I bob is-lm modeli tushunchasi


II BOB DAVLATNING PUL-KREDIT SIYOSATI


Download 64.07 Kb.
bet5/7
Sana09.02.2023
Hajmi64.07 Kb.
#1180687
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BUDJET SOLIQ SIYOSATI

II BOB DAVLATNING PUL-KREDIT SIYOSATI
2.2 Davlatning pul-kredit siyosati
Makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlashni davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirish erishiladi. Shunday ekan, monetar siyosatga, o‘z navbatida davlatning iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishi deb qaraladi.
Shu sababli, monetar siyosatga “iqtisodiy siyosatning, ish bilan bandlilik va baholarning barqarorligini, iqtisodiy o‘sishni va tashqi to‘lovlar balansliligi kabi maqsadlarga pul masssasi, foiz stavkasining darajasi va tarkibi, hamda boshqa ko‘rsatkichlari orqali pul tizimini nazorat qilish yordamida erishishga yo‘naltirilgan, bir qismi“ deb ta’rif beriladi.
Respublikamiz iqtisodiyotini yuksaltirishda ishlab chiqarish sohalarini yanada rivojlantirish bilan bir qatorda bozor infratuzilmasida tarkibiy o‘zgarishlarni olib borish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tizimda moliyaviy tizimning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanalgan bank tarmog‘i ham muhim o‘rin tutib, mustaqillik yillarida jahon talablariga mos keladigan yangicha shakldagi bank tizimi shakllantirildi. Xususan, respublikamizda ikki pog‘onali, ya’ni yuqori pog‘onada bosh maqsadi milliy valyutada – so‘mning barqarorligini ta’minlash hisoblangan Markaziy bank va quyi pog‘onasida bevosita iqtisodiyot sub’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklaridan iborat bank tizimi tashkil topdi.Markaziy bankning asosiy maqsadi bo‘lib milliy valyuta kursini barqaror holatda saqlash va shu orqali mamlakat hududida baholar barqarorligini ta’minlash hisoblanadi.
Bugungi kunda har qanday davlatning moliyakredit tizimida eng asosiy va muhim o‘rinni rasmiy pulkredit siyosatini yurgizuvchi - Markaziy bank egallaydi. O‘z navbatida pulkredit siyosati budjet siyosati bilan birgalikda iqtisodiyotni butun mamlakat miqyosida tartibga solishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Markaziy bank faoliyatida pulkredit siyosatining asosiy vositalarini egallamasdan turib, bozor iqtisodiyotini monetar siyosat orqali samarali tartibga solish mumkin emas.
Iqtisodiyotni pul-kredit vositalari orqali tartibga solish vositalari nihoyatda turli-tumandir. Shu narsa xarakterliki, hozirgacha pul-kredit vositalarining turkumlanishi borasida yagona bir yo‘nalish mavjud emas. Lekin, shu bilan birga ko‘pchilik olimlar quyida keltirilgan vositalarni asosiy pul-kredit siyosati instrumentlari sifatida qayd etadilar. Bizham, faqat umumiy va aniqxarakterdagi instrumentlar xususida fikr yuritishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pulkredit siyosatini amalga oshirishda quyidagi instrumentlardan foydalaniladi:
1. Majburiy rezervlar siyosati;
2. Hisob stavkalari siyosati;
3. Ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati;
4. Valyuta siyosati va shu kabilar.
Markaziy bankning emission monopoliyasi deyarli barcha davlatlarda faqatgina banknotalar va ba’zi hollarda tangalar chiqarishda qonun bo‘yicha belgilangan.
Rivojlangan mamlakatlarning markaziy banklari ko‘p hollarda faqat pulni zarb etish bilan emas, balki uning dizayni, banknotalar himoyasini hamda boshqa texnik masalalarni ko‘rib chiqadi. Banknotalar banklarga nominal bo‘yicha sotiladi, ammo ba’zi hollarda Markaziy bank qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatgani uchun komission haq oladi. Masalan, Norvegiya Markaziy banki avtomat apparatlarda ishlatishga yaraydigan banknotalarni yetkazib bergani uchun (shu jumladan, maxsus qadoqlangan tangalar uchun) qo‘shimcha haq oladi.
Markaziy bank uchun banknotalar tovar sifatida baholangani tufayli davlat pulningnominali bilan unga ketgan sarfxarajatlar o‘rtasidagi farqdan foyda oladi, bu esa, bankning asosiy resurs (passiv)larini tashkil etadi. Bunday daromad naqd pul massasining kichikligini e’tiborga olsak, ko‘pgina davlatlarda katta summani tashkil etmaydi.
Banknotalar (qog‘oz pullar) vaqtivaqti bilan inflyatsiya ta’siriga uchrashi mumkin. Tabiiyki, bu hol muomaladagi naqd pullar sezilarli bo‘lgan mamlakatlarga xosdir. Agar banknotalarning bir qismi Markaziy bankka qaytmasa (tezavratsiya), davlat qo‘shimcha muomala vositalarini muomalaga chiqaradi, bu esa inflyatsiya jarayonining kuchayishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Markaziy bankning pulkredit siyosatini tartibga solish yuzasidan mavjud tartiblariga muvofiq, tijorat banklari majburiy rezervlarni Markaziy bankda saqlashadi.
Markaziy bank pulkredit siyosatini yurgizuvchi organ bo‘lib hisoblanadi, u esa valyuta kursiga, foiz stavkalariga, bank tizimining umum likvidlilik hajmiga va tabiiyki butun iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish uchun yo‘naltiriladi. Bu vazifalarni yechishda iqtisodiyotni barqaror o‘sishini hamda ishsizlik va inflyatsiyani kamayishini ta’minlash maqsadi yotadi. Markaziy bank odatda ustav bo‘yicha pul muomalasini va milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlashga javobgar, shu maqsadda o‘z siyosatini boshqa davlat organlarining siyosati bilan moslashtirishga harakat qiladi. Pulkredit siyosati butun iqtisodiy siyosatning eng asosiy elementi bo‘lib hisoblanadi va ko‘pincha uning mohiyati Markaziy bankning mustaqilligi bilan belgilanadi.Pulkredit siyosatining asosiy jihatlaridan biri bo‘lib pulkredit va valyuta siyosatining birligi hisoblanadi. Markaziy bank milliy pul birligining ichki barqarorligini ta’minlashda to‘xtamasligining asosiy sababi valyuta sotib olishi va sotishini bevosita bank tizimining likvidliligida namoyon bo‘lishi va uning emissiya bilan bog‘liqligidir.
«Tor» va «keng» pulkredit siyosati mavjud. «Tor» siyosatda valyuta bozorida intervensiya, hisob stavkasi va qisqa muddatli foiz stavkasiga ta’sir o‘tkazuvchi boshq instrumentlar yordamida valyuta kursining maqbulligiga erishish tushuniladi. «Keng» siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir etish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash tushuniladi. Pulkredit siyosatining xalqaro jihatlari o‘zgacha muammoni vujudga keltiradi, ya’ni bular valyuta kursi, rezervlar, to‘lov balansi masalalaridir.
Pulkredit siyosati budjet va soliq siyosatidan, shu jumladan, davlat budjetini moliyalashtirishdan juda aniq ajratilgan bo‘lishi shart.
Markaziy bank, avvalo, davlat va banklar o‘rtasida iqtisodiyot orqali vositachi vazifasini o‘taydi. Shunday muassasa sifatida u pul va kredit oqimini qonunda ruxsat etilgan vositalar yordamida tartibga soladi.
Instrumentlar quyidagi turkumlarga bo‘linadi: qisqa va o‘zoq muddatli, bevosita va bilvosita, umumiy va tanlovli, bozor va nobozor. Aytib o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, davlat bozor stixiyasini kuchli vositalar yordamida tartibga soluvchi kuchga ega, biroq u bozor qonunlariga qarshi chiqmaydi, balki aksincha uning barqarorligini ta’minlashga harakat qiladi.
Bu yerda ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagan pul-kredit siyosatining instrumentlari hoh “qimmat” (restriktiv) siyosat yoki “arzon” pullar siyosati bo‘lmasin, faqat bu siyosatni fiskal siyosat va qonunchilik bilan bog‘liq bo‘lgandagina samarali deb hisoblash mumkin. Masalan, markazlashgan kredit rejasi amal qilsa, korxonalar operatsiyasidan aholi operatsiyalari ajratilgan bo‘lsa, davlat budjet defitsitini emissiya yoki Markaziy bankdan resurslarni tortib olish bilan moliyalashtirish mavjud bo‘lsa, u holda majburiy rezervlar tizimini kiritish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
Shu o‘rinda iqtisodiyotning real sektorini mablag‘lar bilan ta’minlash, investitsion jarayonlarni yanada tezlashtirish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash va modernizatsiyalash, to‘lovlarni tezkor amalga oshirishda bank tizimining o‘ziga xos o‘rni borligini e’tirof etish zarur.
Pulkredit siyosatining asosiy jihatlaridan biri bo‘lib pulkredit va valyuta siyosatining birligi hisoblanadi. Markaziy bank milliy pul birligining ichki barqarorligini ta’minlashda to‘xtamasligining asosiy sababi valyuta sotib olishi va sotishini bevosita bank tizimining likvidliligida namoyon bo‘lishi va uning emissiya bilan bog‘liqligidir.
«Tor» va «keng» pulkredit siyosati mavjud. «Tor» siyosatda valyuta bozorida intervensiya, hisob stavkasi va qisqa muddatli foiz stavkasiga ta’sir o‘tkazuvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursining maqbulligiga erishish tushuniladi. «Keng» siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir etish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash tushuniladi.Pulkridet siyosatining xalqaro jihatlari o‘zgacha muammoni vujudga keltiradi, ya’ni bular valyuta kursi, rezervlar, to‘lov balansi masalalaridir. Pulkredit siyosati budjet va soliq siyosatidan, shu jumladan, davlat budjetini moliyalashtirishdan juda aniq ajratilgan bo‘lishi shart.
Markaziy bank, avvalo, davlat va banklar o‘rtasidaiqtisodiyot orqali vositachi vazifasini o‘taydi. Shunday muassasa sifatida u pul va kredit oqimini qonunda ruxsat etilgan vositalar yordamida tartibga soladi. Instrumentlar quyidagi turkumlarga bo‘linadi: qisqa va o‘zoq muddatli, bevosita va bilvosita, umumiy va tanlovli, bozor va nobozor. Aytib o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, davlat bozor stixiyasini kuchli vositalar yordamida tartibga soluvchi kuchga ega, biroq u bozor qonunlariga qarshi chiqmaydi.


Download 64.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling