I. bob islom dining vujudga kelishi va qo‘qon xonligining tashkil topishining ilmiy manbalarda tavsifi


Download 145.96 Kb.
bet2/4
Sana30.06.2020
Hajmi145.96 Kb.
#122321
1   2   3   4
Bog'liq
2 5438182578244814691


UMМAVIYLAR XALIFALIGI (661-750). Buning asoschisi yirik savdogar va qurayshiylar zodagoni Abu Sufyonning o‘g‘li Muoviyadir. Suriya hokimi etib tayinlangan Muoviya arab istilosi natijasida egalari tashlab ketgan yerlarni Sosoniy podshohlari va Rum (Vizantiya) imperiyasi molmulklarini qo‘lga kiritgan. Hijozdagi otasidan qolgan mulkni harbiy asirlardan qariyb 400 kishi kuchi bilan obod qilgan. Joylarda boshqarish ishlarini mahalliy amaldorlar ixtiyorida qoldirgan. Shuning uchun mahalliy xalq va ulardan tuzilgan qo‘shinlar Muoviyani qo‘llab quvvatlaganlar. Ancha kuch to‘plab olgan Muoviya Ali xalifaligini tan olmay, Damashqda o‘zini xalifa deb e’lon qilgan. 658 yili ular o‘rtasida urush boshlanadi. Furot daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi Siffin vohasida uch oy davom etgan jang natijasiz tugaydi. Ali vafotidan keyin (661 y.) arab zodagonlari va harbiy boshliqlar yordamida Muoviya yagona hukmron-xalifa bo‘lib qoladi. Xalifalik poytaxti Madinadan Damashqqa ko‘chirildi. Umaviylarning hukmronlik davri Damashq xalifaligi deb ham ataladi. Shunday qilib, xalifalik poytaxti Arab yarimorolidan chiqib ketdi. Yangi davlat Muoviya buvasining dadasi, Makkaning o‘z vaqtidagi boy a’yonlaridan Umayya nomi bilan umaviylar deb ataldi.

Umaviylar davrida qator ma’muriy harbiy o‘zgarishlar amalga oshirildi: xalifalik lavozimi nasliy merosga aylantiriddi, davlat xazinasi va davlat arxivi tashkil etildi, arab tili davlat tili deb e’lon qilindi, yangi oltin, kumush va mis pullari chiqarildi, harbiy-dengiz floti tashkil etildi.

Xalifalik davrida butun Eron, Tabariston, Jurjon ishg‘ol etildi. 664 yili Kobul bosib olindi. Xalifalik nasorolikning yirik saltanati Vizantiya bilan doimiy jang qildi. Misr g‘arbiy chegaralaridan hujum qilish tufayli 647 yili Kirenaika bosib olindi, 649 yili Kipr ishg‘ol etildi, 654 yili asosan Misr kemalaridan iborat bo’lgan Islom floti Kichik Osiyo qirg‘oqlarida Vizantiya flotini tor-mor qildi. 667 yili arablar Xalkedan shahrini ishg‘ol etib, Vizantiyani xavf ostida qoldirdilar va Sitsiliyani vayron qildilar. 698 yili vizantiyaliklar Karfagendan tamoman haydab chiqarildi.

711 yili Janubiy Ispaniyaga hujum boshlanib, bir necha yil davomida butun mamlakatning beshdan to‘rt qismi bosib olindi. 712 yili Muhammad ibn Qosim as-Saqafiy tomonidan Sind viloyati (hozirgi Pokistonning janubi) bosib olindi. Daybun (Qora chi) porti va Kiyrun (Haydarobod) shahri Muhammad ibn Qosim qo’liga o’tdi.



ABBOSIYLAR XALIFALIGI (750-1258). Besh yuz yil hukm surgan arab xalifalari sulolasi. Bu sulolaga Muhammad (s.a.v) amakisi avlodlaridan Abulabbos as-Saffoh asos solgan (hukmdorlik davri 749—754). Bularning hukmronligi davrida arablar davlatni boshqarishda ikkinchi o‘ringa suriladilar, ularning xalifalikdagi irqiy va harbiy ustunligaga barham berildi. Davlatni boshqarishda ularning soni ham kamayib boradi. Xalifa al-Mansur davrida (754—773) abbosiylar xalifaligi ancha mustahkamlandi, poytaxt Damashqdan Bag‘dodga ko‘chirildi. Bag‘dod bu davrda yirik savdo-sotiq va madaniyat markazi bo‘lib, G‘arb bilan Sharq o‘rtasida vositachilik rolini o‘ynagan, xalifalikda savdo aloqalari va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga, madaniy hayotning yuksalishiga ta’sir ko‘rsatgan. Shuning uchun abbosiylar hukmronligi davri Bag‘dod xalifaligi deb ham yuritiladi.

As-Saffoxdan keyingi xalifalar al-Maxdiy (775—785), Horun ar-Rashid (786-809), al-Amin (809-813), al-Ma’mun (813—833), Mutasim (833—841) va boshqalar davrida arab xalifaligi markazlashgan qudratli davlatga aylandi, unda feodal munosabatlar rivojlandi. Abbosiy xalifaligi juda katta hududga ega bo’lib, unga Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika davlatlari kirgan. Xalifalikda feodal zulm kuchayishi tufayli bir necha bor xalq qo‘zg‘alonlari ham bo‘lgan (mas.: Bobak, Muqanno, Sumbod, Mug‘ rahbarligadagi qo‘zg‘alonlar, zinniylar qo‘zg‘aloni kabilar).

IX asr ikkinchi yarmidan boshlab abbosiylar xalifaligining markazlashgan hokimiyati zaiflasha borib, uning tarkibida bir necha mustaqil davlatlar vujudga kela boshladi. Mas.: Afrikada ag’labiylar davlati, Xuroson va Movarounnahrda somoniylar davlati, 945 yili Erondagi buvayhiylar Bag‘dodni egallab, abbosiylarni siyosiy hokimiyatdan chetlatdilar, fors tilida so‘zlashuvchi aholidan iborat katta hudud mustaqillikka erishdi.

Bu vaqtda Shimoliy Afrika va keyinchalik Misrda fotimiylar xalifaligi hukm surdi (909—1171). Bular o‘zlarini Muhammadning (s.a.v) qizi Fotima avlodlaridan deb hisoblaydilar. Fotima musulmonlar, ayniqsa, shiy’alar tomonidan muqaddas ayol sifatida sanalib, unga sig‘inadilar. Shunday qilib, qudratli abbosiylar xalifaligi parchalanib keta boshladi. Eng so‘nggi xalifa Mu’tasim mo‘g‘ullar xoni Xulogu tomonidan 1258 yili qatl etildi. Mana shunday qilib abbosiylar xalifaligi besh asr va umuman Muhammad (s.a.v.) payg‘ambardan keyin tashkil topgan arab xalifaligi 626 yil hukm surdi. Arab xalifaligi Arabiston yarimoroli, Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan yirik feodal davlat edi.

Abbosiylar xalifaligi tugatilishi Islom dini taraqqiyotiga ta’sir etmadi. Bu din dunyodagi yirik din sifatida tobora o‘z doirasini kengaytirib bordi. Islom joriy qilingan hududlarda tashkil bo‘lgan davlat boshliqlari shu din qonun-qoidalariga rioya qilib, uning ta’limotlaridan chetga chiqmadilar. Lekin din bayrog‘i ostida o‘z yovuz niyatlarini amalga oshirgan, bosqinchilik urushlari olib borgan hukmdorlar ham kam bo‘lmagan.

Muhammad alayhissalom nasroniy yil hisobida 632-yil (hijriy yil hisobida 10-yili) 25-mayda o‘z uylarida vafot etadilar. Payg‘ambarimiz vafotidan so‘ng u kishining ishonchli noiblari yoki o‘rinbosarlari (arabcha xalifalar) davlatni boshqarganlar. Ana shu tariqa tarixda “arab xalifaligi” paydo bo‘lgan. Islom musulmonlarida asosan ilk to‘rt xalifa alohida ahamiyatga ega. Bular — Abu Bakr Siddiq (632-634), Hazrati Umar (634-644), Hazrati Usmon (644-656) va Hazrati Ali (656-661). So‘ng xalifalik 661-750-yillarda ummaviylar sulolasiga o‘tgan. Bu sulolaga Muoviya bin Abu Sufyon (661-680) asos solgan. Ummaviylardan so‘ng xalifalik taxti Abbosiylar (750-1258) sulolasi qo'liga o‘tgan. Bu sulolaning asoschisi Muhammad alayhissalomning amakilari avlodlaridan Abul Abbos As-Saffoh (750-754) edi.

Muhammad alayhissalom ishining davomchilari bo‘lgan xali­falar davrida islom g‘oyasi yangidan yangi davlatlar va hududlarga tarqaldi. Bu din qisqa muddat ichida VI-VIII asrlarda Shimoliy Afrika, Shom yurti, Falastin, Iroq, Eron va O‘rta Osiyo hududlariga tarqaldi. IX-XV asrlarda esa islom Xitoy chegaralaridan Farangiston janubigacha, Hindiston yerlaridan to Qizil O‘rdagacha cho‘zilgan hududlarni qamrab olib tantana qildi21.

VII asrning o‘rtalarida arablar sosoniylar Eronini istilo qilishni tugallab, Xurosonning g‘arbiy chekka qismini xalifa tayinlaydigan noib - amir boshchiligidagi noiblikka aylantirdilar. VII asrning ikkinchi yarmida islomda ro‘y bergan dastlabki ixtiloflar natijasida uchta yo‘nalish paydo bo‘ldi: sunniylar va shialar. Sunniylik eng asosiy yo‘nalish bo‘lib, dunyodagi barcha musulmonlarning 90 foizini birlashtiradi. Sunniylar Qur’on bilan birga Sunnaga (Qur’ondan keyin uni to‘ldiruvchi hadislar manbayi, islom ilohiyoti va shariat asoslari) ham e’tiqod qiladilar. Unda Muhammad alayhissalom bilan birga Abu Bakr, Umar, Usmon va Hazrat Alini e’tirof etiladi.

Shialar, asosan Eron va Iroqda tarqalgan yo‘nalish bo‘lib, doimo sunniylikka qarshi yo‘nalishdadir. O‘n foizga yaqin musulmonlarni o‘z atrofiga uyushtirgan shialar Muhammad alayhissalomdan so‘ng payg‘ambar sifatida faqat Hazrat Alini va uning avlodlaridan bo'lgan o‘n ikki imomni tan oladilar, xolos.

Markaziy Osiyoning qulay va go‘zal tabiiy iqlim va sharoiti hamda behisob boyliklari hamisha arablarning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelgan.

Arablarning Markaziy Osiyoga dastlabki yurishlari Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida 651-yilda Marvni ishg‘ol etish bilan boshlandi. Arablar Amudaryodan shimolda joylashgan yerlarga “Movarounnahr”, ya’ni, “daryoning ortidagi yerlar”, deb nom berishadi. 652-yilda arablar Balx shahri va Chag‘aniyonni egallashga muvaffaq bo‘ldilar. Bu esa ilk bor Movarounnahrni egallash edi. 654-yilda Sug‘ddagi Maymurg‘ qal’asiga arablarning birinchi hujumi bo‘ldi. 657-yilda arablar Chog‘aniyonga qayta yurish qilib, eftaliylarga kuchli zarbalar berdilar.

Arablar bosqini arafasida Movarounnahr hududida 15 dan ortiq kichik-kichik mulklar bo'lib, ular o‘zaro urushlar olib borar edilar. Bu hol arablar tomonidan O‘rta Osiyo yerlarini bosib olishni tezlashtirdi. Arab bosqini ikki bosqichda olib borildi. Birinchi bosqich 705-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda arablar Movarounnahr hududiga vaqti-vaqti bilan hujumlar uyushtirib turdilar, mamlakat boyliklarini taladilar, ko‘plab odamlarni qul qilib, o‘z yurtlariga olib ketdilar va o‘lkani bosib olish maqsadida harbiy ma’lumotlar to‘plash bilan shug‘ullanganlar.

O‘rta Osiyo yerlariga birinchi bor lashkar tortib kelgan hukmdor Ziyod ibn Abu Sufyondir. U 667-yilda Amudaryo bo‘ylarigacha keladi. Marvni egallab katta boylik va o‘ljalar olib yurtiga qaytib ketadi. 673-yilda Ziyodning o‘g‘li Ubaydulloh Ziyod yana Buxoroga qo‘shin tortib keladi. U Boyqand va Romiton yerlarini egallaydi. Bu davrda Buxoro taxtini malika Xotun boshqarar edi. U Buxoro hukmdori bevaqt olamdan o‘tgan Bidun Buxorxudotning bevasi bo‘lib, o‘g‘li Tog‘shoda yosh bo‘lganligidan davlatni o‘zi boshqarmoqda edi. Xotun oqila va tadbirkor bo‘lganligidan aholi qirg‘in bo‘lmasligi va mamlakatni vayronalikdan saqlab qolish maqsadlarini ko‘zlab Ubaydulloh bilan sulh bitimi tuzadi va arablarga har yili bir million dirham tovon to‘lab turish majburiyatini oladi. Chunki kuchlar teng emas edi, yordamga chaqirilgan turk lashkarlari ham vaziyatni biror-bir darajada o‘zgartira olmasdi. Arablar buxoroliklardan to‘rt ming kishini asir qilib oldilar, juda ko‘plab boylik — xazina, qurollar, kiyimlar, oltin, kumush narsalarni o‘ljaga tushirdilar. Ular podsho xotinning bir poy etigi va paypog‘ini ham topib oladilar. Tilla ishlatilib, har xil qimmatbaho toshlar bilan bezatilib tayyorlangan etik va paypoq sahroyi arablarni juda ham hayratga solgan. Bu etik va paypoq ikki yuz ming dirhamga baholangan22.

O‘rta Osiyoning boyliklari mol-dunyoga o‘ch arab sahroyilarining tinchligi va farog‘atini buzgan edi. Har ikki o‘rtada shartnoma— bitim tuzilgan bo‘lsada, Ubaydulloh o‘rniga Xuroson amiri etib tayinlangan Said ibn Usmon 675-yil 25-noyabrdan 676-yil 13-noyabrgacha Buxoro ustiga qo‘shin tortadi. U juda ko‘p hiyla-nayranglar ishlatib, Buxoro va unga yordamga kelgan Sug‘diyona, Kesh, Nasaf qo‘shinlarini tor-mor keltirdi. Buxoro podshosi Xotun Ibn Usmonning talabi bilan uning huzuriga borishga majbur bo‘ldi va juda ko‘p o‘lponlar to‘lab, shahzoda va asilzodalardan 80 kishini garovga berdi. Shundan so'ng arablar Movarounnahr va uning poytaxti Samarqandga yurish qildilar. Ular bu joylarni egallab juda ko‘p boyliklarni qo‘lga kiritdilar va samarqandliklardan 30 ming kishini asirlikka oldilar. Yozma manbalarda Sa’id ibn Usmon bilan Movarounnahrga kelgan ko‘p ming kishilik arab qo‘shinlari qatorida Muhammadning avlodlaridan Qusam ibn Abbos ham bo‘lgan, (Tarixchi Abu Tohir Xojaning ma’lumotiga qaraganda Abbos o‘g‘li Qusam Abbos ibn Abdulmutallib ibn Hoshim al-Qarshi al Hoshimiy Muhammad payg‘ambarning amakisi). Sa’id ibn Usmon Buxoro va Samarqanddan qo‘lga olgan o‘ljalarni Qusam ibn Abbosga ko‘rsatib: “Bu o'ljalardan har kishiga bir hissa, senga esa ming hissa beraman”, deganda Qusam ibn Abbos shariat buyurganidan bir hissa ham ortig‘ini olmayman, degan ekan. Qusamning taqdiri to‘g‘risida turlicha ma’lumotlar bor. Ba’zilar uni Samarqandda o‘ldirilgan desalar, yana ba’zi birovlar u Marvda vafot etgan deb isbotlaydilar. Lekin nima bo‘lganda ham Narshaxiyning “Buxoro tarixi”da yozilishicha Samarqanddagi Shohizinda maqbarasi shu shaxs nomi bilan bog‘liqdir. Sa’id ibn Usmon garovga olingan buxorolik shahzodalarni Marvga qaytishda ozod qilishga so‘z bergan edi. Lekin u va’dasida turmaydi va shahzodalarni aldab Madinagacha olib borib, ularni barcha zarbof kiyimlarini yechib olib qullarga aylantiradi. Erkparvar buxoroliklar bunday haqorat va pastkashlikka chiday olmasdan Sa’id ibn Usmon saroyiga bostirib kiradilar va avval uni, so‘ngra o‘zlarini o‘ldiradilar.

Xuroson amirligiga Muslim ibn Ziyod ibn Abiyx tayinlanadi. U ham o‘z faoliyatini Buxoroga yurishdan boshlaydi. Buxoro hukmdori har galgidek yana turklarga va sug‘dlar hokimi Tarxun (turkcha “tarxon” degan unvondan kelib chiqqan)ga yordam so‘rab murojaat qiladi. Biroq bu safar ham musulmon arablarning qo‘li baland keladi. Juda ko‘p boyliklar o‘lja olinadi. Har bir arab askariga 10 ming dirhamdan o‘lja ulashib beriladi. Xotun bilan Muslim ibn Ziyod o‘rtasida sulh tuziladi. Arablar Marvga qaytadilar. Ammo bu qaytish mol-dunyo va boylikka yuz tuban ketgan sahroyi arablarning oxirgi qaytishi emas edi.

I.2 Qo‘qon xonligining tashkil topishining ilmiy adabiyotlarda yoritilishi
XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligi hududiy jihatdan O‘rta Osiyodagi yirik davlat edi. Qo‘qon xonligi sharqda Sharqiy Turkiston, g‘arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan chegaradosh edi. Xonlik hududi shimolda uchala qozoq juzlarini batamom o‘ziga bo‘ysundirib Rossiya bilan chegaralanardi. Xonlikning janubiy chegaralari Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non singari tog‘li hududlarni o‘z ichiga olar edi. Bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan qonli urushlar bo‘lar, ular qo‘ldan-qo‘lga o‘tardi. Qo‘qon xonligi hududi Buxoro amirligi va Xiva xonligidan farqli o‘laroq sersuv daryolari, so‘lim vodiylari, serhosil yerlari ko‘p edi. Xonlikning markazi Qo‘qon, Marg‘ilon, O‘zgan, Andijon, Namangan kabi yirik shaharlar joylashgan Farg‘ona vodiysi edi. Toshkent, Chimkent, Turkiston, Avliyoota, Pishtak, Oqmasjid kabi yirik shaharlar ham Qo‘qon xonligi tasarrufida edi. Qo‘qon xonligida aholi nisbatan zich joylashgan bo‘lib, taxminan, 3 mln. kishi edi. Xonlikning poytaxti Qo‘qonda sakson ming, Toshkent shahrida oltmish ming kishi yashar edi.

Qo‘qon xonligi aholisining ko‘pchilik qismi o‘zbeklar edi. Shuningdek, xonlik aholisi tojiklar, qirg‘izlar, qozoqlar, uyg‘urlar, qoraqolpoqlardan iborat bo‘lgan. Bular bilan yonma-yon yahudiylar, tatarlar, xindular vakillari yashar edi. Minglar urug‘idan bo‘lgan yirik zodagon Shohruhbiy chodak xo‘jalari yordamida Farg‘ona vodiysida Buxoro amirligidan mustaqil bo‘lgan mavqeini egallab, 1709-yilda Qo‘qon xonligiga asos soladi.23.

Tarixchi H.Bobobekov ham boshqa ko‘plab musulmon va rus tarixchilari kabi Qo‘qon xonlari sulolasini Oltin Beshik bilan u orqali Bobur bilan bog‘laydi. Keling, shu o‘rinda butun e’tiborimizni Oltin Beshik afsonasiga qaratsak: Yangi tashkil topgan Qo‘qon davlati hukmdorlari – o‘zbeklar shajaralarini ota-bobolari bilan jangu jadalda olishib, omadi yurishmay, Vatandan bosh olib ketgan ammo qalami va jasorati tufayli nomini qoldirtgan Bobur Mirzo bilan bog‘lashga urinib g‘aroyib afsonalar to‘qidilar. Mana shunday hikoyalardan biri qator tarixiy bitiklarda qayd etilgan Oltin beshik afsonasidir. Biz ushbu afsonani atoqli tarixchimiz Is’hoqxon Junaydulloxo‘ja o‘g‘li Ibratning “Farg‘ona tarixi” asari asosida hikoya qilib beramiz24.

Ho‘qand shahri Farg‘ona iqlimida bo‘lmagan. Uning o‘rnida tevarakda Targ‘ova Chonkat va Saroy degan qishloqlar bo‘lgan ekan.

Mana shu qishloqlarning biriga aniqrog‘i Targ‘ovada bir kishi bo‘lib, u bu qishloqlar xalqi xonzodasi bo‘lmasa, itoat qilmasligini bilib bir tadbir ishlatgan ekan.

U Andijon xonlaridan Bobur ibn Umarshayxning shu qishloqlarga yaqin joydan qochib o‘tganini bilgani uchun o‘zining emizikli o‘g‘liga juda qimmatbaho liboslar kiydirib, oltin beshik yasatib, beshikni noyob kimxobu atlaslarga o‘rab, Bobur Mirzo o‘tib ketgan yo‘l chetida yashirib qo‘ygan ekan. Begona odamlar olib ketmasligi uchun bir necha xizmatkorini soqchi ham qilib qo‘yibdi.25

Bir necha kundan so‘ng uch qishloqdan suv ochmoq uchun chiqqan odamlar mana shu atayin qoldirilgan bola yotgan beshikka duch kelib qolibdilar. Uch qishloq ahli bola ustida talashib qolibdilar. Oxiri ichlaridan bir kishi chiqib bu talashni chek tashlash yo‘li bilan hal qilishni taklif qilibdi. Hamma rozi bo‘libdi chek tushishiga qarab oltin beshik – saroyliklarga uning yopuqlari – chonkatliklarga bola esa targ‘ovulliklarga nasiv qilbdi. Bolani tarbiyalariga olgan targ‘ovulliklar unga Oltin Beshik deb ism berishibdi.

Ibrat ushbu asarida yana quyidagilarni bayon qiladi. “bu Oltin Beshikni (ng) xalqqa xonzoda ekanligini ravshan qilmoqda necha ilova so‘zlar qo‘shilib bolani(ng) boshida bulut soya qilgan ekan, kiyik emizib turgan ekan va qush soya solgan ekan, deb xalqning qulog‘iga o‘rnatib to ungacha yigit bo‘lib, hurmati va ruxsori ziyoda bo‘lib xushaxloq va xushmuruvvat bo‘lsa ham Tirg‘ova qishlog‘idan bo‘lak xalq anqiyot (itoat qilmay) har bir jamoada bir biy bo‘lib kelsa ham Oltin Beshikning biyligi shuhratliroq bo‘lib, mundin olti avlod bir suratda o‘tib, yettinchi avlodga kelganda bul kishi xoni Hoqqand bo‘lub...nihoyatda so‘zi nufuzli bo‘lib xon ismini rivojlantirib Shohruhxon deb shuxrat topgan...26

Bu g‘aroyib afsona bejiz yaratilmagan. Yillar o‘tiv olis Hind tuprog‘idan Bobur Mirzoning sog‘inchli g‘azallari tog‘u sahrolari oshib kelib Farg‘ona qolaversa, butun Movarounnahr ahli dilini zabt etadi. Xalq dilidagi mana shu o‘chmas mehni sezib-bilib yurgan hukmdorlar o‘z nasl nasablari vatangado podshoh nomi bilan bog‘lab, shu mehr tufayli xalqning o‘zi ham g‘aroyib afsonalar to‘qiydi.

Farg`ona vodiysining eng qadimgi shaharlaridan biri Qo`qon to`g`risidagi dastlabki ma`lumotlar X asrga to`g`ri keladi. Uni XIII asrda mo`g`ullar xonavayron qilgan. Hozirgi shahar 1732-yilda qurilgan, fusunkor Farg`ona vodiysiga kiraverishda qulay joyda bo‘lganidan tezda qaytadan tiklanadi. Va xonlik poytaxti bo‘lib qoladi27.

Qo‘qon xonligi Markaziy Osiyodagi feodal davlat bo‘lib 1709-1876 yillarni o‘z ichiga qamrab oladi. Xonlikni hududi 1841-yilgi ma’lumotga qaraganda asosan hozirgi Farg‘ona, Namangan Andijon, Toshkent, Xo‘jand viloyatlari Qirg‘iziston Respublikasi va janubiy Qozog‘iston sarhadlarini o‘z ichiga olgan. Orenburg va Omsk shaharlari Rossiya imperiyasining xonlik bilan chegaradosh viloyat markazlari hisoblangan.

Xonlikning vujudga kelishi to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsak, XVI asrda Markaziy Osiyoda tinimsiz o‘zaro feodal janjal va urushlar natijasida ikkita mustaqil musulmon davlati: Buxoro va Xiva xonliklari paydo bo‘lgan. Ular ham bir biri bilan tinimsiz janglar qilib turishdi. Bu janglar natijasida Buxoro xonligi kuchsizlanib, Buxoro hukmdori Abdulazizxon taxtdan vos kechib Makkaga ketadi. 1680-yil Buxoiro taxtiga Subhonqulixon o‘tirib o‘z davlatini mustahkamlamoqchi bo‘ldi. Uning hokimlik davrida ham o‘zaro urushlar davom etdi. Xalq qashoqlashdi. Ochlik avj oldi.

1702-yil Subhonqulixon o‘ldi. Taxtga esa uning o‘g‘li Ubaydulloxon o‘tirdi. Uning hukmronlik davrida ashtarxoniylar hukmronligi inqirozining eng so‘ngi cho‘qqisiga chiqqan edi. Xon darvishlarning yer egaligini cheklashga harakat qiladi. Va nufuzli juybar xo‘jalari bilan to‘qnashadi. Chunki Ubaydulloxonga ular soliq ham solmoqchi bo‘lgandilar. Oqibatda, u darvishlar jamoasining madadkorligidan o‘zini mahrum qilib qo‘ydi. 1709-yili Farg‘ona vodiysida chodak xo`jalari qo‘zg‘alon ko‘tarib Shohruhbiyni xon deb e’lon qildilar va mustaqil davlat tuzdilar.

Shoxruhbiy ibn Ashur Muhammad-Qo‘qon xonligiga asos solgan ming qabilasining boshlig‘i. U taxminan 1669—1970-yillarda tavallud topgan. Ming urug‘ XVIII asrning boshlarida siyosiy hukumatni xo‘jagan sulolasining qo‘lidan kuch bilan tortib olgan edi.28

Xo‘jalar yoki xo‘jagan sulolasi ruhoniy nasab sharqiy Turkistonning hokimlari bo‘lgan. Sulolaning asoschisi Maxdumi A’zamxo‘ja Ahmad ibn Sayid Jaloliddin bo‘lib, u “Xo‘jagan” tariqatiga mansub. (Yashagan yillari: Hijriy 956-milodiy 1542 yillar) bu xo‘jalar sharqiy va g‘arb Turkistonda hukm surgan chig‘atoy hokimlari davrida katta mansab va vazifalarga ega bo‘lib iqtisodiy siyosiy kuchlarga sohib bo‘ladilar.

Ushbu xo‘jalar–Oqxo‘jalar va Qoraxo‘jalarga bo‘lingan. Qoraxo‘jlardan bo‘lmish Offoqxo‘ja Sin hukumatini tan olgan. Maxdumi A’zamning o‘g‘li Muhammadamin Oqxo‘jalarga mansub bo‘lib, Sin hukumatini tan olmagan. Uning avlodlari Xitoy sharqiy Turkistoni bostirib kirganda G‘arbiy Turkiston, yani Qo‘qon xonligiga kirib qoladi

Ma`lumki, xo‘jagan jamoasi Maxdumi A’zam Ahmad ibn Jaloliddin xo‘jagan Kosoniy avlodlaridan bo‘lib ularning hukmronligi XVII asrda sharqiy Turkistonga ham tarqalgan edi.

Shohruhbiy ham xo‘jalar bilan ittifoq tuzib, hukmronligini mustahkamlash uchun chodak xo‘jalaridan birining qiziga uylanadi. 1709-yili urug‘ zodagonlari hamda xo‘jalari roziligi bilan Shohruhbiy xonlik taxtiga ko‘tariladi. Shohruhbiy davrida O‘sh, O‘zgan, Xo‘jand hali mustaqil bo‘lib Qo‘qon davlatining shimoliy chegarasi Namanganning shohidonigacha cho‘ziladi.29

Shohruhbiy 1721-yili vafot etdi. (Eslatma o‘rinda: undan uchta o‘g‘il- Abdurahimbiy, Abdulkarimbiy va Shodibiy qoldi. ) Shohruhbiy vafotidan keyin uning katta o‘g‘li Abdurahimbiy taxtga o‘tiradi. Uning hukmdorlik davrida dastlab Andijon va Xo‘jand, keyinchalik Samarqand va Kattaqo‘rg‘on zabt etildi. So‘ngra Shahrisabzga ham taxdid bo‘ldi. Shahrisabz hokimi Abdurahimbiy bilan bitim tuzib unga Oychuchuk ismli qizini nikohlab berdi. Xo‘jandga qaytgan Abdurahimbiy qattiq betob bo‘lib 33 yoshida vafot etadi. Undan o‘g‘li Erdonbek va uch qiz qoldi. Ammo taxtga uning ukasi Abdulkarimbiy o‘tirdi.30

Muhammad Abdulkarimbiy hijriy 1115, milodiy 1703 yilda tavallud topgan. U xon bo‘lishidan oldin valiahd sifatida Namanganda hokim edi. Abdulkarimbiy asosiy e’tiborini davlatni mudofaa qilish ishlariga qaratadi. Uning zamonida Qo‘qon shahri atrofi qo‘rg‘on bilan o‘raladi, Isfara, Qatag‘on, Marg‘ilon, Haydarbek darvozalari quriladi. 1741-1745 yillarda Farg‘ona jung‘orlar hujumiga duch keladi.

Abdulkarimbiy qipchoq–qirg‘izlar hamda O‘ratepa hokimi Fozilbiy yuz yordamida ular bilan urushlar olib boradi. Shu vaqtda Abdulkarimbiy ham To‘raqo‘rg‘on va Samarqandga Abulfayzxon iltimosiga binoan yurishlar qiladi. 1745 yili Miyonholda xitoy qipchoqlar Ibodullohbiy rahbarligida bosh ko‘taradi. XIX asrning boshlarida Xitoy hukumati tazyiqi ostida sharqiy Turkistondan Farg‘ona vodiysiga qalmoqlar, uyg‘urlar, qirg‘izlar, qoraqalpoq va qozoq qipchoqlari ko‘chib kelishadi.

Farg‘ona vodiysi XVIII asrning o‘rtasida ko‘plab xalq va jamoalar uchun Vatan bo‘ladi.

Abdulkarimbiy 40 yoshda vafot etdi. Taxtga uning o‘g‘li o‘tirdi. Ammo olti oydan keyin u taxtdan tushirilib, Marg‘ilonga hokim qilib yuboriladi. Taxtga esa Erdona o‘tqaziladi. U ham tez orada taxtdan ag‘dariladi, uning o‘rnini Bobobek egallaydi.

U bir yil hokimlik qiladi, Beshariqda o‘ldiriladi va taxtga yana Erdona o‘tkaziladi. Erdona 14 yil (ayrim manbalarda 12 yil) hokimlik qilib vafot etdi.

Shu o‘rinda bir narsani takidlash joiz-ki, Qo‘qon xonligida yuqori hukmron tabaqaning ijtimoiy va etnik jihatdan xilma-xil bo‘lishligi turli guruhlar o‘rtasida muttasil davom etadigan hokimiyat talash kurashining asosiy sababidir. Xonlikda hukmronlik qilgan xonlardan ko‘pi saroy to‘ntarilishi oqibatida o‘ldirilganlar o‘nlab shahzodalar amaldor va sarkardalar saroy to‘ntarishining qurboni bo‘lib qatl etilganlar. Bunday qarama–qarshi turishliklar va o‘zaro kurashlar Qo‘qon xonligini oxir oqibatda inqirozga uchrab chor Rossiyani mustamlakasiga aylanishiga sabab bo`lgan bosh omillardandir.31 Bu haqda B.M.I. ning keyingi boblarida yanada bastafsilroq ma’lumot berishga harakat qilamiz.

Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, Shohruhbiyning ikkinchi o‘g‘li Abdulkarimbiy markaziy davlatni mustahkamlash va kuchaytirish maqsadida mahaliy hukmdorlar o‘zboshimchaligiga chek qo‘yishga qaratilgan siyosat olib boradi. Shundan keyin to 1770 yilga qadar navbat bilan Abdurahmon Erdonaxon, Bobobek va Sulaymonbek Qo‘qon xonligi taxtini boshqaradilar. Faqat Norbo‘tabiy (1762-1698) yurgizgan qattiqqo‘l siyosat tufayli ma`lum darajada bek va biylarning o‘zboshimchaligiga chek qo‘yiladi. Chust, Namangan va Xo‘jand beklari qarshiligi qattiqqo‘llik bilan bostiriladi.

Norbo‘tabek davrida ko`pgina tarixchilar o‘zlarining qo‘lyozma asarlarida xalq farovon yashaganligi, narx-navo arzon bo‘lganligini takidlaydilar. Biroq No‘rtabiy vafot etgach zodogonlarning hokimiyat va davlat talash kurashlari yangi kuch bilan avj oladi. Qo‘qon taxtini egallagan uning o‘g‘li Olimxon (1798-1810) O‘zboshimcha beklarga nisbatan qattiqqo‘l siyosat yurgizish va ularning qarshiligi kuch bilan bostirishga majbur bo‘ladi.

Olimxon Qo‘qon xonlari orasida birinchi bo‘lib xonlikning unvonini qabul qiladi. Undan boshlab taxt egalariga odatdagidek “biy” emas, balki “xon” unvoni beriladigan bo‘ladi. U harbiy islohatlar o‘tkazdi va o‘z davlatining qudratini oshiradi. Norbo‘tabiy va Olimxon davrida (1798-1810 milodiy yillar) Qo‘qon xonligining birlashish jarayoni oxiriga yetadi. Olimxon davrida Toshkent va Chimkent xonlik hududiga qo‘shiladi.

Uning davrida xonlikning xo`jalik va madaniy hayoti rivojlana boshladi va Qo‘qon, Farg‘onaning madaniy va iqtisodiy markaziga aylanadi32. XIX asr boshlarida Qo‘qon xonligi qo‘shni davlatlar bilan aloqalar o‘rnatib, ularga o‘z elchilarini ham yuboradi. Qo‘qonning Xiva, Sharqiy Turkiston Buxoroga yuborgan elchilari haqida ma’lumotlar bor.

1805-yili yetti yillik harakatlardan so‘ng Olimxon Xo‘jandni, 1806-yili esa O‘ratepani zabt qilib, itoatiga kirgazdi. Lekin ko‘p o‘tmay O‘ratepa mustaqillikni qo‘lga kiritib, Maxmudxo‘ja hokim Olim Buxoro qo‘shinidan mag‘lub bo‘lib, siyosatini o‘zgartiradi. Endi u Toshkentga yurish qilishga qaror qilib 1809-yili bu viloyatni ishg‘ol etadi.

Bu yerda turib Olimxon qishning o‘rtalarida qo‘shinini Bayram va Chimkentga chekingan toshkentliklar qo‘shiniga qarshi yubordi. Ob-havoning qiyinchiliklari qishning sovuq kelgani hamda Olimxon qahr-u g‘azabidan to‘ygan qo‘shin boshliqlari va xon dushmanlari uning ukasi Umarxon tarafiga o‘tadi. Umarxon ham bu kishilarni qo‘llab turadi, e’tiroz bildirmaydi Umarxon qo‘zg‘alon ko‘targan qo‘shin bilan Qo‘qonga qaytadi va xonlik taxtiga ko‘tariladi. Olimxon Toshkentda qolgan yaqinlari bilan Qo‘qonga qaytayotganda Umarxon va Toshkent zodagonlari odamlari tomonidan Saroy degan mavzyeda otib o‘ldiriladi.


Download 145.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling