I bob. Davlat byudjet balansini boshqarishning nazariy asoslari
Davlat byudjetining funksiyalari
Download 0.54 Mb.
|
DAVLAT MOLIYA STATISTIKA TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Davlat byudjetining funksiyalari
1.2.Davlat byudjetining funksiyalari.
Davlat byudjetining ikki funksiyasidan foydalanish natijasida byudjet mexanizmi vujudga kyeladi. Byudjet mexanizmi deyilganda, odatda, faqat Moliyaviy resurslarni davlatning qо‘lida akkumulyasiya qilish va ularni byudjet kanallari bо‘yicha taqsimlashning amaldagi tizimi nazarda tutilmasdan, balki takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga bu jarayonning faol ta’siri ham tushuniladi. Bu mexanizmning detallari juda kо‘p: soliqlar va byudjetga tо‘lovlar, byudjetdan moliyalashtirishning turli shakllari, mablag’larni byudjetlar ichida taqsimlash va boshqalar ana shular jumlasidandir. Byudjet mexanizmi ishlashining samaradorligi unga tegishli bо‘lgan detallarning о‘zaro ta’sirchanligi va ularning bir-biriga bog’liqligi bilan belgilanadi. Davlat byudjetining mohiyati uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi funksiyalarida namoyon bo’ladi. Turli davr va turli maktab iqtisodchilari davlat byudjetining funksiyalarini yoritishga turlicha yondoshadilar. Masalan, T.Malikov, N.Xaydarov hammuallifligidagi ―Davlat byudjeti o’quv qo’llanmasida davlat byudjetining funksiyalari quyidagi tarzda bayon qilingan: ―Davlat byudjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bo’linmalari singari, ikki xil funksiyani bajaradi: 1) taqsimlash; 2) nazorat. Bu va shu kabi boshqa adabiyotlarni o’rganish asosida, davlat byudjetining amalda namoyon bo’lish shakllarini o’rgangan hamda ko’pchilik iqtisodchi olimlarning fikriga qo’shilgan holda, davlat byudjeti quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi, deyishimiz mumkin: – yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi; – iqtisodiyotnitartibgasolishvaboshqarishfunksiyasi; – ijtimoiy funksiyasi; – nazorat funksiyasi. 2-rasm. Davlat byudjetining funksiyalari8 Yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi. Davlat byudjeti mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiga kiruvchi milliy daromadning qiymatini qayta taqsimlashda o’zining qayta taqsimlash funksiyasi bilan ishtirok etadi. Bunday qayta taqsimlash jarayonlari natijasida yaratilgan YaIMning qiymatidan to’lanadigan soliqlar va soliq xarakteridagi boshqa majburiy to’lovlarning to’lanishi asosida byudjet daromadlari shakllanadi. Byudjet daromadlari davlat markazlashgan moliyaviy resurslarining bir qismi sifatida, davlatning funksiyalarini bajarish uchun sarflanadi. Ular pul mablag’lari jamg’armalarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoridagi markaziy va mahalliy byudjetlarga kelib tushadi. O’zbekiston Respublikasida har yili davlat byudjeti orqali mamlakat YaIMining 18-20 foizi qayta taqsimlanadi. Davlat maqsadli jamg’armalari bilan birga hisoblaganda esa bu ko’rsatkich bugungi kunda 34-35 foizni tashkil etmoqda. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling