I bob davlat moliya statistikasi


Davlat moliya statistikasining vazifalari


Download 261.68 Kb.
bet2/12
Sana08.03.2023
Hajmi261.68 Kb.
#1253624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Davlat moliyasi statistikasi

I.BOB DAVLAT MOLIYA STATISTIKASI

1.1. Davlat moliya statistikasining vazifalari


Mamlakatning moliya tizimida davlat moliyaning o‘rni va ahamiyati katta. Moliyachi iqtisodchilarning hisob-kitoblarga qaraganda, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat moliya moliya resurslari tarkibida 40%, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdagi mamlakatlarda 70% ni tashkil etadi. Moliya «Budget» chemodan, pul bilan to‘ldirilgan xalta va boshqa ma’nolarda ishlatilgan. Moliya – daromadlar va xarajatlar rejasi, ya’ni moliya rejasidir. Bu reja har bir shaxs, oila, xo‘jalik yurituvchi subyekt, tuman, shahar, viloyat va davlat miqyosida tuzilishi mumkin. Davlat moliya davlatning markaziy moliya rejasidir, hukumat ixtiyoridagi yirik markazlashtirilgan pul jamg‘armasidir. Davlat moliyada barcha asosiy moliya institutlari: xarajatlar, turli daromadlar, davlat krediti birlashgan. Davlat moliya davlatning moliya resurslarini vujudga keltirish, shakllantirish shakllari va usullarini, ulardan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi maqsadlarida foydalanishni belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasining «Moliya tizimi to‘g‘risida»gi qonunida: «Davlat moliya – davlat pul mablag‘larini (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi», – deyilgan. O‘zbekiston Respublikasida yagona moliya tizimi shakllantirilgan. U ikki bo‘g‘indan iborat bo‘lib, davlat moliya respublika moliya, Qoraqalpog‘iston respublikasi va mahalliy moliyalar (viloyat, shahar, tuman) ni o‘z ichiga oladi. Davlat moliya tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi. O‘zbekiston Respublikasida barcha bo‘g‘inlardagi moliyalarni shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijrosini hisobga olish milliy valuta-so‘mda amalga oshiriladi. Faqat 1992-1996-yillarda valuta tushum (qarz) larini hisobga olish va hukumatning valutada amalga oshiradigan operatsiyalarini qoplash uchun xorij valutasida mustaqil moliya ham tuzilgan. Keyinchalik,1996-yildan boshlab, yagona va yig‘ma, so‘mda baholanadigan moliyaga o‘tilgan. Yagona moliya tizimining elementlari davlat moliya statistikasini o‘rganish obyektlaridir. Davlat moliya statistikasining asosiy vazifasi davlatning fiskal (moliya, soliq) siyosati mazmuni va yo‘nalishini belgilovchi moliyaning asosiy ko‘rsatkichlariga miqdoriy tavsif berishdir. Bu vazifani quyidagicha belgilash mumkin:
1.O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvi sharoitida davlat moliya tasniflarida ko‘rsatkichlar tizimini tuzish, ularni hisoblash va baholashda xalqaro standartlarni joriy qilishni tugallash;
2.Davlat moliyaning asosiy funksiyalari: yalpi milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash, iqtisodiyotni tartibga solish va rag‘batlantirish, ijtimoiy siyosatni moliya bilan ta’minlash va mamlakatning markazlashtirilgan pul jamg‘armalarini vujudga keltirish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish jarayonlariga tasnif berish;
3.Davlat moliyaning daromadlari, xarajatlari va defitsiti (profitsiti) ning umumiy summalarini hisoblash;
4.Davlat moliya daromadlari va xarajatlarining tarkibi va tarkibiy tuzilishini o‘rganish;
5.Davlat moliya defitsitini moliyalashtirish manbalarini o‘rganish;
6.Davlatning ichki va tashqi qarzining ko‘lamini baholash;
7.Davlatning fiskal siyosatining iqtisodiy rivojlanishga va aholini turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va boshqalar (masalan, moliya tashkilotlari shoxobchalari, xodimlari soni, sarf-xarajatlari va boshqalar);
Amaliy statistika davlat boshqaruvi muassasalari faoliyatini tahlil qilish, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, xalqaro tashkilotlarga XVF standartlari asosida moliyaviy ma’lumotlarni taqdim qilish, MHT va to‘lov balansini tuzish uchun zarur bo‘lgan birlamchi ma’lumotlarni to‘plash, ishlov berish (guruhlash, umumlashtirish) bilan shug‘ullanmoqda. Davlat moliya statistikasi amaliyotiga xalqaro standartlarni qo‘llash ishlarini olib borish bilan birga an’anaviy statistika tushunchalari, qoida va tasniflaridan ham foydalanilmoqda.
Hozirgi paytda davlat statistika organlari moliya tasniflarini va davlat moliya ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha va davlat boshqaruv organlarini ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash borasida ishlarni amalga oshirmoqda. Lekin ushbu bajarilgan ishlarni ularning asosiy vazifasi bilan adashtirmaslik lozim.
O‘zbekiston jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tobora integratsiyalashib borayotgan bugungi kunda davlat moliya statistikasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
–Respublika amaliyotida qo‘llaniladigan moliya tasnifini xalqaro standartlarga moslashtirish;
–Davlat moliya daromadlari va xarajatlari hajmi hamda dinamikasini aniqlash;
–Davlat moliya daromadlarining manbalari va xarajatlarining yo‘nalishlarini o‘rganish;
–Boshqarishning barcha darajalarida davlat moliyaning bajarilishi tahlili;
–Moliya taqchilligini moliyalashtirish manbalarining tahlili;
–Davlatning ichki qarzi hajmini, uning tarkibi va dinamikasini aniqlash;
–Moliya muassasalari soni, shtati va kontingentini o‘rganish;
–Fiskal siyosatni o‘tkazish samaradorligini va uning iqtisodiy o‘sishga hamda aholining turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish.

Download 261.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling