To’rt fasl
Basim, Shariyf, Ahmad va Samirlar o’rtasida yil fasllarining eng afzali borasida bahs ketdi, so’ng bu masalani ustozi oldiga borib, o’rtalarida hal qilishga kelishib oldilar, va u ustoz dedi: - Sizlardan har biringiz özlaringiz afzal ko’rgan faslingiz haqida gapirib bering, ana shundan keyin men hukm qilaman (qaror qilaman).
Basim dedi : - Fasllarning afzali qish faslidir, chunki unda yomg’irlar yog’adi, yer(lar) sug’oriladi va u daraxt va gullarning o’sishiga yordam beradi, va yana qish faslida odamlar quyoshning issiq taftidan dam oladilar, va isitgichlarga yaqinroq turib oladillar.
Shariyf dedi: - Fasllarning afzali bahor faslidir, chunki bu fasl go’zallik va yashillilik fasli, va unda gullar ochiladi, qushlar sayraydi, yer usti yashilga burkanadi, ob-havo mo’tadillashadi, odamlar esa qalin (og’ir) kiyimlardan dam olishadi, va ajoyib sayohatlardan bahramand bo’lishadi.
Va Ahmad dedi: - Fasllarning afzali yoz faslidir, chunki u tetiklilik/energiyaga to’lalik fasli, va yana unda mevalar pishadi, kichkinalar öynashadi, kun uzayadi, daraxtlar quyoshning issiq taftida tovlanadilar(foyda oladilar), to’y va marosimlar o’tkaziladi.
Samir dedi: - Fasllarning afzali kuz faslidir, chunki u fasllarning oxiri, unda kun qisqaradi, va daraxtlaring barglari to’kiladi, va yerni yomg’irga to’yinishida yordam beradi, shuningdek odamlar zaytun terishni ham yaxshi ko’rishadi.
Ustoz: Ey bolalarim, har bir faslning o’ziga yarasha afzalliklari bor, va ular bilan hayotimiz to’kis bo’ladi, va har bir fasl inson, hayvon va o’simliklar uchun ajralmasdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |