I bob. Davlat boshqaruvi institutlari faoliyati tahlili


Download 74.38 Kb.
bet1/7
Sana05.01.2022
Hajmi74.38 Kb.
#205521
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hubbiyeva REFERAT


Mavzu: Davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati institutlari oʼzaro munosabatlari
Reja:

I Kirish

I BOB. DAVLAT BOSHQARUVI INSTITUTLARI FAOLIYATI TAHLILI

1.1. Davlat — siyosiy tahlil obyekti sifatida

1.2. Davlat tuzulishi va shakllari.

II BOB. FUQAROLIK JAMIYATINING O`RNI VA AHAMIYATI

2.1. Jamiyat hayotida jamoa tashkilotlarining o’rni va roli.

2.2. Siyosiy partiyalar va ularning turlari.

III. XULOSA

IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Ijtimoiy fanlarda davlat va siyosiy hokimiyat tushunchalari bir butun qaraladi, negaki davlat hokimiyati oliy siyosiy hokimiyat tarzida namoyon bo‘ladi. Ammo siyosiy hokimiyatning davlatdan tashqari bashqa institutlarda ham mujassam bo‘lishini kuzatish mumkin: siyosiy partiyalar, assotsiatsiyalar, OAVlar. Shuning uchun ham hokimiyat — ijtimoiy hodisa sifatida — ko‘p qirrali, ko‘p o‘lchovlidir.  Davlat ega bo‘lgak muhim belgi—suverenitetdir.

Zamonaviy nazariyalarda davlat suvereniteti cheksizligig‘oyasi o‘zgarib, u ijtimoiy tashkilotlar va uyushmalar tomonidan cheklanishi tamoyili kiritildi. Eng ko‘p o‘zgarishlarga bu tushuncha federativ tuzilishga ega davlatlarda uchraydi.Davlatning umumiyligi va universalligini ta’minlovchi yana bir muhim xususiyati — “qonun”dir. Davlatning yana bir belgisi –uning ommaviy hokimiyatga, ya’ni muayyan ma’muriy-boshqaruv apparati va huquqiy-tartibot organlariga tayanishdir. Davlat-fuqorolik institutiga tayanadi.Bu-uning yana bir belgisi.U fuqorolik hatti-harakatlarini ularning ijtimoiy,diniy,malakaviy yoki boshqa sifatlaridan qat’iy nazar umumiy o‘lchov bilan baholaydi.

Davlat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud, armiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan tashkil topgan. Davlatlarni turkumlashning yana bir nechta usuli mavjud: Oliy hokimiyatni tashkil etish usuli buyicha davlatlar monarxiya va respublikaga bo‘linadi

O‘zbekistonda jamiyat hayotini demokratlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli beqiyos darajada kattadir. Bu institutlar - ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladigan nodavlat tipidagi tuzilmalar (birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar, markazlar, klublar, jamg‘armalar va b.)ning faoliyatini o‘zida mujassamlashtiradi. Mazkur tuzilmalar faoliyatining kuchayishi, o‘z navbatida, fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi.

Fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat muassasalaridan farq qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasida “nodavlat notijorat tashkiloti” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Nodavlat notijorat tashkiloti –jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir” .

Fuqarolik jamiyati institutlari esa o‘zlarining mohiyatiga ko‘ra, davlat tashkilotlaridan farq qiladi va ularga ijtimoiy konstruktivlik, ya’ni jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishga yo‘nalganlik xosdir. Bunday jamoat tashkilotlari ma’lum bir ijtimoiy makon – jamiyatda tashkil topadi. Bu esa ularning ushbu hududning tarkibiy qismi, instituti ekanligini anglatadi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Milliy qadriyatlarimizni dunyo hamjamiyatiga targ‘ib qilish;

Yurtimizga qarshi qaratilgan, jamiyatimiz hayotiga tahdid soluvchi buzg‘unchi, yot g‘oyalar, g‘oyaviy va axborot xurujlari, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli maqsadlarini fosh qilish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, diniy ekstremizmga qarshi kurashish yuzasidan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etish;

Yoshlar ijodini rag‘batlantirishga, rivojlantirishga qaratilgan faoliyat ko‘rsatish;

Yoshlar ijodini rag‘batlantirishga, rivojlantirishga qaratilgan faoliyat ko‘rsatish;

kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlar, yoshlar orasida komil axloq, o‘zaro insoniy munosabatlar, mehr-muruvvat, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglikni keng targ‘ib etish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini olib borish;

Yangidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, chetdan g‘arazli maqsadlar bilan hayotimizga suqilib kirishga yo‘naltirilgan turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi aholining turli qatlamlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;

Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismonan baquvvat avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;

Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismonan baquvvat avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;

Vatan ozodligi yo‘lida kurashib, jon fido qilgan buyuk ajdodlarimizning ibrati, o‘tmish saboqlari, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar tahlili asosida odamlar qalbida milliy g‘urur va hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaslik tuyg‘usini kamol toptirish kabilar shular jumlasidandir.

Siyosiy partiyalar, ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim kismi, ular davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi.

Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonuni, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34moddasida mustahkamlangan.




Download 74.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling