I bob. Davlat boshqaruvi institutlari faoliyati tahlili
Download 74.38 Kb.
|
Hubbiyeva REFERAT
III XULOSA
Hamyurtlarimizning davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, oʼz navbatida, jamiyatimizni yanada demokratlashtirish, erkinlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish hamda izchil rivojlantirish bilan chambarchas bogʼliqdir. Shu maʼnoda, keyingi davrda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida demokratik oʼzgarishlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlarining (NNT) roli va ahamiyati, ijtimoiy faolligi, umuman, ular faoliyatining samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar koʼrildi. Shu oʼrinda qayd etish joizki, fuqarolik jamiyati institutlariga ularning xalqaro hamkorligini rivojlantirishda, ilgʼor xalqaro tajribani oʼrganishda va ushbu tajribani Oʼzbekiston sharoitida joriy etishda koʼmaklashish ham mazkur Maslahat kengashining vazifasiga kiradi. Maslahat kengashi faoliyati bevosita Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muvofiqlashtiriladi. Maslahat kengashi faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash esa Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan amalga oshiriladi. Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz Farmonida NNT hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi koʼplab yangicha yondashuvlar koʼzda tutilgan. Bularning barchasi mamlakatimizni har tomonlama va jadal rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini tubdan yuksaltirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga xizmat qiladi. Аdolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirayotgan izchil islohotlarimizning qatʼiy talabi ham aslida shu.
Download 74.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling