I bob ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirishda robotlarning roli. Robotlar bo‘yicha umumiy tushunchalar


Download 377.52 Kb.
bet8/17
Sana02.06.2024
Hajmi377.52 Kb.
#1838134
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
ROBOTLAR VA MANIPULYATORLAR. ROBOT TEXNIKASIGA OID ATAMALAR

Avtooperator.
Turli tashish ishlarini (buyumni yuklash, siljitish, olish va x.k.) bajarish uchun mo’ljallangan hamda o`zgarmas programma bo`yicha ishlaydigan mashina avtomatlarda qo`llaniladigan, avtomatik boshqariladigan manipulitorlar avtooperatorlar deyiladi.

18.3 shakl
Sanoat robotlari va ular zvenolarining harakatlari
Ishlab chiqarishda aniq texnologiya va tashish ishlarini ko`p marta amalga oshirish maqsadida qo`llaniladigan o`zgaruvchan programmali va avtomatik boshqariluvchi manipulyatorlar sanoat robotlari (CP) deyiladi. CP oddiy, avtomatik mashinalardan shunisi bilan farq qiladiki, ularning asosiy mexanizmida erkinlik darajalari soni bir nechta bo`lgan ochiq kinematik zanjirning mavjudligi tufayli ular­ning ish organlari turli fazoviy harakatlarni keng chegaralarda sodir eta oladi, bu esa ularni boshqa programmani bajarishga tezda qayta sozlashga imkon beradi.







II BOB ROBOTLARNING MEXANIK TIZIMI

Sanoat robotining mexanik sistemasi harakat funksiyalarini va texnologik operatsiyani amalga oshirishga xizmat qiladi.


Uning tarkibiga manipulyator va harkatlanish qurilmasining mexanik sistemasi kiradi va quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi: elementlar konstruksiyalari, yuritgichlar va qisqich qurilmalari.
2.1 – rasmda sanoat roboti konstruksiyasining asosiy elementlari keltirilgan.


2.1 – rasm. Sanoat roboti konstruksiyasining asosiy elementlari:


1 asos, 2 - korpus, 3 mexanik qo‘l, 4 qisqich qurilmasi.

    1. Sanoat robotining kinematikasi

Mexanik qo‘l va qisqich qurilmasi sanoat robotlarining ishchi qurilmalariga kiradi va ular bir necha harakat darajalariga ega bo‘lgan ko‘p zvenoli mexanizmlardir. Zvenolar o‘zaro bir - biri bilan yo sharnirli bog‘lanadi, u holda ular bir - biriga nisbatan buriladi, yoki teleskopik bog‘lanadi, unda bir - biriga nisbatan surilishi (siljishi) mumkin.


SR mexanik sistemasining bir - biri bilan o‘zaro bog‘langan zvenolari kinematik zanjirni tashkil etadi. Kinematik zanjirda zvenolar birbiri bilan bog‘lanishi kinematik juftlar yordamida amalga oshriladi.
Har bir kinematik juft biror zvenoning boshqasiga nisbatan siljish erkinlik darajalari soni h bilan xarakterlanadi:
h  6  S, (2.1)

bu yerda S – zvenolarning nisbiy harakatiga qo‘yiladigan aloqa shartlari soni va u kinematik juftning sinfini aniqlaydi.


Manipulyatorning kinematik zanjiri fazoviy ochiq zanjir ko‘rinishida bo‘lib, V sinf aylanma va chiziqli harakat kinematik juftlaridan tashkil topadi va bitta erkinlik darajasiga ega bo‘ladi.
Kinematik zanjirning harakat darajalari soni W deb, kinematik zanjirning qo‘zg‘almas deb qabul qilingan zvenoga nisbatan erkinlik darajalari soniga aytiladi [4,5].

Erkinlik darajalari soni quyidagi formuladan topiladi
5
W 6n i Pi
i1

(2.2)


bu yerda n – manipulyatorning harakatlanuvchi zvenolari soni; juftlar soni; i – kinematik juftning sinfi.
Pi – kinematik

Agar kinematik zanjir faqat V sinf juftlaridan tashkil topgan bo‘lsa, u holda
erkinlik darajalari soni quyidagicha topiladi
W 6 n 5P5 . (2.3)

Mexanik sistema struktura elementlarining harakat darajalari soni quyidagicha bo‘ladi: manipulyator asosiniki Wa=0; korpusniki Wq>0; mexanik qo‘lniki WM>1; qisqich qurilmasiniki Wk > 0.


Korpusning harakat darajalari soni bilan sanoat robotining mobilligi aniqlanadi va u odatda 3 dan oshmaydi. Mexanik qo‘lning harakat darajalari soni sanoat robotining texnologik vazifasi bilan aniqlanadi.
Manipulyatorning manyovr qilish qobiliyati deb robotning ishchi organi qo‘zg‘almas holatda bo‘lgandagi harakat darajalari soniga aytiladi. Robot - ning manyovr qilish qobiliyati mexanik qo‘lning to‘siqlarni aylanib o‘tishga va murakkab operatsiyalarni bajarishga imkoniyat beradi.

Sanoat robotining qo‘li odam qo‘li harakatlariga o‘xshash siljishlarini qiladi, ammo robotning qo‘li odam qo‘li qila olmaydigan harakatlarni ham bajaradi.
Sanoat robotining barcha harakatlari 3 turga bo‘linadi:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling