I bob. Fan taraqqiyoti


Texnika tarqqiyot omillari


Download 94.76 Kb.
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi94.76 Kb.
#1062639
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fan

2.2.Texnika tarqqiyot omillari.
Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishni rivojlantirish va zamonaviylashtirish respublikamizda ustuvorlik kasb etmoqda. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2002 yilning 30 mayida imzolangan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmon alohida ahamiyatga molikdir. Ushbu hujjatga muvofiq Respublikada kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi vazifalarni Muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzilgan. Bu kengash zimmasiga mazkur sohani rivojlantirishning zamonaviy xalqaro tendensiyalar va mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga mos keluvchi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada dasturlar, loyihalar, me’yoriy – huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi hamda ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish, malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, jumladan, mutaxassislarni chet ellarda o‘qitish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish kabi muhim vazifalar yuklatilgan.
Unda «… real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, turli aholi qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo‘lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish …» belgilab qo‘yilgan.
O‘zining axborot –kommunikatsiyalar texnologiyalari infratuzilmasini shakllantirgan mamlakatlargina global iqtisodiyotga kirib borishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘pgina mamlakatlar zamonaviy ishlab chiqarish yoki axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarini keng ko‘lamda qo‘llashga qaror qildilar. Chunki ular qo‘shimcha ish joylarini tashkil etish va xodimlarni qayta tayyorlashda chet el investitsiyalarini jalb etadigan «yadro» bo‘lib xizmat qiladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar axborot – kommunikatsiyalari bozorini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, ushbu texnologiyalardan keng miqyosda foydalanish iqtisodiy o‘sish, mehnat unumdorligi va sifatini yuksaltirish, aholi bandligini ta’minlash hamda jahon bozori bilan kechadigan integratsiya jarayonlarini tez sur’atlarda amalga oshirishga katta imkoniyat yaratib bermoqda. Ushbu an’analarni mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ham kuzatish mumkin.
O‘zbekistonda axborot – kommunikatsiyalar bozori shakllanishining barcha huquqiy va me’yoriy hujjatlari mavjud. Izchillik bilan rivojlanib borayotgan ushbu tarmoqqa chet el sarmoyalarini jalb qilish va qo‘shma korxonalar ochish uchun barcha shart – sharoitlar yetarli. Ana shu shart – sharoitlardan sanoat ishlab chiqarishida keng foydalanish uning samaradorligini oshirishga katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Ximiyalashtirish – bu ishlab chiqarishning hamma sohalarida ximiya fanining barcha yutuqlaridan keng foydalanish. Ishlab chiqarishning barcha jarayonlariga ximik materiallarni, xomashyo va materiallarni qayta ishlashning ximik usullarini joriy etishdash iboratdir. Ximiyalashtirish yordami bilan oldindan belgilangan xususiyatli xomashyo materiallarni tayyorlash mumkin. Masalan, bo‘yoq va laklar, sintetik kauchuk, sintetik tola, plastmassalar va h.k.
O‘zbekiston Respublikasi juda katta fan-texnika salohiyatiga ega. Bu yerda O‘zbekiston FA va 400 dan ortiq ilmiy- tadqiqot muassasi tashkiloti bo‘lib, ularda fan-texnika taraqqiyotining fundamental va amaliy muammolari tadqiq qilinadi, xususan, sanoat ishlab chiqarishiga uning ilmiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida ilmiy va amaliy yordam ko‘rsatiladi.Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sanoatiga xorijiy mamlakatlarning fan va texnika sohasidagi tajribalarini olib kelish hamda ularni joriy etish masalasiga juda katta e’tibor berilmoqda. Keng ko‘lamda globallashuv jarayoni kechayotgan bugungi kunda olimlarning yutuqlari tijoratlashib bormoqda va hozirgi paytda dunyo bozoridagi eng qimmat mahsulot turlaridan biriga aylanmoqda.

3. Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash



Yangi texnika va texnologiyani joriy etish uchun uning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligni aniqlash kerak bo‘ladi. Shu sababli yangi texnika va texnologiyani joriy etish asosida xalq xo‘jaligida, jumladan, sanoat ishlab chiqarishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun texnik chora-tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlash zarur.
Texnik tadbirlarning asosiy guruhlari quyidagilardan iborat:
• mashina va mexanizmlar, jihozlar va asboblarning yangi hamda takomillashgan turlari va konstruksiyalari;
• xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va energiyaning yangi turlari;
• texnologik jarayonlarning yangi va takomillashgan turlari;
• mahsulotning ximik va fizik xossalarini, parametr va assortimentlarini yaxshilash;
• texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;
• jihozlarni modernizatsiyalash;
• bino va inshootlarning yangi tiplarini yaratish;
• mehnatni tashkil etish va boshqarishning yangi va takomillashgan usullari;
• ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari.
Korxonalar, tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarda ishlab chiqarish sur’atini tezlashtirish, mahsulot hajmini ko‘paytirish, uning sifatini oshirish, ishlab chiqarishning foydaliligini ko‘tarish uchun fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish kerak bo‘ladi. Bu ish ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga bo‘lishi mumkin. Chora-tadbirlar albatta samarali bo‘lishi kerak. Uni hisobga olmasdan, bahslashmasdan fan-texnika bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqarishga joriy etilmaydi.
Fan-texnika taraqqiyoti tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash tartibi rasmiy hujjatlar, ya’ni metodik qo‘llanmalarda izohlab berilgan.
Ularga quyidagilar kiradi:
• kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha Namunali (Tipovaya) metodika;
• xalq xo‘jaligida yangi texnika, ixtirochilik va ratsionalizatorlik tavsiflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;
• korxonalar va ishalb chiqarish birlashmalari boshqaruvining avtomatlashtirilgan sistemasining iqtisodiy samaradorligini hisoblash metodikasi;
• boshqaruvning kompyuterlashtirilgan tizimining samaradorligini aniqlash metodikasi;
• mehnatni ilmiy tashkil etish, ya’ni MIT bo‘yicha tadbir-choralarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;
• atrof-muhitni muhofaza etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflangan xarajatlarning iqtisodiy samarasini aniqlash uchun vaqtinchalik metodika.
Undan tashqari, tarmoq vazirliklari, ilmiy tekshirish institutlari, loyiha tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari ham metodik materiallar tayyorlashi mumkin.
Texnika taraqqiyoti eng avvalo yangi texnikani yaratish orqali amalga oshiriladi, ro‘y beradi. Shu sababli yaratilgan va joriy etilayotgan texnika samarali yoki samarasizligini bilish kerak bo‘ladi. Demak, samarani o‘lchash va baholash kerak.
U qanday qilib aniqlanadi?
Yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligi barcha sanoat tarmoqlarida, ilmiy-tekshirish institutlarida, loyihalash tashkilotlarida tegishli tadbirlarni avvalgi yillardagi o‘zlashtirish natijalarini ifodalovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
Ilmiy-texnikaviy tadbirlarning ko‘p yillik tajribalariga asoslangan turli ko‘rsatkichlar, jumladan, mashina va texnikaviy vositalarni ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish natijasida erishiladigan yillik iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda: 31 va 32 – mavjud va yangi texnika yordamida mahsulot birligini ishlab chiqarish xarajatlari (keltirilgan xarajatlar);
a – yangi texnikaviy vositalarning sifatini, nisbiy afzalligini ifodalovchi koeffitsiyent bo‘lib:
bu yerda: Q1 va Q2 – mavjud va yangi texnikaviy vositalar birligi yordamida yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
R1 va R2 – mavjud va yangi texnikaviy vositalar qiymatidan ularni tiklash uchun ajratmalar salmog‘i;
P – yangi texnikadan foydalanish davrida erishiladigan samaradorlik. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda: U11 va U12 - mavjud va yangi texnikadan foydalanish davridagi joriy xarajatlar;
K11 va K12 – mavjud va yangi texnikadan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital qo‘yilmalar;
Yen – kapital qo‘yilmalarining norma darajasidagi samaradorlik koeffitsiyenti (0,15);
A2 – yangi texnika joriy etilgandan keyin uning yordami bilan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi;
S – yangi texnikani loyihalashtirish xarajatlari.
Yangi texnika samaradorligini hisoblash qiyosiy samaradorlikni aniqlash tamoyillariga asoslanadi. Hozirgi kunda bunday hisob-kitoblar xalq xo‘jaligida yangi texnikadan, ixtirochilik va ritsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Bu metodikaga binoan iqtisodiy samara quyidagi formula yordami bilan ifodalanadi:
2 ,
bu yerda: S – yillik iqtisodiy samara, so‘m;
X1 va X2 – yangi texnika yordami bilan tayyorlangan mahsulot birligiga sarflangan keltirilgan xarajatlar (T(Yen x K);
A2–hisobot yilida yangi texnika yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotning yillik hajmi.
Yangi texnika va texnologiyaning iqtisodiy samaradorligini rejalashtirish va bashorat qilishda uning bir qator asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga, jumladan foydaning ko‘payishi, mehnat unumdorligini oshishi mehnat, moddiy va kapital sig‘imining pasayishi, mahsulot tannarxining kamaymshiga ta’sir etishi hisobga olinadi. Masalan, yangi mahsulotni ishlab chiqarish hisobiga olinadigan rejali foydaning ko‘payishi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
( F t= ((Bt –Tt) *At - (B1-T1) *A1(
bunda ( Ft- kelgusi davrda foydaning oshishi (so‘m hisobida);
Bt va Tt korxona ulgurji bahosi va yangi mahsulot birligining ishlab chiqarish tannarxi;
B1 va T1–korxona ulgurji bahosi va almashtiriladigan mahsulotning yangi texnikani joriy etilgungacha bo‘lgan yildagi tannarxi (so‘m hisobida);
At va A1 – kelgusi davrda ishlab chiqariladigan yangi mahsulot va yangi texnikani joriy etishgacha bo‘lgan yildagi almashtiriladigan maxsulotning xajmi (so‘m hisobida).Yangi texnikaning samaradorligini hisoblash va tahlil etish uning ijtimoiy natijalari va oqibatlarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Ular jumlasiga, mehnat sharoitlarini yaxshilish, xavfsizlik va qulaylikni ta’minlash, xodimlarning bilimi va ilimi hamda malmkasini oshirish, atrof muhitni muxofaza qilish, inson faoliyati uchun eng yaxshi sharoitlar yaratish kiradi.
Xulosa
Xozirgi kunda Sanoatda ilmiy-texnika bazasi – bu uning ilmiy salohiyati va barcha mehnat vositalarining majmuidir. Bu salohiyat eng avvalo sanoatni, so‘ngra, xalq xo‘jaligining boshqa sohalari rivojini ta’minlaydi.Sanoat sohasida fan-texnika taraqqiyotini an’anaviy yo‘nalishlariga ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizatsiyalash, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ximiyalashtirish va yangi (progressiv) texnologiyalarni joriy etish kiradi.O‘zbekiston Respublikasi bu borada o‘zining juda katta salohiyatiga ega. Mamlakatning izchil va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun ana shu salohiyatdan to‘la-to‘kis foydalanish va fan-texnika taraqqiyotini yanada tezlatish zarur. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sanoatiga xorijiy mamlakatlarning fan va texnika sohasidagi tajribalarini olib kelish hamda ularni joriy etish masalasiga juda katta e’tibor berilmoqda. Keng ko‘lamda globallashuv jarayoni kechayotgan bugungi kunda olimlarning yutuqlari tijoratlashib bormoqda va hozirgi paytda dunyo bozoridagi eng qimmat mahsulot turlaridan biriga aylanmoqda. Shunday jarayonda matnni tushunish uchun tayanish kerak bo‘lgan germenevtik vosita – matn sharhini berish talab etiladi. Sharh – bu shorihning fikricha, sharhni qabul qiluvchiga matnni yetarli darajada tushunishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘plamidir. Sharhni qabul qiluvchilar keng o‘quvchilar ommasi, boshqa til yoki soha vakillari bo‘lishi mumkin. Odatda, sharhlovchi o‘zini matnni to‘liq tushunaman, deb hisoblaydi va sharhni qabul qiluvchiga tushunish imkoniyatini yaratadi. Sharqda qadimdan rivojlanish bosqichlariga ega bo‘lgan – sharh, ya’ni konteksni mazmunli talqin, tahlil etish o‘zining yorqin uslubiy xarakteriga egadir



Download 94.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling