I-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish
Download 0.59 Mb.
|
GO\'SHDAN TAOMLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sosiska va sardelka
Pishirilgan vetchina (cho‘chqa son go‘shti). Cho‘chqaning butun son go‘shti bir tekis pishishi uchun bog‘lab osib quyib pishiriladi. Cho‘chqa son go‘shti qozonga ko’ndalang qo’yilgan tayoqqa boldir suyagi suvdan bir necha santimetr chiqib turadigan qilib bog‘lanadi. Cho‘chqa son go‘shti pishgandan keyin terisi va suyagidan ajratib, porsiyalarga kesiladi (bir porsiyaga 2-3 bo‘lak). Cho‘chqa son go‘shti, kartoshka pyure, yashil no‘xat, qizil sardak yoki madera 'vinosi qo’yilgan sardak bilan beriladi.
Dudlangan cho‘chqa go‘shti xam xuddi shunday pishiriladi va dimlama karam qo‘shib beriladi. Sosiska va sardelka. Sosiska va sardelkani qaynoq suvga solib qaynatiladi: sosiska 3- 5 minut, sardelka 7- 10 minut qaynatiladi. Sosiska va sardelkani qattiq qaynatish mumkin emas, chunki uning qobig’i yorilib suv shimilib ketadi. Sosiska va sardelka pishgandan keyin quritiladi. So’ngra dimlama karam, qizil sardak, kartoshka pyure va yog‘ qo‘shib beriladi. Sosiskalarga gorchitsali piyoz sardagi qo‘shib berish ham mumkin. Porsiyali qilib berish uchun butun sosiska va sardelkalarning butunlari saralanadi. Qolganlari esa solyanka tayyorlashga ishlatiladi. Dozalangan sosiskalar ishlatishga qulay. Kollageni yetarlicha nozik bo‘lgan go‘sht bo‘laklarinigina qovurish mumkin. Dag‘al go‘sht qismlari qovurilganda kollagenning glyutinga aylanishi qiyinlashadi. Bu vaqtda esa go‘shtdagi jaqiiy oqsillar koagullanib, suv chiqarishga ulguradi, biriktiruvchi to‘qimalarning tolalari yanada qattiqlashadi, kollagenning parchalanishi to‘xtaydi va maxsulot quriy boshlaydi, kuyadi, lekin yumshamaydi. Shuning uchun tananing bunday qismlarini qovurish yaramaydi. Muskullaridagi kollagen yug’on qatlam xolida bo’lgan masalliqlarni urib yumshatish kerak. Bunda yarim tayyor masalliq yumshaydi va kollagenning glyutinga aylanishi osonlashadi. Qo‘y, cho‘chqa va mol go‘shtida kollagen mol go‘shtiga qaraganda uncha barqaror bo‘lmaydi, shuning uchun cho‘chqa, buzog’ va qo’y tanasining (ayniqsa yoshining) hamma qismlarini qovurish uchun ishlatish mumkin. Go‘sht yirik porsiyali va ancha mayda bo‘laklarga ajratib qovuriladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling