I bob. Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar


Rollarga bo'lib ijro etiladigan o'yinlar


Download 230.76 Kb.
bet12/14
Sana02.04.2023
Hajmi230.76 Kb.
#1320208
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
I bob. Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni Fanni o‘qitishda f

Rollarga bo'lib ijro etiladigan o'yinlar. Bu usulni bir fan, bir tsiklga kiruvchi fanlar yoki bir auditoriyada dars beruvchi turli fan o’qituvchilari amalga oshirishlari mumkin. O’qituvchilarning o'yinlarda o'z ixtiyorlari bilan qiziqib ishtirok etishlari bu usulning muhim sharti bo'lib hisoblanadi. Ishtirokchilar soni 4-6 kishidan iborat bo'lishi etarli. O’qituvchilar talabalar qiyofasiga kirib, ularning idroki, reaktsiyasi va ular dars davomida duchor bo'ladigan qiyinichiliklarni anglatuvchi harakatlarni bajaradilar. O'yin natijalari asosida o’qituvchilar faoliyati ham modellanadi.
3. Imitatsion-rollarga bo'lib modellash. Bu usulda 4-6 kishidan iborat o’qituvchilar guruhi talabalar qiyofasiga kiradilar hamda o’qituvchi ular bilan aniq o’quv maqsadlari va mezoniy yo'nalgan testlar bo'yicha mashg’ulot o'tkazadi. Talabalarning fikrlashdagi harakat modellari yaratiladi va ular alohida kartochkalarga yoziladi. O’qituvchi qiyofasini bajaruvchi o'yin ishtirokchilarining o'z hatti-harakati, fikrlashining borishi bo'yicha bergan ma'lumotlarni saralab kartochkalarga yozib boradi. Shuningdek, kartochkaga o'z hatti-harakatlarini ham yozib boradi.
So'ngra o’qituvchi va «talabalar» faoliyatining umumiy manzarasi va har bir ishtirokchi fikrlashining borish sxemasi chizmakashlik varaqiga tushirilib, darsning o'ziga xos sxema-diagrammasi yaratiladi.
Bu usul alternativ (turli variantli) rejalarni sinab ko'rishda, ularga tegishli tuzatishlar kiritishda qo’llaniladi va bu bilan haqiqiy o’quv jarayonini ixchamlashtirib, uning samaradorligini oshirishga erishiladi.

5. Didaktik o'yinlarni vazifalari (egallangan bilimlarni mustahkamlash, yangi bilimlarni egallash, kasbiy tayyorgarlik).
Namuna «Bahsda golib kelish san'ati» (P.I. Pidkasistoy tomonidan ishlab chiqilgan) o'yini.
Bu o'yin 2,3 soatga mo'ljallangan.
O'yinning maqsadi — talabalarning bahs-munozara olib borish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish va baholash.
Munozara — bahsning muammolari. Bahs-munozaraga olib ciqiladigan muammo talabalar uchun dolzarb va qiziqarli bo'lishi kerak.
Namuna tariqasida quyidagi savollarni qo’yish mumkin:
1.Mening ijodiy, raqobatbardoshlik shaxsiyatim g’oyasi qanday?
2.Shaxsning ijodiy, ziyolilik, raqobatbardoshlik xususiyati nimalarda ko'rinadi?
3.Shaxsning mustaqil rivojlanish jarayonini men qanday tasavvur qilaman.
4.Bozor iqtisodi munosabatlari sharoitida o'zimni qanday unga bahshida qilaman.
O'yin ishtirokchilarining rollari va vazifalari.

Download 230.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling