I-bob jadidchilik harakati namoyondalarining ijtimoiy taraqqiyot haqidagi fikrlari


Jadidchilik harakatining o’zbek milliy-ma‘rifiy taraqqiyotidagi ahamiyati


Download 118.5 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi118.5 Kb.
#1583137
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JADIDCHILIK HARAKATI NAMOYONDALARINING IJTIMOIY TARAQQIYOT HAQIDAGI FIKRLARI

1.2 .Jadidchilik harakatining o’zbek milliy-ma‘rifiy taraqqiyotidagi ahamiyati.
Demak, jadidlar umum milliy, ma‘rifatni ko’tarish, milliy ongni rivojlantirish, milliy birlikka erishish va ularni amalga oshirish orqali jaxon madaniyatini egallab, Mustaqilikka erishish kabi g’oyalari bilan milliy ma‘naviyatimiz rivojiga munosib xissalarini qushgan. Mana shu borada, bugun hayotimizda tadbiq qilinayotgan milliy istiqlol mafkurasi Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma‘naviy, an‘anaviy udumlari, ulug’ bobokalonlarimizning o’lmas merosidan oziqlanadi va uning o’zviy qismi sifatida milliy ma‘naviyatimiz rivojlanishida muhim manbaa bo’lib xizmat qiladi.
Faqat Mustaqillikka erishuvimiz natijasida I.Karimov boshchiligida Turkiston Xalqlarini erki, ozodligi, milliy davlatchilik g’oyalari ma‘rifat va ma‘naviyat rivoji uchun kurashgan vatanparvarlarning muborak nomlari tiklandi, asarlari chop etildi. Ularga qatag’on qilinganlar xotirasiga atalib, Toshkentda katta yodgorlik majmui urnatildi, mo’zey tashkil etildi va x.k.
Ma‘naviyat rivojida ma‘rifat, ilmning ahamiyati nihoyatda katta ekanligini Payg’ambarimizning quyidagi hadislarida ham ko’rishimiz mumkin: «Beshikdan qabrgacha ilm izla», «Ilm-fansiz buyuk davlat ko’rib bulmaydi», «Garchi Xitoyda bo’lsa ham ilm talab qilinglar», «Ilm o’rganish xar bir mumih uchun farzdir». Bular ham jadidchilar ko’tarib chiqqan ma‘rifatparvarlik g’oyalari islom dinimizda ham mavjudligini ko’rsatadi.
Shunday qilib, umuman ilm egalari elda aziz bo’lib, hurmatga sazovor bo’ladilar. Shu to’fayli ota-bobolarimiz doimo bilimga intilib yashaganlar va shu yuksak ma‘rifat va madaniyati tufayli Turonzamin yer yo’zida shuxrat qozongan. Siz talabalarning ham ilmni chuqurroq egallab, Vatan, millatimiz kelajagi uchun xizmat qilishimiz asl burchimizdir.
Ilm egalarining foydasi har doim ko‘pchilikka tegib turadi. Ular elda aziz bo‘lib, hurmatga sazovor bo‘ladilar. Shu tufayl i ota-bobolarimiz doimo bilimga intilib yashaganlar. Ular ma’rifat chiroqlarini mash’ala singari yoqqanlar. Yuksak ma’naviyat va ilm-ma’rifat tufayli Turonzamin yer yo’zida shuhrat qozongan.
Bugunda yoshlarimizning har biri bunday fidoyi, vatanparvar, zyoli siymolarni yaxshi bilishlari va unutmasliklari kerak.
Zero, ular biz uchun haqiqiy axloqiy namunalardir. «Ma‘rifatparvarlik, - deb ta‘kidlaydi Prezident I. A. Karimov, - biz uchun bugun ham o’z ahamiyat ini yo’hotgani yo’q, yo’hotmaydi ham. Aql-zakovotli, yuksak ma‘naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga kuygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi». (Karang. I.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent, «SHaro’», 1998, 7-bet).
Bugunda ma‘rifatparvar-jadidchilarning bebaho asarlari, ilmiy, nazmiy va nasriy meroslari ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g’oyalari o’zbek xalqining ma‘naviyat va ma‘rifatini, milliy qadriyatlar va ongini yuksaltirish yo’lida xizmat qilib, avlodlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini tarbiyalab kelmoqda.
Mustaqillik tufayli ma‘rifatchi-jadidlarning nomlari tiklanayapti, tavallud topgan kunlari tantanali nishonlanayapti, asarlari qayta-qayta chop etilayapti. Ularning dunyoqarashlarida bayon etilgan falsafiy-axloqiy fikrlari xalqimizning madaniy-ma‘naviy, qadriyatlar sifatida xano’zgacha saqlanib kelmoqda.
Jadidchilik harakatining yana bir atoqli vakili Abdurauf Fitrat (1884-1939) bo’lib, u ilmning ko’p sohalari bo’yicha ijod qilgan. Abdurauf Fitrat “Sayha” (“Bong”), “Hind sayyohining qissasi”, “Chin sevish”, “Hind istilochilari”, “O’zbek tili grammatikasi”, “Chig’atoy adabiyoti”, “Uchqun” to’plami kabi ko’plab asarlarning muallifi bo’lib, Fitratning asarlarida xalqni jaholat va nodonlikdan qutqazish, ilm ma’rifatga chorlash, milliy mustaqillikka erishish, xalqning milliy o‟zligini anglashi, milliy ongining o’sishi, kuchli va rivojlangan davlat tuzish, xalqning bilimdon bo’lib tijorat va tadbirkorlik bilan shug’ullanishi, Yevropaning fan va texnika yutuqlarini o’rganish kabi g’oyalar ilgari suriladi. Fitrat tarixiy ma’naviy merosga ham e’tiborini qaratib, tasavvuf ta’limotining mohiyati, yassaviylik, naqshbandiylik va kubraviylik ta’limotlari to’g’risida bir qator ilmiy maqolalar e’lon qildi. Fitrat adabiyotshunoslikda Alisher Navoiy ijodini o’rgandi, musiqa sohasida “Shashmaqom”ni notaga tushirish ishiga rahbarlik qildi. Fitratning millatparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sug’orilgan g’oyalari hozir ham tadbirkorlik, ma’naviyat va ma’rifatni ravnaq toptirishda, milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda, xalqning milliy o’zligini anglashida ham muhim ahamiyatga egadir. Abdurauf Fitrat favqulodda qobiliyat va iste’dodga ega bo’lgan shaxs bo’lib, uning ma’naviy merosi g’oyatda boy, xilma-xil va chuqur ma’nolidir. Fitratning “Bizda sharq siyosati”, “O’zbek klassik musiqasi”, “Turkistonda ruslar”, “Hind ixtilofchilari”, “Abulfayzxon”, “O’g’izxon”, “Arslon”, “Sayxa”, “Qiyomat”, “Chin sevish”, “Aruz haqida”, “Adabiyot qoidalari” degan yirik qimmatli asarlari, dramalari, she’riy risolalari xalqimizning bebaho ma’naviy merosidir. Vatanni ozod, obod va erkin, xalqni har qanday istibdod kishanlaridan xoli ko’rish orzusi Fitratning barcha asarlarida ustuvorlik qiladi. “Fitrat bilan soʻnggi kitobingiz haqida suhbatda cholgʻu asboblari borasida tarixiy noaniqliklar borligini aytdi, men javob berdimki, bu shu mazmundagi birinchi ish, bu asarda asosiy eʼtibor faqat tarozilarning nazariy asoslanishiga qaratilgan. asboblar, boshqa hamma narsa Belyaevga tegishli edi va shubhasiz, sogʻlom va ilmiy asoslangan tanqid bu masalaga oydinlik kiritadi.” (Belyaevga 1933 yil 25 iyundagi xat)3.
Jadidchilik harakati vakillaridan yana biri, o’z jonini, aqlu zakovati, iste’dodini Vatanimiz erkinligi va mustaqilligi, xalqimizning baxt-saodati yo’lida fido qilgan ulug’ zotlardan yana biri – Abdulhamid Cho’lpon (1897-1937) dir. Cho’lpon Sharq falsafasi, Sharq adabiyoti, Yevropa ilm-fani, madaniyati, adabiyoti va san’ati sohasida chuqur bilimga ega bo’lgan inson bo’lib, u ko’plab roman va dramatik asarlar, qator risolalar, esdalik va xotiralar, adabiy va tanqidiy san’atga oid ilmiy-nazariy maqolalar, ko’plab hikoyalar, she’r va bir qancha tarjimalarning muallifidir. Cho’lponning “Kecha va kunduz” romani, “Yorqinoy” dramatik asari, “Adabiyot nadur?”, “Mirzo Ulug’bek”, “Tilimizning yangilanishi” nomli maqolalari, “Sharq nuri”, “Sharq qizi”, “O’zbegim”, “Turkistonlik qardoshlarimizga”, “Odam va qush”, “Xalq”, “Buzilgan o’lkaga”, “Qilich va qon”, “Kishan”, “Erkinlik istagi”, “Yana o’t” nomli she’rlari muallifning xalqimizga qoldirgan ma’naviy merosidir. Cho’lpon ijodida milliy uyg’onish, milliy mustaqillik, erkinlik g’oyalari asosiy o’rin egallaydi. Cho’lpon o’z asarlarida millatni yuksaltirish, xalqni o’zini-o’zi tanigan, o’zaro birlashgan, milliy hamjihatlikka erishgan, iftixor tuyg’usiga ega bo’lgan, o’z yurtining otashin vatanparvariga aylangan bo’lishi zarurligi masalasiga asosiy e’tiborini qaratadi. Turkistonning erkinligi, mustaqilligi g’oyasi Cho’lpon ijodidagi asosiy masalalardan biridir. Cho’lpon o’z xalqi kuch-qudrati va imkoniyatiga astoydil ishongan, xalqining buyuk aql-idroki va tafakkuriga ixlos bilan qaragan adibdir. U Vatan mustaqilligini ta’minlab, milliy istiqlol va istiqbol yo’lini ochadigan hal qiluvchi kuch xalq ommasi ekanligiga ishonadi. Uning xalqparvar adib va yetuk faylasuf olimligi uning “Xalq” deb atalgan faylasufona she’rida yaqqol ko’zga tashlanadi. Cho’lpon she’riyatida hur yashash, mustaqillikda hayot kechirish haqidagi falsafiy g’oyalar yetakchi o’rin egallaydi. Abdulhamid Cho’lponning “Biz bilgan ol’kaga” she’riy dostoni o’zining mazmun-mohiyati, falsafiy g’oyalarga boyligi va xalqni milliy istiqlolga da’vat etganligi bilan ajralib turadi. Dostonning har bir satri va jumlasi xalqni oyoqqa turg’azishga qaratilgandir. Abdulhamid Cho’lponning bebaho asarlari, nazmiy va nasriy merosi, ijtimoiy-falsafiy g’oyalari o’zbek xalqining ma’naviyat va ma’rifatini, milliy qadriyatlari va ongini yuksaltirishga xizmat qilib kelmoqda. Turkistondagi jadidchilik harakatining rahnamolari Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Cho’lpon kabi siymolar “millat”, “millatlar” tushunchalarini ilgari surdilar, milliy davlatchilik, iqtisod, pul, milliy til, madaniyat va an’anani rivojlantirish kabi Turkiston milliy mustaqillik mafkurasining ustuvor g’oya va qadriyatlarini ishlab chiqdilar.
“Turkistondagi dastlabki oliy o’quv yurti – Turkiston xalq universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti)ning 1918-yilda Toshkentda ochilishi ham jadidlar faoliyati bilan bog’liq. Munavvar Qori Abdurashidxonov tashabbusi bilan 1918-yil12-may Turkiston xalq universiteti tarkibida Musulmon xalq dorilfununi tashkil qilindi. 1919-yil Toshkentning eski shahar qismida jadidlar tashabbusi bilan Turkiston xalq konservatoriyasining milliy (Eski shahar ) bo’limi tashkil etildi”4.
XX asr faqat o‘zbek xalqi hayotida emas, balki butun dunyo hayotida alg‘ov-dalg‘ovlarga boyligi bilan ajralib turadigan davr bo‘ldi. Bu asrga kelib, hayot jarayonlari tezligi haddan ziyod ortdi. Ijtimoiy hodisalarning almashinish surati aqlga sig‘mas darajada tezlashdi. Turkiston xalqlarining necha asrlar mobaynida davom etib kelayotgan bir maromdagi mudroq hayoti shu asr boshida ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketdi. Fikrdagi yangilanish, texnika yutuqlarining kirib kelishi, axborot almashishning tezlashgani turkistonliklarning hayot tarzlarini o‘zgartirib yubordi. Shu vaqtga qadar milliy adabiyotimiz milliy hayotimiz bilan yelkama-yelka bormas edi. Garchi, adabiyotimiz hayotdan tamomila ajralib qolmagan bo‘lsa-da, ijtimoiy turmushning muammolari uni to‘la chulg‘ab olmasdi. XX asrga kelib, adabiyot hayotga yaqinlashdi. Bu bilan kifoyalanib qolmay, hayotni o‘zgartirishga urina boshladi.
Rossiya bosqini, uning zo‘ravonlikka asoslangan mustamlakachilik siyosati Turkiston xalqlarining usiz ham og‘ir bo‘lgan hayotini yanada qiyinlashtirdi. Ijtimoiy adolatsizlik, huquqiy tengsizlik tufayli kechayu-kunduz tinim bilmay ishlagan yurt egalari tobora qashshoqlashib, ularni talash va aldash bilan shug‘ullangan bosqinchilar boyib bormoqda edi. Qashshoqlik tufayli esa turkistonliklarda g‘urursizlik, johillik, tobelik, loqaydlik singari illatlar shakllanmoqda ediki, bu hol o‘z millatining o‘tmishidan xabardor va kelajagidan umidi bor ijodkor ziyolilarni bezovta qilmasligi mumkin emasdi. XIX asrning adog‘i XX asrning boshlarida birgina Turkistonda emas, balki dunyodagi juda ko‘p mustamlakalarda milliy uyg‘onish harakati boshlangan edi.
Ijtimoiy adolatsizlikni yo‘qotmoqchi, nohaq tartiblarni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan fikr kishilari millatning nochor holati va og‘ir turmush tarzini o‘zgartirish uchun dastlab xalqqa bilim berish kerak, deb hisobladilar. Millatni g‘aflatdan uyg‘otmay, xalqning ruhida taraqqiyotga mayl paydo qilmay turib, hech narsaga erishib bo‘lmasligi tushunib yetildi. Millatga ma’rifat berish sifat jihatidan ham, sur’at jihatidan ham tamomila boshqacha tashkil etilishi lozimligi ayon bo‘ldi. Faqat ruhga ta’sir etadigan, axloqni takomillashtiradigan bilimlar bilan kifoyalanib bo‘lmasligi, fan-texnika asoslarini puxta o‘rganish zarurligi anglab yetildi. Buning uchun yangi o‘qitish usullari joriy etilishi kerak edi. Shu tariqa, Turkistonda XIX asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran shakllana boshlagan ma’rifatchilik qarashlari XX asr boshlariga kelib jadidchilik harakatining yuzaga kelishiga asos bo‘ldi. “Jadid» so‘zi arabcha “yangi» ma’nosmi berib, taraqqiyotga intilgan kishini anglatadi. Ma’rifatchilar adabiyotni jaholatga qarshi kurash vositasiga aylantirganlaridek, jadidlar ham badiiy adabiyotni xalqni g‘aflat va mustamlaka zulmidan qutqarish quroliga aylantirdilar.
Shuni aytish kerakki, ma’rifatchilik bilan jadidchilik faqat yuzaga kelgan vaqt nuqtayi nazaridangina emas, balki o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari jihatidan ham turli hodisalar edi. Chunonchi, ma’ri-fatchilar mavjud holatni o‘zgartirishni emas, balki uni isloh qilishni, xalqning ma’rifiy saviyasini ko‘tarishni maqsad qilgan edilar. Jadidlar uchun ommani ma’rifatli qilish bosh maqsad yo‘lidagi bir bosqich edi, xolos. Maqsad esa vatanni obod, millatni ozod qilish va Turkistonning avvalgi shuhratini tiklashdan iborat edi. Ishni XIX asrning 90-yillarida yangi usul maktablari tashkil qilishdan boshlagan jadidlar ko‘p o‘tmay, Turkistonda hur, demokratik mustaqil davlat tuzishni rejalashtirdilar. 1917-yilda Turkiston muxtoriyatining bunyod etilishi shu rejaning amalga oshirilishi yo‘lidagi jiddiy urinish edi.
XX asr boshiga kelib, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, xalqaro aloqalarning takomillashuvi millatning ma’rifatli vakillariga o‘z xalqi hayotini dunyodagi mutaraqqiy xalqlar turmushi bilan solishtirish imkonini berdi. Rossiyada 1905-yil oktabrdagi so‘z va matbuot erkinligi haqidagi Manifestning qabul etilishi natijasida o‘zbek matbuotining rivojlanishiga ham bir qadar imkon yaratildi. Agar o‘zbek tilidagi birinchi va yolg‘iz gazeta 1870-yildan chop etilayotgan «Turkiston viloyatining gazeti» bo‘lsa, 1905-yildan so‘ng vaqtli matbuot soni ancha ko‘paydi. 1905-1917-yillar orasida o‘lkada 22 gazeta, 8 jurnal o‘zbek tilida chiqarilgan. Bu hol millat ahlining tafakkur tarziga jiddiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Kundalik matbuot o‘zbek adabiyotidagi yangilanishlar ko‘lamining kengayishiga sabab bo‘ldi. Kitobning sanoat yo‘li bilan chop etilishi ham millat ijtimoiy-estetik tafakkuri rivojlanishining kuchli omili bo‘ldi.
Jadid adabiyoti to‘lig‘icha millatni uyg‘otishga qaratilgan edi. Bu adabiyotning qahramoni avvalgi davrdagiday yuqori tabaqa vakillari yoki ilohiy qudrat bilan nurlantirilgan siymolar emas, balki ommaning ichidan chiqqan, unga qaytib boradigan va shu bois xalqqa ta’sir ko‘rsatish imkoniyati kattaroq bo‘lgan oddiy kishilar edi. Jadid adiblari yangi mavzularni yangi janrlarda va yangi obrazlar orqali ifodalashga urindilar. Yana bir muhim jihat shundaki, jadid yozuvchilari shunchaki ijodkor emas, balki jamoatchi ham edilar.Ular faqat qalami bilan emas, balki ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy amali bilan ham millatni uyg‘otishga jahd qilgandilar. Agar ma’rifatchilar ko‘p asrlik milliy adabiyotga yangi mavzular olib kirgan bo‘lsa, jadidlar o‘zbek adabiyotiga drama, roman, hikoya singari yangi janrlarni kiritdilar.
M. Behbudiyning «Padarkush», A. Avloniyning «Advokatlik osonmi», «Pinak», «Biz va siz», «Ikki sevgi», Fitratning «Munozara», «Hind sayyohi», «Oila», «Yurt qayg‘usi», «Abulfayzxon», «Shaytonning tangriga isyoni», «Qiyomat», Hamzaning «Uyon, Vatan!», «Yig‘la, Turkiston», «Dardiga darmon istamas», «Turkiston», «Shundoq qolurmu», «Yangi saodat...», «Zaharli hayot...», «Boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi», «Paranji sirlaridan bir lavha», «Istibdod qurbonlari», «Loshmon fojiasi», «Farg‘ona fojiasi», Qodiriyning «Uloqda», «Tinch ish», «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo‘lat tajang nima deydi», ,,O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», Cho‘lponning «Buzilgan o‘lkaga», «Xalq», «Ko‘ngil», «Binafsha», «Go‘zal Farg‘ona», «Go‘zal», «Vahm», «Istash», «Galdir», «Bahorni sog‘indim», «Sirlardan», «Yorqinoy», «Kecha va kunduz» singari va boshqa yuzlab asarlar jadid adabiyotining yetuk namunalaridandir.
Jadid adiblarining asarlarida insoniy taqdirlar, qismat fojialari millat ozodligi, inson erki, Vatan buyukligi muammolari fonida aks ettirildi. Jadid adabiyotida tarixiy adolat, siyosiy tenglik, shaxs va millat erki, xalqni g‘aflatdan uyg‘otish singari o‘tkir ijtimoiy muammolar juda ko‘p tasvirlandi. Jadidlarning vatan, millat, ozodlik yo‘lida jon fido etishga chorlab bitilgan olovli asarlari samimiy, ammo yuksak darajada ijtimoiylashgan shaxslarning nidolari edi. Bunday asarlarda millatning ulkan dardi ma’rifatli insonning shaxsiy fojiasi bilan birgalikda ifoda etilardi. Tuyg‘ular samimiyati, iztirob ko‘lamining kengligi ruhiy dardlar teranligini oshirib, umumning dardi alohida shaxsning g‘ami, iztirobi darajasiga ko‘tarilardi. Odatda, ko‘pchilikning iztiroblari alohida shaxslarning dardlaridan baland turadi deb hisoblaniladi. Holbuki, dard xususiylashsagina umuminsoniy miqyos kasb etadi.
Jadid adabiyoti faqat mavzu jihatidan emas, balki ifodasiga ko‘ra ham ommaga yaqinlashtirildi. Badiiy asarlarda tasvir injaligi, ifodaning yangiligidan ko‘ra, zalvorli va keskin fikr aytishga e’tibor kuchaydi. She’riyat aruzga xos ohangdorlikdan chekinib, barmoqqa xos ochiqlikka erishdi. Kuylanishdan da’vatga aylandi.
Aytish kerakki, sho‘rolar davrida o‘zbek adabiyotining mohiyati tubdan o‘zgardi. Lekin bu birdaniga sodir bo‘lmadi. 1917-yilgi oktabr to‘ntarishidan keyingi dastlabki davrlarda ham so‘z va ijod erkinligi bir qadar saqlandi. Sho‘rolar yetarlicha siyosiy va tashkiliy kuchga ega bo‘lmagani, uning g‘oyalarini kuylaydigan adiblar qatori hali shakllanmagani uchun badiiy adabiyotda nisbatan erkinlik bor edi. Eng iste’dodli ijodkorlar, tabiiy ravishda, millat va vatan ozodligi uchun kurashayotgan jadid yozuvchilari safida edi. Shuning uchun ham Fitratning «Abulfayzxon» dramasi, «Shaytonning tangriga isyoni», «Qiyomat» hikoyalari, Hamzaning «Boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi», «Paranji sirlaridan bir lavha» dramalari, Qodiriyning «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo‘lat tajang nima deydi», ,,O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», Cho‘lponning «Buzilgan o‘lkaga», «Xalq», «Ko‘ngil», «Binafsha», «Go‘zal», «Qalandar ishqi», «Galdir», «Sirlardan» she’rlari, «Yorqinoy» dramasi, «Kecha va kunduz» romani singari asarlar sho‘rolar davrida yaratilgan bo‘lsa-da, mohiyatan jadid adabiyoti namunalaridir. Chunki ular e’tiqodi va faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra jadid bo‘lgan, hayotni jadidchasiga badiiy idrok etadigan odamlar tomonidan yaratilgan edi5.



Download 118.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling