I bob. Jahon aholisining diniy tarkibi dunyo dinlarining rivojlanishi va tarqalishi


II.BOB. JAHON DINLARI VA ULARNING O’ZARO MUNOSABATLARI


Download 149.48 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi149.48 Kb.
#1580701
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Saida

II.BOB. JAHON DINLARI VA ULARNING O’ZARO MUNOSABATLARI
2.1 Islom, xristian, buddizm dinlarining o’ziga xos xususiyatlari

Dunyodagi barcha dinlar mohiyatan o‘ziga xos xususiyatlarga ega: din dunyoga qarashda muqaddas narsalarga hurmat-izzatva qo‘rquv ehtiroslarini paydo qiluvchi ma’lum ramzlar yig‘indisining mavjud bo‘lishini talab qiladi. Bu ramzlar dindorlar jamoasi o‘tkazadigan diniy marosimlar va urf-odatlar (masalan, cherkovlardagi o‘tkaziladigan marosimlar)da ishtirok etadilar. Bundagi har bir guruh o‘ziga xos e’tiborni talab qiladi, lekin shunga qaramay, diniy e’tiqodlarda xudo qo‘rquv, dahshat yoki ehtiromlar tug‘diruvchi mavjudot sifatida ishtirok etishi aytiladi.


Dinning madaniyat fenomeni sifatidagi jihatlarini quidagilarda kuzatish mumkin Xristianlik dinida cho‘qintirishish, islom dinida xatna qilish ibodat qilish, hamdu sano aytish ma’lum ovqatlarni iste’mol qilmaslik, ro‘za tutish hazrati oliy Xudo sharafiga uni tinchlantirish maqsadida sham yoqish Dinning madaniyat fenomeni sifatida o‘ziga xos xususiyati an’anaviy jamiyatlar hayotida quyidagilarda yanada yaqqolroq ko‘rinadi

  • musiqa

  • naqqoshlik

  • badiiy adabiyot

  • xalq og‘zaki ijodi

  • raqs san’ati

  • o‘ymakorlik san’ati

  • memorchilik

Din so’zining etimologiyasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, u lotin tilidan tarjima qilinganda o’zbek tilida “birlashish, aloqa” degan ma'noni anglatadi.
Din global birlashish va integratsiya sharoitida o'ziga xos xususiyatlarini nafaqat tashqi ko'rinishdagi, balki diniy faoliyatning ichki sohalarida, diniy ongda saqlab qolishga intiladi.
Jahon dinlari doktrinasida dindorlarni dunyo hamjamiyati faoliyatini birlashtirishga yo'naltiradigan qoidalar mavjud. Masalan, (Buddizm, Xristianlik, Islom) millati va jug'rofiy joylashuvidan qat'i nazar, barcha odamlar uchun umumiy din hisoblanadi.
Ayrim tadqiqotchlar fikricha, globallashuv dinning mavjudligiga tahdid solib, dunyoda shakllangan din bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni yo'q qiladi.
Dinlar missionerlik va prozelitizm g'oyalaridan foydalanib global miqyosda yanada keng yoyilmoqda. Bu jarayonda u zamonaviy axborot imkoniyatlaridan foydalanib, diniy me'yorlar va globallashuv xususiyatlarining sinkretizmini amalga oshirib, o'z dinini yangi usullar (ommaviy axborot vositalari, Internet manbalari) va ilgari an'anaviy bo'lmagan hududlarda tarqata boshladi. Bu holat butun dunyoda tarqalgan Xristianlik va Islom dinlarida yaqqol namoyon bo’ladi.
XIX asr boshlaridan to XX asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan bir yarim asr islom tadrijiy rivojlanishida muhim burilish bosqichi bo‘ldi. Sharq mamlakatlarida ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalardagi o‘zgarishlar, yangi sinfning – milliy burjuaziyaning shakllanishi, milliy-ozodlik harakatining avj olishi – bularning hammasi qo‘shilib, islomning jamiyatdagi tutgan o‘rniga qarashlarda ham, ijtimoiy hayotning yangi voqeliklarini islomning o‘zi tomonidan asoslashda ham o‘zgarishlarga olib kelmasligi mumkin emasdi.
Islom diniga e’tiqod qiluvchlarning ayrimlari globallashuvni butunlay g'arblashtirish deb biladi. G'arblashtirishga qarshi turib, Islom o'zining diniy an'analari va madaniy asoslariga tayangan globallashuvning o'ziga xos modelini izlashni taklif etadi.
Islom ochiqlik, erkin kengayish imkoniyati, o'zgaruvchan sharoitlarga yuqori darajada moslashish, shuningdek, qat'iy markazchilik, ierarxiyalar va qarorlarni qabul qilishning murakkab mexanizmlari yo'qligi bilan ajralib turadigan konfessial tarmoq sifatida globallashuv davrida juda yaxshi rivojlanish istiqbollariga ega.
Katoliklikning o‘ziga xos xususiyatlari:
– nikohning qat’iy hisoblanishi (katoliklik aqidasiga binoan nikoh osmonda tuziladi va yerdagilar uni buzish huquqiga ega emaslar);

– Bibi Maryamning xudodan gunohlarni so‘rab beruvchi sifatlarining ko‘proq e’zozlanishi;


– marosimlarning teatrlashtirilgan tarzda, dabdabali, kishilarning his-tuyg‘ulariga ta’sir etadigan darajada o‘tkazilishi, marosim chog‘ida qo‘shiq bilan birga organ musiqasidan ham foydalanilishi;
– ibodatxonalarning rasm va haykallar bilan bezatilishi, avliyolar va jafokashlarning ibodatlarini ifoda etuvchi turli muqaddas yodgorliklarning e’zozlanishi.
756-yilda Franklar davlati qiroli Pipen Pakana Rim viloyatini Papaga hadya etdi. Shu vaqtdan boshlab u Papa viloyati deb atala boshladi. Yer hadya etilishi Papa
dunyoviy hokimiyatining ham yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
1870-yilda Italiya inqilobi Papani dunyoviy hokimiyatdan mahrum etdi. Shu yili Rim shahrining Vatikan deb ataluvchi qismi Papaning qarargohi etib belgilandi.
Vatikan hududida turli saroylar va ibodatxonalar, shuningdek, mashhur Pyotr sobori, ya’ni katolik olamining bosh cherkovi joylashgan. Vatikan jami katolik cherkovlari markazlari bo‘lib, Rim Papasi ana shu yerdan turib rahbarlik qiladi.
Buddizm yoki Buddaviylik dharmik din hamda falsafiy oqimdir. U shuningdek Budda Dharma (sanskrit tilida "Uyg‘onganning ta’limoti") deb ham ataladi. Buddizmga mil. avv. V asrda Siddharta Gautama tomonidan asos solingan; keyinchalik Gautamani "Budda" ismi bilan atay boshlashgan.7
Buddizm asoschisining shaxsi
Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini taʼkidlaydilar. Bu taʼlimot toʻgʻrisida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Jina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar maʼnolari quyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urugʻ nomi, Shakyamuni — "Shakya qabilasidan chiqqan donishmand", Budda — "nurlangan", Tadxagata — "shunday qilib, shunday ketgan", Jina — "gʻolib", Bxagavan — "tantana qiluvchi". Ular ichida eng mashhuri "Budda" boʻlib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.

Taʼlimoti


Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat:
1) axloq;
2) meditatsiya;
3) donolik.
Buddizm - bu boshqalardan farq qiluvchi din. Buddistlar xudolarga ishonishmaydi. Ular yaxshilikka va o'limdan so'ng hayot borligiga ishonadilar. Keyingi hayotda yaxshiroq yashash uchun, to'g'ri yashash kerak. Bu karma tuzilishiga ta'sir qiladi. Yomon hayot keyingi hayotda yomon karmani hosil qiladi.
"Buddizm" so’zi hind tilidagi "budhi" so'zidan kelib chiqqan. Bu donolikni anglatadi. O'z navbatida, Budda - "Shaxzoda". Bu shaxs inson qalbining istaklarini bilishga muvaffaq bo'lgan eng dono odam sifatida tasvirlangan.
Buddist rohiblar hech qanday sharoitda o’zlari ovqat tayyorlashmaydi. Ular ovqatni sadaqa sifatida so'rashlari kerak. Bu mashhur diniy ta'limotlari haqida imkon qadar ko'proq ma'lumot tarqatish uchun qilinishi kerak.
Buddizm, har bir insonning hayoti turli hodisalarga to'la, deb ta’kidlaydi. Barchamiz ertami-kechmi turli sinovlarni yengib chiqamiz. Bu azoblarda odamning o’zi aybdor. Qalbimiz badanimizdan yuqoriga ko'tariladimi yoki yo'qmi – bu faqatgina o'zimizga bog'liq. Shuning uchun hamjihatlikni ta'minlash muhimdir. Zero, faqat ruh abadiydir va qilingan barcha gunohlar kechirilishi mumkin.
Diniy ta'lim jang san'atlarini rivojlantirishga yordam beradi. Butun dunyodagi din izdoshlari qo'l bilan kurashish sharafini yoymoqda. Bu tanani nazorat qilish texnikasi butun dunyoga mashhur.
Buddistlarda ibodatxonaga borishning muayyan vaqti yo’q. Ular imkonlari bor vaqtda ibodatxonaga tashrif buyurishadi.
Ayol-rohiblarga ushbu lavozimni egallashga ruxsat berilgan, ammo ular huquqlari biroz cheklangan.
Ayol-rohiblarga erkak-monaxlarning gaplarini ikki qilish taqiqlangan, ammo monaxlarga bunday qilish mumkin.

Mahatma Budh, hind tilidagi "Buyuk Qalb" degan ma'noni anglatadi, - buddizm diniy ta'limotining asoschisi hisoblanadi. Bu xudo emas, bu keksa, bemor va jasad bilan to'qnashganda juda qo'rqib ketgan haqiqiy odam. Va shundan keyin u uyidan qochib, inson hayoti haqida fikr yuritishni boshlagan.


2.2. Hozirgi davrda din va davlat munosabatlari


Davlat va din munosabatlarining ildizlari juda qadim davrlarga borib taqaladi. Ayni paytda ushbu munosabat- turli tarixiy davrlarda har xil mazmun kasb etgan. O'rta asrlarda din jamiyatning barcha sohalarida, shu jumladan, davlat hayotida toʻla


hukmronlik qilgan davr- lar ham boʻlgan. Ayrim davlatlarda din butunlay inkor etilgan, ya'ni ateizm ustunlik qilgan. XXI asr boshlarida davlat va dinning oʻzaro munosabatlari boʻyicha davlatlarni quyidagi guruhlarga boʻ- lish mumkin:
dinga davlat dini
maqomi berilgan davlatlar;
• cherkov ta'siri doirasidagi davlatlar,
• dunyoviy yoki diniy munosabatlarda betaraflik yoʻlini tutuvchi davlatlar;
• rasmiy dinga ega boʻlmagan davlatlar;
• din davlatdan ajratilgan davlatlar;
• katolik cherkovi bilan kelishuvga ega davlatlar;
• huquqiy e'tirof etilgan diniy guruhlarni muhofaza qiluvchi davlatlar, diniyjamoaviy tizimli davlatlar.
Hozirgi davirda davlat va din munosabatlari
Hozirgi davrda jahondagi bir qator davlatlar dinning davlatdan ajratilganini yoki davlatning diniy tashkilotga nisbatan betarafligini Konstitutsiya yoki qonun darajasi- da belgilab qoʻygan. Yuridik tan olingani yoki olinmaganidan qat'i nazar, barcha davlatlar din va e'tiqod erkinligiga humat bilan qarashlarini e'lon qilganlar. Hozirgi davrda davlat va din oʻrtasidagi muno- sabatlar bir qator xususiyatlari bilan ajralib turishini ta'kidlash zarur. «Sovuq urush» davri tugaganidan keyin dinga qarshi hujumkorlik hamda diniy faoliyat ustidan nazorat qilish siyosati yengillashdi.
Bu, bir tomondan, diniy erkinlikning ta'minlanishiga xizmat qilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, diniy sektalarning koʻpayishi, yan- gilarining paydo boʻlishiga olib Mazkur jarayon Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab vijdon erkinligini ta’minlash masalasiga ustuvor ahamiyat berildi.
Ma’lumki, Sobiq Sovet Ittifoqining Konstitutsiyasida e’tiqod erkinligi e’tirof etilgan bo‘lsada, amalda jamiyatga dahriylik mafkurasi zo‘rlab singdirilib, dindorlarning huquqlari poymol etilar edi.
Dahriylik siyosati diniy tashkilotlarning faoliyatiga sun’iy to‘siqlar yaratish, fuqarolarning hatto maishiy darajada diniy amallarni bajarishlarini keskin qoralash kabi shakllarda kechib, amalda vijdon erkinligi jiddiy cheklangan edi.
Ateistik siyosat avj olgan 1980-yillarning o‘rtalarida aholisi soni 18 milliondan ziyod bo‘lgan va ularning aksariyat qismini musulmon diniga e’tiqod qiluvchilar tashkil etgan respublikamizda atigi 80 ta masjid bo‘lgan. Mustabid tuzum tomonidan xalqni tarixiy va diniy-ma’rifiy ildizlaridan uzish maqsadida Imom Buxoriy, Xakim Termiziy, Imom Termiziy, Dorus-saodat kabi obida va ziyoratgohlar atayin tashlandiq va harob ahvolga solingan edi. Bahouddin Naqshband ziyoratgohi xonaqosida kimyoviy o‘g‘itlar saqlangan. Toshkent shahridagi “Ko‘kaldosh” madrasasi, Buxoro shahridagi “Kalon” masjidi, Namangan shahridagi “Shayx eshon”, Qarshi shahridagi “Ko‘k gumbaz” kabi yuzlab masjidlarning binolari omborxonaga aylantirilgan. Qarshi shahridagi “Odina” masjidi esa qamoqxona sifatida foydalanilgan.
Biroq, mustabid tuzumning dahriy siyosati o‘zbek xalqining matonatini yenga olmadi, iymon-e’tiqodidan ayira olmadi. Ayniqsa, hali mustaqillikka erishishimizdan avval birinchi Prezidentimiz Islom Karimov respublikamizga rahbar bo‘lgan ilk davrdan diniy qadriyatlarimizni tiklash, vijdon erkinligini ta’minlash yo‘lida dadil qadamlar tashlandi. Ateistik siyosat hali davom etib turgan 1990 yilda yurtboshimiz tomonidan musulmonlarning bayrami sifatida Qurbon hayitini birinchi kunini dam olish kuni sifatida e’lon qilinishi, shaxsan qo‘llab-quvvatlashlari bilan islom dining muqaddas manbai – Qur’oni karimning o‘zbek tiliga ilk tarjimasini chop etilishi buyuk jasorat namunasi hisoblanadi.8
Vatanimiz mustaqillikka erishgan ilk yillaridan diniy sohaga o‘zbek xalqining milliy ma’naviyatining ajralmas qismi sifatida alohida e’tibor qaratildi. Mustaqillik yillari dinning huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatida tutadigan o‘rni va mavqei aniq belgilanib, bu sohada mustahkam qonunchilik poydevori yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar”, degan demokratik tamoyil mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, Bosh qomusimizda fuqarolar millati, irqi va dinidan qat’i nazar, teng huquqli ekanligi belgilanib, ularning vijdon erkinligi, urf-odatlari, milliy an’analari hurmat qilinishi kafolatlangan.
Ushbu konstitutsiyaviy qoida 1998 yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasida ham o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra, hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 7 mart kunidagi Farmoni bilan har bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’iy nazar tengligini ta’minlash vazifalarini hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etilgan.
Bugungi kunda Konstitutsiyamiz, amaldagi qonunlarimiz va milliy-diniy qadriyatlarimizga monand ravishda istiqlolning ilk pallasidan mamlakatimizda davlat va din munosabatlari quyidagi tamoyillar asosida olib borilmoqda:
- dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;
- diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
- diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
- ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy tashkilotlarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish;
-dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik.
Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat vakillari istiqomat qilib, 16 ta diniy konfessiyaga mansub 2241 ta diniy tashkilot, shu jumladan, Imom Buxoriy xalqaro markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab Oliy madrasasi, 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti, pravoslav va protestant seminariyalari faoliyat olib bormoqda.
Istiqlol tufayli masjid va madrasalar, cherkov va ibodatxonalarning binolari, nodir tarixiy manbalar, osori atiqalar dindorlarga qaytarib berildi. Respublikamizning turli hududlarida qad ko‘targan biri-biridan go‘zal masjidlar musulmonlarimiz uchun ajoyib va betakror tuhfa bo‘ldi. Ular qatorida poytaxtdagi “Minor”, “Islom ota”, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi “Termiziy” masjidlarini qayd etishimiz mumkin. Urganch, Nukus kabi shaharlarda musulmonlarimizni o‘ziga chorlovchi masjidlarning qurilishi yakuniga yetmoqda.
“Hazrati Imom”, “Imom Buxoriy”, “Bahouddin Naqshbandiy”, “Imom Moturidiy”, “Hakim Termiziy”, “Imom Termiziy” kabi buyuk ajdodlarimizning majmualari”, Rus pravoslav cherkovi “Svyato-Uspensk” kafedral sobori, Rim-katolik cherkovi kosteli, Yevangel-lyuteranlar kirxasi va boshqa diniy ob’ektlar to‘liq qayta ta’mirdan chiqarilib, keng faoliyat yurita boshladi.
Mustaqillik yillari diniy ta’lim tizimini yaratish va rivojlantirish yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirildi. So‘nggi yil ichida diniy ta’lim sohada olib borilayotgan islohotlarning uzviy davomi sifatida so‘nggi davrda islom dining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftihor ruhida tarbiyalash, O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar merosini o‘rganish, islom ta’limotining turli yo‘nalishlarida chuqur ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etish borasida sermahsul ishlar tashkil etilmoqda.
Muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan Samarqandda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi qoshida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termiz shahrida Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazi, Buxoroda Mir Arab Oliy madrasasi, Toshkent shahrida O‘zbekistondagi islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etilish yuqoridagi egu maqsadlarga, shuningdek, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirish, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, ijtimoiy barqarorlik, o‘zaro ahillik va totuvlik muhitini kuzaytirishga xizmat qiladi.
Oliy saviyadagi imom-xatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston musulomonlari idorasi huzurida Islom Akademiyasi, Samarqand viloyatida Imom Buxoriy ilmiy markazida hadisshunoslik, Imom Moturidiy markazi qoshida kalom ilmi, Farg‘ona viloyatida islom huquqi, Buxoro viloyati Bahouddin Naqshband markazida tasavvuf, Qashqadaryo viloyatida aqida ilmiy maktablarini tashkil etish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda soha mutaxassislari, ulamolar va diniy tashkilotlar tomonidan mingdan ziyod nomlanishdagi diniy mazmundagi adabiyotlar, disklar chop etildi. Ular nafaqat yurtimizda, balki xorijiy mamlakatlarda ham muhim diniy manba sifatida xizmat qilmoqda.
Istibdod davrida sobiq Ittifoq bo‘yicha muqaddas haj safariga borish 10-15 nafar kishiga, shu jumladan, O‘zbekistondan 3-4 nafar odamga nasib etar edi. Istiqlol yillari 115 mingdan ziyod fuqaro «haj» amallarini, 93 mingdan ziyodi esa «umra» ziyoratini ado etdilar. Fuqarolarning haj va umra safarlarini tashkil etish 2006 yilda birinchi Prezidentimizning Farmoniga asosan tuzilgan «Haj» va «umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tomonidan amalga oshirilmoqda. Har yili haj mavsumi yakunida Saudiya Arabistoni Haj ishlari vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan O‘zbekistonning ishchi guruhi maxsus yorliklar bilan taqdirlanayotganini yuqoridagi ezgu ishlarning natijasi sifatida e’tirof etsak bo‘ladi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 7 iyun kuni “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 367-sonli Qarori tasdiqlandi. Qaror asosida “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom” huquqiy-me’yoriy hujjat sifatida qabul qilindi. Mazkur hujjat ziyoratga borish jarayonida ijtimoiy adolatni yanada to‘laroq ta’minlash, muqaddas ziyoratlarni tashkil etish manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlarning vazifalarini aniq belgilashga xizmat qiladi. Xususan, ushbu Nizom asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi veb-saytida ziyoratchilar ro‘yxatining yagona onlayn elektron bazalari shakllantirilmoqda. Bu fuqarolarimizga ziyoratga borish navbatini kuzatib borish imkonini beradi.


Ayni vaqtda minglab xristian va yahudiy dinlariga mansub fuqarolar Rossiya, Isroil, Gretsiya kabi mamlakatlarda joylashgan muqaddas qadamjolarga ziyoratga borib kelishlariga zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston qadim davrlardan turli millatga mansub, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o‘lka bo‘lib kelgan. Bu ko‘p asrlik tarixiy an’ana bugungi kunda ham davom etib, umumiy, tinch va osoyishta uyimizda diniy bag‘rikenglik ruhi yanada mustahkamlanmoqda va rivojlanmoqda.
Albatta, bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha ulkan yaratuvchan ishlarimiz mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikka asoslanadi. Taassufki, bugungi kunda jahonda ro‘y berayotgan voqealar yovuz kuchlar va buzg‘unchi mafkuralar umuminsoniy xavfsizlikka, xalqlarning erkin va tinch hayot kechirishlariga tahdid solayotganidan dalolat bermoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 15 iyun kuni bo‘lib o‘tgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida ta’kidlaganlaridek: “Islom faqat nurli hayotga, ilm-ma’rifatga, yaxshilikka undaydi. Hech qachon xunrezlik, qotillik, zo‘ravonlikka chaqirmaydi. Ana shu haqiqatni tan olmasdan, soxta g‘oyalarga aldanib, zararli oqimlarga kirish, terrorchi bo‘lish – bu O‘zbekiston xalqiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi”.
Bugungi kunda din ishlari bo‘yicha qo‘mita davlat, jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlikda jamiyatda diniy ekstremizm g‘oyalari tarqalishini oldini olishga qaratilgan ishlarni tizimli amalga oshirib kelmoqda. Ushbu ishlar OAVda chiqishlar, qo‘llanma va bukletlar tayyorlab, jamoatchilikka yetkazish, aholining barcha ijtimoiy qatlamlari bilan turli formatlarda uchrashuvlar uyushtirish, diniy-ma’rifiy saytlarda aqidaparast oqimlarning axborot xurujiga qarshi munosib javob berish shakllarida amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarda diniy ulamolar faol ishtirok etmoqdalar. Media yo‘nalishidagi yangi diniy-ma’rifiy tadbirlar qatorida O‘MI saytining “Feysbuk” ijtimoiy sahifasida diniy sohadagi dolzarb mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etilganini, yirik masjidlarda juma ma’ruzalarining onlayn namoyish yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatishimiz mumkin.
Respublikamizning barcha hududlarida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan “O‘z bolangni o‘zing asra” degan tamoyil asosida o‘sib kelayotgan avlodni ilm va hunar egallashga chorlash, ularni mutaassib g‘oyalardan himoya qilishga alohida e’tibor qaratilib, mazkur jarayonga keng jamoatchilik jalb etilmoqda.
Alohida qayd etishimiz bo‘lgan natijador ishlar sifatida so‘nggi yilda adashib yot oqimlar ta’siriga tushib qolgan fuqarolarimizni soxta g‘oyalar ta’siiriga tushib qolganliklarini tushuntirish, asoydil pushaymon bo‘lganlarga ishonch bildirib, jamiyat uchun foydali tinch hayot yo‘liga qaytarish, zarur yordam ko‘rsatish to‘g‘ri yo‘lga qaytarish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni qayd etishimiz lozim.
Dunyoda bo‘layotgan voqea va hodisalardan hamisha ogoh bo‘lish, Vatanimizdagi tinch, osoyishta va farovon hayotning qadriga yetish, shu farovon, osuda hayotni yanada mustahkamlash uchun har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shmog‘i, el-yurt taqdiri, kelajagi uchun daxldorlik tuyg‘usini his etmog‘i lozim. Bu ta’limotni yoshlarimiz, farzandu nabiralarimizning ongu shuuri, qalbiga jo etish, ularni ogoh, xushyor, sezgir va ma’naviy uyg‘oq inson sifatida shakllantirib, mustaqil, ozod va obod Vatanimizning himoyachisi etib tarbiyalash barchamizning faxrli va ma’suliyatli vazifamiz hisoblanadi.
2.3. O’zbekistonda diniy konfensiyalar

2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida so‘nggi 3 yil davomida diniy bag‘rikenglikni taʼminlash sohasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:


BMT Bosh Assambleyasi 2018-yilning 12-dekabr oyida o‘tkazilgan yalpi majlisda «Maʼrifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qildi. O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTning barcha aʼzo davlatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Mazkur rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi 2017-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi 72-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surildi.9
2018-yil 16-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3668-sonli Qaroriga muvofiq Qo‘mita huzurida faoliyat yuritadigan jamoatchilik-maslahat organi hisoblanmish Konfessiya ishlari bo‘yicha kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi. Kengash tarkibi 9 tadan 17 ta aʼzoga – O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar vakillari hisobiga kengaydi.
2018-yilning 16-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev «Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5416-sonli Farmonni imzoladi. Mazkur hujjat O‘zbekistonda diniy taʼlim tizimining uzluksizligini taʼminlashga qaratilgan: boshlang‘ich bosqichdan (o‘rta maxsus islom taʼlim muassasalari yoki madrasalar) tortib, to oliy va undan keyingi diniy taʼlimgacha.
2019-yil 4-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4436-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi bilan jamiyatda vijdon erkinligi va diniy-maʼrifiy muhit barqarorligi kafolatlarini taʼminlash maqsadida mustahkam va doimiy hamkorlikni nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etildi.
Bundan tashqari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tarkibida ayollar bilan ishlash bo‘limi tashkil etildi, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni nazorat qiluvchi rais o‘rinbosari lavozimi ham joriy etildi. Xotin-qizlar o‘rtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika targ‘ibot guruhi tashkil etildi.
O‘zbekiston Islom akademiyasi va Toshkent Islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida Akademiya tarkibidagi malaka oshirish Markazi hududiy filiallari tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzurida “Ziyo” media-markazi tashkil etilib, u ajdodlarimizning diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qilish, dinning haqiqiy insonparvarlik maqsadini hamda diniy-maʼrifiy hayotda sodir bo‘layotgan yangiliklardan keng jamoatchilikni xabardor qilib borishni taʼminlovchi asosiy media-tuzilma hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi masjidlar, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va shu kabi boshqa obyektlarning rekonstruksiyasini moliyalashtirish, ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda ushbu soha xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
2018-yilning yanvar-aprel oylarida Respublika miqyosida bir necha bosqichdan iborat (tuman, shahar, viloyat, respublika) Qurʼoni karim tilovati bo‘yicha qorilar ochiq musobaqasi tashkil etilib, unda 5 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi.
O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi. Viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni o‘rganishga ixtisoslashgan beshta ilmiy maktab ochildi.
Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan O‘zbekistonda Markaziy Osiyo musulmon mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasi rivojidagi roliga bag‘ishlangan 10 dan ortiq kitob va risolalar tayyorlandi.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Termiziy, Hakim Termiziy va termizlik boshqa olimlarning 20 dan ortiq asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Nasafiy, Alouddin Usmondiy, Saffar Buxoriy va h.k. kabi ulug‘ allomalar asarlarining aksariyati tarjima qilinib, 50 dan ziyod kitob nashr etildi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida jami 2276 ta diniy tashkilot va 16 ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon tashkiloti, 166 ta xristian tashkiloti, 8 ta yahudiy jamoasi, 6 ta Baxoiylik jamiyati, 1 ta krishnachilar jamiyati va 1 ta budda ibodatxonasi, shuningdek, O‘zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
2019-yilda O‘zbekistonda 10 ta yangi jome masjid ochildi, natijada masjidlarning umumiy soni 2066 taga yetdi. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida 46 ta jome masjid binosi butunlay qaytadan bunyod etilib, 225 ta masjid kapital taʼmirdan chiqarildi. 2018 yilda esa respublikada 13 ta jome masjidi qayta ochildi, 39 tasi yangi qurildi va qariyb 100 tasi qayta taʼmirlandi.
O‘zbekistonda Toshkent Islom universiteti, «Mir Arab» oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, 9 ta madrasa, jumladan, 2 ta ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar o‘quv yurti, Toshkent pravoslav seminariyasi, Toshkent xristian seminariyasi kabi diniy taʼlim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2020–2021-o‘quv yilidan boshlab Termiz shahrida yangi madrasa ochilishi rejalashtirilgan.
Mustaqillik yillarida 308 ming nafar musulmon Saudiya Arabistoniga ziyorat uchun borgan bo‘lsa, shulardan 130 ming kishi “Haj”, 178 ming kishi esa “Umra” amalini bajarishga muvaffaq bo‘lgan. 2,5 ming xristian va yahudiylar Isroil, Rossiya, Turkiya, Italiya, Gruziya va Yunoniston kabi davlatlarning muqaddas diniy qadamjolariga tashrif buyurganlar.
2019-yildan eʼtiboran O‘zbekiston fuqarolari uchun “Umra” ziyoratlari kvotasi bekor qilindi. 2018-yildan boshlab “Umra” safari kvotasi 6 000 dan 10 000 ga oshirildi. Bugungi kunga kelib “Umra” qiluvchi fuqarolar soni 30 000 ga yetdi, “Haj” esa 5000 dan 7,200 ga ko‘paydi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib chiqildi. Bunda asosiy eʼtibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga qaratildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan barcha saʼy-harakatlar «Jaholatga qarshi maʼrifat» degan ezgu g‘oyaga asoslangan.
2018-yilning sentyabr oyida terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlarga adashib aʼzo bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tartibi tasdiqlandi.
Ilgari to‘g‘ri yo‘ldan adashgan va o‘z xatti-harakatlariga chin dildan pushaymon bo‘lgan fuqarolarga maʼnaviy-axloqiy burchlarini ado etish uchun jamiyat va o‘z oilalariga qaytish imkoniyati beriladi. Diniy ekstremistik oqimlarga aloqador shaxslarni reabilitatsiya qilishning muhim qadamlaridan biri, bu ularga nisbatan avf etish aktlarini qo‘llash bo‘ldi.
2020-yil 3-4-mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Moturidiy va moturidiya taʼlimoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etildi. Ushbu tadbirda 15 mamlakatdan 55 nafar taniqli ulamolar, muftiylar, moturidiyshunos ekspertlar, 100 nafar mahalliy olim va tadqiqotchilar qatnashdi. Konferensiya yalpi majlisida 11 ta, shoʻba yig‘ilishlarida 32 ta maʼruza tinglandi.
Maʼruzalarda Imom Abu Mansur Moturidiy shaxsi va aqidaviy qarashlari, moturidiylikning mafkuraviy asosi, moturidiya kalom maktabiga oid yangi manbalar, ushbu taʼlimotning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.


Xulosa

Kishilik jamiyatida inson subyekti doimo muammo va g'oyaviy kurashlar ichida hayot kechirmoqda. Har kim manfaat ortidan maqsad sari intilish yo`lida ozchilik yoki ko`pchilikka xizmat qiladi. Umumjamiyat muammolarini o`ziniki deb bilgan toifalar o`ta kamyob, ular haqida mulohaza qilish va namuna sifatida ko`rsatish mumkin. XX - asr axborotlashish va turli manfaatlar to`qnash kelgan bir davr bo'ldi. Bu davr o`zining kutilmagan voqealari va hodisalari bilan tarixda qoldi. Dunyo qurolli va mafkuraviy kurashlarni boshdan kechirdi.


Biz muxtasar qilib, qo`l urgan magistrlik dissertatsiyamizda biz uchun begona bo`lmagan va kelib chiqishi va til jihatidan yaqin bo`lgan Turkiya Respublikaida 80–90–yillarda ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan jarayonlar haqida qisqacha tahliliy fikrlar va qiymatga ega ma`lumotlarni keltirish uddassidan chiqildi. Jahondagi diniy jarayonlarni tahlil qilishda yillar davomida kuzatishlarga asoslangan adabiyotlardan unumli foydalangan holda, ilmiy ish yoritildi.
Biroq, biz g'arblik, turk va rus olimlarining qarashlariga to`g`ridanto`g`ri murojaat qilmasdan, ularni ilmiyligini va obyektiv yondashilganini ishonch xosil qildik. Ma`lumotlarni ishonchli bo`lishi uchun aniq manbalarni keltirishga harakat qilindi.
Shunga yarasha mustahkam jamiyatlar ham tanazzulga uchradi, yoki tanlagan yo`lini o`zgartirishdi. Misol uchun kommunizm yolg`on va`dalar bilan xalqni ishontirib, totalitar tizimni o`rnatib xalqlarni zulm iskanjasiga yetakladi. Tadqiqotimiz markazida rang-baranglikka ega jamiyat borki, bu an`anaviy turk jamiyatidir. Bu turk jamiyatida diniylik va dunyoviylik tushunchalarini to`qnashuvlari va hisoblashishlari kabi jarayonlarni ko`rish mumkin. Bu kabi holatlarni ko`plab musulmon mamlakatlarida uchratish mumkin. Dinni siyosatda ochiqchasiga qurol qilib olish avvalo mamlakat dunyoviy elita jamiyatini va butun jahon hamjamiyatida qarshiliklarga duch kelishi bor gap. Shu sabab diniy qadriyatlarni milliy an`analar bilan chambarchas bog`liqligini hisobga oladigan bo`lsak, bunday muammolarni hal etish dolzarb bir holat hisoblanadi.
G'arblashgan mintaqalarda yunonlar bilan aralashib ketgan turklar sharqiy hududlarda yashovchi turklarga nisbatan ancha tolerant va xristian dunyosiga nisbatan xayrixox hisoblanadi. Yunonlar bilan nikoh tufayli jamiyatda diniy omil pasaydi. Hozirda turk yuqori elitada onasi yunon, otasi turk bo`lgan fuqarolar mamlakat boshqaruvida ishtirok etmoqda. Tabiiyki, ular kuchli islomiy e`tiqoddagi radikal va shariat qonunlariga rioya qiladigan turklarni 33 hokimiyatga kelishlariga albatta qarshilik qiladilar.
MHP deputati Rushen Chakirning ta`kidlashicha, dunyodagi barcha siyosiy qarashlar va mafkuralar bir kuni kelib eskirib qolishi mumkin, insoniyat qalbidagi diniy e`tiqodlar va aqidaviy mafkuralar jiddiy o`zgarishlarga uchramaydi. Turk jamiyatida kamolizm g`oyalari bilan dinning ommaga ta`sir doirasini susaytirish siyosati har xil davrda turlicha kechgan. Otaturk uchun diniy mutaasiblikdan aziyat chekkan turk millatini ba`zi qismini dunyoviylik sari yetaklash qiyin bo`lmagan. Shu holatni bizning hududlar bilan taqqoslaydigan bo`lsak, O`rta Osiyo respublikalarida Stalin davridagi ateistik siyosat tufayli ko`plab diniy arboblar va islomiy qadriyatlar yo`q qilinishini ko`rishimiz mumkin. 1950–yillarda Turkiyada islomiy guruhlar va tariqatlarning jonlanishi va tuzumni dinga nisbatan siyosatini o`zgarishi bilan izohlash mumkin. 10
Yevropa bilan integratsion jarayonlarga qo`shilayotgan Turkiya uchun harbiylarni hukumat siyosatiga aralashishi muammo hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi tashkikotiga nomzod bo`lib turgan Turkiya Kopengagen kreteriylari bo`yicha harbiylarning ta`sirini kamaytirish talablarini bajarishi kerak. Bundan tashqari diniy bag`rikenglik va e`tiqod, vijdon erkinligi huquqlari ta`minlanganligi ham inobatga olingan. Yevropada Turkiya harbiylarini uncha ham hushlashmaydi. Bunga bir qancha omillar ham sabab bo`lgan. Hususan 1974-yilda Turkiya armiyasi Shimoliy Kipr hududlarini anneksiya qilganligi va musulmon o`lkani 1954-yilda NATO blokiga kiritilishi hammaga ham yoqmagan. Turkiyaning qo`shni xristian Gretsiya bilan doimiy raqobatda bo`lishini Yevropa hushlamaydi. Umuman olganda xristian yevropa uchun Turkiya ortiqchalik qilib kelgan. 1980-yillarning boshida Turkiya uchun o`gir keldi. Iqtisodiy-ijtimoiy inqiroz mamlakat uchun katta zarba bo`ldi.



Download 149.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling