Reja: Fonetikaning o‘rganish ob`ekti va vazifalari


Download 22.08 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi22.08 Kb.
#1129802
Bog'liq
Fonetika


Mavzu: Fonetika bo’limi haqida ma’lumot
Reja:
1.Fonetikaning o‘rganish ob`ekti va vazifalari.
2.Fonetikaning vazifasi va maqsadiga ko‘ra turlari.
3. Asosiy fonetik birliklar.
4.Nutq tovushlari tasnifi.
5.Unli fonemalar va ularning tasnifi.

Fonetikaning o‘rganish ob`ekti va vazifalari. Inson nutqi gaplardan, gaplar so‘zlardan, so‘zlar tovushlardan tashkil topadi. Fonetika (grekcha -fone-tovush) tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, tilning tovush tizimini, nutq tovushlarini o‘rganadi. Fonetikada nutq tovushlari 4 tomondan o‘rganiladi:


1) nutq organlarining nutq tovushlarini talaffuz qilishdagi harakati, ya`ni artikulyatsiyasi o‘rganiladi;
2) tovushlar qanday fizik tebranishlar natijasi ekanligi, ya`ni akustik tomonini hisobga olinadi;
3) nutq tovushlari bo‘ғin, urғu va ohangning eshituvchi tomonidan anglab his etilishi tekshiriladi;
4) nutq tovushlarining tildagi so‘zlar, frazalar va gaplarni bir-biridan farqlash uchun xizmat qilishi, ya`ni fonologik tomoni o‘rganiladi. Fonetikani o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati bor. Tilning talaffuz alomatlari nazariy jihatdan o‘rganiladi. Fonetika amaliyotda keng qo‘llaniladi. Tilning tovush tarkibini yaxshi o‘rganishda, orfografiya masalalarini to‘g’ri hal qilishda, yozuvi bo‘lmagan xalqning yozuvini yaratishda, eski yozuvdan yangi yozuvga o‘tishda, chet el tillarini o‘rganishda, tili chuchuk bolalarning tilini tuzatishda va boshqa sohalarda fonetikaning ahamiyati nihoyatda kattadir. Fonetikaning quyidagi turlari mavjud: - vazifasiga ko‘ra: umumiy va xususiy fonetika. Umumiy fonetika dunyo tillariga tegishli bo‘lgan umumiy fonetik qonuniyatlarni o‘rganadi. Xususiy fonetika esa biror konkret tilga xos bo‘lgan tovushlar sistemasini o‘rganadi; - maqsadiga ko‘ra: nazariy fonetika, amaliy fonetika, eksperimental fonetika. Nazariy fonetika ma`lum bir tilning tovush xususiyatlarini nazariy jihatdan tasnif etadi. Amaliy fonetika esa muayyan tilning fonetik, orfoepik me`yorlarini o‘rganadi. Ostsillograf, kimograf singari alohida apparatlar bilan (yordamida) nutq tovushlari bo‘g’in, urg'u va ohangdagi artikulyatsion-akustik xususiyatlarini o‘rganish eksperimental fonetikaning asosiy vazifasidir. Fonetika o‘z tekshirish obektining davrga munosabati nuqtai nazaridan 2 xil bo‘ladi: tasviriy (sinxron) fonetika va tarixiy (diaxron) fonetika. Tasviriy fonetka muayyan konkret til tovush tarkibining hozirgi davrdagi ahvolini o‘rganadi. Tarixiy fonetika biror konkret tildagi nutq tovushlarining tarixiy taraqqiyotini, qanday o‘zgarishlarga uchraganini va bu o‘zgarishlarning sabablarini tekshiradi. Nutqning fonetik qismlarini o‘rganishiga qarab fonetika ikki turli bo‘ladi: segmental fonetika va supersegmental fonetika. Nutq tovushlari hosil bo‘lishi va uning xususiyatlarini o‘rganuvchi fonetika segmental (segment-nutq bo‘lagi) fonetika deyiladi. Nutq tovushlaridan katta bo‘lgan fonetik birliklar: bo‘ғin, so‘z va frazalarni o‘rganuvchi fonetikaga esa supersegmental fonetika deyiladi yoki prosodika deyiladi. Asosiy fonetik birliklar: fraza, takt, bo‘g'in, nutq tovushlari. Grammatika ham nutqni tarkibiy qismlarga ajratadi: gap, so‘z birikmasi (fraza), so‘z va morfemalarga. Garchi har ikki qatlam nutqning son nuqtai nazaridan bir xil bo‘lsa ham sifat jihatidan bir biriga mos kelmaydi. Fraza nutqning eng katta birligi bo‘lib, ikki tomondan pauza bilan chegaralanib, o‘ziga xos ohangga ega bo‘ladi. Masalan: Quyosh tik kelgan (1gap, 1fraza), Shipi past, devorlari yupqa, torgina do‘konxona, har vaqtdagidek ivirsiq (bu gapni to‘rt frazaga ham, ikki frazaga ham bo‘lish mumkin). Frazani jumla deyish ham mumkin. Gap bilan jumla hamma vaqt ham bir biriga to‘g’ri kelavermaydi. Frazaning ikki kichik pauzasi orasiga joylashgan va yagona urg'u bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir nechta bo‘g'inning yig'indisi takt deb ataladi. Masalan : Havo bulut edi. 1,2-so‘z urg'uli, 3-urg'usiz. Urg'u olmagan so‘zlar urғuli so‘zning oldidan va keyinidan kelishi mumkin: oldidan - na rabotu, zamir - proklitik elementlar, bulut edi – keyinda enklitik elementlar. Fonetik birlik bo‘lmish takt grammatikada so‘z birikmasi bilan qiyoslansa, ular hech vaqt bir-biriga to‘g'ri kelmaydi. Bo‘g'in. Takt bo‘g'inlardan tashkil topadi. Bo‘g'in bir yoki bir necha tovushdan tashkil topib, bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik birlikdir. Bo‘g'in asosan unli tovush bilan boshlanadi. Nutq tovushi asosiy fonetik birlik sanaladi. U uch aspektda o‘rganiladi: akustik, fiziologik, fonologik. Fizikada tovush to‘g'risidagi umumiy nazariya akustika deb ataladi. Akustika har qanday tovushlarning, jumladan nutq tovushlarning quyidagi belgilarini farqlaydi:
1) akustika tovush kuchi, ya`ni tebranish chegarasiga bog'liqdir;
2) tovushlarning past balandligi tebranish tezligiga, ya`ni bir sekundda bo‘ladigan tebranish soniga bog'liq. Tebranish qancha ko‘p bo‘lsa, tovush shuncha baland chiqadi, tebranish kam bo‘lsa, tovush past chiqadi;
3) tovushning cho‘ziq-qisqaligi tebranish vaqtining davomli yoki davomsiz bo‘lishiga boғliq. Tebranish davomsiz bo‘lsa, tovush qisqa chiqadi. Nutq tovushi tembri ( sifati) asosiy ton bilan yordamchi tonlarning va shovqinning qo‘shilishidan yuzaga keladi. Tovushning tembri rezonatorlik vazifasini bajaruvchi oғiz bo‘shliғi va burun bo‘shliғining hajmi va shakliga, tovush paychalarida hosil bo‘ladigan shovqinlarning qanday bo‘lishiga ham boғliq. SHunga ko‘ra bir kishining ovozi boshqa kishining ovozidan farq qiladi. Murakkab tovush tebranishining chastotasi bilan boshqa akustik vositalarni kelishtirib turuvchi mexanizm akustika fanida filtr deb ataladi.Odamning oғiz bo‘shliqlari va burun bo‘shliqlari birgalikda unlilarni hosil qiluvchi akustik fil’trni tashkil qiladi. Nutq tovushlari talaffuz organlarining ma`lum harakati bilan hosil bo‘ladi. Nutq tovushlari hosil bo‘lishda ishtirok etuvchi organga nutq organlari deyiladi. Bu organlarning yiғindisi esa nutq apparati sanaladi. Nutq apparati:
1. Nafas olish organlari.
2. Bo‘g'iz bo‘shliғi.
3. Og'iz bo‘shliғi.
4. Burun bo‘shlig'i.
Ma`lum bir tilga xos bo‘lgan nutq tovushlarini hosil qilishga muvofiqlashgan nutq aparati artikulyatsion baza deb ataladi. Tovush artikulyatsiyasi uch holatda bo‘ladi:
1.Ekskursiya - tovush hosil qilishga o‘tish.
2.Rekursiya - tovush chiqarish uchun pauza qilish (to‘xtab olish).
3.Bosh holat - asli holiga qaytish. Artikulyatsiyada ikki hodisa juda muhim rol’ o‘ynaydi: artikulyatsiya o‘rni va artikulyatsiya usuli. Tovush hosil qilishda nutq organlarining ishtirok etgan qismi artikulyatsiya o‘rni deyiladi. Tovush hosil qilish paytida ikki organning bir-biri bilan jipslashishi yoki jipslashmay, oradan havoning o‘tib ketishi uchun bo‘shliq qolishi artikulyatsiya usuli deyiladi. Tovushlarning funktsional jihati. Yuqorida nutq tovushlarining to‘rtinchi jihatini fonologik aspekt, deb atagan edik. Fonologiyada tovushlarning funktsional jihatlari o‘rganilishi ham ta`kidlangan edi. Fonemani eslaylik. Fonemaga tegishli barcha artikulyatsion-akustik belgilar uning fonetik xarakteristikasi deyiladi. Masalan, p fonemasining lab-lab, portlovchi, jarangsiz kabi belgilari uning fonetik xarakteridir. Nutq tovushlari tasnifi. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra tovushlar ikkita katta guruh – unli va undoshlarga ajratiladi. Artikulyatsion jihatdan unli tovushlar talaffuzida o‘pkadan chiqib kelayotgan havo hech qanday to‘siqqa uchramasdan o‘tadi, undoshlar talaffuzida esa havo oqimi biror to‘siqqa duch keladi. Unlilarning miqdori va sifati barcha tillarda bir xil emas. Masalan: rus 43-6, frantsuz 21-13, arman 30-6, gruzin 28-5, eston 16-9, ingliz 24-21, o‘zbek 23-6. Jahon tillarining deyarli barchasida undosh tovushlar unlilardan ko‘p va shu tufayli ularning funktsional xizmati ham kattadir. Unli fonemalar va ularning tasnifi. Unlilar. Tildagi unlilar sistemasi vokalizm deyiladi. Unlilar sof ovozdan iborat, ohangdorlik kuchli bo‘ladi, ovoz to‘siqqa uchramaydi, istagancha cho‘zib talaffuz qilish mumkin. Nutq jarayonida undoshga nisbatat salmoqli o‘rin tutadi. Hozirgi o‘zbek tilida olti unli fonema bor: a,o,u,o‘,i,e. Ular tasnifida uch holat e`tiborga olinadi:
1.Tilning gorizontal holati: a) til oldi: i, e, a. b) til orqa: u, o‘, o. eslatma: til orqa: qiliq. Til oldi: o‘rdak, uka.
2.Tilning vertikal holati: a) tor unli: i, u. b) o‘rta keng unli: e, o‘. s) keng unli: a, o. 3.Labning ishtiroki: a) lablashgan: u, o‘,o b) lablashmagan: i, e, a. O‘zbek yozuvida olti unli fonemadan tashqari yana to‘rtta yo-lashgan unli yoki grafema bor: e, yo, yu, ya. Undosh fonemalar va ularning tasnifi. Undoshlar. Undoshlar sistemasi konsonantizm deb ataladi. O‘zbek adabiy tilida 25 ta undosh fonema bor: b, v, g, d, z, j, dj, y, k, l, m, n, i, r, s, t, f, x, ts, ch, sh, q, ғ, h, ng. Bu fonemalardan ikkitasi yozuvda alohida harflar bilan ifodalanmagan. Undoshlarni xarakterlash va tasniflash unlilarga nisbatan murakkabroqdir. Tasnif printsipi boshqacharoq. Undoshlarning umumiy bo‘linishini ko‘rsatuvchi tomonlar asosan beshta:
1.Undoshlarning paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra xususiyatlari: a) lab undoshlari: b, m, p, v, f; b) til yoki til-tish undoshlari: t, d, s, z, sh, j, dj, ch, n, l, r, k, g, ng; v) bo‘ғiz tovushi:
2.Aytish usuliga ko‘ra: a) portlovchi: t, d, p, b, k, q, ch, dj, g, ts, m, n, ng; b) sirғaluvchi: v, s, z, sh, j, x, ғ, f, y.
3.Tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra: a) jarangli: b, v, z, d, j, dj, g, ғ, y, m, n, r, l, ng; b) jarangsiz: p, f, s, t, sh, ch, ts, k, q, x, h. Ovozning ishtirokiga ko‘ra: a) sonorlar: m,n,ng,l,r; b) qolgan undoshlarning hammasi shovqinlilar hisoblanadi. Tarkibiga ko‘ra: a) qorishiq: ch-tsh, dj -d-j, ts-ts (afrikat); b) qolganlari sof. Fonetik oʻzgarishlar, tovush oʻzgarishlari, fonetik jarayonlar - nutq jarayonida soʻzning fonetik tuzilishida, tarkibida sodir boʻladigan oʻzgarishlar. Nutk jarayonida, talaffuzda tovushlar boshqacha aytilishi, tushib kolishi, baʼzan esa tovush orttirilishi, bir tovushning ikkinchisi tomonidan moslashtirilishi mumkin. Bunday Fonetik oʻzgarishlar tovushlarning kombinatorpozitsion (lot. combinare - qoʻshmoq, birlashtirmok va positio - holat, joylashish) oʻzgarishlari deyiladi. Kombinator oʻzgarishlar yonmayon tovushlarning oʻzaro taʼsirlashuvi natijasida yuzaga keladi va ularga quyidagilar kiradi: akkomodatsiya (lot. Accomodatio- moslashish) -yonma-yon turuvchi 2 tovush (unli va undosh tovush) artikulyatsiyasining qisman moslashishi, muvofiq kelishi. Masalan, til oldi unlilari (a, e, i) til orqa undoshlari (q, g' , x)ning talaffuz etilishiga muvofiklashib, orqaga siljiydi; assimilyatsiya (k,.), dissimilyatsiya (qarang), metateza (qarang), diereza (yun. diairesis - ajralish, boʻlinish) - muayyan talaffuz sharoiti tufayli soʻz tarkibidagi tovushning tushib qolishi: pastqam>pasqam kabi. Soʻz oʻzagidagi yoki unga qoʻshilgan qoʻshimchalar tarkibidagi ayrim tovushlarning maʼlum fonetik qurshov yoki pozitsiya taʼsirida talaffuz etilmasligi natijasida sodir boʻladigan fonetik oʻzgarishlarga quyidagilar kiradi: prokop a (yunoncha: rgokore) - soʻz boshida unli yoki undosh tovushning tushib kolishi: yiroq>iroq, yilon> ilon kabi; sinkopa (yun. synkope — qisqartirish) - soʻz oʻrtasidagi tovushning tushib kolishi: oʻgʻil > oʻgʻlim kabi; apokopa (yun. arokore - tugallanmani qisqartirish) - soʻz oxiridagi unli yoki undoshning yoxud qoʻshma soʻzdagi 2qismning tushib kolishi: baland > balan, doʻst > doʻs; kilogramm > kilo, metropoliten > metro kabi. Tovush yoki tarkibiiy qismning tushib krlishiga olib keladigan sabablar qatoriga fonatsion energiyani tejash, ixchamlikka erishish kabi omillar ham kiradi. Bunda quyidagi F.oʻ. kuzatiladi: eliziya (lot. elisio - siqish, siqib chiqarish) - unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi 2 soʻzning qoʻshilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolishi. Masalan: yoza oladi > yozoladi, ayta oladi > aytoladi; sandhi (sanskritcha sandhi - aloqa, bogʻlanish) - analitik shakllarning ixchamlashuvi natijasida sodir boʻladigan fonetik oʻzgarishlarga ishlar edi > ishlardi; aferezis (yun. aphaeresis) - oldingi soʻzning oxirgi tovushi taʼsirida keyingi soʻz boshidagi tovushning tushishi: ne uchun > nechun kabi; gaplologiya, mas, tragikokomediya > tragikomediya; sinerezis (yun. syneresis) — soʻz oʻrtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri kucheizlanib, nutkda tushib qolishi: saodat > so: dat, maorif > mo: rif kabi va boshqa Oʻzbek tiliga chet tillardan kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarni turkiy soʻzlarning anʼanaviy fonetik tarkibiga moslashtirilishida ham bir qator Fonetik oʻzgarishlar sodir boʻladi. Bular: proteza (qarang), epenteza [yun. epenthesis — (tovush) orttirish, qoʻshish] — soʻz tarkibida aslida boʻlmagan tovush, harf, boʻgʻinning paydo boʻlishi; fikr > fikir, hukm — hukum; brigadir > birgadir, traktor > tiraktir; epiteza (yun. epithesis) — soʻz oxirida muayyan fonetik yoki morfologik taʼsir ostida shu soʻzda aslida boʻlmagan tovushning ortishi: tank > tanka, kiosk > kioska kabi. Reduksiya (qarang) ham nutqda muayyan fonemaning kucheiz talaffuz etilishi yoki tushib qolishi bilan bogʻliq Fonetik o'zgarishlardan biridir. Fonetika - tilshunoslikning nutq tovushlarini o‘rganadigan bo‘limi. O‘zbek tili fonetikasi shu tildagi tovushiartizimini, ulaming hosil bo‘lish o‘mi va usulini, miqdoriy xossasini, fonologik ahamiyatini, tovush o‘zgarishlarini tekshiradi. Fonetika urg‘u va uning tarkibini, o‘mi va vazifasini, intonatsiya, pauza, bo‘g‘in tuzilishi kabi masalalami ham o ‘rganadi. So‘zlar, iboralar, gaplar - umuman, nutq tovushlar vositasi bilan shakllanadi, zero tovush tilning moddiy qobig‘idir. Har qanday fonetik holat va fonetik biriik fonologik ahamiyatga ega bo'lgandagjna ijtimoiy vazifani bajaradi va mustaqil fonema bo‘la oladi. Masalan, bir va ber so‘zlarining turii ma’noga egaligi va e unlilarining farqigagina asoslangan: har ikkisi ham old qator unli bo‘lib, lablanmagan; farqlovchi belgi bitta, ya’ni i ning to r rezonatoriiligi 2, e ning esa o‘rta rezonatoriiligidir. O‘zbek tilidagi 6 unlining o‘zaro farqi ba’zan bir fonologik belgiga, ba’zan 2 yoki 3 fonologik belgiga asoslangan bo‘ladi. a va o unlilarining farqi 2 fonologik belgiga asoslangan: a - old qator va lablanmagan, o esa orqa qator va lablangan va ol unlilarining munosabati ham xuddi shunday. Bundan tashqari i tor, o‘ esa o‘rta keng rezonatorli. O va i ning farqlanishida ham hamma fonologik belgi qatnashadi: i - old qator, tor rezonatorli, lablanmagan, o esa orqa qator, keng rezonatorli, lablangan. Farqlovchi belgilar qancha ko‘p bo‘lsa, ulaming neytrallashuvi (farqining yo‘qolishi) shuncha kam uchraydi, va, aksincha, farqlar qancha kam bo‘lsa, neytrallashuv ko‘p uchraydi. Masalan, i ning o bilan neytrallashuvi deyarli uchram aydi. E ning i bilan neytrallashuvi tabiiy, chunki ulaming farqi bir belgiga asoslangan. o‘ bilan u ham bir belgi asosida farqlanishi tufayli ba’zi shevalarda sonor undosh oldida neytrallashadi. Masalan, ko‘l - kul. Undoshlarda paydo bo'lish o‘miga ko‘ra neytrallashuv juda kam uchraydi, lekin paydo bo‘lish usuli (portlovchi va sirg‘aluvchi) va ovozning ishtirokiga ko‘ra (jarangli — jarangsiz) -juda ko‘p uchraydi. Neytrallashuv so‘zning oxirida (misol: maktab - maktap, odob — odop, qatiq - qatuv, sariq - saruv, katak - katay, xorij - xorich), ba’zan morfemalar chegarasida yuz beradi (qishloq - qishlog'im, ko‘sak - ko‘sagi, ko‘ylak - ko‘ylagi). So'zning boshida neytrallashuv deyarli uchramaydi, shuning uchun o‘zbek tilida so‘zning bosh qismi fonema namoyon boladigan kuchli holat, so‘zning oxiri esa kuchsiz holat o‘midir. So‘zning o‘rtasidagi - morfemalar chegarasidagi neytrallashuv esa fonologik saviyadagi morfonologik tovush almashinuvidir. Nutq tovushlarining hosil bolishida ishtirok etuvchi nutq oiganlarining jami nutq apparati deyiladi va ular quyidagilardan iborat: 1) nafas apparati (bunga o‘pka, bir juft bronx va nafas yo‘li kiradi); 2) bo‘g‘iz bo‘shlig‘i (bunga turli shakldagi tog'aylar va un paychalari ham kiradi); 3) og‘iz bo‘shlig‘í (bunga ti!, qattiq va yumshoq tanglay, kichik til, lab va tishlar kiradi); 4) burun bo‘shlig‘i. Tovush hosil qilishda faol qatnashadigan (harakatli) organlar - til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til, un paychalaridir. Faol bolmaganlari tish, qattiq tanglay, burun rezonatoridir. 0 ‘pka - nutq tovushlarini talaffuz etish uchun zarur bo‘lgan havo oqimi manbaidir, bo‘g‘izesa un (ovoz) manbaidir. Unlilar, sonor va jarangli undoshlardagi ovoz un paychalarining bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida tebranishi natijasidir. Og‘iz bo‘shlig‘i shovqin hosil qiladigan organ bo‘lishi bilan birga tovush kuchaytiigich vazifasini ham bajaradi. Og'iz bo‘shlig‘idagi organlaming turlicha harakati turli tovushlami hosil qiladi. Tovush - nutqning fonetik jihatdan boMinmaydigan (fonema bundan mustasno) biriigi. Tovush so‘z vagrammatik ko‘tsatkichlami shakllantirar ekan, uning so‘z ma’nolarini farqlashda xizmat qiladigan turi fonema deb ataladi. Tovush nutq organlari orqali talaffuz qilinib (analiz qilinib), quloq orqali eshitiladigan (sintez qilinadigan) til hodisasidir. O‘zbek tilida 28 ta mustaqil fonema bor. Ulardan 6 tasi unli, 22 tasi undosh fonemalardir. 3 ta mustaqil bo‘lmagan. Uning ming-min, o‘ng-o‘n, tong-ton, ong-on, to ‘ngto‘n, eng-en kabi kvaziomonimlari mavjud. ng fonemasining uvular (chuqur tilorqa) variant ham mavjud (ng): yong‘oq, qo‘ng‘iz. Bu undosh mustaqil fonema emas. Orfoepiya fonetikaning uzviy bir qismidir. Orfo - yunoncha to‘g‘ri, epiya - so‘zlamoq ma’nosini bildirib, umumxalq uchun qabul qilingan so‘zlashuv qoidalari yig‘indisidir. Orfoepiya me’yoriariga ehtiyoj, eng avvalo, ayrim so‘z va affikslaming shevalararo turli muqobillari mavjudligi, shuningdek, so‘z qismlarining birikishi, tovushlaming o‘zaro ta’siri, nutqdagi o‘zgarishidan kelib chiqadi. Grafika (yunoncha - yozma) tildagi tovushlami ifodalovchi shakliy vositalar tizimi (sistemasi)dir. Har bir tovush uchun olingan maxsus shakl harf deyiladi. Harf tovushning in’ikosi bo‘lib, ikkilamchi hodisa (tovush birlamchi) hisoblanadi. U qo‘l bilan yozilib, ko‘z bilan “terib olinadigan” birlikdir. Muayyan tartibda joylashtirilgan harflar alifbo (alfavit) deyiladi. Hozirgi okzbek yozuvi XXI asr bo‘sag‘asida va boshida 2 xil shakl - kirill va lotin grafikasi asosida amal qilmoqda. O‘zbek xalqi qadimdan xat-savodli bo'Igan. U shimolda qadimgi xorazmiy yozuvidan, markaziy va sharqiy hududlarda qadim gi uyg‘ur yozuvidan, qism an orom iy yozuvidan foydalangan. VIII asrdan boshlab islom dini bilan birga arab yozuvini qabul qilgan. Bizning o‘n bir - o‘n ikki asrlik ilmiy, badiiy va m a’naviy boyliklarimiz shu yozuvda yaratilgan. Arab yozuvi semit tillari tizimidagi arab tiliga mo‘ljallab yaratilgan yozuv edi va, tabiiyki, o‘zbek tilin in g ayrim tovushlari, ayniqsa, unlilari unda to'la ifodasini topmagan edi, shuningdek, unda o‘zbek tilida bo‘lmagan undoshlar ham bor edi.
1929-yilda lotin yozuviga o‘tildi. Bu hol kirill yozuviga o‘tishning bir bosqichi edi. Unda 9 ta urüi bo‘lib, o‘zbek adabiy tilida amaldan chiqib ketgan singarmonizm (tovushlaming o'zaro uyg'unligi) hodisasini ham aks ettirishga Mo’ljallangan edi. Natijada nosingarmonistik shevalar uchun juda katta imloviy qiyinchiliklar paydo bo‘lgan edi, shuning uchun bu yozuv 1934-yilda yana isloh qilindi. Nihoyat, 1940-yilda yozuvimiz siyosat mo‘ljallagan “manzilga yetkazildi”. O‘rta Osiyoning hamma xalqlari qatori kirill yozuviga o‘tildi. Qabul qilgan kirillcha aliíbomizda 35 ta shakl mavjud bo‘lib, shundan 33 tasi harf, ikkitasi belgi (w yirish va b-yumshatish belgisi) edi. Shu alifbo asosidagi imlo qoidalari 1956-yilda tasdiqlangan. Lekin bu yozuv slavan tillari tizimiga mo‘ljallangan bolib, bir tomondan, o ‘zbek tili uchun ortiqcha harflar (u, e, k>, h) mavjud bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘zbek tilining o‘ziga xos (rus tilida muqobili bo'lmagan) fonemalari aks etmagan edi. Ular diakritik belgilar orqali (belbog‘ - f, qosh - y, dum - kabi), bir tovushni ifodalaydigan ikki harf birikmasi orqali (Hr), ikki fonema uchun bir harf (*) yozish bilan ifodalangan edi. Bu hol tabiiy edi, zero 1937-yildan keyingi yillarda milliy-ma’naviy boylik uchun qayg‘uruvchi yirik tilshunoslar, olimlar qatag'on qilingan, yosh olimlar esa, holatni tushunsalar ham, jon saqlash ehtiyoji bilan bu kamchiliklardan ko‘z yumishga majbur bo‘lgan edilar. Stalin siyosatining mohiyati ochilgandan keyin o‘zbek tilshunosligida xatolami tuzatib olish harakati boshlandi, lekin mustamlakalik holatimiz buni jadal amalga oshirishga imkon bermadi. Nihoyat, mustaqillik shamoli esa boshlagach, bu ish ham yurishib ketdi. Tilimizning mustaqilligi va uni amalga oshirishdagi sa’yharakatlar mustaqilligimizni mustahkamlashga katta hissa qo'shyapti. Yozuvimizni o'zbek adabiy tiliga moslash maqsadida 1993-yil 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 13- sessiyasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi milliy yozuvimiz tarzida qabul qilindi va shu tariqa milliy bayrog‘imiz, milliy tug‘romiz, milliy madhiyamiz qatoriga milliy yozuvimiz ham qo‘shildi. Uni o‘rganish qaror chiqqan oylardanoq boshlanib ketdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq, Toshkent, 2016
2. Shoabdurahmonov SH., Asqarova M., Hojiyev A. va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent, 2020 y.
3. Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev SH. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent, 2015 y.
4. Jamolxonov X. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent, 2020 y.
5. Irisqulov A. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, 2018 y.
Download 22.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling