I-bob. Grammatika atamasi talqini va uning asosiy bo‘limlari


Download 47.04 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi47.04 Kb.
#1555701
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbek tilshunosligida morfologik kategoriyalar talqini


MUNDARIJA:
Kirish……………………………………………………………………………... 4
I-Bob. Grammatika atamasi talqini va uning asosiy bo‘limlari……………………. 5
1.1. Tillarning grammatik tuzilishi………………………………………………… 5
1.2. Morfologiya va morfemika…………………………………………………… 8
II-Bob.Grammatik ma’no va grammatik kategoriyalar haqida umumiy ma’lumot. 13
2.1. Grammatik ma’no va grammatik kategoriyalar……………………………… 13
2.2. So‘z turkumlari tasnifi……………………………………………………….. 23
Xulosa……………………………………………………………………………. 28
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………... 29

KIRISH
Tilshunoslikda “grammatika” termini turli xil talqin etiladi. Bu termin “o‘qish va yozish san’ati” degan ma’noni bildirib, tor ma`noda morfologiya va sintaksis, keng ma’noda esa tilning barcha qurilish sathlari tushuniladi. Demak, grammatika tilning grammatik qurilishini, morfologik kategoriya va formalar sistemasini, sintaktik kategoriya va qurilmalarni, so‘zlarning yasalishi va gaplarning shakllanish qonun-qoidalarini o‘rganadi.
Morfologiya va sintaksis bir-birini taqozo etuvchi sathlar sanaladi. Morfologiya grammatikaning so`z shakllari va ularning ma’nosi haqidagi sohasi bo`lsa, sintaksis so`z shakllarining vazifasi haqidagi sohasidir. Tilning asosiy ijtimoiy vazifasi aloqa-aralashuv, insonlar orasida fikr almashtirish vositasi bo`lganligi sababli sintaksisning o`rganish manbai bo`lgan gaplarda tilning barcha sathlarining - fonologiya va fonetikaning, leksika va semantikaning, morfemika va morfologiyaning birliklari voqelanadi, yuzaga chiqadi. Bu birliklardan har birini tilshunoslikning alohida-alohida bo`limlari o`rganadi, ammo sintaksisning o`rganish manbai bo`lgan gaplarda barcha sath birliklarining belgilari jamlanadi.
Inson leksik xazinasining o‘zi fikrimizni aniq yetkazib berish uchun yetarli emas. Masalan (Men, maqsad, dunyo, butun, sayohat, bo‘ylab, qilmoq) kabi so‘zlar to‘plamini gap shakliga keltirib, grammatik qurilish hosil qilinadi: Mening maqsadim butun dunyo bo‘ylab sayohat qilmoq. Demak, grammatika tilning tovush tarkibini ham, leksik qatlamini ham o‘rganmaydi. U til qurilishining asosi hisoblanib, grammatikasiz so‘zni ham, so‘z birikmasini ham, gapni ham, matnni ham tuzib bo‘lmaydi.

I-Bob. Grammatika atamasi talqini va uning asosiy bo‘limlari



Download 47.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling