I bob. Fan taraqqiyoti
II.BOB.Fan va texnikaning rivojlanish omillari
Download 94.76 Kb.
|
fan
II.BOB.Fan va texnikaning rivojlanish omillari.
2.1.Fanning tashkil topishi. Ma`lumki, inson o`z qiziqishi va ehtiyojlarini qondirish maqsadida, qadim zamonlardan boshlab, dunyoni bilishga harakat qilgan. Jamiyat taraqqiyoti yuksalib borishi bilan kishilarning bilim doirasi kengayib, tafakkuri rivojlanib borgan. Boshqacha aytganda bilimlar tizimi, insoniyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi mexanizmiga aylanib boradi. Eng qadimgi odam «homa hobiens» tafakkuri, xuddi o`z miya qobig`i kabi tor edi. Uning tafakkurini tabiatdagi unga g`ayritabiiy tuyulgan xodisalar kengaytiradi. U bu xodisalarni qandaydir g`ayri tabiiy kuchlar boshqarmoqda deb hisoblaydi. U bundan qo`rqqan, jazava tushgan, quvongan va uning mohiyatiga etishga harakat qilgan. Bunda unga qiziqish yordam bergan. «Neontrop» o`z manzilini yaxshi bilgan, qo`shnilarini tanigan. Qumga, po`stloqqa belgi qo`ygan. Bir-biriga chizib ko`rsatgan bu esa geografik bilimlarini kurtagi ochila boshladi. Xitoyda ieroglif mil.av. 2000 yillikda kashf etilgan. Ieroglif alifbo bo`lmagan, to`xtovsiz ko`payib borgan. SHan davrida 2000 ta bo`lsa, Xan davrida 18000 dan ortik ieroglifli maxsus spravochnik tuzilgan. Eramizning I asrida TSoy Lun qog`ozni kashf etgan. Bu yog`och va eski to`rdan yaratilgan. Tekstlar o`ngdan chapga qarab, ustunlar tariqasida yuqoridan pastga qarab yozilgan. SHan In davrida yulduzli osmon tekshirib turilgan va kalendar‘ tartibga keltirilgan. CHjyan‘ Ro zamonida (er.av. IV asr) kalendar‘ sistemasi aniqlangan va takomillashtirilgan. Yil davomiyligi qadimgi zamon uchun nihoyat darajada aniqlik bilan hisoblab chiqarilgan (365, 250) va kalendar‘ yilini astronomiya yili bilan barobarlashishi uchun 19 yillik tsiklga ettita kabisa belgilangan. Xan davrida yulduz osmonning kartasi (qutb yulduzli atrofida 28 ta turkum) ishlangan va quyosh dog`lari tekshirilgan va xokazo. CHjan‘ Xen (er.av 78-139 y) eng qadimgi seysmografni yaratgan. Farmakologiya, agronomiya rivojlangan. Ular Milet maktabi faylasuflari edi. O`zining soddadilligiga qaramay, bu falsafa katta qimmatga ega, chunki xudolarni yaratuvchilik kuchi emas, balki birlamchi materiyaning rivojini olamni asosi deb hisoblardi. Bular tabiatni o`rganganlar. Olamni asosi tabiat emas, balki ideyallar deb fikr bildirgan, idealistlardan biri Pifagordir. Mil.av. VI asrda Sitsiliyada yashagan. U sonlarni o`rgangan, u grek matematikasisning asoschisidir. Olam muayyan sonlar va larning munosabatlaridan iborat bo`lib ko`rinadi. Anaksagor: U hamma jismlar eng mayda zarralarning tegishli sifatidan, xavo-eng mayda xavo zarralaridan, go`sht-eng mayda go`shtdan iborat deb hisoblaganlar. Demokrit (er.av 370-460 y) butun koinot modda jihatidan bir xil, xajm, shakl jihatdan har xil bo`lgan zarra atomdan iborat deb fikr bildirgan. XV asrda Movarunnahrning poytaxti Samarqandda xam, Xurosonning Markazi Xirotda ham Temur ma`naviy an`analari davom ettirilib, olimlarufuzalolar, shoiru-bastakorlar, me`moru binokorlarning katta guruhi to`plangan edi. Samarqandda tug`ilib, yoshligidanoq mashhur olim sifatida tanilgan Ulug`bekning roli va hissasi nihoyatda buyukdir. Movarounnahrning va Xurosonning boy va serqirra madaniyati rivojlanishida Ulug`bekning hissasi beqiyosdir. Ulug`bek o`tmishlari Ahmad Farg`oniy, Farobiy, Muso AlXorazmiy, Beruniy, Ibn Sino asarlarini o`qib o`rgandi. Movarounnaxrning shaharlari xususan Samarqand, Buxorolarning madaniy, ilmu-ma`rifat dargoxiga aylantirishga harakat qilgan. Temuriylar sulolasidan Xusayn Bayqaro Hirotni go`zal binolar, masjid, madrasalar bilan obod etdi. She`riyat sultoni Alisher Navoiy bilan birga Hirotni shoiru fozillar bog`iga aylantirildi. Shu davrda tarixchi Xondamir,buyukmo`yqalam sohibi Kamollidin Behzod ijod qildilar. Bu davrda Hirom minatyura san`ati ustalari maktabi vujudga keldi. Sanoqsiz qo`lyozmalar ist'dodli hattotlar tomonidan ko`chirildi va zarharlar bilan bezatildi. Sharqshunos olim A. Yakubovskiyning yozishicha A. Navoyining juda katta, nodir qo`lyozmalarga boy shaxsiy kutubxonasi bo`lgan Bu kutubxonadan tarixchi Xondamir,musavvir Behzod va boshqa olimu, fozillar foydalanganlar. Chor xukumati Turkishon o`lkasi xalq ommasiga milliy jixatdan o`zini anglash uchun imkon bermas edi,chunki ular orasida tarixiy bilimlarni keng tashviqot qilish va ular etiborni qadimiy Yodgorliklar qimattiga jalb etish Chorizmning mustamlaka siyosatiga putur yetkazadi, deb hisoblar edilar. Lekin O`rta Osiyoni o`z mustamlaka mlki deb bilgan Chorizm beqiyos boyliklarni o`zlashtirish uchun Turkistonni ilmiy asosda o`rganish zarurligini yaxshi tushunar edi. Qisqa vaqt ichida o‘lka meterologiyasi, zoologiya, numizmatikasi etnografiya, flora, fauna dunyosiga oid kolektsiyalar to`pladi. Shu munosabat bilan tarqoq kolektsiyalarni birlashtirish va ularni Peterburgga jonatilishi uchun saralash markazi lozim bo`lib qoladi. Buning uchun qulay markaz muzey hisoblanib o`lkada muzey tashkil etish masalasi ko`tarildi. Jumladan A. P. Fedchenko Turkiston general- gubernatoriga tayyorlangan axborotda "Turkistonni"muvoffaqiyatli rivojlantirishi uchun u bilan asosli ravishda tanishib chiqish kerak,muzey esa buning esa yaxshi vositasidir", deb yozgan edi. XIX asrning so`ngi choragi va XX asrning boshlarida ta`sir doiralari va mol sotiladigan bozorlarni qo`lga kiritish uchun kurashda transport juda muxim rol uynaydi. XIX asrning 70 yillarida paravozsozlikni taraqqiy ettirishdagi boshlang`ich davri tugadi. Paravozni takomillashtirish paravoz quvvatini va tortish kuchini oshirish yo`lidan bordi. XIX asrning oxirida effekti kam bo`lgan bu mashina o`rniga dvigatellar, chunonchi, ichki yonuv dvigateli elektr dvigateli yaratishga xarakat qilina boshlandi. 1895 yildayoq Angliya va AQSH ning eng yirik shaharlarida konko o`rniga tramvay ishlatildi. 10 yil ichida temir yo`l elektr tarmoqlarining uzunligi 2260 km etdi, shundan 1139 km Germaniyada edi. 1901 yildan boshlab, Parijning shahar atrofiga boradigan temir yo`l liniyalarida elektrdan foydalanildi. XIX asrning ikkinchi yarmida paroxodlar takomillashtirila boshladi. Kemalar qurishda po`lat keng ishlatila boshlandi. 1900 yilda misli ko`rilmagan katta kemalar uzunligi 200 metr, suv sig`dirish xajmi 20000 tonna keladigan kemalar paydo buldi. Passajir kemalarining yurish tezligi 20 uzelga, ya`ni soatiga kariyib 40 km ga etkazildi. Temir yo`l kurilishining keng kulamda avj oldirib yuborilishi, dengiz transportining elkali yog`och kemalaridan bug` kuchi bilan yuradigan pulat kemalarga batamom utishi mashinasozlikning rivojlanishi bularning xammasi metall ishlab chikarish mikdorining kupaytirilishining va metall sifatini yaxshilanishini talab etadi. Sharhlash jarayoni oddiy lug‘at bilan taqqoslash tarzida ko‘rinsa-da, aslida tadqiqotchi introspektsiyasi(kuzatishi) asosida shakllangan maxsus ilmiy yondashuv hisoblanadi. Badiiy yoki adabiy asar matnni tushunishda ba’zan sezilarli darajada davr va madaniyat masalalarini hal etish zaruriyati tug‘iladi. Shunday jarayonda matnni tushunish uchun tayanish kerak bo‘lgan germenevtik vosita – matn sharhini berish talab etiladi. Sharh – bu shorihning fikricha, sharhni qabul qiluvchiga matnni yetarli darajada tushunishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘plamidir. Sharhni qabul qiluvchilar keng o‘quvchilar ommasi, boshqa til yoki soha vakillari bo‘lishi mumkin. Odatda, sharhlovchi o‘zini matnni to‘liq tushunaman, deb hisoblaydi va sharhni qabul qiluvchiga tushunish imkoniyatini yaratadi. Sharqda qadimdan rivojlanish bosqichlariga ega bo‘lgan – sharh, ya’ni konteksni mazmunli talqin, tahlil etish o‘zining yorqin uslubiy xarakteriga egadir. Sharq adabiy-tanqidiy qarashlari tarixida “germenevtika” atamasi uchramasa-da, ammo uning mazmunmohiyatiga mos fikrlash tarzi qadim davrlaridayoq mavjud bo‘lganligi kuzatiladi. Masalan, tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” qomusiy asarini yaratishda eng qadimgi manbalarni to‘pladi, matnlarni o‘rgandi va ularni tavsiflash orqali o‘z asariga kiritdi. Аsarda jamlangan xalq og‘zaki ijodi namunalarining ko‘pi asar yozilgan davrdan V–VI asr qadimiyroqdir. Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit-turk” asarida so‘z ma’nolarini ochib berish, qadimgi manbalarni izohlash uchun chuqur matniy tahlil hamda talqin ishlarini amalga oshirgan. “Аdabiyot tarixi badiiy adabiyotni retrospektiv ravishda, ya’ni "ortga nazar tashlab, o‘tmishda kechgan hodisalarning sabab, oqibatlarini tekshirar” ekan, badiiy asar matnida uning ifodasini ham topadi. Аdabiyotshunos Suyima tadqiqot usuli va mezonlari uning bilish vositasi bo‘lib, olima ilmiyadabiy faoliyatida germenevtik yondashuvga ko‘proq murojaat etganligi ko‘zga tashlanadi. Masalan, olimaning “Аmir Temur va temuriylar Navoiy nigohida” nomli maqolasida Navoiy “Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisi Аmir Temur zikrida keltirgan: Аbdol zi bim chang bar Mushaf zad (Mazmuni: Darvesh qo‘rquvdan Qur’onga chang soldi) misrasi tahlil etiladi. “Temur badihona keltirgan misra X asrdagi buyuk oriflardan shayx va shoir Аbu Sa’yid Аbdulxayrning mashhur “Havraiya” ruboiysining to‘rtinchi misrasidir. Bu ruboiy va u bilan bog‘liq rivoyat haqida Jomiy “Nafohot ul-uns”da, Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da Аbu Sa’yid Аbdulxayrga bag‘ishlangan fiqraga to‘xtalib o‘adilar. Ruboiy matni: Havro ba nazorai nigoram saf zad, Rizvon ba ajab bemondu kaf bar kaf zad. Yak xolii siyah baron ruxon mutraf zad, Аbdol zi bim chang bar Mushaf zad. Ya’ni: Hurlar nigorimni ko‘rish uchun saf tortdilar, jannat darvozaboni ajablanib, qarsak chaldi. Bir qora xol ul yuzlarga parda tortdi, abdol (devona) esa qo‘rquvdan Qur’onga chang soldi” . E’tiborlisi, B.Valixo‘jayevning yozganidek, “bu ruboiy o‘sha davrlarda nihoyatda keng tarqalgan bo‘lib, uni har xil talqin qilishlar unga sharh yozishlarni ham taqazo etgan” va hatto Xoja Аhrori Vali ham shu ruboiy sharhiga bag‘ishlab “Huroiya” yoki “Havraiya” risolasini yozgan. Natijalar va muhokamalar. Olima asar mohiyati, uning badiiy-estetik xususiyatlarini ochib berishda asar matnida aks etgan ijodkor g‘oyasini talqin etish ya’ni germenevtik usul orqali yondashadi. Suyima G‘anieva asar matni sharhini berishda o‘quvchiga asarni tushunishi uchun yordamchi vosita deb qaraydi va jarayonga jiddiy yondashadi. Matn sharhida muallif ishora etgan ba’zi o‘rinlar, u yoki bu sabab bilan oshkora yozmagan yoki bayon etishni lozim topmagan narsalar talqin qilinadi va mohiyati ochiladi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari nashrida matndagi so‘z, ibora kabilarga sharh berib boriladi hamda ba’zi o‘rinlar tarjima etiladi. Suyima G‘anieva Аlisher Navoiy 20 jildlik mukammal asarlar to‘plami nashriga bergan sharhlarida aynan shu usulni qo‘llaydi. Olima “Majolis un-nafois”, “Nazm ul-javohir”, “Vaqfiya”, “Аrbayn” singari asarlar matni sharhini berish usulini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, sharhlar mazmun-mohiyati nuqtai nazaridan shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin bo‘ladi: a) Matnda uchraydigan tildagi tushunilishi qiyin so‘z, jumlalar tarjimasi; b) murakkab tashbehli va ramzli baytlar sharhi; s) matnda tilga olingan asarlar, ularning mualliflari haqidagi ma’lumotlar; d) she’riy san’atlarga doir izohlar; e) tarixiy va afsonaviy shaxslar tavsifi; g) muammoli yoki ilmiy tadqiqotlarga turtki bo‘ladigan sharhlar. Keltirilgan nisbiy tasnifdan ma’lum bo‘ladiki, Suyima G‘anieva matn sharhini berishda adabiyotshunoslik, adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, tarix, tilshunoslik, dinshunoslik fanlariga doir manbalarga murojaat etgan. Suyima G‘anieva matn bilan bog‘liq har bir nuqtaga e’tibor qaratarkan, hozirgi davr o‘quvchisi uchun bug‘ro, tavochi, ulufa, maqomat, rind, tafsil, langar, qushchilik, sipohiyliq kabi so‘zlarning ma’nosini izohlashni zarur deb biladi. Jumladan, olima “bug‘ro – lag‘monga o‘xshagan xamir ovqat; tavochi – podshohning buyruq hamda topshiriqlarini tegishli joylarga va odamlarga yetkazuvchi hamda amalga oshiruvchi amaldor singari sharhlarni bergan. Bunday matn sharhlari garchi rasmana tuyulsa-da, fanning turli sohalariga daxldorligi, ilmiy izlanishlar talab etishi bilan qimmatlidir. Sharh berishning yana bir zaruriyati til sathining xorijiy tillarga mansubligidan kelib chiqadi. Аlisher Navoiy adabiy-ilmiy merosida arab, fors tilidagi so‘zlar ko‘ʼp ishlatilib, sharhlovchining fikriga ko‘ra, bunday so‘zlarni matn yo‘naltirilgan o‘quvchi tushunishi uchun sharhlash kerak. Jumladan, “Majolis un-nafois”da Navoiy sherozlik Mavlono Tolib Jojarmiy degan shoirning qabr toshiga bitilgan ruboiysini o‘qib yodda qoldirganini yozadi va shoir o‘sha to‘rtlikni keltiradi: Dar ko‘chai oshiqi ba paymon durust, Meguft ba man ahli dile ro‘zi naxust, Tolib matalab kase ki u g‘ayri tu just, Tu tolibi u boshki, u tolibi tust . Аlbatta, Navoiy bir marotaba o‘qib, esida qoldirgan ruboiy ma’nosini sharhlash maqsadga muvofiq deb topiladi va ruboiyning tarjimasini shunday beriladi: “Oshiqlik ko‘chasida ahd-paymoni mustahkam bo‘lgan bir ahli dil (ya’ni, dilbar, dildor) menga aytgan edi: Sendan boshqani qidirgan kishini talabgorlikka undama, sen shunday kishiga talabgor bo‘lginki, u ham senga talabgor bo‘lsin” . Sharhda ma’no asosiy bo‘lib, vazn ya’ni shakl saqlanmagan, qisqalik va aniqlik muhim hisoblangan. Nazmiy o‘girish emas, balki so‘zma-so‘z sharhlash amalga oshirilgan. Ruboiy matnida “tolib”so‘zi uch marotaba qo‘llangan bo‘lsa, sharhda shu so‘z ma’nosini beruvchi “talabgor” so‘zi shuncha keltirilgan. Ta’lim texnologiyalari masalalari va muammolarini o’rganayotgan pedagog, ilmiy-tadqiqotchi, amaliyotchilarning fikricha, ta’lim texnologiyalari – bu albatta, axborot texnologiyalari bilan bog’liq O’qitish, ta’lim jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan texnik vositalar, kompyuter, masofaviy o’qitishdan foydalanish, deb belgilanadi. Ta’lim texnologiyalarining bog’liq eng asosiy negizi – bu o’qituvchi va talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga, ya’ni o’qitish jarayonida, maqsad bo’yichakafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchiva talaba o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quvjarayonida talaba mustaqil fikrlay olsa, ijodiy ishlay olsa, izlansa, tahlil eta olsa, o’zi xulosa qila olsa, o’ziga, guruhga, guruh esa unga baho bera olsa, o’qituvchiesa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu, o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quvpredmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonida o’qitish texnologiyasi – bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Ta’lim texnologiyasi tizim sifatida ko’rilganda, uning tuzilmasini tashkiliy funksional elementlar bo’yicha tasavvur etish mumkin. Ta’lim texnologiyasining tashkiliy elementlari - ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, maqsad, natija, ta’lim mazmuni, o’qitish usullari, tashkiliy shakllari, vositalari, nazorat qilish va baholashdan iborat. Pedagogik jarayon o’quv maqsadini qo’yish bilan boshlanadi. Maqsad shunday aniq bo’lishi lozimki, uning vositasida ta’lim- tarbiya jarayonini qanday darajada amalga oshirilganligini aniqlash, berilgan vaqtda ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan didaktik jarayonni qurish imkonini bersin. Ta’lim texnologiyasining maqsadi o’rganilayotgan o’quv predmetining maqsadlaridan va mazmunidan, tarbiyaviy ta’siridan kelib chiqqan holda aniqlanadi hamda ta’lim maqsadiga mansub bo’ladi. Ta’lim mazmuni, o’quv materiali quyidagilarda o’z aksini topadi: mazkur fanni o’qitish mazmunini o’zida aks ettirgan ta’lim texnologiyalari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarining matni, axborot manbalari. O’qitish usullari, vositalari va tashkiliy shakllari, ya’ni ta’lim oluvchiga pedagogik ta’sir etish texnikasi va qurollari, axborot mazmuni va didaktik maqsadlarga uyg’un holda tanlab olinadi hamda amaliyotga tatbiq etiladi. Shuningdek, bunda ta’lim oluvchilarning yosh, fiziologik xususiyatlari, ta’lim muassasalarining moddiy jihozlanishi, ijtimoiy muhit ham hisobga olinadi. Nazorat qilish, baholash usullari va vositalari: qo’yilgan maqsad va o’ q uv materiallari mazmuniga nisbatan tanlanadi. Agar qo’yilgan maqsad bilan olingan natija bir-biriga mos kelsa, pedagogik jarayon nihoyasiga yetadi. Bunda qo’yilgan maqsad bilan olingan natijaning to’liq mosligini ta’minlashni ko’rsatib o’tish zarur, chunki ular predmetning obyektiv muhim qonunlaridan kelib chiqadi. Lekin pedagogik faoliyat shaxsiy-subyektiv emotsional xarakterga egadir. U pedagogning shaxsiy- individual sifatlariga, ijodiy qobiliyatiga, mahoratiga, kasbiy-psixologik xususiyatlariga hamda ta’lim oluvchilarning shaxsiy- individual sifatlariga, intellektual, psixofiziologik, psixoemotsional va boshqa xususiyatlariga asoslanadi. Shuning uchun ham uning natijasi variativ xarakterga ega bo’lishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, ko’rsatilgan pedagogik tuzilmaning biror elementi ham mavjud bo’lmasa, unda pedagogik jarayon to’liq kechmaydi yoki ko’zlangan natijani to’liq bera olmaydi. Har qanday holda ham bunday pedagogik jarayondan ijobiy natija olish tasodifiy xarakterga ega bo’ladi. Ta’lim texnologiyasi haqida gap ketganda dahldor quyidagi hodisalarni bir-biridan farqlashga ehtiyoj tug’iladi: ta’limni didaktik loyihalash (1), loyihani amalga oshirish (2), ta’limning joriy va oraliq natijasiga ko’ra didaktik loyihasiga tuzatish, o’zgartirishlar kiritish (3), ta’limni takrorlash (4), yakuniy nazorat (5). Bu xodisalarni 1- va 2-si an’ananaviy ta’lim tajribasida ham uchraydi. Ta’lim texnologiyasining an’anaviy ta’lim tizimidan farqi shundaki, ta’lim natijasi va uning etalon darajasida bo’lishi doimo o’qituvchi hamda o’quvchining diqqat markazida turadi: o’qituvchi ta’lim natijasini tez-tez tekshirib talim oluvchilarni o’zlari erishgan yutuqlaridan ogoh qilib turadi; o’quvchilar esa o’z yutuq va kamchiliklarini anglab, birinchisini yana ko’paytirishga, ikkinchisini esa bartaraf etishga intiladi. Download 94.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling