I bob. Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi


Biologiya darslarida «Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish»


Download 160 Kb.
bet8/9
Sana20.06.2023
Hajmi160 Kb.
#1636097
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 I. Bob. Hamkorlikda o qitish texnologiyasi

2.3. Biologiya darslarida «Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish»
metodidan foydalanish
Mashg’ulot maqsadi. Xamkorlikda o’qitish texnolgiyasining metodlarini qo’llashning texnolgik bosqichlari va xaritasini tuzishni o’rgatish. Mashg’ulot natijalari.
1. Hamkorlikda o’qitishning “Kichik guruhlarda o’qitish” metodi xaqida tushunchalarga ega bo’ladilar.
2. Texnologik bosqichlarni tuzishni o’rganadilar.
3. Darslarda ” Kichik guruhlarda o’qitish “ metodini qo’llay oladilar.Zarur bo’ladigan materiallar Kodoskop, lineyka, ma’ruza matnlari.
Mashg’ulotning borishi Kichik guruhlarda hamkorlikda o'qitish (R. Slavin 1986). Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o'quvchidan tashkil topadi. O'qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so'ngra o'quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O'quvchilarga berilgan o'quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o'quvchi topshiriqning m a’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o'quvchi o'zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o'rtoqlarini o'qitadi, so'ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O'qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test topshiriqlari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.O'quvchilarning kichik guruhlardagi o'quv faoliyati o'yin (musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.
Darsning mavzusi. Evolutsiyani isbotlashda molekular biologiya fan dalillari.
Darsning ta’limiy maqsadi. O'quvchilarni evolutsiyani isbotlashda molekular biologiya fan dalillari bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi. O'quvchilami evolutsiyani isbotlashdamolekular biologiya fan dalillari bilan tanishtirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. O'quvchilarning organik olam evolutsiyasi haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish.


Darsni jihozlash. Molekular biologiya fan dalillari aks etgan jadvallar.Darsda foydalaniladigan texnologiya. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi (kichik guruhlarda o'qitish metodi).
Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar.Molekular biologiya va uning rivojlanishi, hozirgi bosqichda qo'lgakiritilgan yutuqlar, nuqtali mutasiyalar va qaynoq nuqtalar, nukleinkislotalar, oqsillar evolutsiyasi, evolutsiyaning molekular soatlari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilarning bilimlarini test savollariyordamida nazorat qilish va baholash.
III. O'quvchilami dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.
IV. Yangi mavzu bo'yicha o'qituvchining axboroti:
Reja:
1. Molekular biologiya.
2. Molekular biologiya rivojlanishining hozirgi bosqichida qo'lga kiritilgan yutuqlar.
3. Nuqtali mutatsiyalar va qaynoq nuqtalar.
4. Nuklein kislotalar, oqsillar evolutsiyasi.
5. Evolutsiyaning molekular soatlari.
O'qituvchi yangi mavzuni ko'rgazmali vositalar yordamida bayon etganidan so'ng, o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etadi.
V. O'quvchilami kichik guruhlarga ajratish hamda o'quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish.
VI. Yangi mavzu yuzasidan o'quvchilar o'rtasida savol-javob, o'quv bahsi uyushtirish.
VII. O'quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash.
VIII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
IX. Uyga vazifa berish.


Xulosa
Bundan kelib chiqadigan amaliy hulosa - ilg‘or ta’limiy yangiliklarni aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi. Hozirgi kunda bu tizimni yaratish yo‘lida bir qator izlanishlar, sa’y- harakatlar boshlab yuborilgan. Jumladan, vazirlik, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tarkibida Davlat ta’lim standartlari boshqarmalari va bo‘limlari (monitoringi) tashkil etilgan.
1. Ta’limni boshqarish tizimida tashkil qilingan yangi bo‘g‘inlar quyidagi vazifalarni amalga oshirib bormoqda: ta’lim sohasidagi qonunlar, me’yoriy hujjatlarning bajarilish nazoratini yuritish; Pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishning tashkiliy asoslarini yaratish zarur. Buning uchun: “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga, tatbiq etish, Davlat ta’lim standartlari va dasturlari bajarilishining monitoringini olib borish; ta’limni boshqarish mahalliy organlari va o‘quv muassasalarining umumiy tashkiliy pedagogik ishlari qatori pedagogik innovatsiyalarning samaradorligini tahlil qilib borish; pedagogik tajribalarning borishini analitik tahlil qilish, umumlashtirish, ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash; pedagogik texnologiyalarni kuzatuvchi, nazorat qiluvchi va joriy etuvchilarni o‘quv ishini tashkil qilish shu masalaga oid seminarlar o‘tkazish, treninglar tayyorlash choralarini ko‘rish; pedagogik texnologiyalarni rivojlajtirish haqida tegishli ma’lumotlar jamg‘armasini yaratish, tahlil qilish va tartibga solib turish. Yuqorida ta’kidlanganidek, Davlat ta’lim standartlari- bu o‘quvchilar bilim saviyasining minimal darajasini belgilaydi, bu darajadan yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun ma’lum izlanish hamda tashabbus lozim, pedagogik innovatsiyalarni yaratish, shuningdek, ularni boshqarish avvalam bor, ana shu dorlzarb vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi. Shu boisdan ham pedagogik iinovatsiyalarni izlab topish. o‘rganish, tahlillar ostida eng ko‘p samara beradiganlarini tanlab olish va ularni amaliyotda qo‘llash tartibini belgilab beradigan tizimni yaratish maqsadga muvofiqdir. Fikrimizcha, buning uchun, innovatsiyalar haqida aniq ma’lumotlar jamg‘armasini yaratish zarur bo‘lib, buni shartli ravishda innovatsiyalarni «to‘plash» jarayoni deb qabul qilamiz. Innovatsion yangiliklarni to‘plovchilar jadvalga ko‘ra vazirlik tizimida yangi tashkil qilingan markazlar, jumladan, xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish instituti barcha talim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish bo‘yicha doimiy ishlovchi Respublika doimiy kursi qoshidagi monitoring markazi va respublika ta’lim markazi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi.
2.Pedagogik innovatsiyalarni tanlashda amaliy ish olib boruvchi «Pedagogik texnologiyalar markazi»: ma’lumotning yo‘nalishini aniqlaydi­joriy qilish va qo‘llashda ilmiy-metodik jihatdan yordam beradi; ­ metodik qo‘llanma, dastur va metodik tavsiyalarni nashrga tayyorlaydi va pedagogik matbuotga uzatadi;
­ reyting tizimi, o‘quvchilarni maktabgacha tayyorlash, Davlat ta’lim standartlarini joriy qilishdagi ilg‘or tajribalar majmuasini yaratadi;
­ xorijiy davlatlardagi ta’lim sohasidagi tajribalarni o‘rganadi, taqqoslaydi va tavsiyalar tayyorlaydi; ­ amaliyotga tatbiq qiluvchilarni o‘qitadi, malakasini oshiradi, tajriba almashuv ishlarini tashkil qiladi; ­ pedagogika sohasidagi olimlar, ilmiy izlanuvchilar bilan hamkorlik ishlarini olib boradi;
­ innovatsiyalarning qo‘llanilishini dinamik ravishda kuzatib boradi;
­ innovatsiyaga oid Respublika ilmiy-amaliy kengashlar yig‘ilishlar va konferensiyalar o‘tkazadi;
­ malaka oshirish institutlari, tuman metodika va maktab pedagogik kengashlarini yangi axborotlar bilan ta’minlab boradi. Pedagogik innovatsiyalarni qo‘llash bilan uni to‘plab, ilmiy jihatdan xulosalar tayyorlovchi bo‘g‘in o‘rtasidagi «Pedagogik matbuot» asosan nashr ishlari, ommalashtirish, keng pedagogik jamoalar, ilmiy-pedagogik xodimlarga ularni yetkazish, ularning taklif va mulohazalarini olish, tajriba-sinov xulosalari asosida innovatsiyalarni yanada takomillashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi. O‘ylaymizki, ta’lim texnologiyasi va pedagogik innovatsiyalarga bunday tizimli yondashuv Davlat ta’lim standartlarini amalga oshirishda o‘z samarasini ko‘rsatadi.

Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling