I bob. Evakuatsiya qilish. Xayot faoliyatini ta’minlash


Aholini evakuatsiya qilish (ko’chirish)-


Download 0.71 Mb.
bet5/7
Sana15.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1483398
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aholini evakuatsiya qilish

Aholini evakuatsiya qilish (ko’chirish)-bu tabiiy, texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuz berganda va xarbiy harakatlar sharoitida aholini muxofaza 130 qilishning eng samarali usulidir. Ya’ni aholini xavfli hududlardan xavfsiz hududlarga olib chiqish (ko’chirish) demakdir. Xavfli hudud - bu katta vayronaliklar (zilziladan va boshka favqulodda vaziyatlardan), kimyoviy, radiatsiyaviy zaxarlanish, xalokatli suv bosish, Sel kelish, yer, qor kuchkilari va boshka xodisalar bo’lishi extimoli bor hududlardir. Aholini ko’chirish tadbirlarini favqulodda vaziyat boshqarmalari va bo’limlari, ijroiya idoralari, shuningdek, iqtisodiyot ob’ektlari ishtirokida aholini ko’chirish xay’atlari rejalashtiradi. Ko’chirish rejalari tinchlik davrida favqulodda vaziyatlar oldini olish va ularni tugatish rejalarining bo’limi tarzida rasmiylashtiriladi. Tegishli ko’chirish xay’atlari favqulodda vaziyat boshqarmalari va bo’limlarining, shuningdek, maqalliy o’zini o’zi boshqarish tashkilotlari va iqtisodiyot ob’ektlari ma’muriyatlarining ishtirokida tuziladi. Ushbu reja ko’chiriladigan aholini qabul qilish, joylashtirish va uning kun kechirishini birinchi galda ta’minlash kabi tadbirlardan iborat bo’ladi. Aholini ko’chirishni rejalashtirish oldidan ko’chirish tashkilotlari, favqulodda vaziyat boshqarmalari va bo’limlari ko’rsatmalarni o’rganib chiqadi, kerakli dastlabki ma’lumotlarni yig’adi va tayyorlaydi, ko’chiriladigan aholi joylashadigan joylarni tanlaydi va sharoitni o’rganib chiqadi.
II. bob. Aholini xavfsiz, o’z vaqtida evakuatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqish.
2.1. Aholini, moddiy va madaniy boyliklarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.
Texnogen, tabiiy, ekologik va harbiy tusdagi FV yuz bergan hududlardan aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish tadbirlarini rejalashtirish va o’tkazish aholini FV ning oqibatlaridan muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuatsiya qilish bu tabiiy va texnogen turdagi FV yuz bergan, harbiy halokatlar boshlangan hududlardan aholini transportda va piyoda uyushgan tarzda olib chiqish va uni oldindan tayyorlab qo’yilgan xavfsiz joylarga vaqtincha joylashtirish tadbirlari majmuasidir. Evakuatsiya tadbirlarini o’tkazish xususiyatlari quyidagilarga qarab belgilanadi:

evakuatsiya tadbirlarini o’tkazish vaqti va tezkorligi.
Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish tadbirlarini barcha omillarni hisobga olgan holda rejalashtirishni hamda transport vositalarini, ularning yo’llarini, evakuatsiya qilinadigan aholi boradigan xavfsiz joylarni oldindan tayyorlab qo’yilishini, shuningdek, aholining FV sharoitiga har tomonlama tayyorgarlik ko’rishlarini talab etadi.
Bunday tayyorgarlikni hokimiyat ijro idoralarining va boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshlig’i bo’lgan rahbarlari tashkil etadilar va o’tkazadilar.
Aholini evakuatsiya qilish prinsipi bo’yicha ikki tur xildir:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling