I bob. Elektron raqamli imzo haqida umumiy ma’lumot axborotlarni kriptografik himoyalash usullari


Download 264.17 Kb.
bet1/10
Sana10.03.2023
Hajmi264.17 Kb.
#1258011
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Elektron raqamli imzo haqida umumiy ma’lumot. axborotlarni kriptografik himoyalash usullari

I BOB. Elektron raqamli imzo haqida umumiy ma’lumot. axborotlarni kriptografik himoyalash usullari

1.1 Elektron raqamli imzo tushunchasi


Elektron raqamli imzo — Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. (qonun)Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qogʻoz hujjatga shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. Elektron maʼlumotlarni kriptografik oʻzgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo maʼlumotlar blokiga qoʻshib qoʻyiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va maʼlumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yoʻli bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qoʻyganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatga olish markazlari tomonidan beriladi.Qabul qilib olingan ma’lumotlarning haqiqiy yoki haqiqiy emasligini aniqlash masalasini, ya’ni ma’lumotlar autentifikatsiyasi masalasining mohiyati haqida to‘xtalamiz.
Har qanday yozma xat yoki hujjatning oxirida shu hujjatni tuzuvchisi yoki tuzish uchun javobgar bo‘lgan shaxsning imzosi bo‘lishi tabiiy holdir. Bunday holat odatda quyidagi ikkita maqsaddan kelib chiqadi. Birinchidan, ma’lumotni olgan tomon o‘zida mavjud imzo namunasiga olingan ma’lumotdagi imzoni solishtirgan holda shu ma’lumotning haqiqiyligiga ishonch hosil qiladi. Ikkinchidan, shaxsiy imzo ma’lumot hujjatiga yuridik jihatdan mualliflikni kafolatlaydi. Bunday kafolat esa savdo–sotiq, ishonchnoma, majburiyat va shu kabi bitimlarda alohida muhimdir[3].
Hujjatlardagi qo‘yilgan shaxsiy imzolarni soxtalashtirish nisbatan murakkab bo‘lib, shaxsiy imzolarning mualliflarini hozirgi zamonaviy ilg‘or kriminalistika uslublaridan foydalanish orqali aniqlash mumkin. Ammo elektron raqamli imzo xususiyatlari bundan farqli bo‘lib, ikkilik sanoq sistemasi xususiyatlari bilan belgilanadigan xotira registrlari bitlariga bog‘liq. Xotira bitlarining ma’lum bir ketma-ketligidan iborat bo‘lgan elektron imzoni ko‘chirib biror joyga qo‘yish yoki o‘zgartirish kompyuterlar asosidagi aloqa tizimlarida murakkablik tug‘dirmaydi.
Bugungi yuqori darajada rivojlangan butun dunyo sivilizatsiyasida hujjatlar, jumladan maxfiy hujjatlarning ham, elektron ko‘rinishda ishlatilishi va aloqa tizimlarida uzatilishi keng qo‘llanilib borilayotganligi elektron hujjatlar va elektron imzolarning haqiqiyligini aniqlash masalalarining muhimligini keltirib chiqarmoqda.
Ochiq kalitli kriptografik tizimlar qanchalik qulay va kriptobardoshli bo‘lmasin, autentifikatsiya masalasining to‘la yechilishiga javob bera olmaydi. Shuning uchun autentifikatsiya uslubi va vositalari kriptografik algoritmlar bilan birgalikda kompleks holda qo‘llanilishi talab etiladi.
Quyida ikkita (A) va (B) foydalanuvchilarning aloqa munosabatlarida autentifikatsiya tizimi raqib tomonning o‘z maqsadi yo‘lidagi qanday hatti-harakatlaridan va kriptotizim foydalanuvchilarining foydalanish protokolini o‘zaro buzilishlardan saqlashi kerakligini ko‘rsatuvchi holatlar ko‘rib chiqiladi.

Download 264.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling