash guruhida o’tkaziladigan mashg’ulotlarning namunaviy miqdori» berilgan. Ta‘lim-tarbiya faoliyati bolaning kundalik hayotidan va uni o’rab turgan muhitdan kelib chiqadigan yaxlit butun mavzularga birlashtiriladi. Ta‘lim-tarbiya faoliyatini rejalashtirish o’qitish shart-sharoitlariga bog’liq holda integrasiyalash, turli-tumanlik va moslashuvchanlik asosida amalga oshiriladi, mana shunday qilib pedagog ishlarning rejasini mustaqil ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta‘lim-tarbiya faoliyatida rejalashtirishning quyidagi turlari ajratib ko’rsatiladi: yillik mavzuiy rejalashtirish; haftalik rejalashtirish. Rejalashtirish davomida faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari keltirib o’tiladi. Faoliyatni tanlab olishda ta‘lim-tarbiya faoliyatining umumiy maqsadlari ham, rivojlanish sohalari bo’yicha maqsadlar ham, faoliyat mazmuni va turlarining integrasiyalashuvi ham hisobga olinadi. Rejalashtirish davomida kun tartibini e‘tiborga olish zarurdir. Kun tartibi ish sur‘atini belgilab beradi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga bir tekisda o’tishga yordam berishi kerak. Shuni yodda tutish kerakki, o’yin maktabgacha yoshda bolaning asosiy faoliyat turi bo’lib hisoblanadi. kun tartibini tuzib chiqishda kunduzgi uyqu (bu hisobga olinmasligi ham mumkin), dam olish vaqti, sayr qilish vaqti hisobga olinadi. Yillik mavzuiy reja. Yillik mavzui rejada oy mavzulari, hafta mavzulari aks etadi. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari o’zlarining yillik mavzuiy rejalarini mintaqaviy yoki boshqa o’ziga xosliklarning hisobga olib tuzib chiqishlari ham mumkin. Mazkur mavzuiy reja maktabgacha ta‘lim tashkilotining Pedagogik kengashida tasdiqlanadi ―Ilm yo’li variativ dasturiga, «Namunaviy yillik mavzuiy reja» ―Ilm yo’li variativ dasturiga, «Namunaviy mavzuiy rejalashtirish» Ish rejasi quyidagilarga imkon beradi: ta‘lim-tarbiyaning faoliyatining maqsadi, strategik va taktik vazifalarini aniq ifoda etish; ta‘lim-tarbiya ishining mazmunini maqsali belgilash, uning vositalari va tashkiliy shakllanini tanlash; jamoaning va har bir shaxsning ilgarilanma harakatini rejalashtirib hamda tegishli o’zgartirishlar kiritib borish jarayonida o’z faoliyatning istiqboldagi natijalarini belgilash imkoniyatini yaratadi. Ilmiy jihatdan asoslangan aniq-tiniq pedagogik rejaning mavjudligi pedagog ishni yengillashtirib, uning ijodiy imkoniyatilarini oshiradi. Ta‘lim-tarbiya ishini rejalashtirish pedagog, bolalar jamoasi va ota-onalarning o’zara hamkorligiga, ular tomonidan birgalikdagi faoliyat maqsad va vazifalari tahlil etishga asoslanadi. O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha ta‘limga qo’yiladigan Davlat talablari, bolalarni majburiy bir yillik ta‘limga tayyorlash guruhlarda maktabga tayyorlash «Ilm yo’li» variativ dasturi pedagoglar uchun yangi imkoniyatlarni vujudga keltiradi, maktabgacha ta‘lim muassasalarida ta‘lim jarayonini tashkil etishda qo’llanayotgan eski shakl va uslublarni qayta ko’rib chiqishga undaydi, pedagogik tashabbus, tajriba va ijodga keng yo’l ochadi. Haftalik reja. Haftalik reja yillik mavzuiy rejaga tayanadi va o’z ichiga haftaning kichik mavzularini, shu jumladan, shu mavzu bo’yicha mazkur haftada o’tkaziladigan chora-tadbirlarni oladi. Haftalik reja hafta mavzusiga mos holda rivojlanishning barcha sohalari bo’yicha maqsadlarning belgilanishiga, mos holdagi markazlarning tayyorlanishiga, mashg’ulotlarning tasmilanishiga yo’naltiriladi. Hafta mavzusi erkin faoliyatning barcha markazlari orqali o’tishi lozimdir. Haftalik rejada ham guruhdagi, ham tashqarida sayr qilish vaqtidagi didaktik o’yinlar, harakatli o’yinlar rejalashtiriladi. Bolalar bilan ishlashning mazmuni va ketma-ketligi faoliyat turini (fal faoliyat/passiv faoliyat; individual (kichik guruhda yoki katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostidagi) faoliyat, bola rahbarligi ostidagi faoliyat) va uni amalgaoshirish joyini (xona ichidagi faoliyat/tashqaridagi faoliyat) hisobga olish bian rejalashtirilishi zarur. Haftalik ish rejasi turli-tuman va moslashuvchan bo’lib hisoblanadi, ya‘ni, bolaning qiziqishlarini va ob-havo o’zgarishlarini e‘tiborga olgan holda rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasi bilan almashtirilishi mumkin yoki faollik vaqti korreksiyalanishi mumkin bo’ladi. Masalan, tarbiyachi bahorgi gullayotgan boqqa bolalarni olib borishni rejalashtirgan, lekin ob-havo yomg’irli bo’lsa, u holda bu tadbir xona ichida o’tkaziladigan boshqa tadbir bilan almashtirilishi mumkin. Haftalik reja – bu tarbiyachining ishchi jurnali va mashg’ulotlarning konspektidir. Tarbiyachining ishchi jurnali o’z ichiga quyidagi bo’limlarni oladi: titul varag’i; havo iliq va sovuq vaqtlarda guruhning kun tartibi; ertalabki gimnastika majmuasi; sentyabrdan avgust oyigacha guruhdagi ta‘lim jarayonini rejalashtiirish (o’z ichiga ertalabki lineyka, sayrlar, ota-onalar bilan suhbatlarni oladi); haftalik ishlar tahlili; ilovalar. Mashg’ulotlarning konspektlari faoliyat maqsadlari, uning qisqacha bayoni, zaruriy jihozlar ro’yxatidan iborat bo’ladi. Mazkur konspektlar tavsiyanoma xususiyatiga ega bo’lib, tarbiyachining ko’rsatmasiga binoan ijodiy tarzda o’zgartirilishi ham mumkin. ―Ilm yo’li Variativ dasturiga 11-ilova, «Pyedagogning ish jurnali namunaviy shakli». Download 201.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling