I bob. Innovatsion infratuzilmani tashkil etish va boshqarish


-rasm. Innovatsion menejmentni amalga oshirish mexanizmi


Download 44.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana21.06.2023
Hajmi44.65 Kb.
#1640247
1   2
Bog'liq
I BOB INNOVATSION INFRATUZILMANI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH

23-rasm. Innovatsion menejmentni amalga oshirish mexanizmi 
Yangilik asosida boshqaruvning texnik doirasi mehnat vositalari, jihoz va uskunalar, 
aloqa vositalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Texnologik doiraga texnologik jarayonlar
xomashyo, kadrlar malakasi, nou-xau kabilar kiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy doirada mehnatning 
tashkil etilishi, ijodiy salohiyat, tashkilot madaniyati, ta’minot unsurlariga e’tibor qaratiladi. 
Boshqaruv doirasi qaror qabul qilishning yangi usullari, tashkiliy tuzilmasi, xodimlarni 
rag‘batlantirish, kadrlarni boshqarish kabi omillarni o‘z ichiga oladi. 
Innovasion jarayonlarni ta’minlovchi resurslar, tashkiliy tuzilmalar turlicha bo‘lishi 
mumkin. Bular jumlasiga texnopolislar, yirik korporasiyalarning laboratoriyalari, ko‘rgazma 
savdo komplekslarining tashkiliy shakllari, innovasion markazlar, boshqaruv va tashkiliy 
masalalar bo‘yicha konsultasiya firmalari kiradi. Ushbu resurslar bozor iqtisodiyoti sharoitida 
fan-texnika rivojlanishi natijasida rivojlanib bormoqda. 
Davlat tomonidan innovasion faoliyatni rag‘batlantirish quyidagi ko‘rinishlarda 
amalga oshirilish mumkin: 
– to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish. 
– innovasiya yaratuvchilariga foizsiz bank ssudalarni berish; 
– innovasion fondlarni yaratish va ularga imtiyozlar berish; 
– yakka tartibda faoliyat yuritadigan kashfiyotchilarga patent to‘lovlarini kamaytirish; 


– texnopolis va texnoparklar tashkil etish; 
– davlat tomonidan kichik innovasion biznesga subsidiya, dotasiya ajratish. 
– ilmiy ishlanmalardan tushgan foydaga nisbatan imtiyozli soliq stavkasini belgilash; 
– ilmiy uskunalar uchun import bojini kamaytirish. 
Korxonaning innovasion salohiyati uning raqobatbardoshligini ko‘rsatuvchi 
xususiyatlar jumlasiga kiradi. Shu bilan birga, korxonaning innovasion imkoniyatlari unga 
davlat tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar, davlatning innovasion sohada yuritayotgan 
siyosatiga ham bog‘liq. Shu sababli, rivojlangan mamlakatlar o‘z davlat dasturlarida ilmiy 
texnikani, innovasiyani rivojlantirishni, ushbu sohadagi infratuzilmani yaxshilashni maqsad 
qilib ko‘rsatadi. 
Xususan, AQSH ilmiy texnika siyosatida rivojlangan institusional tuzilmaga ega. 
Amerika ilmiy fondi va Amerika ilmiy kengashi fundamental tadqiqotlar yo‘nalishlarini 
aniqlab beradi. Shuningdek, sanoat tarmog‘i hamda universitetlarning ilmiy texnika 
manfaatlarini amalga oshiradi. Ilmiy-texnik taraqqiyot boshqaruvida Amerika tuzilmasining 
xususiyati davlatning xususiy biznes bilan chambarchas o‘zaro bog‘liqligida ko‘rinadi. 
Ushbu tashkilotlar davlat va xususiy manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. AQSHda 
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida sarflangan. 
mablag‘ o‘zining yaxshi samarasini berishi aniqlangan. Texnologik transfertlar 
ta’minot va sotish miqdorini ko‘paytirishga, mahsulot sifatini oshirishga, yangi texnika
texnologiyalarni qo‘llashga, ishlab chiqarish jarayonini yaxshilashga, kadrlar malakasini 
oshirishga xizmat qiladi. 
Yaponiya ham innovasion siyosat yuritishda faol davlatlar qatoriga kiradi. Davlatning 
innovasion siyosati bilan hokimiyatning oliy davlat organlari shug‘ullanadi. Yaponiya bosh 
vaziri ilmiy ishlar bo‘yicha kengashni boshqaradi. Uning tarkibiga vazirliklar rahbarlari va 
yirik xususiy sanoat korporasiyalari vakillari kiradi. 
Ilmiy ishlar bo‘yicha kengash davlatning ilmiy-texnik rivojlanish bo‘yicha strategik 
yo‘nalishini tavsiflab beradi hamda davlat byudjetidan ularga qanch amablag‘ sarflanishini 
aniqlaydi. Fan va texnika boshqarmasi esa yirik milliy dasturlarni ishlab chiqish va amalga 
oshirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, ushbu doirada Yaponiya tadqiqotlarni rivojlantirish 
korporasiyasi ham faoliyat yuritadi hamda yangi ilmiy firmalarni qo‘llab-quvvatlab boradi. 
Mamlakatimizda innovasion menejmentni rivojlantirish bo‘yicha huquqiy asosni 
shakllantirish zarur. Shuningdek, davlat tomonidan innovasion siyosatni amalga oshirish 
davomida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi lozim: 
– fundamental tadqiqotlarni o‘tkazishning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi; 
– ilmiy-texnik ijodiyotning erkinligi; 
– ta’lim, ilmiy-texnik faoliyatning integrasiyasi; 


– innovasion faoliyat doirasida raqobatni qo‘llab-quvvatlash, qulay innovasion muhit 
yaratish; 
– yangi sohalar uchun kadrlar tayyorlash strategiyasini ishlab chiqish; 
– xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. 
Bundan tashqari, ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni joriy etish, mahsulot 
raqobardoshligini oshirish, mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan innovasiyani amalda 
qo‘llash bo‘yicha ilmiy tadqiqot markazlarini yaratish orqali iqtisodiyotimizning barqaror 
rivojlanishiga imkoniyat yaratiladi. 
Xulosa sifatida innovasion iqtisodiyot ishlab chiqarish jarayonlariga fan va texnikaning 
ilg‘or yutuqlarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot va innovasion loyihalarni amalga oshirish, ularni 
iqtisodiy samaradorligini baholash hamda milliy va mintaqaviy dasturlarni faol amalga 
oshirishga imkon beradi. Innovasion risklar va ularni boshqarish konsyepsiyasi asosida 
noaniqlik va risklarni tahlil qilishning iqtisodiy modellari tahlil qilish va risklarni sifat hamda 
miqdor jihatdan baholash usullarini amalga oshiradi. 
Ishlab chiqarish jarayonida innovasiyalarni qo‘llash korxonaning tashqi va ichki 
muhitdagi hamkorlari bilan ishlashdagi yangiliklarni qo‘llashida namoyon bo‘ladi. Xususan, 
texnologik jarayonda boshlang‘ich investisiya talab etmaydigan mahsulot ishlab chiqarish
ta’minotchilar bilan ishlashda yangiliklar kiritish, vaqtni va ortiqcha xarajatlarni iqtisod qilish 
kabi omillarga e’tibor qaratish lozim. 
 

Download 44.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling