I. Bob islom dining vujudga kelishi va qo‘qon xonligining tashkil topishining ilmiy manbalarda tavsifi
Download 164.87 Kb.
|
I. bob islom dining vujudga kelishi va qo‘qon xonligining tashki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oxund
- Mudarris
- Qozii askar
Shayx ul-islom – dindorlarning eng oliy unvoni bo‘lib, 1818 yilda Umarxon tomonidan joriy etilgan.
Xoja kalon – fikh olimi (huquqshunos) ning faxriy unvoni. Xalifa – o‘rinbosar. Qo‘qondagi naqshbandiya, qalandariya, yassaviya taraqqiyotlarining rahbarlari. A’lam – faqih, olim hamda shariat qonun – qoidalarning bilimdoni. Oxund – bilimli va madrasada o‘qiydigan kishi. Sudur – vaqf mulklarining daromadlari hamda hisob – kitobiga javobgar mansabdor. O‘roq – vaqf yerlarining xiroj va soliqlariga mas’ul shaxs, O‘roq shaklidagi nishonni sallasiga taqib yurgan. Mudarris – madrasada ta’lim beruvchi ustoz. Imom va imom xatib – masjid imomi hamda juma nomozlarida xutba o‘qib xizmat qiladigan imom. Muazzin – musulmonlarni namozga chaqiruvchi, azon aytuvchi. Qozi ul – qo‘zzot – qozilar qozisi (adliya vaziri). Qozi kalon – xonlik poytaxti hamda viloyatlar markazlaridagi qozilar va qozixonalar ustida nazorat qiluvchi amaldor. Qozii askar – qo‘shin qozisi. Tarakachi – meros qolgan mol-mulklarni merosxo‘rlarga taqsimlab (taraka) beruvchi shaxs. Xonlikdagi diniy va qozilik lavozimida bo‘lganlar davlat tomonidan belgilangan maosh hamda turli ehsonlar hisobidan kun ko‘rganlar. Madrasa, masjid, mozorlar o‘zlarining vaqf mulklariga ega bo‘lib, shu mulk daromadidan o‘z xizmatchilariga maosh berganlar. Vaqf mulklariga muttavali mutasaddi – boshliq edi. Manbalarga ko‘ra, shariat qonun-qoidalari asosida joriy etilgan asosiy soliqlar. – xiroj, ushr va zakot hisoblangan. Dehqonchilikda donli ekinlar ekiladigan yerlardan olinadigan soliq – xiroj deb atalgan. Bu soliq hosilning beshdan bir qismini tashkil etib, 5 qop g‘allaning bir qop miqdorida undirilgan. Soliqning bir qismi mahsulot, bir qismi esa pul bilan to‘langan. Ushr yerlari – “zamini ushr” deb yuritilgan yerlardan hosilning undan bir qismi miqdorida ushr solig‘i ruhoniylar foydasiga undirilgan. Zakot – mahsulotdan olinadigan savdo solig‘i yoki chorva mollari hisobidan olinadigan soliq bo‘lib, daromadning qirqdan bir qismini tashkil etgan. Xonlikning savdogarlik sarmoyalari aniq bo‘lmaganligi sababli, sharoitga qarab daromaddan zakot olingan. Shuningdek, chorva mollaridan ham qirqdan bir ulush hisobida zakot olingan. Arxiv hujjatlarida an’anaviy zakotdan tashqari – bo‘roqi zakoti, elatiya zakoti, sarkarda zakoti kabilar haqida ma’lumotlar bor. Xonlikda joriy etilgan tanobona, xonsoliq, karvonlardan chegara yoki maxsus belgilangan shaharlarda, Sirdaryo kechuvidan olinadigan boj to‘lovlari, tuz boji, bozorlarda savdogarlardan, xon mablag‘iga qurilgan barcha inshootlardan olinadigan soliq kabilar rasmiy soliqlarga kirgan. Bog‘dorchilik, sabzavotchilik, polizchilikda ekin ekiladigan yer maydonining hajmiga qarab tanob solig‘i olingan. Soliq yig‘uvchi amaldor tanobchi (har bir tanob yerdan soliq oluvchi), eakot solig‘ini yig‘uvchi amaldorlar zakotchi deb atalgan. Qo‘qon xoligida soliqlardan ozod qilingan, ya’ni, “mulki xur” yerlar ham mavjud bo‘lib, ularning egalari bo‘lgan sayyid, xo‘jalar, shayxlar va eshonlar xonning maxsus inoyatnomalari asosida barcha soliqlardan ozod qilinganlar. Shuningdek, xonzoda va to‘ralar, ba’zi qozi, rais, amin, darvesh va so‘filar ham tanob solig‘idan ozod qilingan. Qo‘qon xoligida soliqlardan ozod qilingan, ya’ni, “mulki xur” yerlar ham mavjud bo‘lib, ularning egalari bo‘lgan sayyid, xo‘jalar, shayxlar va eshonlar xonning maxsus inoyatnomalari asosida barcha soliqlardan ozod qilinganlar. Shuningdek, xonzoda va to‘ralar, ba’zi qozi, rais, amin, darvesh va so‘filar ham tanob solig‘idan ozod qilingan. Download 164.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling