I bob. Ekskursiyada maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash


Turli yosh guruhlarda ekskursiyaga o’rgatish usullari


Download 3.47 Mb.
bet6/7
Sana17.10.2023
Hajmi3.47 Mb.
#1706943
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xolmirzayeva Dilobar 101-guruh kurs ishi ,,,,,,,,

2.2. Turli yosh guruhlarda ekskursiyaga o’rgatish usullari
Ona tabiat qo’ynida mavzusida o'tkaziladigan mashg'ulotning dars ishlanmasi.
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsad: Tabiat nima? Nima uchun biz uni asrashimiz va g`amxo`rlik qilishimiz kerakligi haqida suhbat o`tkazish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Kun shiori: Biz tabiatni asraymiz!
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Tabiat manzarasi , o`simliklar ,hayvonlar aks ettirilgan rasmlar va videotasmalar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism. Mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish.
II Asosiy qism:
Tabiat manzarasi aks ettirilgan: yurtimiz ko`chalari, bog`lari, hayvonot dunyosi va qushlar, gulzor, bog`lar va tog`lar aks ettirilgan video lavha namoyish etiladi. Bularning barchasi bir so`z bilan tabiat deb atalishi aytib o`tiladi.
Tarbiyachi: Tevarak atrofimizni o`rab turgan, mana shu lavhada ko`rgan barcha narsalar tabiat deb ataladi. Tabiat jonli va jonsiz tabiatga bo`linadi.
O`quvchilar guruhlarga bo`linib jonli va jonsiz tabiatga kiruvchi harsalar alohida-alohida yozib chiqishadi va uni doskaga osib qo`yiladi. Hamma ishni yakunlagach, tushunchalar umumlashtiriladi.
Demak, Hayvonlar ham odamlardek nafas olishi, ovqatlanishi, ulg`ayishi va qandaydir holatlarda insonlarga foyda keltirishi mumkin ekan. O`simliklar ham ildizlari orqali suv ishadi, oziqlanadi, barglari orqali nafas oladi, bizlarga iflos havoni barglari orqali tozalab, toza havo yetkazib beradi. Baland osmono'par tog'larimiz, suvlar, qum, toshlar, ter osti boyliklarimiz-oltin, kumush, mis, toshko'mir, neft va tabiiy gaz ham tabiat ne'matlaridir. Ular yer yuzida insoniyat barpo bo`lgandan boshlab insonga xizmat qiladi.Inson ongi rivojlanib borgan sari bu tabiat ne`matlarini o`rganib keldi . Ularning tarkibi, nima uchun ishlatish mumkinligini va qanday foydalanish kerakligini olimlarimiz o'rganib bordilar. Hozirgi paytda bizning yer osti va yer usti boyliklarimizdan xo'jaligimizning turli sohalarida ishlatilib kelinmoqda.
Yer yuzining tabiiy xaritasidan mintaqalardagi tabiatning xilma- xilligi, hayvon va o`simliklardagi farqi ko`rsatib o`tiladi.
III Yakuniy qism:
Bugun biz sizlar bilan tabiat haqida suhbatlashdik. Yerimizdagi har bir xas- cho`p ham biz uchun qadrli ekani haqida bilib oldik. Tasavvur qiling, agar uyimizda bir kun kechgacha suv, tabiiy gaz va elektr nuri bo`lmasa qanday holat yuzaga keladi. Endi bu holatni yer yuzida bo`lmasligini ko`z oldingizga keltiring. Buning uchun bizlar nima qilishimiz kerak? Albatta tabiatni asrab –avaylashimiz kerak . Shundagina kelajak avlodlarimiz ham bu ne`matlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Shu maqsadda O`zbekiston ham ko`p davlatlar qatori “EKOSAN” jamg'armasiga a'zo bo'lgan. Bu jamg'armaning asosiy maqsadi yer yuzida nobud bo'lib ketayotgan ba'zi bir hayvonlar, o'simliklarni ko'paytirish va saqlash, suv va havoning ifloslanishining oldini olish choralarini ko'rishga qaratilgan.
Bu ishda biz ham o'z hissamizni qo'shishimiz kerakligini tushunib oldik.
Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini tabiat, hayvonot olami haqidagi bilimlarini oshirish maqsadida ularni turli joylarga olib borib, ekskursiya uyushtiriladi. Bolalarni hayvonot bog'iga olib borish uchun bahor yoki kuz fasli tanlanadi. Chunki o'ta issiq yoki sovuq bolalar sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ekskursiya davomida bolalarga tarbiyachi, yordamchi, hamshira hamroh bo'ladi. Bolalarga sayohat davomida zarur narsalar suv, yegulik, meva-cheva olib yurish lozim. Bolalarni ekskursiyaga olib borish uchun maxsus avtobus jalb etiladi. Ekskursiya uchun kunning birinchi yarmi tanlanadi. Bolalar tartib bilan mashinadan tushadilar. Kirish davomida bolalar bog'dagi gullar, daraxtlar, umuman tabiat bilan tanishtiriladi. Tarbiyalanuvchilarga hayvonlarning nomi, nima bilan oziqlanishi haqida ma'lumot beriladi. Hayvonlarga tegish, ovqat berish, jahlini chiqarish, ular bilan rasmga tushish mumkin emasligi uqtiriladi. Ekskursiya yakunlangach barcha bolalar borligiga ishonch hosil qilib, maktabgacha ta'lim tashkilotiga qarab yo'l olinadi. Tushlikdan keyin bolalar dam oladilar. Kunning ikkinchi yarmida bolalardan ekskursiyadan olgan taassurotlari so'raladi va biron hayvonning rasmini chizish topshiriladi.
XULOSA
Ekskursiya - maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ta'lim berishning tashkiliy formalaridan eng keng tarqalgani hisoblanadi. Ekskursiya jarayonida bolalar ona tabiat to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'ladilar. Bu tasavvur tabiatni ko'rish, eshitish, sezish orqali idrok etiladi.
Ekskursiya jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat, undagi bog'liqlik va uning qonuniyatlari to'g'risida realistik tasavvurlar hosil bo'ladi. Bu tushunchalar keyinchalik bolalar egallaydigan ilmiy bilimlarning asosini tashkil etadi, maktabda o'rganiladigan tabiiy fanlarni o'zlashtirib olishni osonlashtiradi.
Tabiat to'g'risidagi bilimlardan bexabar bo'lish ko'pincha o'simlik va hayvonlarga nisbatan no'to'g'ri, ba'zi hollarda esa berahm va shavqatsiz munosabatda bo'lishga olib keladi. Shuning uchun bolalarnig maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab tabiat haqidagi bilimlar shakllantirib boriladi. Bu bilimlarni shakllantirishda ekskursiyalarning o'rni alohida ahamiyat kasb etadi. Ekskursiya bolalarning nafaqat ekologik, balki aqliy tarbiyasini shakllantiradi. Ekskursiya bolalarni tabiatni o'ziga xos hodisa va voqealari bilan tanishtiribgina qolmay, balki shu bilan bir qatorda insonlarni tevarak-atrofdagi o'zgartiruvchi faoliyatining natijalari bilan ham tanishtirib boradi.
Ekskursiya davomida bolalarga har bir hayvon, qush, o'simlik va boshqa tabiatdagi hech bir tirik narsaga ozor bermaslik, aksincha ularga mehr berish lozimligi uqtiriladi. Masalan, qushlarga uya yasash, uy hayvonlariga vaqtida ovqat berish, daraxtlarning shoxini sindirmaslik, o'simliklarni payhon qilmaslik va shu kabilar o'rgatiladi. Ekskursiya davomida hayvon yoki qushlarning, o'simliklarning nomini eslab qolish, sayohatdan olgan taassurotlarini og'zaki bayon qilish orqali bolalarning aqliy tarbiyasi ham mustahkamlanadi.

Download 3.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling