I bob. Innovatsion infratuzilmani tashkil etish va boshqarish


Download 44.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi44.65 Kb.
#1640247
  1   2
Bog'liq
I BOB INNOVATSION INFRATUZILMANI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH



 
I.BOB. INNOVATSION INFRATUZILMANI TASHKIL 
ETISH VA BOSHQARISH
1.1 Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda menejmentning 
ahamiyati. 
Innovasion iqtisodiyot bu - bilimlar va innovasiyalarga asoslangan jamiyat 
iqtisodiyotidir. Mazkur iqtisodiy bazisga yangi g‘oyalar, yangi mashinalar, tizim va 
texnologiyalarni ochiq qabul qilish, ularni xilma-xil faoliyat sohalarida amalga oshirishga 
tayyorlik xosdir. 
Iqtisodiyotning bu ukladi asosini kadrlar tashkil qiladi. Innovasion iqtisodiyotni ajratib 
turadigan jihat fan-texnika taraqqiyoti sur’atining uzluksiz o‘sib borishi, dinamiklik 
hisoblanishi tufayli professonal kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni oldinroq amalga 
oshirish uchun o‘ziga xos ta’lim tizimiga amal qilishi lozim. 
Bunday ta’lim tizimi bitiruvchilari ishlab chiqarish va hududlarni qayta tiklash va 
rivojlantirish kompleksli loyihalarini samarali amalga oshirish, innovasion faoliyat sohasida 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. 
Ba’zan ta’lim jarayonining amaliy qismi innovasion iqtisodiyot uchun kadrlar 
tayyorlash jihatidan ko‘rib chiqiladi. Jarayonning ushbu tomoni ta’lim oluvchilarning nazariy 
mashg‘ulotlar davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda mustahkamlashi uchun 
ko‘zda tutilgan. 
Bilimlar iqtisodiyoti bilan bog‘liq bo‘lmagan past texnologiyali ixtisosliklar bo‘yicha 
o‘qitishda amaliy qism ko‘p hollarda amaldagi ishlab chiqarishda biron-bir loyihalarni 
bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar innovasion loyihalarni boshqarish bilan bog‘liq yuqori 
texnologiyali ixtisosliklar bo‘yicha o‘qitish bilan o‘xshashlik o‘tkazadigan bo‘lsak, 
o‘qitishning amaliy qismi innovasion loyihalarni amalga oshirishga bog‘lab qo‘yilishi lozim. 
Hozirgi kunda O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga innovasion iqtisodiyot 
doirasida qabul qilingan kadrlar tayyorlash tizimiga xos bo‘lgan jihatlar xarakterlidir. 
Chizmaning markazi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash 
jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning asosiy qatnashchilari o‘quv muassasasi va talabalar 
hisoblanadi. XIX asrda dastlabki texnik fakulьtyetlar paydo bo‘lgan davrlardan boshlab 
o‘ringa ega bo‘lib kelgan ta’lim jarayoni an’anaviy modeliga muvofiq o‘quv muassasasi va 
talabalar mavjudligi mos keluvchi fan sohasida yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar 
chiqarish uchun zarur va yetarli shart hisoblanadi. 
XX asrning o‘rtalariga kelib, ta’lim jarayoni modeliga faol element sifatida ish 
beruvchilar ham qo‘shildi. Bu turdagi faollashuvning eng keskin holati alohida bir tijorat 
firmasi (korporasiya) ehtiyojlari uchun maxsus bitiruvchilar tayyorlaydigan ta’lim 
muassasalari hisoblanadi. 


Umumiy holatda ish beruvchilarni faol element sifatida kiritish bitiruvchilar 
tayyorlashda asosiy e’tiborni u yoki bu mutaxassisliklarga talab yuqoriligiga bog‘lab 
qo‘ymasdan yuqori malaka olishdan mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan sohalarda amaliy 
ko‘nikma va yuqori malaka olishga qayta yo‘naltirishga imkon berdi. 
Oliy o‘quv yurtlarining mintaqaviy va mahalliy ijroiya hokimiyati bilan innovasion 
iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorligini muhokama qilish 1990-
yillarning o‘rtalari va 2000-yillarning boshidan boshlandi. Bunday model doirasida 
hokimiyat strukturalarining vazifalari qatoriga quyidagilar kiradi: Oo‘Yuga talab yuqori 
bo‘lgan ixtisosliklar doirasida mutaxassislar tayyorlash uchun buyurtmalar shakllantirish va 
mehnat bozorida mos keluvchi ixtisosliklar bitiruvchilariga talabni ta’minlash uchun ish 
beruvchilarni (birinchi navbatda - kichik va o‘rta biznesni) yuqori texnologiyali biznes 
yo‘nalishlarida faoliyat yuritishga rag‘batlantirish. 
Har qanday iqtisodiy tizim doimiy rivojlanish va samarali boshqaruv 
mexanizmlarigagina ega bo‘lsagina muvaffaqiyatga erishadi. Rivojlanish va samarali 
boshqaruv tamoyillari yangi sifatga erishish, korxonaning o‘sishini ta’minlash salohiyatini 
oshiradi. Shunga qaramay, agar korxona yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga 
qaratilgan yangi texnologiyalarni joriy etmasa, innovasion boshqaruv mexanizmlaridan 
foydalanmasa, u muayyan vaqt ichida raqobatbardoshligini yo‘qotadi. 
Iqtisodiy jihatdan innovasiya iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan yangilikni yaratish, yangi 
ishlab chiqarish, biznes modellar, yangi usulda ishni tashkil etish yoki yangi manbalarni 
topish jarayonidir. 
Korxona maqsadiga erishish vositalaridan biri bu innovasion strategiyalar ishlab 
chiqish va uni amalga oshirishdir. U korxona ichki va tashqi muhiti o‘zgarishiga nisbatan 
ta’sir chorasi ko‘rsata olishi bilan tavsiflanadi. Shu nuqtai nazardan, korxona faoliyatida 
hozirgi globallashuv sharoitida innovasion menejment nuqtai nazaridan yuzaga keladigan 
dastlabki ehtiyoj sifatida innovasion strategiyani ishlab chiqish zaruriy tadbir hisoblanadi. 
A.A.Belyayev va E.M.Korotkovning fikricha, innovasiya Innovasion iqtisodiyotni 
rivojlantirishdagi zaruriy element hisoblanadi
1

Dastlabki yondashuvlarda innovasiyaga ijodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon 
deb qaralgan. Yillar o‘tgach, ilmiy salohiyat va texnika rivojlanishi, texnologik jarayonlar 
takomillashuvi natijasida innovasiyaning bir qancha modellari yuzaga keldi. Ushbu modellar 
korxonaning xususiyatlari, makroiqtisodiy muhitiga bog‘liq ravishda farqlanadi. 
A.V.Zubkovning fikricha, innovasiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi: 
– mahsulot innovasiyasi; 
– texnologik innovasiya; 


– jarayonga oid innovasiya; 
– tashkiliy innovasiya
2

Mahsulot innovasiyasi yangi mahsulot yaratish yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni 
takomillashtirishga bog‘liq. Shu bilan birga texnologik innovasiya bilan uyg‘un holda amalga 
oshiriladi. Chunki yangi mahsulot uni ishlab chiqarishda yangi bilim va texnologiyani talab 
qiladi. Jarayonga oid innovasiya resurslarni tejash hamda mahsulot sifatini oshirishga 
qaratilgan bo‘lib, uning natijasida ishlab chiqarish quvvatini oshirish ham ko‘zda tutiladi. 
Tashkiliy innovasiya korxonani yangi darajaga olib chiqish va samaradorlikka erishish 
maqsadida korxona tashkiliy tuzilmasini takomillashtirishga yo‘naltiriladi. 
R. Gimush va F. Matmurodovlar innovasion jarayonni 2 turga ajratib ko‘rsatishgan: 1. 
Yetakchi (boshlang‘ich) va 2. Yetib oluvchi jarayon. 
1. Boshlang‘ich turidagi innovasiya jarayoni jahonda yetakchilikka erishish uchun 
chegarani anglatadi (AQSH misolida).
2. Yetib oluvchi innovasiya jarayoni arzon va tez natija beruvchi hisoblanishi bilan 
tavsiflanadi
3
.
J.Qambarov va N.Mahmudovaning fikricha, innovasiyani boshqarish korxonaning 
belgilangan innovasiya strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan innovasiya loyihalarini 
ishlab chiqish, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, texnik-texnologik yangiliklarni joriy etish, 
boshqaruvga yangiliklar kiritish orqali ishlab chiqarishni kengaytirish, rejalashtirish, 
motivasiya, nazorat qilish jarayonlaridan iboratdir
4

Innovasion iqtisodiyotni rivojlantirishda innovasiyalarni qo‘llash korxonalarning 
samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiladi. Ushbu innovasiyalarga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
– biznes intellektni tashkil etish (ma’lumotlar miqdori cheklanmagan sharoitda biznes 
yuritilishining barqarorligini va korxona faoliyatining barcha turlari samaradorligini 
birlashtiruvchi innovasion texnologiyalar); 
– biznes uzluksizligi konsepsiyasini tatbiq etish (Business Continuity Management - 
biznes jarayonlarining uzilishlariga samarali ta’sirlanuvchi, zararning kamayishi va 
xarajatlarning qisqarishiga imkon beruvchi innovasion texnologiyalar); 
– innovasion iqtisodiyotni rivojlantirishda menejment va marketing strategiyalarini 
qo‘llash (eskilarni rekonstruksiya qilish yoki yangi marketing vositalarini, marketing tadqiqot 
aktivlar, brend-kapital yaratish. 


Innovasion menejment – tashkiliy iqtisodiy, psixologik, ijtimoiy uslublar, innovasion 
jarayonning barcha bosqichlari boshqaruvining usullari yig‘indisidir. Shuningdek, 
boshqaruvda o‘zgarishlarni qo‘llashdir. Fikrimizcha, ushbu jarayonlarni quyidagicha aks 
ettirish mumkin (23-rasm.) 

Download 44.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling