I bob. Evakuatsiya qilish. Xayot faoliyatini ta’minlash


CHeklangan — FV lar oqibatlari xalq xo’jaligi obekti hududi bilan chegaralanadi va shu korxona kuchi va mablag’i bilan daf qilinadi. Mahalliy


Download 0.71 Mb.
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1483398
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aholini evakuatsiya qilish

CHeklangan — FV lar oqibatlari xalq xo’jaligi obekti hududi bilan chegaralanadi va shu korxona kuchi va mablag’i bilan daf qilinadi.
Mahalliy — FV larning oqibatlari aholi yashaydigan punkt (qishloq, shahar va h k.) bilan chegaralanadi. Bunga yirik shahar, ma’muriy jarayon, bir necha jarayonlar, viloyat kirishi mumkin va ularning kuch va mablag’lari hisobiga bartaraf qilinadi.
Respublika — FV ning oqibatlari bir necha viloyat yoki iqtisodiy jarayon bilan chegaralanadi va respublika kuch va mablag’lari hisobiga bartaraf etiladi.
Transchegarali — FV ning oqibatlari bir necha iqtisodiy rayon yoki respublika miqyosida bo’lishi mumkin, lekin davlat chegarasidan chiqmaydi. Bunday FV larning oqibatlarini bartaraf etish davlat mablag’i hisobiga, aksariyat hollarda xorijiy yordam hisobiga amalga oshiriladi.
Dunyo miqyosidagi (global) — FV ning oqibatlari mamlakat chegarasidan chiqib, boshqa mamlakatlarga ham yoyiladi. Bu oqibatlar har bir mamlakatning ichki kuchlari bilan va xalqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag’lari hisobiga yo’q qilinadi.
Ko’rsatib o’tilgan barcha FV larning turi va sinflari chegaralari shartlidir. Yuqorida ko’rsatilgandek ayrim ofatlar — yer siljishi, sahroga aylanishi, yer qimirlashi, o’rmon va torf yong’inlari va h k. lar kelib chiqishi bo’yicha tabiiy hamda tabiiy-antropogen bo’lishi mumkin. FV larni boshqa belgilariga qarab tizimlashtirishda ham shunga asoslanish maqsadga muvofiq keladi. FV lar oqibatlari turli-tuman bo’lishi mumkin. Ular FV laming turiga, xarakteriga va tarqalish hajmiga bog’liqdir. FV lar oqibatining asosiy turlari: o’lim, odamlarning kasallanishi, inshootlarning buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaharlanishlardir.
SHuni alohida qayd qilish kerakki, FV laming ko’pgina holatlarida boshqa zararli omillar bilan birga ruhiy jarohatlovchi holatlar mavjud bo’ladi. Bu paytda o’ta kuchli ta’sirlar odamning ruhiy holatini buzilishiga olib keladi. Bu ta’sirning xavfi shundaki, depressiv ruhiy holat faqatgina shu ta’sir hududidagina emas, undan chiqqandan so’ng ham davom etishi mumkin. FV larda xavfli va zaharli omillarni hisoblab chiqish, oldindan aniqlash ehtimoli mavjud bo’lsada, lekin uning ruhiy ta’sirini real holatda aniq aytish muammo hisoblanadi. Ayrim hollarda u boshqa omillar ta’sir doirasidan ham katta bo’lishi mumkin.
FV laring zararli va xavfli omillari ta’siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar, bino va inshootlar, injenerlik kommunikatsiyalari, barchasi birgalikda shikastlanish o’chog’i deyiladi. SHikastlanish o’chog’lari oddiy (bir turli) va murakkab (qurama) bo’lishi mumkin.
Oddiy shikastlanish o’chog’i deb, faqat bir shikastlovchi omil ta’siri natijasida paydo bo’lgan o’choqqa aytiladi. Masalan, portlash, yong’in natijasidagi buzilish, kimyoviy yoki bakterial zaharlanish shular jumlasidan.
Murakkab shikastlanish o’chog’i FV larning bir necha shikastlovchi omillari ta’sirida yuzaga keladi. Masalan: kimyo korxonasidagi portlash, binolarning buzilishi, yong’in, kimyoviy zaharlanishi kabi oqibatlarga yer qimirlashi va qattiq bo’ron, inshootlarning buzilishidan tashqari suv toshqini, yong’inlar, elektr tarmoqlarining ishdan chiqishi, zaharli gazlarning chiqishi natijasida zaharlanish va h k. larga olib kelishi mumkin.
SHikastlanish o’chog’i shakli (tuzilishi) xavfli omil tabiatiga qarab doira shaklida — yer qimirlaganda, portlaganda, tasma shaklida — bo’ron, to’fon, suv toshqini, sel oqimi, vulqon oqimlari va boshqalar, noaniq shaklda — yong’in, yer siljishi sifatida namoyon bo’ladi.
Izoformizm tushunchasidan foydalanib (formalarning o’xshashligi), FV larning tavakkali (ko’rilgan zararning qiymati sifatida) ularning kelib chiqishi tabiatidan qat’iy nazar quyidagi formu­la bilan ifodalanadi:
T = F (Ra, Rv, S)
Bu yerda: F — operator (FV simvoli, uning asosiy oqibatini xarakterlaydi);
Ra — shu klassdagi FV larning kelib chiqishi statistik ehtimoli;
Rv — Favqulodda vaziyatlarning ko’ngilsiz sifat o’zgarishiga olib keluvchi ehtimolligi;
S —- Favqulodda vaziyatlarga nisbatan tashqi omillar (xalq xo’jaligi obekttarining qurilish va joylashtirish xarakteri, obekt joylashgan yerning xarakteri, iqlim sharoitlari, aholining zichligi va uning FV lar paytida harakat qilish tayyorgarligi va h k.).
FV lardan himoyalanishning asosiy sharti, sharoitni baholay olish, keltirib chiqargan sababini va uning mexanizmini bilishdir. Jarayonning mohiyatini bilib, uning oqibatini oldindan aytib berish mumkin. O’z vaqtida va aniq aytilgan ma’lumot samarali himoya uchun o’ta muhimdir.
Favqulodda vaziyatlar quyidagilar natijasida paydo bo’ladi:

  • og’irlik kuchlari, yer aylanishi yoki haroratlar farqi ta’siri ostida paydo bo’ladigan, tez kechadigan tabiiy jarayonlar;

  • konstruktsiyalar yoki inshootlar ashyolarining zanglashiga yoki eskirishiga, fizik-mexanik ko’rsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar ta’siri;

  • inshootlarning loyiha, ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, quri­lish ashyolari, konstruksiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va sozlash ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va h k.);

  • ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining inshoot ashyolariga ta’siri (me’yoridan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, thrashlar, kislota va ishqorlar ta’siri, gaz-bug’ va suyuq agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri);

  • sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshootlarni ekspluatatsiya qilish qoida larining buzilishi (bug’ qozonlarining, kimyoviy moddalarning, ko’mir changi va shaxtalarda metanning, yog’och ishlab chiqarish korxonalarida yog’och changlarining, elevatorlarda don changlarining portlashi va hk.);

Aholini ko’chirish-ehtimoli bo’lgan yoki yuz bergan tabiiy, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat hududidan aholini transportda, piyoda olib chiqish va avvaldan tayyorlab qo’yilgan xavfsiz, ya’ni, favqulodda vaziyat ta’siri bo’lmagan joylarga vaqtincha joylashtirish tadbirlari majmuidir. Axolini turli xususiyatlardagi favqulodda vaziyatlardan muhofazalash, barcha ob’yektlat, tashkilot va muassasalar rahbarlarini eng asosiy vazifalaridan bo’lib, ushbu “Aholi va hududlarni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonunning 11-moddasida bayon etilib belgilangan tartibda evakuatsiyaga oid tadbirlarni o’tkazish va odamlarni joylashtirish maqsadida oldindan bazalar tayyorlab qo’yish lozimligi qayd etilgan. Shu sababli hozirgi vaqtda ham favqulodda vaziyatning ko’lamiga qarab muhofaza qilishni eng maqbul usullaridan biri, imkon darajasida aholini xavfli joylardan olib chiqib ketish, ya’ni evakuatsiya tadbirlarini o’tkazish xisoblanadi. Lekin ushbu tadbirlarni o’tkazish ancha murakkab bo’lib, unda barcha davlat organlarini tayyorgarligini oshirish, fuqarolarni qanday harakat qilishga o’rgatish masalalariga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiayt kasb etadi. Chunki, ofat yuz bergan joyga maxsus xizmatlarni yetib kelguncha bir muncha vaqt kerak bo’ladi. Tezlik bilan harakat qilinmasa, favqulodda vaziyatlar ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Misol uchun 1999-yil Turkiyada sodir bo’lgan zilzila tufayli 30 ming odam halok bo’lgan. Yoki bo’lmasa 1995-yilda Yaponiya davlatini Kobe shahrida bo’lgan zilzila oqibatida 6 mingdan ortiq odam nobud bo’lgan, ko’rilgan moddiy zara 100 mlrd. AQSh dollariga teng deb baholangan, Ruminiyaning Baya-Borla shahri yaqinida joylashgan yarim metal tog’ jinslarini qayta ishlash korxonasida sodir bo’lgan favqulodda vaziyat tufayli 20 ming tonna o’ta kuchli zaharlovchi moddalar Visheu va Tisa daryolari irmog’iga oqib ketgan. Braziliya, Indoneziya, Rossiya davlati, Yevropaning bir qator davlatlarida sodir bo’lgan suv toshqinlari, o’rmonlarning yonishi, kuchli shamollar ham, ko’lami har xil bo’lgan favqulodda vaziyatlarni sodir bo’lishiga olib kelgan. Havfni oldini olishga tayyorgarlik, aloqa va axborot vositalarining doimiy shayligini nazorat qilishga, takomillashtirishga, evakuatsiya rejalarini o’z vaqtida o’tkazishga tibbiy yordamni ko’rsatishga chorlaydi. Bundan tashqari aholini, ma’sul shaxslarni tayyorlash va malakalarini oshirish, qutqaruv kuchlarini halokat o’chog’lariga tezlik bilan etib kelishi, to’g’ri harakat qilishiga o’rgatish tayyorgarlikni yuqori saviyaga ko’tarishga olib keladi. 2005-yilda Amerika Qo’shma Shtatlarining Novo-Orlean shtatida kuchli shamol oqibatida 450 ming aholi xavfsiz joyga ko’chirilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9-fevraldagi PQ-279- sonli Qarori asosida, joriy yilning bahor-yoz oylarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan geologik va gidrometeorologik jarayonlar bilan bog’liq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida sel kelishi, yer ko’chishi havfi mavjud bo’lgan hududlardan 1251 ta xo’jalikdagi 6277 nafar fuqarolar havfsiz hududlarga ko’chirilgan. Tadbir o’tkazilish vaqti va muddatiga qarab, aholini ko’chirish 2 turga ajratiladi; -oldindan o’tkaziladigan ko’chirish; -shoshilinch (kechiktirib bo’lmaydigan) ko’chirish. Oldindan o’tkaziladigan ko’chirish - favqulodda vaziyat (havfli ob’ektlardagi falokatlar yoki tabiiy ofatlar) yuzaga kelish ehtimoli yuqori darajada ekani haqida, ishonchli ma’lumot olinganda o’tkaziladi. Bunga bir necha o’n daqiqadan bir necha sutkagacha davr ichida favqulodda vaziyat sodir bo’lishi mumkinligi haqidagi oldindan taxminlash asos hisoblanadi.
Shoshilinch (kechiktirib bo’lmaydigan) ko’chirishlar - odamlarning hayoti va salomatligiga havf tug’iladigan darajada texnogen yoki tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat yuzaga kelgan, aholining risoladagidek kun kechirishi buzilgan taqdirda o’tkaziladi.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling