I bob. Davlat byudjet balansini boshqarishning nazariy asoslari


O’zbekiston davlat byudjetini statistik tahlili


Download 0.54 Mb.
bet7/10
Sana10.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1257559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DAVLAT MOLIYA STATISTIKA TIZIMI

2.2.O’zbekiston davlat byudjetini statistik tahlili
Davlat byudjeti iqtisodiy munosabatlar tizimi bo‘lib, rivojlangan tovar va pul munosabatlari sharoitida muhim iqtisodiy omil sifatida davlat oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarishda keng qo‘llaniladi. Odatda, byudjet miqdori va tarkibiga qarab davlatning iqtisodiy salohiyati, uning moliyaviy resurslarining holati va soliq yukining darajasiga baho berish mumkin bo‘ladi. Byudjet tarkibiga ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir qiladi. Ob’ektiv omillarga birinchi o‘rinda ishlab chiqarish munosabatlarining xususiyati va byudjetning tuzilishiga katta ta’sir ko‘rsatadigan ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish darajasini ko‘rsatish mumkin. Jamiyatning rivojlanishi, yalpi ichki mahsulot taqsimoti, ishlab chiqarish va mulk munosabatlari rivojlana borar ekan, unga mos ravishda byudjet tizimining tarkibi va belgilangan maqsadlarida o‘zgarishlar yuz beradi. Tarixiy bosqichda har bir mamlakatning urfodatlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ob’ektiv faktorlar qatoriga kiritish mumkin. SHuningdek, har qanday mamlakat byudjeti o‘ziga xos milliy xususiyatlarga ham ega. Davlatning tegishli davrda olib borayotgan siyosati, tashqi iqtisodiy aloqalari, ichki iqtisodiy vaziyat va boshqalar sub’ektiv omillar hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin bo‘lgan mamlakatlarning byudjetlarida daromad va xarajatlarning tarkibi o‘xshash va yoki umuman farqli bo‘lishi mumkin. Lekin har qanday holatda ham davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning asosiy maqsadi – davlat o‘z funksiyalarini bajarishi uchun zarur mablag‘larni etarli darajada xazinaga yig‘ishdan iborat.
Davlat byudjeti siyosatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
Davlat byudjeti tizimimda hisoblanadigan ko‘rsatkichlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlash. Ushbu vazifani hal qilish eng avvalo, ushbu tizim to‘g‘risida ma’lumotlar bazasining ochiqligi va aniqligiga bog‘liq bo‘ladi. Statistik tadqiqotlar uchun etarlicha ishonchli ma’lumotlar mavjud emas ekan, ushbu tadqiqot natijalari ham real sharoitni to‘g‘ri ifodalay olmaydi. Bu esa o‘z navbatida ushbu tadqiqot natijasidan klib chiqib ishlab chiqiladigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish siyosatining kutilgan natijalarni bermasligiga olib keladi.
Davlat byudjeti tizimidagi iqtisodiy faoliyatni baholashda tabaqalashgan statistik ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish. Bu kabi statistik ko‘rsatkichlarning afzalligi shundaki, mavjud muammoga qarab ko‘rsatkichlar aniqlaniladi va ularni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Masalan, byudjet defitsiti yoki profitsitini olaylik. Agar ushbu ko‘rsatkichlar alohida viloyat(tuman, shahar) bo‘yicha hisoblansa, aynan shu hudud bo‘yicha iqtisodiy siyosat yo‘nalishlarini ishlab chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi. Byudjet defitsiti, agar, shu hududning o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib bartaraf etilsa, butun mamlakat doirasida bu muammo hal qilingan bo‘ladi. Buning uchun, eng avvalo, shu hududdagi byudjet taqchilligi va ushbu taqchillikni bartaraf etish imkoniyatlari shu hudud darajasida statistik tahlil qilinishi lozim bo‘ladi.
Davlat byudjeti tizimini statistik tahlil qilishda indeks va regression tahlil asoslaridan samarali foydalanish. Yuqoridagi statistik metodlar ushbu tizimda omilli tahlilni amalga oshirish imkonini beradi. Indeks metodi yordamida ayni vaqtdagi davlat byudjetitizimiga ta’sir etuvchi omillar va ular natijasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlash mumkin.
Respublikamizda Davlat byudjeti tizimi ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda esa ushbu metod kam qo‘llaniladi. Indeks metodining asosiy kamchiligi u omillar ta’siri ostida istiqbolni prognozlash imkonini bermaydi. SHuning uchun regression tahlildan foydalaniladi. Ushbu metod nafaqat davlat byudjetitizimiga ta’sir etuvchi omillarning ta’sir kuchini aniqlashda, balki uning istiqboldagi holatini prognozlashda ham keng qo‘llaniladi. Agar yuqoridagi metodlar asosida statistik tahlilni amalga oshirish amaliyotga joriy qilinsa, Davlat byudjetiningsamaradorligin yanada oshirish imkoni paydo bo‘ladi.
Faraz qilaylik, davlat byudjeti xarajatlarining o‘zgarishiga quyidagi to‘rt omil ta’sir etsin (YAIMga nisbatan foizda): davlat investitsiyalari uchun xarajatlar (I), ijtimoiy ehtiyojlar (ta’lim, sog‘liqni saqlash va hokazo) uchun xarajatlar(S), ijtimoiy himoya uchun xarajatlar (T), davlat boshqaruvi organlari uchun xarajatlar (X). Aytaylik, regressiya tenglamasiquyidagi ko‘rinishda bo‘lsin

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling