I bob. Innovatsion infratuzilmani tashkil etish va boshqarish
-rasm. Innovatsion menejmentni amalga oshirish mexanizmi
Download 44.65 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqI BOB INNOVATSION INFRATUZILMANI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
23-rasm. Innovatsion menejmentni amalga oshirish mexanizmi
Yangilik asosida boshqaruvning texnik doirasi mehnat vositalari, jihoz va uskunalar, aloqa vositalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Texnologik doiraga texnologik jarayonlar, xomashyo, kadrlar malakasi, nou-xau kabilar kiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy doirada mehnatning tashkil etilishi, ijodiy salohiyat, tashkilot madaniyati, ta’minot unsurlariga e’tibor qaratiladi. Boshqaruv doirasi qaror qabul qilishning yangi usullari, tashkiliy tuzilmasi, xodimlarni rag‘batlantirish, kadrlarni boshqarish kabi omillarni o‘z ichiga oladi. Innovasion jarayonlarni ta’minlovchi resurslar, tashkiliy tuzilmalar turlicha bo‘lishi mumkin. Bular jumlasiga texnopolislar, yirik korporasiyalarning laboratoriyalari, ko‘rgazma savdo komplekslarining tashkiliy shakllari, innovasion markazlar, boshqaruv va tashkiliy masalalar bo‘yicha konsultasiya firmalari kiradi. Ushbu resurslar bozor iqtisodiyoti sharoitida fan-texnika rivojlanishi natijasida rivojlanib bormoqda. Davlat tomonidan innovasion faoliyatni rag‘batlantirish quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshirilish mumkin: – to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish. – innovasiya yaratuvchilariga foizsiz bank ssudalarni berish; – innovasion fondlarni yaratish va ularga imtiyozlar berish; – yakka tartibda faoliyat yuritadigan kashfiyotchilarga patent to‘lovlarini kamaytirish; – texnopolis va texnoparklar tashkil etish; – davlat tomonidan kichik innovasion biznesga subsidiya, dotasiya ajratish. – ilmiy ishlanmalardan tushgan foydaga nisbatan imtiyozli soliq stavkasini belgilash; – ilmiy uskunalar uchun import bojini kamaytirish. Korxonaning innovasion salohiyati uning raqobatbardoshligini ko‘rsatuvchi xususiyatlar jumlasiga kiradi. Shu bilan birga, korxonaning innovasion imkoniyatlari unga davlat tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar, davlatning innovasion sohada yuritayotgan siyosatiga ham bog‘liq. Shu sababli, rivojlangan mamlakatlar o‘z davlat dasturlarida ilmiy texnikani, innovasiyani rivojlantirishni, ushbu sohadagi infratuzilmani yaxshilashni maqsad qilib ko‘rsatadi. Xususan, AQSH ilmiy texnika siyosatida rivojlangan institusional tuzilmaga ega. Amerika ilmiy fondi va Amerika ilmiy kengashi fundamental tadqiqotlar yo‘nalishlarini aniqlab beradi. Shuningdek, sanoat tarmog‘i hamda universitetlarning ilmiy texnika manfaatlarini amalga oshiradi. Ilmiy-texnik taraqqiyot boshqaruvida Amerika tuzilmasining xususiyati davlatning xususiy biznes bilan chambarchas o‘zaro bog‘liqligida ko‘rinadi. Ushbu tashkilotlar davlat va xususiy manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. AQSHda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida sarflangan. mablag‘ o‘zining yaxshi samarasini berishi aniqlangan. Texnologik transfertlar ta’minot va sotish miqdorini ko‘paytirishga, mahsulot sifatini oshirishga, yangi texnika, texnologiyalarni qo‘llashga, ishlab chiqarish jarayonini yaxshilashga, kadrlar malakasini oshirishga xizmat qiladi. Yaponiya ham innovasion siyosat yuritishda faol davlatlar qatoriga kiradi. Davlatning innovasion siyosati bilan hokimiyatning oliy davlat organlari shug‘ullanadi. Yaponiya bosh vaziri ilmiy ishlar bo‘yicha kengashni boshqaradi. Uning tarkibiga vazirliklar rahbarlari va yirik xususiy sanoat korporasiyalari vakillari kiradi. Ilmiy ishlar bo‘yicha kengash davlatning ilmiy-texnik rivojlanish bo‘yicha strategik yo‘nalishini tavsiflab beradi hamda davlat byudjetidan ularga qanch amablag‘ sarflanishini aniqlaydi. Fan va texnika boshqarmasi esa yirik milliy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, ushbu doirada Yaponiya tadqiqotlarni rivojlantirish korporasiyasi ham faoliyat yuritadi hamda yangi ilmiy firmalarni qo‘llab-quvvatlab boradi. Mamlakatimizda innovasion menejmentni rivojlantirish bo‘yicha huquqiy asosni shakllantirish zarur. Shuningdek, davlat tomonidan innovasion siyosatni amalga oshirish davomida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi lozim: – fundamental tadqiqotlarni o‘tkazishning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi; – ilmiy-texnik ijodiyotning erkinligi; – ta’lim, ilmiy-texnik faoliyatning integrasiyasi; – innovasion faoliyat doirasida raqobatni qo‘llab-quvvatlash, qulay innovasion muhit yaratish; – yangi sohalar uchun kadrlar tayyorlash strategiyasini ishlab chiqish; – xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. Bundan tashqari, ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni joriy etish, mahsulot raqobardoshligini oshirish, mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan innovasiyani amalda qo‘llash bo‘yicha ilmiy tadqiqot markazlarini yaratish orqali iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga imkoniyat yaratiladi. Xulosa sifatida innovasion iqtisodiyot ishlab chiqarish jarayonlariga fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot va innovasion loyihalarni amalga oshirish, ularni iqtisodiy samaradorligini baholash hamda milliy va mintaqaviy dasturlarni faol amalga oshirishga imkon beradi. Innovasion risklar va ularni boshqarish konsyepsiyasi asosida noaniqlik va risklarni tahlil qilishning iqtisodiy modellari tahlil qilish va risklarni sifat hamda miqdor jihatdan baholash usullarini amalga oshiradi. Ishlab chiqarish jarayonida innovasiyalarni qo‘llash korxonaning tashqi va ichki muhitdagi hamkorlari bilan ishlashdagi yangiliklarni qo‘llashida namoyon bo‘ladi. Xususan, texnologik jarayonda boshlang‘ich investisiya talab etmaydigan mahsulot ishlab chiqarish, ta’minotchilar bilan ishlashda yangiliklar kiritish, vaqtni va ortiqcha xarajatlarni iqtisod qilish kabi omillarga e’tibor qaratish lozim. Download 44.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling